Ecstas?

Description
Muallima honim?‍?
PhD doktorant?‍?
Poetessa (writer)✍?
Life coach?
#ultraoptimist✊

Ruhiy lazzatni jismoniydan ustun kelishi- BAXT deb ataladi…
#tafakkur #tasavvuf #adabiyot #ruhiyat
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

4 months ago
Men sizlarga aytdim kanalni nomini o’zgartiraylik …

Men sizlarga aytdim kanalni nomini o’zgartiraylik dedim yo’o’ dedilar??

(200+ ham 200 ga qarab ketyapti?)

4 months ago
4 months ago

Yosh, oila qurmagan yigitlar, qizlar, hayolingiz sevgida, oila qurishda bo’lmasin, qachonki hali bunga har tomonlama, ruhan-jismonan tayyor bo’lmaguningizcha! Uyda yotib, rils ko’rib, o’yin o’ynab, o’qishga borib-bormay bitirib, hali hayotda o’rningizni topmay turib, oila qurmang!Yaxshi o’qishni o’zi yetmaydi, kasb-hunar ham o’rganing, o’z ustingizda o’zingizni majburlab ishlang! Sog’lom munosabat qanday bo’ladi, o’rganing! Moddiy mustaqil bo’ling, ana undan keyin maaazzzzza qilib uylanib, erga teginglar! Erta oila qurib, 4 yilda 4 ta asabiy, qoni kam bollarni tug’ib, o’zingiz ham kasalvand, jizzaki bo’lib, kunda g’alva, urush-janjal, mojarolarga to’la oilani kimga keragi bor to’g’rimi?! Bitta tug’ing- sog’lom, aqlli, tarbiyali bola bo’lsin, yaxshi yeb ichsin! Jamiyatga foydasi tegsin! (Endi mahramiyat ishlariga aralashasanmi demanglar) ko’rganlarim shunga majbur qilyapti…! O’qing, farzandlaringizni o’qiting, tom yopib, moshina olguncha, ilm o’rganib, sayohatlar qiling, faqat chimmatga o’rab, uyda dimlab, diniy ta’limi bo’lsa yetadi demang! Agar yaxshi tarbiya bergan bo’lsangiz, qizingiz buzilmaydi! (Qiz tug’sa O’g’iloy, o’g’il tug’sa qo’chqorboy deb yuradigan ota onalar bor ekan haliyam…Haa qiz tuqqani tili qisiq bo’lmay, o’lsin ekan-da)

Nima deyotudim o’zi…)

Xullas, yoshlar butun umidimiz sizlardan! (O’zimga ham tegishli)? Sizlar boshqacha ota ona bo’linglar, boshqacha farzandlar tarbiya qiling, biroz jizzaki bo’lsa ham odam o’ldirmasin, qo’y so’ygandek, so’yib yubormasin, ko’ngli toza, yumshoq bo’lsin… to’g’ri hayot mojarolar bilan to’la ammo bu mojarolardan bir birini haqorat qilmasdan, urmasdan, chiroyli yechim bilan chiqib ketsa ham bo’ladi, yana hayot davom etaveradi yangidan…
Umr qisqa, sog’likni asrasangiz uzun va mazmunli bo’lishi ham mumkin…))

https://t.me/ecstas8

#tarqating (o’zgarishsin).

Telegram

Ecstas🫀

Muallima honim***👩‍🏫*** PhD doktorant***👩‍💻*** Poetessa (writer)***✍🏻*** Life coach***🫰*** #ultraoptimist***✊*** Ruhiy lazzatni jismoniydan ustun kelishi- BAXT deb ataladi… #tafakkur #tasavvuf #adabiyot #ruhiyat

Yosh, oila qurmagan yigitlar, qizlar, hayolingiz sevgida, oila qurishda bo’lmasin, qachonki hali bunga har tomonlama, ruhan-jismonan tayyor bo’lmaguningizcha! Uyda yotib, …
4 months ago

Yangiliklarga qarab yuragi eziladi, nafrati qo’zg’aydi odamni…
Har oy, kerak bo’lsa har hafta ayollar o’lyapti, bolalar o’lyapti! Qo’y so’ygandek so’yib yuborilyapti! Qanaqa farzandlar yetishtiryapmiz! Qaysi sabablar bilan bu qadar jazavaga tushyapmiz, asabiymiz, g’azabnokmiz! O’qimaganidanmi? Uqimaganidanmi? Ilmsizlikmi? Yoki oiladagi muhitmi? Otadanmi? Onadanmi? Jamiyatmi? Kimdan nima sababdan insonlar bunchalik bir-biriga zulm qilishga boryapti!

Asabiymisan? Rashkchimisan? Kasalmisan?! O’qimaganmisan?! Ishsizmisan?! Ruhan sog’ bo’lmasang — UY-LAN-MA!!! ERGA TEG-MA!!! BOLA TUG’-MA!!! Oilaga, jamiyatga, hech kimga bunaqa odamxo’r, qonxo’r, jallod farzandlar, ota-onalar kerakmas! Nimadir muammo bo’lsa, albatta urib-o’ldirib, vayron qilibmi hal qilish kerak!? Boshqachasiga o’zbekni qusuri qonmaydimi!? Biz hamma narsaga qurol qilib, tiqishtiradigan, o’zimiz amal qilmaydigan dinni eng birinchi qoidasi, mezoni bu - g’azab qilmaslik emasmi?! Payg’ambar alayhissalomdan din nima deb 3 karra so’rashganida uchchalasida ham ayni javob- g’azab qilmaslik deb javob berganlar!

Butun insoniyat jadal tarzda ma’naviy inqirozga yuz tutyapti, hech kim hech kimga toqat qilmaydi bu zamonda, hech kimni sirkasi suv ko’tarmaydi, hamma jonsarak, shoshgan, qoni qaynagan, qayoqqa qarab ketayotganini, nima qilayotganini bilishmaydi! Shuning uchun ham odam o’ldirish, suidsid (o’z joniga qasd qilish) ko’payib boryapti, axir biz boshqa yo’lni ko’rmaymiz! Boshqachasiga hal qilolmaymiz! Boshqachasiga yasholmaymiz!

https://t.me/ecstas8

Telegram

Ecstas🫀

Muallima honim***👩‍🏫*** PhD doktorant***👩‍💻*** Poetessa (writer)***✍🏻*** Life coach***🫰*** #ultraoptimist***✊*** Ruhiy lazzatni jismoniydan ustun kelishi- BAXT deb ataladi… #tafakkur #tasavvuf #adabiyot #ruhiyat

Yangiliklarga qarab yuragi eziladi, nafrati qo’zg’aydi odamni…
4 months ago
“Tuproqni umringni oxirigacha shimsang ham shirin …

“Tuproqni umringni oxirigacha shimsang ham shirin ta’m bermaydi-da, ammo tugmadekkina urug’ tuproqqa ko’milsa, suv va tuproqdagi moddalardan oziqlanib, qandu asal qovun chiqadi, tarvuz, olma-anor chiqadi… subhanalloh, Allohning qudrati bilan asli tuproqdan paydo bo’lgan shirin-shirin mevayu sabzavotlarni yeymiz, tuproqdan ungan o’tlar bilan oziqlangan hayvonlarning go’shtini yeb unib, o’samiz.
Xullas, g’irt tuproqmiz va yana tuproqqa qo’yilib, tuproqqa aylanib ketamiz”…

Ps: (kaftimdagi olmaning urug’i, bir urug’ga shunday go’zal rangni Yaratgandan boshqa kim ham beraolardi! O’zi Holiq, o’zi Musavvir)
#share

https://t.me/ecstas8

4 months ago

Shunday dedi: “judayam qo’rqyapman”…
Nega deb so’radim.

“Shunday baxtlimanki, doktor Rasul, bunaqangi buyuk, mudhish baxtlilik insonni qo’rqitadi”…

Yana sababini so’radim, aytdiki; “ seni bu qadar baxtli bo’lishingga avval sendan nimanidir olishga tayyor bo’lganlaridagina izn berarlar”!

Holid Husayniy.

4 months, 1 week ago
CHEROFOBIYA-

CHEROFOBIYA-

Baxtli bo’lishdan qo’rqish, bunday fobiasi bor kishilar, o’zlarini har safar baxtli his qilganlarida, nimadir yomon narsa bo’lishi va bu xursandchilikni yo’q qilishiga ishonishadi.

O’zbekchasi- Ko’p kulgan, ko’p yig’laydi))

#share
#reaksiya
#tekin?

4 months, 1 week ago

Dunyoning 4 kuchli mashaqqatlari;

  1. Yolg’iz boshingga qarilik
  2. G’urbatda hastalik
  3. Yo’qchilikdagi qarz
  4. Yo’lchilikda uzun yo’l

Ibn-i Mukaffa.

4 months, 1 week ago
Men Osmonga har kuni bo’sa yo’llaydigan, …

Men Osmonga har kuni bo’sa yo’llaydigan, Oyga o’pich yuboradigan, quyoshni nurini ichib, daraxtlarni quchoqlashni sevadigan biriman…

Oppoq bulutlarni uchidan kaftimga olib, siqimlab, og’zimga solib eritgim keladi)

(Sizni esa nuqul dilimni og’ritgingiz keladi)

https://t.me/ecstas8

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago