Sulaymonov Academy o'quv markazi

Description
@sulaymonov_academy2023
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

2 months ago

**Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

? JAVOB: Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun** dam olish kuni bo‘ladi. Bunda:

31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

? Asos: Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoni.

? @xushnudbek ?

2 months ago

Toshkent tibbiyot akademiyasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Boymuradov “TashMI”ga kirish uchun qancha vaqt ketishi haqida gapiribdi.

@masofatalim

2 months ago

Endi navbat 5-9-sinflarga!

? Farzandi 5-9-sinf o’quvchisi bo’lgan ota-onalar uchun katta yangilik! Farzandingizga yuqori sifatli ta’lim-tarbiya taqdim eta oladigan va uning universitetga kirishini kafolatlaydigan Sulaymonov Academy xususiy maktabi 5-9-sinflar uchun qabul ochildi!

? Hoziroq qo’ng’iroq qilish yoki onlayn murojaat qilish orqali qabul imtihoni uchun joy band qiling.

P.S.* Imtihonsiz o’quvchimizga aylanish imkoniyati ? t.me/sulaymonov_academy/26? *Murojaat uchun:
Tel.:
+998916475959
Onlayn: @sa_administirator

? Manzilimiz: G’ijduvon tumani, Sarmijon mfyTelegram | Instagram | TikTok

2 months ago

⚡️Super-kontrakt narxlari-2024

Mazkur faylda 2024/2025 oʻquv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan.

Ushbu super-kontrakt narxlari 2024/2025 oʻquv yili uchun stipendiyasiz bazaviy kontrakt miqdori asosida hisoblandi.

Kanalga obuna bo'lish:?*?*?**
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI

2 months, 1 week ago

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 742 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, TATUda ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun 27 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 100 nafar xuddi shu toifadagi abituriyent TATUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir kiberxavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, kimdir sun’iy intellekt va h.k.

Yo‘nalishidan qat’i nazar, mana shu 100 nafar IIO xodimlarining farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 27 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 73 nafar abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

IIO xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.

? @xushnudbek ?

2 months, 1 week ago

*⚡️KVOTA-2024#abituriyent
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN
Respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami
3 ming 898 ta (o‘tgan yilgidan 95 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan.
*▪️Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi2 560 ta;
sirtqi1 043 ta;
kechki183 ta;
masofaviy112** ta.

ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.

Qoida bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz saytida avtomatik o‘zi chiqadi. Qo’lda kiritish shart emas.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi shaklida nogironligi bor shaxslar uchun 44 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 200 nafar nogironligi bor abituriyentlar TDTU kunduzgi shakliga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k.

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 200 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 44 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 156 nafar nogironligi bor shaxslar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

*Nogironligi bor shaxslarga 2% ball qo‘shib beradimi?*

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.

? @xushnudbek ?

2 months, 1 week ago

Joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent test sinovlariga kirgan.

65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan.

Testga kirgan abituriyentlarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

Samarqand — 87 570
Qashqadaryo — 84 874
Fargʻona — 73 146
Andijon — 59 951
Surxondaryo — 57 199
Toshkent viloyati — 56 188
Qoraqalpogʻiston — 51 502
Namangan — 46 480
Jizzax — 43 232
Xorazm — 41 854
Toshkent shahri — 39 518
Buxoro — 38 084
Navoiy — 32 725
Sirdaryo — 25 028

? @xushnudbek ?

2 months, 2 weeks ago

⚡️KVOTA TASDIQLANDI#abituriyent
Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi

Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

? bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
? magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

? @xushnudbek ?

2 months, 3 weeks ago

⚡️Birinchi kun natijalari e’lon qilindi2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

? @e_dtm_mandatbot
? @e_dtm_mandat1bot
? @e_dtm_mandat2bot
? @e_dtm_mandat3bot
? @e_dtm_mandat4bot

? @xushnudbek ?

4 months, 4 weeks ago

AGAR AVVAL IMTIHON SO'NG YO'NALISH TANLASH JORIY ETILSA NIMA O'ZGARADI?

1⃣➡️ BIRINCHIDAN, imtihon muddatlari o'zgaradi. Ya'ni, imtihon o'tkazilish sanasi 10—15 kun oldinga suriladi;

2⃣➡️ IKKINCHIDAN, qabul ikki bosqichda tashkillashtiriladi. Bunda, birininchi bosqichda talabgorlar fanlar majmuasini tanlashadi va sertifikatlarni kiritadilar. Aytaylik davlat va huquq asoslari + ingliz tili (IELTS);

3⃣➡️ UCHINCHIDAN, barcha imtihonlar tugashi bilan yana ro'yxatdañ o'tish boshlanadi. Endi, hamma o'zi to'plagan balga qarab yo'nalish tanlaydi (7—10 kun atrofida);

?DIQQAT BU MUHIM

#yurist_maslahati

Masalan, 170 bal to'pladiz, viloyatlardagi yurisprudensiyaga ilingansiz, biroq, siz to'plagan bal bilan yuridik universitetiga ilinmaganiz aniq bo'lsa-yu, siz yuridikning qaysi fakultetida super-kontrakt asosida o'qimoqchi bo'lsangiz, shuni birinchisiga qo'yishiz lozim bo'ladi. Agar, birinchisiga qo'ymasangiz, keyin tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o'qiy OLMAYSIZ.

4⃣➡️ TO'RTINCHIDAN, Qonunchilikka ko'ra, barchasi tugagandan so'ng, 10 kunlik MANDAT hisoblash uchun ketadigan vaqt.

5⃣➡️ BESHINCHIDAN, Nihoyat, siz talaba bo'lasiz!

❗️*⃣ DIQQAT, bu agar avval imtihon, so'ng yo'nalish tanlash joriy etilsagina bo'ladi!

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago