Geek Gang

Description
Geek olamiga xush kelibsiz!

«When you play Game of Thrones you win or you die», — Jorj Martin.


Taklif va shikoyatlar uchun:
@geekgang_adminlar


Donat qilmoqchi boʻlganlar uchun:
@geekgang_donaters
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her

1 month, 3 weeks ago

Bugun kanalimiz ochilganiga 1 yil boʻldi. Dastlab @vinterfellik nomi ostida ochilgan kanal, keyinroq rebrending asosida @geek_gang ga oʻzgargandi.

Hozir aktiv nisbatan tushgan boʻlishi mumkin, lekin tez orada juda katta yangiliklardan xabardor qilamiz. Bizni kuzatishni davom etinglar! Rahmat hammaga!

@geek_gang

P.s) Tugʻilgan kun sovgʻasi sifatida, premium obunachilar boost qilsezlar boʻladi 😅

1 month, 4 weeks ago

Zamonaviy Westerosda Hightowerlar va Redwynelar. Keling Hightowerlardan boshlaymiz.

-Lord Hightower o'zi nima ish qiladi, otam har doim "Lord Hightower Lannisterlar kabi boy, va Highgardenning boshqa vassallaridan 3 baravar katta qo'shinga ega" ekanligi haqida aytgandi. Bu Sam Tarly tomonidan aytilgan.

Urushda g'olib bo'lish uchun 2 narsa o'ta muhim, pul va qo'shin. Hightowerlarda ikkalasi ham o'ta ko'p. Keling, Tyrelllarning boshqa kuchli vassalliga qaraymiz. Tarly xonadoni. Tarly asosan qishloq xo’jaligi uchun yerlar, o'rmonlarga egalik qiladi. Urushga keladigan qo'shin askarlari ham asosan shu xo'jalikni tashlab keladi. Ular urushda jang qilayotganda o'rmon va xo'jalik deyarli qarovsiz qoladi, demakki, Tarlylar asta sekin pul, oziq-ovqat, va boshqa resurslarni boy berishadi.

Hightowerlarda bunaqa muammo yo'q. Ularning boyligi savdo-sotiqqa asoslangan. Oddiy askarlar jangga ketsa ham, Tyrosh, Volantis, Yozgi orollardan keladigan savdogarlar oqimi to'xtab qolmasdi. Va Hightowerlar ushbu savdodan tushadigan soliqlarni olishardi. Shubhasiz, bu juda katta pul edi. Urush ular uchun moliyaviy jihatdan zarba bermaydi.

Ikkinchi xonadon, Redwynelar. Arbor lordlari Westerosdagi eng ulkan flotga egalik qilishadi. Haa, Greyjoylar harbiy kemalar jihatdan ustunroq, ammo Arbordagi barcha flotni yig'sa ular Greyjoylarga bemalol raqobat qila olishadi. Uning ustiga Paxter Redwyne 200 ta harbiy kemani yig'ish uchun uzoq vaqt ketqazmaydi).

Paxter Redwyne 200 ta harbiy kemaga ega bo'lib, bundan tashqari salkam 5 baravar katta savdo kemalari unga qarardi.

Flot+qo'shin+boylik jihatdan Hightower x Redwyne o'ta qudratli juftlik bo'la olishadi. Va bu istalgan raqibga yetarlicha bosh og'riq bo'ladi. Ammo ular nikoh tomonlama ham, yaqinlik tomonidan ham uncha yaxshi deya olmaymiz.

Siz qaysi xonadonlarni bu qatorga qo'shasiz ?

@geek_gang

2 months ago
4 months ago

Agar Ned Stark Robert Barateonga Jon haqidagi haqiqatni aytganida voqealar rivoji umuman boshqacha tus olishi mumkin edi. Kelinglar ushbu postda ehtimoliy sodir boʻlishi mumkin boʻlgan voqealarni koʻrib chiqamiz. Ned Stark Jon Snowning aslida uning o‘g‘li…

4 months ago

Agar Ned Stark Robert Barateonga Jon haqidagi haqiqatni aytganida voqealar rivoji umuman boshqacha tus olishi mumkin edi. Kelinglar ushbu postda ehtimoliy sodir boʻlishi mumkin boʻlgan voqealarni koʻrib chiqamiz.

Ned Stark Jon Snowning aslida uning o‘g‘li emas, balki Lyanna Stark va Rhaegar Targaryenning o‘g‘li ekanligini Robertga aytgan bo‘lsa, bu ularning do‘stligi uchun katta sinov bo‘lar edi. Robert Targaryenlarni yomon ko‘rgan, chunki ular uning oilasiga zarar yetkazgan va ularning qudratini yo’q qilish uchun katta kurash olib borgan edi. Robert bu haqiqatni qabul qilishi qiyin bo’lar edi. U o’zining eng yaqin do’sti va qardoshi deb bilgan Ned Stark uni yillar davomida aldaganini bilganida, Nedga bo’lgan ishonchi qisman yoki butunlay yo’q bo’lishi ham mumkin edi.

Robert Targaryenlarga bo’lgan nafrati tufayli Jonni katta tahdid deb bilishi mumkin edi. U Targaryenlar avlodining yashab qolishini xohlamasdi, shuning uchun Jon Snowni qatl qilishga buyruq berishi mumkin edi. Ned, albatta, bu qarorga qarshi chiqardi. U Jonni himoya qilishga harakat qilardi, lekin bu o’zaro qarama-qarshilikni yanada kuchaytirishi va hatto Nedning va butun Starklarning hayotini xavf ostiga qo’yishi mumkin edi.

Agar haqiqat butun qirollikda oshkor qilinganida, bu Westerosdagi kuch tuzilmalarini o’zgartirib yuborishi mumkin edi. Jonning Targaryen avlodi ekanligi uni haqiqiy taxt vorisi deb hisoblash imkonini berardi.
Ba’zi potensial nikohlar va ittifoqlar Jonni qo’llab-quvvatlashi mumkin edi, ayniqsa Starklar Targaryenlar bilan bo’lgan qon-qarindoshlikni tasdiqlashga harakat qilsa.

Boshqa tomondan, Lannisterlar kabi Targaryenlarga dushman bo’lgan kuchlar Jonni yo’q qilish uchun harakat qilishi aniq edi. Lannisterlar oilasi, ayniqsa, Serseya va Tywin, yangi Targaryen vorisining paydo bo’lishi bilan o’z rejalarini qayta ko’rib chiqishi kerak bo’lar edi. Serseya Jonni o’z taxti uchun katta xavf deb ko’rishi mumkin edi, va uni yo’q qilish uchun maksimal harakat qilishga tayyor edi.

Bu holatda, Lannisterlar va Starklar o’rtasida ziddiyat yanada kuchayib ketishi ehtimoli katta, va hatto bu ikkala tomon uchun ham katta qurbonliklarga olib kelishi mumkin boʻlgan urushga sabab ham boʻlardi.

Yana bir jihatga etibor qaratsak, agar Jonning Targaryen merosxo‘ri ekanligi oshkor bo‘lsa, Daenerys uni ittifoqchi sifatida ko’rgan bo’lardi. Bu ularning taqdirini yanada yaqinlashtirishi mumkin edi, ayniqsa, ikkalasining ham taxt uchun qonuniy huquqlari borligini hisobga olsak.
Jon va Daenerysning birgalikdagi ittifoqi, ayniqsa, g’arbda yangi kuch balansi yaratgan bo’lar edi va qo’shinlar va ajdarlar yordamida ular yana katta kuchlarga qarshi turishi mumkin edi.

Daenerys nega Jonga qarshi chiqmaydi degan savol ham oʻrtaga tashlanishi mumkin. Buyam oʻrinli, lekin, nisbatan asossizroq. Chunki Dany hali "telba” emasdi, unda oʻz oilasidan kimdur borligi uni yanada kuchli qilishini u bilgan boʻlardi. Katta ehtimol u Jonga nikoh taklif qilardi va birgalikda 7 qirollikni boshqarish fikrini ilgari surardi.

Agar Ned Jonning kimligini oshkor qilganida, Jon Tungi Qorovulga qo’shilish uchun sabab topolmagan bo’lar edi. Bu esa Jonning Shimoldagi ahvolini ham o’zgartirib yuborardi. U aslida Targaryen va Stark qonidan bo’lgani uchun o’z taqdirini yangi yo’ldan boshlab, qahramonlikka eltuvchi boshqa yo’lni tanlagan bo’lar edi.

Jonning asl merosi oshkor qilinsa, bu faqat Westerosdagi mavjud tanglikni kuchaytirgan bo’lardi. Turli taraflarning bu yangi da’vogarga bo’lgan qarashlari bir-biridan farq qilardi, albatta hamma oʻz manfaatlaridan kelib chiqib taraf tanlardi. Ba’zilar Jonni qo’llab-quvvatlasa, boshqalar unga qarshi chiqishi mumkin, bu esa qirollikni bo’linishiga va juda katta fuqarolar urushiga olib kelishi mumkin edi.

Keyingi postda qaysi xonadonlar Jon tarafida turishi yoxud unga qarshi ittifoqqa qoʻshilishi mumkin ekanligini koʻrib chiqamiz.

@geek_gang

4 months ago
7 months ago
7 months ago

#hotd #westeros
Kechagi Ajdar xonadonining 2-mavsumi haqidagi suhbatimizni yozib olingan shakli.

Eshitishga qulay bo'lishi uchun:
1-qism haqida 00:00
2-qism haqida 22:00
3-qism haqida 42:00
4-qism haqida 46:00
6-7-8 qism va Kelajak loyihalar haqida ayrim fikrlar 1:26:00

1:00:00 - 1:26:00 oralig'ida ayrim kelajak mavsumlarga spoylerlar mavjud.

Suhbat haqida fikrlar va suhbat bo'yicha paydo bo'lgan savollarni kommentda qoldiring

@shinavandatopia

7 months ago

Bugun esa yana bir murakkab aka-uka munosabatlari haqida gaplashamiz. Hammaga ma'lumki "Sound Hashira" Tengen, Shinobi olamida mashhur bo'lgan Uzui xonadoni vakili bo'lgan. Tengen yoshligidanoq o'ta og'ir mashqlarni boshidan o’tqazgan. Albatta bu unga ancha yordam bergan, zero shu mashqlar tufayli u Gyutaroning zaharli zarbalariga ancha kuchli dosh bera olgandi. Lekin bu yagona pozitiv taraf edi.

Uzuilar 9 nafar aka-ukalar bo'lishgan. O'sha paytda oila boshlig'i bo'lgan Tengenning otasi o'ta shafqatsiz inson bo'lgan. U farzandlarini juda yosh paytidanoq og'ir mashqlar ostida tayyorlanishga majburlagan, buning oqibatida Tengenning 3 ukasi hali 10 yoshga ham to'lmasdan vafot etgandi. Uning otasi faqat bu bilan cheklanib qolmagan, u farzandlariga niqob kiydirib bir biri bilan jang qilib, o'ldirishga ham majburlagan edi. Vaziyat shu darajada daxshatli tus oladiki, Tengen 15 yoshga to'lganida uning 8 uka-singillaridan faqat 1 tasi tirik qolgan edi. Tengen otasining g'oyalariga qarshi chiqqan bo'lsa, uning ukasi bunaqa emasdi. U otasining "zaiflar qurbon qilishga arziydi, ayollar esa faqat nasl qoldirish uchun vosita xolos" degan g'oyalarida to'liq qo'shilgandi.

Tengen to'ng'ich o'g'il bo'lsa ham oila boshlig'i bo'lish yo'lida ukasini jangda yengishi lozim edi. Ammo u buni xohlamaydi va 3 xotini bilan qishloqni tark etadi. Ukasi oila boshlig'iga aylanganidan so'ng otasi yo'lidan boradi. U hatto qishloq vakillarini o'zining xohishi uchun ham shunchaki o'ldirib yuborar, otasining g'oyalarini davom ettirardi. Tengen doim o'z klani taqdiri haqida qayg'urar, ammo barbir qishloqqa qaytib ukasini o'ldirishni xohlamasdi.

Muxlislar orasida juda keng tarqalgan teoreyaga ko'ra, Tengenning ukasi keyinchalik Upper Moon 5 ga aylanib, "Infinity castle arc" da Ubuyashikining tirik qolgan a'zolarini o'ldirish uchun ular oldiga yo'l olishi, ammo ularni himoya qilayotgan akasi Tengen va sobiq Hashira "o'z asrining eng kuchlisi" deyilgan Shinjuru Rengokuga qarshi jang olib borishi ham mumkin. Bu hodisa mangada mavjud emas, ammo anime versiyada qo'shib qo'yilsa ancha kuchli drama sodir bo'lardi. Shaxsan o'zim 2 sobiq Hashiraning yana jang qilishini ko'rishni xohlagan bo'lardim.

@geek_gang

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her