Dr. Feruz

Description
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

8 months, 3 weeks ago
**OʻPKALARIM MENI KECHIR…**

OʻPKALARIM MENI KECHIR…

Poytaxt havosi “tozaligi” sabab qancha nafas olsam ham toʻymayapman. Oʻpkalar bu ketishda kislorodga emas qumga toʻladi… Mayli, nima boʻlsa boʻldi, boʻladi. Toshkent havosiga filtr qoʻya olmaymiz baribir.

Undan koʻra quyida 3 ta tavsiya beraman. Ularga amal qiling, keyin rahmat aytarsiz oʻzingizga (amal qilganingiz uchun).

  1. Organizmga kirayotgan chang zarralarini tezroq chiqib ketishi uchun suyuqlik ichishni koʻpaytiring.

  2. Organizm kurashuvchanligini oshirish, toksinlarni (chang) zararsizlantirish uchun kunda 0,5-1 stakan qatiq iching.

  3. Oʻpkadagi changlarni chiqib ketishiga toʻsqinlik qilmang. Ya’ni ozgina boʻlsada yoʻtalgingiz kelsa yoʻtaling. Chunki bu vaqtda nafas olish tizimi oʻzini tozalash uchun yoʻtal refleksini chaqiradi.

Chang havodan nafas olib yurgan yaqinlaringizga yuboring)

@doktorferuz

8 months, 3 weeks ago

Endi @makon_brand_bot orqali kelgan savollarga javob berib qoʻysangiz boʻladi. Bilishimcha toʻgʻirlashgan. Shu kungacha kelgan savollarga javob berib qoʻying, boʻldi, hisobga olinadi.

Ovoz bermoqchi boʻlganlarga ham birdan savollar kelyapti. Bemalol ovoz berish mumkin ekan:
?@makon_brand_bot@doktorferuz

9 months ago

? @makon_brand_bot sizga 3 ta savol yuboradi, ularga javob bermasangiz bergan ovozingiz hisobga olinmas ekan. Agar o'sha vaqt ichida javob bera olmagan bo'lsangiz 3 kun ichida qayta yuborar ekan savollarni.

Hozircha 3-o'rinda ekanmiz. Lekin ovozni holis beruvchilar bersin. Mabodo g'olib bo'lsak bu shaxsan meniki emas, balki sizlar bilan birgalikda qilgan g'alabamiz bo'ladi, aniqrog'i sizlarni g'alabangiz.

@doktorferuz

9 months ago

Bir kunda 3 kilogrammga ozish sirini o'rgataman

Faqat bu muolajani ishga bormaydigan kuni qilishingiz kerak, bo'lmasa hijolatda qolasiz. Demak, buning uchun sizga ichni suradigan va siydik haydaydigan dorilar kerak bo'ladi. Dorilarni ichishdan avval uydagilarga "oq uy"ga qorovullik qilmoqchi ekaningizni aytib, ogohlantirib qo'ying. Bu esa "oq uy" eshigi oldida uzoq navbatlar hosil bo'lishini oldini oladi.

Qorovullik qilishdan oldin tarozida vazningizni o'lchab oling. Qorovullik tugagach yana tarozida vazningizni ko'ring, 3 kg ozgan bo'lasiz. Faqat yog'larni hisobiga emas, afsuski...

1 kunda 3 kiloga ozdim deb xursand bo'lib yuradiganlarni biroz tasavvur qilib ko'rdikda. Ehh sodda xalqim, bittasi 1 kunda 3 kiloga ozdiraman desa ishonib ketavermang, safsata usullarini qo'llab yurmang, yana shunaqa qilaman deb mazangiz qochib qolmasin.

@doktorferuz

9 months ago

Ukol yordamida ozish qancha boʻvotti? ?

Hozir instagramda bir reklama koʻrib qoldim. “Mutaxassis”ni aytishicha qanaqadir noma’lum tarkibli (balki ataylab sir saqlayotgandir nonim ikki boʻlmasin deb) ukol yordamida ozdirishni va’da qilyapti. Xohlagancha vazn ketkazish mumkin ekan.

Odamlar narxini qiziqib soʻrayapti kommentda va javobda bir muolajasi (balki bir dona ukol narxidir) $200 deb yozyapti.

Kommentda unga qiziqadiganlarni juda koʻpligidan hayron qoldim. Bir tarafdan shunaqa narsalarga ishonuvchilarni koʻpligidan achinasan.

Aynan ular qanday tarkibli ukoldan foydalanayotganini qiziqib koʻraman. Agar men bilgan ozempik boʻlmasa, koʻramiz qanday ukol ekan.

Ozempik haqida ham sizlarga keyinroq batafsil ma’lumot beraman.

Lekin nima tarkibli boʻlsa ham agar rostdan ular aytayotgandek ta’sirga ega boʻlsa, demak, biz butun dunyoda semizlikni yengibmiz, men bexabar qolib ketibman…

@doktorferuz

9 months ago
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago