?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 1 day ago
Google Pixel smartfonlari uchun dekabr oyida chiqarilgan yangilash bilan yangi qulay funksiyalar joriy qilindi
Endilikda “Pixel” qurilmalari to‘g‘ridan to‘g‘ri rozetkaga ulangan holda ishlay oladi, batareyani quvvatlantirmasdan.
Bu qanday ishlaydi: qurilma zaryadi 80%ga yetganida, avtomatik ravishda kabel orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr energiyasi bilan ishlash rejimiga o‘tadi. Smartfonning energiya sarfini to‘liq qoplash uchun quvvati kamida 25 Vt bo‘lgan quvvatlagich blokdan foydalanish tavsiya etiladi.
Bu funksiya batareyaning umr davomiyligini oshirish va uning degradatsiyasini kamaytirish uchun mo‘ljallangan. Bu xususan Google Pixel 6 va Pixel 6A smartfonlari uchun foydali bo‘ladi, chunki Google ularning qo‘llab-quvvatlash muddatini yana ikki yilga uzaytirgan.
Xitoy bozorida iPhone uchun sunʼiy intellektni joriy etish jarayonida duch kelayotgan qiyinchiliklar qurilmalar sotuviga ta’sir qilishi mumkin
Apple Xitoyda iPhone uchun sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini joriy etishda ikkita asosiy muammo bilan duch keldi:
Baidu Ernie 4.0 samaradorligi past: Ushbu mahalliy LLM iPhone foydalanuvchilari tomonidan yuboriladigan odatiy so‘rovlarni qayta ishlashda sustlik qilmoqda, bu esa foydalanuvchilarni norozi qilish ehtimolini oshiradi.
Maʼlumotlarni yig‘ish bilan bog‘liq nizolar: Apple’ning Xitoydagi hamkori — Baidu, foydalanuvchilarning AI bilan muloqot qilgan maʼlumotlarini yig‘moqchi, bu esa Apple’ning maxfiylik siyosatiga ziddir.
Nima uchun Apple Baidu bilan ishlashga majbur?
Xitoy qonunlariga ko‘ra, Apple faqat mahalliy texnologik gigantlar bilan hamkorlikda o‘z AI texnologiyalarini qurilmalariga integratsiya qilishi mumkin. Bundan tashqari, AI orqali kelgan barcha so‘rovlar Xitoy kompaniyasining modeli tomonidan qayta ishlanishi shart. Apple Baidu’ni tanlagan edi, biroq hozirda bundan afsusda bo‘lishi mumkin.
Agar Apple bu muammolarni tez orada hal qilmasa, Xitoy bozoridagi iPhone’ga bo‘lgan qiziqish pasayishi va kompaniyaning moliyaviy yo‘qotishlariga olib kelishi mumkin.
HUAWEI HarmonyOS NEXT’ni global bozorga chiqarishga harakat qiladi
South China Morning Post xabariga ko‘ra, HUAWEI o‘zining HarmonyOS NEXT operatsion tizimini Xitoydan tashqarida ham ommalashtirishni rejalashtirmoqda. Ammo bu xabarga skepsis bilan qarash lozim.
- Avvalo, HUAWEI rahbari Erik Syuy aprel oyida kompaniya yangi tizimni avval Xitoyda muvaffaqiyatli joriy etganidan keyingina boshqa bozorga chiqishini ta’kidlagan edi.
- Ikkinchidan, HarmonyOS NEXT hattoki Xitoyning o‘zida ham hali tayyor emas: yaqinda taqdim etilgan Mate 70 va Mate X6 smartfonlari hali ham Android bazasidagi HarmonyOS 4.3 bilan ishlaydi.
- Uchinchidan, HarmonyOS Google xizmatlarini qo‘llab-quvvatlamaydi, bu esa Android bilan global bozor uchun teng raqobat qilishni qiyinlashtiradi. AppGallery ilova do‘koni yetarlicha keng ko‘lamli xizmatlarni taklif eta olmaydi, ayniqsa banklar, marketing platformalari va oziq-ovqat yetkazib berish kabi mintaqaviy dasturlarni.
HUAWEI dasturchilarni o‘z platformasiga jalb qilish uchun ko‘p vaqt va resurs sarflashi kerak bo‘ladi. Shuning uchun Android’ga bog‘liq bo‘lmagan yangi HarmonyOS NEXT’ning global chiqarilishini yaqin yillarda kutish o‘rinli emas.
Siri aqlli va muloqotga tayyor bo‘lishi uchun bir necha yil kerak bo‘ladi
Apple ovozli yordamchini uzoq muloqotlarni davom ettira oladigan va ChatGPT singari murakkab savollarga tez javob bera oladigan darajaga yetkazmoqchi. Bloomberg’ning xabariga ko‘ra, yangi Siri 2025-yilda taqdim etiladi, lekin faqatgina 2026-yilda to’laqonli ishga tushadi.
Apple OpenAI va Google’ga yetib olish uchun ilg‘or til modellari (LLM Siri) ustida ishlamoqda. Bu yordamchi smart-uy boshqaruvida ham muhim rol o‘ynashi mumkin.
Apple vakillari, jumladan, dasturiy ta’minot bo‘yicha vitse-prezident Kreyg Federigi, Siri Apple Intelligence texnologiyasi yordamida takomillashishda davom etishini ta’kidlashdi.
Apple mahsulotlari kanserogen moddalar ishlatadi degan xabar — feyk
Ba'zi OAVlar Apple qurilmalari saraton chaqirishi mumkinligi haqida vahima uyg‘otuvchi xabarlar tarqatdi. Aslida esa gap Apple mahsulotlari haqida emas, “Belkin Power Bank” haqida ketmoqda. Bu qurilma Apple’ning rasmiy saytida sotilmoqda. Ushbu gadjet tarkibida “Bisfenol A” moddasining mavjudligi ko‘rsatilgan. Ushbu modda reproduktiv muammolar, bolalarda nogironlik va saraton kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
Kalfiorniya shtati “Bisfenol A” moddasini o‘z ichiga olgan barcha mahsulotlarni belgilashni talab qiladi. Ushbu e'lonni dunyoning qaysi mintaqasidan saytga kirmasligingizdan qat'i nazar ko‘rishingiz mumkin.
Ayrim tadqiqotlar “Bisfenol A” saraton chaqirishi mumkinligini taxmin qilsa-da, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hali bu moddani o‘z kanserogenlar ro‘yxatiga kiritmagan. Shuni ta'kidlash joizki, ko‘pchilik quyosh nuridan qo‘rqmaydi, garchi u JSST ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi darajali kanserogen bo‘lsa ham.
Mish-mish: Meta okean tubidan o‘zining optik tolali kabelini o’tkazishni rejalashtirmoqda
TechCrunch xabariga ko‘ra, loyiha hozircha dastlabki bosqichda, ammo agar hammasi rejaga muvofiq amalga oshsa, kompaniya o‘ziga tegishli kabelni to‘liq nazorat qilish va foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kabelning taxminiy uzunligi 40 ming kilometrni tashkil qiladi — bu Yer ekvatori uzunligiga teng. Hozirda Meta qisman egalik qilayotgan 16 ta suv osti kabeli mavjud, ammo ushbu yangi kabel butunlay kompaniya mulki bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa kompaniyaga telekommunikatsiya kompaniyalariga kamroq bog‘liq bo‘lish, foydalanuvchilarga kontentni tezroq yetkazib berish va shu orqali ko‘proq daromad olish imkonini beradi.
Loyihaning taxminiy qiymati 10 milliard dollarni tashkil qiladi. Hozircha bu g‘oya fantastikaga o‘xshaydi va Meta bu borada izoh bermagan. Ammo manbalarning ta’kidlashicha, rasmiy e’lonni 2025 yilda kutish mumkin.
Poco X6 Proni obzor qildik, zo’r telefon ekan. Menga yoqdi. Narxi 300$
To’liq obzor: https://youtu.be/a0b6fqNRB98?si=4z4PsDy_Nt6CX-eI
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 1 day ago