Muhammad Qodir Abdulaziz

Description
Bugun mohiyatga qaytish fursati keldi.Inson o’zligini anglashga intilarkan, albatta Xudoni tanishga majbur!
Akrom Malik

Taklif va maslahatlar uchun: @MuhammadQodir_Abdulaziz
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

1 week, 1 day ago

O'zim haqimdagi barcha xulosalarim yomon. Lekin Allohim haqidagi barcha e'tiqodim go'zal, u haqidagi gumonimning hammasi yaxshi.

Akrom Malik

Telegram | Muhanmad Qodir

1 week, 6 days ago

**Ahvolim so'ragin

Ko'zimga qarasang ko'rinsa huzun,
Sukut so'zlaganda uzundan-uzun.
O'sha on yo'qlagin bo'lsada bir zum,
Ahvolim so'ragin, yaxshimasdirman!

Kulsam, kulgularga ishonmasdan hech,
Qalbimda tugulgan tugunlarim yech.
Iltimos qilaman bo'lmasidan kech,
Ahvolim so'ragin, yaxshimasdirman!

To'lib toshganida hasrat, fig'onim,
Taskin topolmasdan qiynalsa jonim.
Yolg'on gapirishdan charchagan onim,
Ahvolim so'ragin, yaxshimasdirman!

Men ham bandamanku, xatokor nodon,
Gohida g'amginroq, gohida shodon.
Ertamas, indinmas, shu bugun, shu on,
Ahvolim so'ragin, yaxshimasdirman!**

Telegram | Muhammad Qodir

2 weeks, 3 days ago

Bu bot orqali menga anonim shaklda savol va takliflaringizni yozishingiz mumkin. (Ya'ni, menga kim yozayotgani ko'rinmaydi) Ko'proq nasihatga muhtojman) http://t.me/questianonbot?start=1476252463l

3 months ago

Assalomu alaykum hurmatli dindoshlarim!

Ayol — madrasadir! Ayol — ummat tarbiyachisidir. Ayol kishini ilmli bo'lishi kerakligi haqida o'ylashni boshlashim bilan bir iqtibos hayolimga kelaveradi:" Qiz bolaga o'qib nima bor, deydiganlarga savol bilan javob bergim keladi:"Buxoriylar nega yetishmayabdi? "

Erkak kishi ro'zg'or tashvishi bilan vaqtini ko'p qismi ko'chada o'tib ketadi. Tabiiyki bu orada ona farzandiga kerakli tarbiyani berishda asosiy vazifani bajarishiga to'g'ri keladi.

Asosiy maqsadga o'tadigan bo'lsam, bu muslima dindoshimizning boshlariga musibat yetibdi. U esa hech kimdan yordam kutgani yo'q. Yillar davomida yiqqan ilm manbalarini muhtojligi sabab sotmoqchi bo'lyabdi. Men esa imkonim boricha bilim manbai bo'lgan kitoblarni saqlab qolishga harakat qilyabman. Vijdonan o'ylab ko'raylik azizlar, uyimizda nechta kitob bor? Oxirgi marta qachon kitob olib o'qidik? Farzandimizga qachon kitob olib bergandik? Bu muslimani shu mashaqqat bilan yiqqan kitoblarining soniga qarang. Xatto ba'zilarini o'qishga ham ulgirmagan.

Avvalo sizlardan bu muslima uchun duo qilishingizni so'rayman! Biiznillah qo'limizdan kelgan barcha yordamni qilamiz! Sizlardan ham iltimos imkoningiz boricha shu muslimaga yordam bering! Zora shu sabab rahmatga erishsak!

Karta raqamlarini qoldiraman. Imkon boricha yordam bersangiz!

8600060420772312
Sultonova Shaxlo

3 months ago

#Diqqat! Iltimos barcha o'qisin! (Bir muslima yozyabdi)

Assalomu aleykum muhtojlik sabab kitoblarimni sotmoqchiman oladiganlar boʻsa lichkaga yozsin roʻyxatini tuzdim shunga qarab narx belgilaymiz iltimos oʻyin qilmang muhtojligimni suestimol qilmang

1)Qurʼoni karim kattasi ichi sariq tajvidlik
2) Qurʼoni Karim tarjima va tafsiri
3)Iymon
4) Islom tarixi
5) Anbiyolar qissasi kattasi
6) Mukoshafatul Qulub
7) Saodat asri 4juzli
8)Asharai Mubashshara
9)Tazkiratul Avliyo
10) Ibodati islomiya
11) Asmaul Husna kattasi
12)Quroniy oltin silsila
13)Jannatga borar yoʻllar
14)Sohilsiz dengiz
15)Dunyo jannati
16)Imomi Aʼzam
17) Muhammadga sodiq Muhammad sodiq sallollohu alayhi vasallam
18)Siz paygʻambarni koʻrganmisiz
19) Xazrati Uvays qaroniy
20)Alloh bilan koʻngil suhbati namoz
21) Ulamolar nazdida vaqtning qadri
22) Rasulullohdan goʻzal oʻrnak
23)Nurul Basar
24)Olamlar sarvari
25)Bir olimning kundaligi
26)Musnad
27) Xidoyat imomi
28) Rasulullohning ahli baytlari
29) Hanafiy fiqhiy
30) Mahbub paygʻambar
31) Masxablar birlik ramzi
32)40 Xadis
33) Allohga qoching
34)Qalb Iffati
35) Bugun bomdod oʻqidizmi
36) Olim Odam va Olam
37) Savdogarlar ustozi
38) Ilohiy ishq
39)Fesleen
40) Oʻzingga xush kelding
41)Jazosiz tarbiya
42)Baxt Allohga ishonmoqlikdir
43) Imom Hasan va Husan qissasi
44) Vasiyatnoma
45)Ohing Allohga omonat
46)Oʻgay ona
47)Sir
48) Lol
49)Dunyoni tebratgan buyuklar 8ta kitob hammasi bor
50)Quron qalblar shifosi
51) Tarixi Muhammadiy yangi nashr
52) Xalqa
53) Firʼavn yenga olmagan Muso alayhis-salom
54) Ixtiloflar sababli yechimlar
55) Vasatiya hayot yoʻli
56)Eng zaruriy salovatlar
57) Quddusning soʻnggi muhofizi.

Juda koʻpi oʻqilmay qolib ketgan yangi turipti

Alohida sotilmaydi iltimos soʻramang hammasini bir insonga sotaman

3 months, 1 week ago

Iffat

Bir yaqin tanishim oziq-ovqat do'kon ochibdi. Bir necha kun o'tkach qutlash maqsadida uning do'koniga tashrif buyurdim. Salom-alikdan so'ng biroz suhbatlashdik. Shu payt do'kon eshigi asta ochildi va yuzini ham burqa bilan yopib olgan bir qiz ko'rindi. Bizni ko'rdi-yu, shoshib do'kondan chiqib ortiga qaytib ketdi. Men ajablanib tanishimdan so'radim:
— Buni qanday tushinish mumkin?! — U esa vazmin holda javob qildi:
— Bu qiz faqatgina ayol sotuvchi bo'lgan paytda do'konga kiradi xolos!

Bu voqeaga guvoh bo'lganimdan so'ng o'zimga-o'zim: "Xudo xohlasa hali bu yurtdan yana olimlar chiqadi! ", dedim...

Telegram | Muhammad Qodir

3 months, 1 week ago

Nomaʼlum insonga ma'lum bir maktub

Allohimning eng go'zal salomlari, dunyo va oxiratdagi jamiiyki yaxshiliklar senga bo'lsin! Ahvollaring qalay? Yaxshimisan?!

Seni uncha tanimayman. Balki sen ham meni bilmassan! Ammo sen haqingda ko'p o'ylayman. Ammo shuni bilki sening chiroying haqida hayol qilmayman. Men uchun chiroyingdanda vafoying ustundir. Ilmingdan ko'ra taqvoying muhimroq. Sen nimalarni hayol qilishing men uchun qiziq. Ba'zilarga o'xshab qimmatbaho taqinchoqlar-u, koshona uylar hayolingni band qilmaganmi? O'ylaymanki unday emas! Biz uchun bunday yashash to'g'ri kelmaydi.
Shuuringni buyuk maqsadlar band etganidan umidim bor. Senga atalgan "Ummat uchun"  yo'limda alohida o'rin bor. U yo'ldan faqatgina sen yurasan. U yo'ldan faqatgina men, faqatgina ikkimiz yuramiz. Asosiysi bunga munosib bo'lishimiz kerak xolos. Bu yo'lda esa bir-birimizni duo qilishdan to'xtamaylik. Men doim duodaman. Sen ham tinmay duo qilishnga ishonaman. Ana endi maktubimni tugatsam ham bo'ladi. Senga aytadigan gaplarim hali juda ko'p. Ana o'sha kunlar kelishini Robbimdan so'ragan holda sen bilan xayrlashaman.

Allohga omonatsan!

Telegram | Muhammad Qodir

3 months, 2 weeks ago

Iffat

...Omonatni egasiga topshirish uchun manzilga borib eshikni taqillatdim. Biroz kutdim ammo hech kim javob bermadi. Ikki rakat namoz o'qilgudek vaqtdan so'ng eshikni qayta taqillatdim.
— Kim u?! -, degan qiz bolaning ovoz eshitildi. Men eshik ortidan qay maqsadda tashrif buyurganimni bildirdim.
— Dadam yo'q edilar. -, dedi qiz past ohangda.
— Uzoq masofadan kelgan edim. Iloji bo'lsa olib qololmaysizmi?! -, dedim ming hijolatda. Oradan bir-necha soniya o'tgach o'sha past ohangda ovoz eshitildi:
— Dadam kelsalar o'zlariga beraverasiz!

Men indamay ortimga qaytdim...

Telegram | Muhammad Qodir

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago