Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
#beshyuzyetmishsakkizinchikun
had
koʻchalarning changi bosilgan,
qorlar yogʻgan bir hafta oldin,
hammasi boʻlib ham yozilgan,
yana yolgʻiz qoldim.
bir qoʻlimdan chatnayverdi qars.
muxoliflik qadriyatimni
tushunsaydi qani biror kas
buqalamun kayfiyatimni.
seni haddan ortiq sogʻingan
had neligin bilmas oshiqning
haddidan oshgan bu dunyoda
haddiga sigʻmading sevgilim!
chirsillaydi qahraton raqsi
va qoʻlingda oppoq atirgul
oʻsib chiqqan,
jannatning aksi.
hur, juda hur.
oʻshanda
quladi ichingda kishvaring,
koʻzimda oʻsimta sargʻa(r)di.
labingni tishlardi tishlaring,
sovuq dekabrni qargʻardim,
ham qargʻardim oʻsha kuni men
ketolmayin senday qishqalbdan,
lek topmadim seni na namoz,
na nirvana, na but, na salbdan.
gʻijilliydi atrofingda his,
sezimlaring qolar garangib,
gʻijillaydi soʻzlar izma-iz,
qoningda bir gard bor Farangim!
qoʻlimga qoʻy oʻsha oq, silliq,
atirguldan koʻchat oʻtqazay,
va qoʻlingda oʻnta muallaq
uzuq-yuluq miniatyurada,
tunab qolay butun umrga.
bu gal tengsiz sevmading
o, jim
sevmas eding ming yil ham oldin.
yostigʻingga toʻkildi soching,
yana yolgʻiz qoldim,
yana…
PyD
#beshyuzyetmishyettinchikun
durganch
Dunyo toʻlib qolgan, yoshlaring liqqa,
Yiqilib tushgandir boʻyningga atir.
Fazoda hapqirib changga yoʻliqqan
koʻzing – topilmagan nomsiz krater.
Ertaga kelasan, erta, sevgilim
Qalbimdan urasan orazing hovon.
Shoshilib kelasan ushbu izgʻirin
sovuqlar labingga sachratar alvon.
Ketaman, ketadi oʻzimdan hushim,
Namoyish etibon klassik udum –
Durganch yanogʻingga suqlari tushib
sepkillab qoladir butun vujudim.
Bunda biz magʻlubmiz, faqat ishq gʻolib.
Yaksonkash sogʻinchim ilkis buriqsib,
Ruhim sochlaringga tugilib qolib
qaniydi bir umr yashasam ruhsiz.
Bejirim qoʻlingda uzuklar mahtal,
Qoshingni koʻrmagan zulfingda armon.
Qaraysan, qaraysan jasadim niqtab
nafis ishvalaring ichra suzarman.
Yulduzlar porlaydi, portlaydi tegram,
Qarshimda turasan behis tomona,
Sarhil osmonlardan tutmading erkam,
men tutdim, men seni kutdim,
hamon ham.
Soʻzlarim osildi, bosmadim hovur,
Shamolam, havo ber benafas qoldim.
Kel mening kulimni Koʻklarga sovur
seni koʻrib qolay yonishdan oldin.
namoyish etibon klassik udum.
PyD
…–shunaqa hayot –okay, hop. –uni ideali sen emas, K-pop. –gapiraman desang gap koʻp. –lekin nima foyda? Bu "Hech kim yoʻq" trekidan
#beshyuzyetmishbirinchikun
mavr
Yonib borayotir qalovsiz muzlar,
Oʻlik ruhim toptab uchmoqda chana
soʻzlar,
Bulutning ortida shallaqi charaq.
Bu osmon ostida yasholyapsanmi
Sevgilim,
Jonboda koʻzlaring hamon safsarmi,
Yigʻlamay qoʻydingmi sogʻinib.
Seni sochlaringni uchi sinchalak,
Bosilmagan qordek yuzingda upa.
Sen
lolalarning soʻngan hayoti – gʻunchalab.
Sen hali toʻy koʻrmagan supa.
(Kokilim karaxtdek kalovlab kuldi,
Yodimdamas nega yigʻladim.
Kokiling eng soʻnggi ishini qildi,
Sigʻmadim.)
Avroqi tushlaring borar elanib,
Xudkush esnoqlarda hisxil tijorat,
Tizim tizlaringga borar belanib,
uch ora, u chora, uchorat.
Tungi boʻyoqlardan vujudim sengi,
Men bir muxolifman oʻzimga, botil.
Oʻlimim moʻljalib qoʻygandir sevgi
Sogʻinch – Xudo yollagan qotil.
Yulduzlarni tortib ketdi senvor firqa.
Fikratim sen,
fitratim sen,
furqatim sen,
Yer uchqatdir,
osmon yetti,
dunyo birqat
Mingqatim sen.
Sen –
buyuk izofa buyuk portlashga,
Sen –
masjidlardagi sokin iliqlik.
Sen – soʻngsiz muhabbat, soʻngsiz oʻrtaniq
Men – silliqlik.
Sen – ertaklardagidek
oltin oʻrtaliq.
PyD
🖊️@symphonic_notes
Matn estetikasidan zavqlaning)
📓@kitobkash
Hammasi ham kitoblar haqida emas
🌸@literatureo1
Kitoblar, taqrizlar, tahlillar
📚@kitobxon_qirolligi
Istalgan kitob uchun gʻalati taqriz yozuvchi
🏺@malinadann
Chalkash hislar va kitoblar haqida
🤎@mira_movies
«koʻppala» sara filmlar
🧚♀️@eski_fikr
Ostiga chizilgan satrlar va eng sara she’rlar
📚@kitobdorr_uz
Siz izlagan va hamyonbop kitoblar
🤎@re_mu_ar
Jahon adabiyoti asarlariga taqrizlar, iqtiboslar va fikrlar
🪻@ruhzabonniki
Hamma narsa haqida hech narsa
🪻@palangizm
So‘ngsiz sog‘inch
📚@HamKitob
Ham adabiyot, ham kitob, ham she‘r, ham taqriz, ham fikr... Hammasi shu yerda.
…negaki istarasi issiq odamlar bir-biri bilan kamdan kam uchrashishadi.
#beshyuzoltmishbeshinchikun
nebula
Koʻzimni yuvadi abrkash xino,
Quyqalashib qotgan senmi, asalmi?
Ranglashgan tunlarda yoʻqolib zino
Sipqorib ichilgan senmi, qasammi?
Men premyerasi kechikkan kino,
senchi, spoylerim boʻlolasanmi?
Yozilgan tuxumlar, qismat chaqilgan,
Ahamiyat yotdir, bizlar befalak.
Ufqlarga sachrovim mudom yoqilgan,
Boʻgʻilgan, tugʻilgan balgʻamlarda shak.
Qanotini qoqmay yerga qoqilgan,
Senmiding sevgilim oʻsha kapalak?
Yoxud qallob tongga edingmi avlod?
Zulfingda furqatiy nigohim siniq,
Tugʻyonlar, vahima, bir sevgim sovut
Oydan sharsharaday maylar yiqilib,
Ichingda yulduzlar qilishar mavlud.
Mutaassib sochlaring ketar yoyilib…
Azizam, men bitdim, bisotim biqiq,
Basavlat soʻzlarim tugadi yonib.
Ortda qolib ketdi oʻlmoqqa taqiq…
Toʻpponchamning oʻqi zang yegan chogʻi
qaysidir bemavrid tushingdan chiqib,
Seni quchgan sharpa men edim jonim.
Sensurasizlarga kashaldir jahon,
Bizlar alohida, biz oysut emib,
Amrimiz moxovdir, amrimiz mahol.
Arosat aro san yoʻqlikka enib,
Mutlaqlik jismingga tekkizmay ohor,
Koʻzimga sigʻdirib yashadim seni!
ortda qolib ketdi oʻlmoqqa taqiq…
PyD
Xaos
#beshyuzoltmishtoʻrtinchikun
sezim²
Chiroyli tushadi Toshkentga sovuq,
Kecha qaynab turgan hislar chillaki.
Daraxtlar tutaydi oqshomlar dovur,
Gʻamgin avtobuslar chekar tamaki.
Isming isinadi gʻamtishlarimda,
Sigʻmoqlik, sigʻinmoq axir, eng muhim.
Kelarkan Oy kabi tirqishlarimdan,
Boshimda aylanar izgʻirin ruhing.
Yellar oʻgʻirlagan dunyoning sharfin,
Seningdek shafaqning boʻynida mazax.
Sumalakdek qotgan ishqning bosh harfi,
Tarnovlar sochingdek titraydi dagʻ-dagʻ.
Nahot, koʻrmadingmi muzlaganimni?
Nahot, koʻrmadingmi qanchalar kuydim?..
Farqi yoʻq, sen menga doʻstmi, gʻanimmi,
baribir suydim.
Bir qara jonginam, sogʻinchim ka-atta,
Koʻzlarim dilgirdek, alang koyinar –
Quyoshni qoraytgan loyqa asfaltda
qorlar oʻtkazmoqda asal oyini.
Qaysidir urnada yotibdi subut,
Koʻraman, bormaydi qoʻlim, olmayman.
Qargʻalar menga deb yasashar tobut,
tupurdim, oʻlmayman, oʻlmayman!
Sovqotdim, sezdim-ov seni menimcha,
Xudo urinmadi, sen urinmading.
Koʻrishsak aytarman, sogʻinchim shovul…
Hu-uv uzoqqa boqdim…sen koʻrinmading.
Chiroyli tushadi Toshkentga sovuq.
PyD
#beshyuzelliksakkizinchikun
inventum
Men senga tinimsiz qoʻngʻiroq qilsam,
koʻtara olmasang Uitmenni oʻqib.
Koʻchada koʻrsam-u, sen yursang xursand
kulgingga yigʻilsa umrimning oʻqi
tishingdek bir tekis xayollarimga
bera olmaysanmi bitta silkinish.
axir bir oʻzimga qiyin mutlaqo
kel, menga sogʻinish.
Necha bor oʻzimni telba deb aytdim,
sen esa "Telba"ni oʻqimagansan.
Tokay "Ishqparast" ham boʻlib qolmading,
"Vijdon azobi"da qiynalding jonim.
Borimni quchadi bu irkit kunlar,
bilaman, tokchangda chang bosib yotar
Eljernonga atalgan gullar.
Musichalar oʻldi, qoplonlar oʻldi,
koʻk tobut koʻtarib kelmoqda kitlar.
Odamlar har kuni oʻlib yotibdi.
qaydadir tirikdir oq silovsinlar…
yana qaysi porloq sivilizatsiyalar
ayt, yakun topsinlar kelishing uchun?!
Darvin peshonangdan darcha ochardi,
Boshingga urilib qonar edi Nil,
Oppogʻoy yuzingdan oʻpib qochardi,
Buyuk Karl koʻzingga mil tortardi, mil.
Fitrat moʻylovini qirib tashlardi,
Sen Baxning notasin sochingga ilsang,
O, Xudo oʻlmasdi oʻsha zamonlar
sen kelsang.
Oʻzingni onangdek qucha olmaysan,
Sen inglizcha ovqatlanmaysan,
Sen fransuzcha ashula eshitmaysan,
Sen italyancha teatr koʻrmaysan,
Sen forscha sevishni bilmaysan,
Sen oʻzbekcha sheʼr oʻqimaysan,
Sen ruscha mutolaa qilmaysan,
oʻzingcha yashaysan oʻzingcha.
Lev Tolstoy koʻzingga maktub yozadi!
"Telba"ni oʻqima, ey telbaginam!
Qoʻngʻiroq qilaman, oʻzdan ozardim,
Goʻshaklar… xumoring – Uitmenni oʻqish.
O Kapitan! Mening Kapitanim!
kel, menga sogʻinish.
eljernonga atalar gullar…
PyD
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago