Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 1 day ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
«Talabalik yashash izni ( Öğrenci ikamet izni ) uchun qancha harajat ketadi?»
Ko'pchilik shu haqida so'rashgan. "Öğrenci ikamet izni" yani Turkiyada talabalarga yashash ruxsatnomasi bo'lgan ID karta olish uchun ketadigan harajatlar haqida.
Bazi joylarda ya’ni kuchalardagi shirkatlarda 300-400$ ketadi deb keltirilgan ma'lumotlarni menga yuborishdi.
"Öğrenci ikamet izni" yani talabalik yashash ruxsatnomasi oddiy Turistik yashash ruxsatnomasiga qaraganda ancha arzon. Siz universitet talabasi bo'lsangiz va 2 yillik yoki 4 yillik talaba yashash ruxsatnomasi olayotgan bo'lsangiz siz uchun ketadigan barcha harajatlar ( sug'urta + soliq to'lovi, rasm vhkz ) hammasi bo'lib 100$ dan ham oshmaydi aslida.
Va siz buni Turkiyaga kelib, universitet ro'yxatidan o'tganingizdan keyin olishigiz kerak bo'ladi. Sizdan oldindan 300-400$ lab kimdir olmoqchi bo'lsa, sizni "uxlatmoqchi!". Hozirgipaytda ID kartani olish uchun kerakli hujjatlarni to’plab universitet Xalqaro bo’limiga topshirishingiz kerak bo’ladi, faqatgina universitetga hujjatlarni topshirib Öğrenci ikamet izni olishingiz mumkun.
Öğrenci ikamet izni olish uchun Universitetingizni Xalqaro Bo’limiga murojaat qilib yordam olishingiz mumkun.
«Turist ikamet izni» va «Öğrenci ikamet izni» haqida.
Turist ikamet izni - Chet ellik (O’zbekiston) fuqarolarning Turkiya ishlashga yoki 3 oydan uzoq muddat yashashga kelganda olishi kerak bo'lgan yashash ruxsatnomasi.*
Öğrenci ikamet izni - Turkiyaga o'qishga kelgan chet ellik talabalarning yashash ruxsatnomasi.*
1. Kutahya Dumlupinar Universiteti
Ariza topshirish vaqti:
29.05.2024 - 21.06.2024
2. Bayburt Universiteti
Ariza topshirish vaqti:
03.06.2024 - 29.06.2024 3. İzmir Katip Çelebi Universiteti
Ariza topshirish vaqti:
03.06.2024 - 20.06.2024
4. Bolu Abant İzzet Baysal Universiteti
Ariza topshirish vaqti:
03.06.2024 - 23.06.2024
5. Muğla Sitki Koçman Universiteti
Ariza topshirish vaqti:
03.06.2024 - 28.06.2024
6. Yalova Universiteti
Ariza topshirish vaqti:
24.06.2024 - 05.07.2024
7. Karadeniz Teknik Universiteti
Ariza topshirish vaqti:
03.06.2024 - 28.06.2024
8. Sakarya Universiteti
Ariza topshirish vaqti:
15.05.2024 - 23.06.2024
9. Anadolu Universiteti
Ariza topshirish vaqti:
05.05.2024 - 28.06.2024
10. Orta Doğu Teknik Universiteti
Ariza topshirish vaqti:
03.06.2024 - 14.07.2024
Hozircha bu universitetlardi qabullari ochildi. Xohlagan yunalishlarni shular ichidan topa olasizlar. Hammasi DAVLAT universitetlari. Ba’zi universitetlarga ariza topshirish pullik.
Ariza topshirmoqchi bo’lganlar Googlega universitet nomini yozib va usha yerdan ariza topshirishingiz mumkun.
Turkiyaga yangi kelganlarning hayotini qulaylashtiradigan 17 ta maslahat ✅
1) *O’zbeklar eng ko’p non istemol qiladi (turklar ham). Shu sababli nonni oddiy do’kon yoki nonvoy xonalardan emas, hokimiyatning “Halk ekmek” bufetlaridan oling. 2 baravar arzonga olasiz deyarli.
2) Kvartira olishda isitish tizimiga va uyingizga quyosh tegib tegmasligiga e’tibor bering. Agar isitmaydigan uy bo’lsa olmang. Gaz to’lovi juda katta keladi qish oylarida.
3) Hech kimga qarz bermang yoki qarz so’ramaslika harakat qiling.
4) Masalan ko’chada qolib kettingiz. Boradigan joyingiz yo’q. Mehmonxonalarga boradigan pulingiz bo’lmasa, Shunday paytda eng ishonchli va yaxshi joy Avrovokzallar yoki aeraport bo’lsa, aeraportlardir. Masjidlar kechasi ochiq bo’lmaydi.
5) Istanbul yoki Anqarada bo’lsangiz “Istabulkart” yoki “Anqara kart” oling. Transportlarga chiqishda kerak. Agar talaba bo’lsangiz chegirmali kartalar oling 2-3 barabar arzonroq bo’ladi.
6) Turkcha bilmasangiz biron narsa olishda turkcha biladigan tanishingiz bilan oling. “Uxlatishlari” mumkin bo’lmasa.
7) O’qishga kelib, ishlamoqchi bo’lganlar qizlar judayam ishonchli tanish bo’lmasa, begonalarga, har xil shirkatlar ishonib ishga ketmang. Sizni noto’g’ri odam deb o’ylab, noto’g’ri ishlar taklif qilishi mumkin.
8) Pullarni kartada saqlagan maqul. Karta solinadigan hamyon ovoling.
9) Kimlik(ID) kartangiz doim yoningizda bo’lsin. Hamma ishlar ID karta bilan bitadi. Kuchada yurganingizda ham Polis sizni tekshirsa birinchi navbatda sizdan so’raydigon narsasi Kimlik(ID) bo’ladi. Shuning uchun doim yoningizda bo’lsin.
10) Kimlik(ID) karta olganingizdan so’ng pasport hujjatlaringizni yoningizda olib yurishingiz shart emas, pasportingizni biron bir joyga saqlab qo’ying, yo’qalib qolsa O’zbekistonga qaytib tiklatishga to’g’ri keladi ortiqcha katta rashodga tushasiz.
11) Agar talaba bo’lsangiz o’quvchilik kartantizni ham doim yoningizda olib yuring. Ko’p joylarda chegirma mavjud (transport, muzeylarga kirish kabi).
12) Boshqa birovga o’z ID kartangiz nomiga simkarta olib, komunal obunalari qilmang. Ertaga to’lovlarni qilmasa, sizning boshingiz yonadi. Ayniqsa “faturali” simkarta yomon. To’lov qilinmasa sudga oshib ketadi. Keyin siz olib bergan nomer orqali kim bilan qanday gaplashishini ham bilib bo’lmaydi. Shuning uchun Kimlik (ID) kartangizni faqat o’zingiz uchun va kerakli narsalarga ishlating.
13) Siyosat haqida har joyda har narsa demang. Odamlar juda asabiy bu mavzuda. Tortishib ketadi darrov.
14) Futbol mavzusi ham shunday. Ehtiyot bo’lavering. Ayniqsa Fenerbahçe formasi bilan Trabzon shahriga bormang. Boshqa Galatasaray-Fenerbahçe, Bursaspor- Diyarbakirspor kabi bir-biriga zid jamoalar ham talaygina. Muxlislari bir-birini ko’rgani ko’zi yo’q.
15) Janjallarga aralashmang. Qurol ishlatilishi mumkin. Uzoq yuring janjallardan.
16) Tez yordam, politsiya, jandarma nomerlarini bilib oling. Biron muammo bo’lsa, politsiyaga qo’ng’iroq qilishdan qo’rqmang. Sizni himoya qiladi politsiya. Kasal bo’lsangiz tez yordamga tel qiling. Tezda yetib kelishadi. Odatda tekin.
17) Ayollar KADES (Kadın destek-ayollarga dastak) programmasini o’rnatib oling har ehtimolga qarshi. Biron xavf sezsangiz shu programmada bir tugma bosib yordam chaqirishingiz mumkin. Lokatsiyangiz ochiq bo’lsa, shunga qarab tezda yordam yetib keladi.
18) Qonunlar ishlaydi bu yerda. Hamma ishni qonuniy qiling. Biron uy-yotoqxona wifi obunaligi shartnomasi yoki shunga O’xshash sharnomalar bo’lsa, ularni qonuniy hal qiling. Qonunsizlik qilib aldab ketaman deb o’ylamang. Baribir aldolmaysiz. Huquqingizni talab qilishni o’rganing.
19) Turk tilini tezda o’rganing. Faqat so’kishni o’rganib, qolgan gapni o’zbekcha gapirib yursangiz ko’p narsani bilmay yurasiz.*
Dam olish kuni dengizga sayohat ?
?Küçükova Koyu / Balikesir
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 1 day ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago