Medicine with DJ

Description
Endokrinolog Nasimov Husan Ilxomovichning shaxsiy tibbiyotga oid blogi

Feedback: @dj_secret

Kanal faqat tibbiyot xodimlari uchun mo'ljallangan!

Muhokamalar uchun:
https://t.me/+puySCNBbP3hmMDRi
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 month, 2 weeks ago
Medicine with DJ
1 month, 2 weeks ago

Qaysidir tibbiyot muassasasining rasmiy telegram kanalidan xabar kelib qoldi:

#хушхабар
* *да салкам 7 кг лик ўғил чақалоқ туғилди

Chaqaloqni bunaqa katta vazn bilan tug'ilishini shaxsan man xushxabar deb hisoblamagan bo'lardim. Tibbiyotda chaqaloq vaznining 4-4.5 kg dan ortiqcha ekanligi makrosomiya deb nomlanadi va bir nechta kasallik asorati bo'lishi mumkin.

Bunday chaqaloq tug'ilishining eng ko'p tarqalgan sabablaridan biri onadagi gestatsion diabetni nazorat qilinmasligi hisoblanadi (makrosomiya gestatsion diabetning eng keng tarqalgan asoratidir)

Onadagi insulinorezistentlik hisobiga rivojlangan giperglikemiya natijasida homilada ham giperglikemiya kuzatiladi, bu esa giperinsulinemiyaga va shu orqali ortiqcha glukozaning yog' sifatida to'planishiga sabab bo'ladi va homila vazni ortib boraveradi.

Bundan tashqari giperglikemiyaga javoban yuqori darajada insulin sekretsiya qilishga moslashgan homila tug'ruqdan keyin onadan keladigan glukoza taminoti bo'lmasa ham katta miqdorda insulin sekretsiya qilishda davom etishi mumkin va bu neonatal gipoglikemiya rivojlanish xavfini oshiradi.

Shuning uchun makrosomiya holatini oldini olish va tug'ruqdan keyingi asoratlar rivonlanmasligi uchun ona va bola qonidagi qand miqdorini doimiy kuzatib borish juda muhumdir!

Hurmat bilan Endokrinolog Husan Ilxomovich

Manba: Medicine with DJ

1 month, 2 weeks ago

INSULINOTERAPIYA: II tip diabet bemorlarda insulinni dozalash va insulinoterapiya rejmlari deb nomlangan Endocrinology with DJ kanaliga oid post muddati tugaganidan keyin o'chirib yuborildi! Agar saqlashga ulgurmay qolgan bo'lsangiz kanalni faolroq kuzatishni…

1 month, 2 weeks ago

INSULINOTERAPIYA: II tip diabet bemorlarda insulinni dozalash va insulinoterapiya rejmlari deb nomlangan Endocrinology with DJ kanaliga oid post muddati tugaganidan keyin o'chirib yuborildi! Agar saqlashga ulgurmay qolgan bo'lsangiz kanalni faolroq kuzatishni…

1 month, 2 weeks ago
Medicine with DJ
1 month, 2 weeks ago

INSULINOTERAPIYA: II tip diabet bemorlarda insulinni dozalash va insulinoterapiya rejmlari deb nomlangan Endocrinology with DJ kanaliga oid post muddati tugaganidan keyin o'chirib yuborildi!

Agar saqlashga ulgurmay qolgan bo'lsangiz kanalni faolroq kuzatishni maslahat beraman

Manba: Medicine with DJ

1 month, 2 weeks ago

Kanal bildirishnomasini yoqib qo'ying va saqlab olishga tayyor turing, bugun pulingizga ham topish qiyin bo'lgan bir bilimni tekinga ulashaman, post pullik kanalga tegishli bo'lganligi uchun tezda ushbu kanaldan o'chirib yuboriladi ❗️

1 month, 2 weeks ago

Kanal bildirishnomasini yoqib qo'ying va saqlab olishga tayyor turing, bugun pulingizga ham topish qiyin bo'lgan bir bilimni tekinga ulashaman, post pullik kanalga tegishli bo'lganligi uchun tezda ushbu kanaldan o'chirib yuboriladi ❗️

1 month, 3 weeks ago

Rus tilini bilmasdan qanday shifokor bo'lmoqchisan, hamma adabiyot rus tilidaku?

Shu gapni bir marta bo'lsa ham eshitmagan nats gruppa talabasi bo'lmasa kerak, bu turdagi gaplarni odatda yoshi kattalar yoki ruslashib ketgan yosh uzbeklar aytishadi, ularga sen qaysi tilni bilishing qiziq emas, inglizcha va xatto nemischa gaplasha olsang ham rus tili bu eng oliy tildek munosabatda bo'laverishadi

Ammo zamon o'zgarmoqda, albatta, tan olish kerak rus tilidagi tibbiy malumotlar uzbek tiliga nisbatan boyroq, lekin ingliz tilidagiga nisbatan anchagina ortda qolishi mumkin, shuning uchun endi nafaqat rus tilidagi balki ingliz tilidagi bilimlarni ham o'zlashtirishimiz va tilimizga tarjima qilishimiz lozim

Bu jarayonga o'z hissamni qo'shish maqsadida kanalimni to'liq o'zbek tilida olib boraman va u yerga joylashtiradigan ma'lumotlarim endokrinologiya sohasida O'zbekistondagi har qanday tildagi har qanday manba bilan bemalol bahslasha olishiga shubham yo'q!

Endocrinology with DJ kanalim uchun qabul boshlandi, noyabr oyi uchun postlar 15-noyabr boshlab joylashtiriladi (15-dekabrgacha). Kanaldagi hozirda mavjud mavzular ro'yhati bilan ushbu "SSILKA" orqali tanishib chiqishingiz mumkin, kanalga kirish uchun esa @dj_secret ga murojaat qiling

Faqat bir narsani aytmoqchiman, kontent sifatini to'liq tushinish uchun ozgina bilim kerakligini inobatga oling, kontentni o'qishdan oldin o'qimoqchi bo'lgan mavzuyingizni qo'lingizda bor manbalarning barchasidan (ruschami yoki inglizchami farqi yo'q) ko'rib chiqing va keyin malumotlarni o'qing, shunda nima ekanligini va qancha mehnat ketganini ozgina his etasiz...

Hurmat bilan Endokrinolog Husan Ilxomovich

Manba: Medicine with DJ

1 month, 3 weeks ago

Tibbiyot sohasi vakillari bilishi kerak bo'lgan, o'zim foydali va ishonchli deb hisoblagan saytlar ro'yhatini taqdim etmoqchiman:

1) Pubmed

2) Medscape

3) Researchgate

4) Cochrane Library

5) Embase

6) Sciencedirect

7) Uptodate

8) Wikipedia

9) The Lancet

10) FDA

Bu saytlardagi malumotlar doim yangilanib turadi, ularda odatda boshqa manbalarda uchramaydigan doktor uchun eng muhum bilim "nuance" lar mavjud ("talabadan doktorni ajratib turadigan" bilimlar desa ham bo'ladi), o'zim ham sohamdagi kasalliklarni to'liq tushinish va eng yangi infolar olish uchun bu saytlardan doimo foydalanaman, sizlarga ham manfaatli bo'lsa xursandman!

Malumotdan foydalanganda manba ko'rsatilishini iltimos qilib qolardim, hurmat bilan Endokrinolog Husan Ilxomovich

Manba: Medicine with DJ

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid