Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Kishining hayoti bu dunyoga ingichka ip bilan bog‘langan. U shu qadar nozik ekanki, kichik bir harakat yoki sabab bilan uziladi.
Dunyoga omonat ekanligini kishi qachon yaqqol anglaydi? Ota-onasi o‘tganidami? Menimcha unday emas, ota-onalarni yo‘qotish barcha odamzotga azaliy meros. Balki tanish-bilishlar yoki qarindosh-urug‘lardan kimdir o‘tganidami? Menimcha bu ham u qadar ravshan tasavvur bera olmaydi.
Kishi yoshlikdan birga o‘sgan, o‘zi bilan tengdosh do‘sti, sinfdoshini yo‘qotganida hushyor tortsa kerak.
Bugun tongda bolalikda birga o‘sgan, bir sinfda o‘qigan sinfdoshimning vafot etganini eshitib oyog‘im ostidagi asos qalqib ketgandek bo‘ldi.
O‘lim haq, undan qochib qutulib bo‘lmaydi, har bir tirik jon o‘lim "sharbat"ini ta'tiydi deymiz-ku, lekin u yonginamizda turganini his qilganimizda qalbda qo‘rquv, titroq uyg‘onar ekan.
Shaxsan men uchun jismonan yo‘q bo‘lish u qadar qo‘rqinchli emas, chunki alalqibat baribir yuz beruvchi narsadan qo‘rqishdan ma'no yo‘q. Lekin o‘zingdan bir iz, yaxshi amallar qoldirmasdan ketish, eng muhimi borganda yorug‘ yuz bilan ketishga arzigulik iymon bilan ketmaslik mana bu chinakam qo‘rqinchli holat.
Yonimizdagilar o‘limi bizga berilgan bir mujda, manzilimiz yaqin ekanligini bildiruvchi bir belgi bo‘lsa ajab emas.
Sizlarning bolalaringiz ham shunaqami? 😁
P.S. Videoga olib uni qayta ko‘rayotganimda choynak qopqog‘idagi ushlagich yumaloq qismi yo‘qligini sezibman. U qismi choynak yangi olingan kundayoq bolalarga kerak bo‘lgani uchun yechib olishgan 😆
P.S. Mantiqozonimiz jangda qatnashgan idishga o‘xshaydi. Bu opa-ukaning dastidan deyarli butun narsa qolmaydi shekilli 😄
Kuvad sindromi haqida eshitganmisiz?
Ayrim holatlarda homilador ayolning yaqinlari, ko'pincha eri, ba'zan esa otasi, homiladorlikka xos bo'lgan o'zgarishlarni o'zlarida his qila boshlashadi. Ularda ishtahaning yo'qolishi yoki haddan ortiq kuchayishi, ich qotishi yoki ketishi, ertalabki holsizlik, qorin och bo'lsa ham ko'ngil aynishi, qusish, ayrim narsalar/taomlarning hidini yoqtirmaslik va bundan ko'ngil behuzur bo'lishi kabi belgilar namoyon bo'ladi. Olimlarning ta'kidlashlaricha 11% erkaklarda mana shunday "simpatik homiladorlik" kuzatilar ekan. Aynan mana shu "kasallik"ka fanda Kuvad sindromi deyiladi.
Juda yaxshi eslayman, birinchi farzandimizga homiladorlik vaqtimizda men ayni shu sindrom bilan "og'riganman". O'sha vaqtda Xitoyda edik. Xudoga shukur, ayolimda homiladorlik vaqtida birorta ham nojo'ya holat kuzatilmagan, na toksikoz, na ko'ngil aynib qayd qilish, na nimadir yeyish hissining ortishi, homiladorlikni odatdagidek kechirgan. Lekin hamma tomoshani men qo'yganman ?.
Xitoyda yashaganlar biladi, ularda bizdagi oddiy bodringdan farqli yana bir bodring navi keng foydalaniladi. U uzun-uzun, sirti qalin va g'adir-budir bo'ladi. Shu bodringning hidiga chiday olmaydigan bo'lib qolganman. Uyda shu bodringni ko'rsam yoki hidini sezsam ko'nglim aynirdi. "Yo'qot bu bodringni" yoki "Men yo'g'imda ye shu zormondani, hidiga chiday olmayapman, ko'rsam qusay deyapman" deb homilador ayolimga baqirardim ?. Kamiga kech bo'lganda oddiy yogurtga qulupnay va kivi qo'shib yeyish hissi kuchayardi (do'konda sotiladigan tayyor qulupnayli yogurtni esa yegim kelmasdi). Agar kechasi shunaqa qilib yemasam tuni bilan uyqim kelmas, yogurtga to'g'rab qo'shilgan qulupnay va kivi ko'z oldimdan o'tib chiqardi.
Bunaqa vaqtda xotinim "homilador menu, lekin toksikozini siz boshdan kechiryapsiz" deb kulardi. "Ko'rdingmi, seni o'ylab shuncha mashaqqatni o'z bo'ynimga olganman" deb javob qilardim.
O'shanda hali Kuvad sindromi haqida bilmasdim. O'zimdagi bu o'zgarishlarni shunchaki tasodif deb hisoblaganman. Lekin qizim tug'ilgach bu his batamom yo'qoldi. Ana u hidi rasvo (chindan ham o'shanda shunaqa tuyulgan) bodringni yana maza qilib yeydigan bo'ldim. Qulupnayli yogurt yeyish hissi ham yo'qoldi.
Sizdachi, shunga o'xshash holat kuzatilganmi? Yoki biror yaqiningizda Kuvad sindromi kuzatilayotganiga guvoh bo'lganmisiz?
Hozir bir chet ellik aka-singilning suhbatini eshitdim:
- Aka!
- Bor jo‘na, tinch qo‘y meni.
- Sizga bir gapni aytmasam bo‘lmaydi.
- Ufff. Ha ayt tezroq.
- Men maktabimizdagi bir yigitni yoqtirib qoldim.
- Yaxshi o‘qiydimi?
- Ha, sinfimizdagi eng a'lochi yigit.
- Kelishganmi?
- Ha.
- Sport bilan shug‘ullanadimi?
- Ha, basketbol jamoasining yulduzi. Zalga ham qatnaydi.
- Nima qilasan shunday ideal yigitning hayotini rasvo qilib?
- Nima?!
- Iltimos, singlim, u bechorani tinch qo‘y. Juvonmarg bo‘lib ketmasin.
- Akaaaa-aaa.
???
Shunaqa hazilkash aka-singillarni yaxshi ko‘raman.
P.S. O‘zimning ham ikki singlim bor. Allaqachon turmushga chiqib ketishgan va meni to‘rt karra tog‘a maqomiga erishtirishgan. Lekin haligacha hazillashamiz. Ayniqsa katta singlim gapga usta ?
Bugun vanihoyat uzoq rejalashtirishdan so‘ng dam olgani sihatgohga (sanatoriya) keldim. Uydan kelishimda ayolim yegani narsa ovolasizmi deb so‘raganda "yo‘q, o‘sha yerda bergan ovqat bilan kifoyalanaman. Dam olish bilan birga oshqozon-ichak tizimi ham dam olsin, parhez qila qolaman" degan edim.
Kelgach bilsam bu Avaz Oxun latifasida aytgan ochlik bilan davolaydigan sihatgoh ekan ? ?
Xotinimni yegani narsa ovolasizmi deganini eslab kulib yotibman. O‘zimga o‘zim so‘z berdim, tashqaridan narsa olib yemayman, non yemayman, faqat berilayotgan parhez ovqat bilan tiyilaman. Ishqilib oxirgi kuni haligi latifadagi bemor kabi choyxonaga telefon qilmasam bo‘ldi ?
Hammasi yaxshi bo‘lishiga harakat qilasan. Asab hujayralaringni asrashga urunasan. Kayfiyating barqarorligini ushlashga chiranasan. Lekin unutma, sen o‘rmonda, odamlar jamiyatidan tashqarida yashamayapsanmi, hammasini barbod qiladigan, asablaringni qaqshatadigan, kayfiyatingni buzib kuningni rasvo qiladigan bittasi baribir topiladi.
Shu bois ham tuzilayotgan rejalarning 100% lik natijasini kutish u qadar ham to‘g‘ri emas. Ularni o‘zing buzmasang ham, buzishga majbur qiladiganlar chiqadi.
Balki hayot shunisi bilan qiziqdir. Lekin shunday onlar bo‘ladi-ki, padariga ming la'nat bunday hayotning deb yuborasan.
Bir yozuvchi aytmoqchi, "aslida hayot oddiy, lekin uni tushunish murakkab".
Munosabatlarda ishlatiladigan ilk yolg‘on ungacha bo‘lgan haqiqatlarni shubhaga aylantiradi. Yolg‘on siam egizaklariga o‘xshaydi, biri aytildimi, albatta keyingisi u bilan birga keladi. Munosabatlardagi ikkinchi yolg‘on esa yuzaga kelgan shubhalarni haqiqatga aylantiradi.
Aslida bu dunyoda yolg‘onchilarga qiyin. Doimo yangi yolg‘onlarni to‘qishga majbur. Rostgo‘ylarga esa yashash oson, yolg‘onimning misi chiqmasmikan deb o‘ylanmaydi. Yolg‘on bilan yashash qiyin ekan, nega unda biz oson hayot qolib qiyinini tanlaymiz, nega?
Bugun eshitganim eng antiqa maqola shu bo‘ldi: "Ishi yo‘q itni sug‘organ ekan".
Bugun tushlikda katta xo‘jayin bilan sushi yegani bir joyga bordik. Bizga bir qizaloq xizmat qildi. Turishimizdan avval qolgan sushilarimizni o‘rab bering deb so‘radim. Ofitsiant qiz "Xo‘p bo‘ladi, hozir o‘rab, bir to‘la chekingiz bilan olib kelaman" dedi. Men ham o‘zimni tuta olmay "Rahmat, yashang, singlim!" deb yuboribman.
Qarasam katta xo‘jayin menga to‘rtburchak qarayapti.
- Ha onajonisi, tinchlikmi? - deb so‘radim.
- Singlingiz yashaydi, lekin siz o‘lasiz! ?
-...
Boshingga nima kelsa tilingdan ko‘r degani shu bo‘lsa kerak-da.
"Otni qayerga bog‘lay?
Tilimga bog‘lang, tilimga!" ?♂️
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago