Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
⏺Inson kimnidir qalbini og‘ritishdan qo‘rqishi kerak.
⏺Inson ota-onasini norizo qilishdan qo‘rqishi kerak.
⏺Inson harom luqma yeb qo‘yishdan qo‘rqishi kerak.
⏺Inson gunoh qilishdan qo‘rqishi kerak.
⏺Inson Qiyomatdan qo‘rqishi kerak.
✅ Ammo...
⏺Inson haq gapni aytishdan qo‘rqmaslik kerak.
⏺Inson katta maqsadlar qilishdan qo‘rqmaslik kerak.
⏺Inson Allohga tavakkul qilishdan qo‘rmaslik kerak.
🔔Xulosa: Insonning qalbida qo‘rquv bo‘lishi kerak, ammo u qo‘rqoq bo‘lmasligi kerak.(#kuzatuvlar #xulosalar)
*🗣*QOBILIYAT
Kimki, o‘ziga berilgan qobiliyatdan foydalanmasa, bu qobiliyat uni tark etadi.
📖 XAYRLI ILM
Har bir ilm iymon(islom) ilmi bilan birga o'rgatilsa, o'sha ilm egalari amalga oshirgan barcha ishda xayr bo'ladi, barokat bo'ladi. Chunki, harom, halolni yaxshi anglaydi ular.
❓ SAVOL
Nima deb o‘ylaysiz, (boshingizni tik tutib ayta olasizmi): gunohlaringiz soni ko‘pmi, tavbalaringiz?
Shunday insonlar borki, maqsadi yo'lida raqobatchilaridan eng oldida emas, orqaroqda bo'lishni xohlashadi. Ya'ni sohasining eng zo'ri bo'lib olishni emas, o'zidanda zo'rroq insonlar bo'lishini istaydi.
Bunga sabab, ana shu o'zidan yaxshiroq insonlarga yetib olish, ular qatorida bo'lish uchun o'z ustida yanayam ishlashni xush ko‘radi. Ya'ni harakat, harakat va harakat qilishdan rohat oladi ular. Natijada bu sohada ilmi, tajribasi oshib, eng zo'ri bo'lishadi, bir kuni. Ular raqobatni yaxshi ko‘radi. Raqobatdan yaxshilik yo‘lida foydalanishadi.
Siz ham orqadamisiz. Yuqoridagi insonlardek bo'ling. "Mendan zo'rlar ko'p, men endi ulardek bo'lolmayman" deb, sinib qolmang. Aksincha, sekin bo'lsada, ularni ilm borasida "quvlang". Raqobatchingiz bo‘lmasa, kimnidir raqobatchi deb, belgilab, bundan o‘sish yo‘lida foydalaning.
Zero, raqobat yo‘q joyda o‘sish bo‘lmaydi.(#kuzatuvlar #xulosalar)
“??????????????? ?????? ????? ???????????” (?????)
Saudiyalik bir badavlat inson buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan edi. Farzandlari unga buyrak qo‘ydirish amaliyoti uchun Misrga olib borishdi.
Ular bir kichik yoshdagi qizning buyragi uchun yuz ming Saudiya riyolini berishdi. Ertasi kuni tongda barcha shifoxonada jamlanganda u kishi jarrohlik amaliyotiga kirishdan oldin o‘z buyragini sotishga qaror qilgan qiz bilan ko‘rishishni so‘radi. Qizni chaqirishdi. U uyalib-tortinib xonaga kirib keldi. Bemor kishi: “Nima sababdan buyragingni mendek bir qariyaga sotishga rozi bo‘lding?” deb so‘radi.
Qiz: "Muhtojlik, oilam nochor, akalarim esa universitetda ta’lim olishadi. Ularga yordam berish uchun nimadir qilishim kerak”, dedi.
Qiz unga tarsaki tushirgandek bo‘ldi. Uni g‘aflat uyqusidan uyg‘otdi. Hatto tanasiga qon quyilishini ham unutib qo‘ydi. O‘ziga o‘zi savol berdi: "Inson hayot ehtiyojlari uchun o‘z jismining bir qismidan, hayotining bir parchasidan kechishi aqlga sig‘adimi, axir?”.
Shu zahoti o‘g‘illarini chaqirdi. Ular kelganlarida: “Men buyrak qo‘ydirish fikridan qaytdim. Meni Saudiyaga qaytarib olib boringlar. Yuz ming riyol miqdoridagi pul esa mendan qizga ehson. Uning bir riyolini ham qaytarib olmaysizlar", dedi.
Farzandlari norozilik bildirishdi, achchiqlanishdi. Ammo oxir-oqibat otasining istagini qabul qilishdi.
Saudiyaga qaytgach, buyragini odatdagidek yuvdirish uchun shifoxonaga bordi. Muntazam tekshiruvlarning natijasidan shifokorlarlar hayratdan dong qotishadi. Uning buyragi ishlab ketgan edi...
????? ????? ??’???? ???? ???????, ?????? ???, ??????? ??????, ???? ?????‘???, ????? ???????? ????? ?? ???? ?????? ?‘???????? ????????? ??????? ??????? ??????? ????? ?????, ??’??? ??? ???? ??? ???????? ??? ????? ??????. ?????????? ??????? ????? ?????? ????? ?????? ???.
© Ali Jobir Fiyfiyning "Chunki Sen Allohsan" kitobidan
____
?@komiljon_aslonov
Bilmadim, boshqa mamlakatlarda bormi yo‘qmi, ammo bizda bir g‘alati odat, g‘alati qarashlar shakllanib qolgan.
Balog‘at yoshiga yaqinlashib kelayotgan qiz(o'g‘il) bolalarni stressga, qo‘rquv va vahimaga soladigan quyidagi savollar doim ularni qiynab keladi:
- Sovchi kelyaptimi?
- Kimlardan kelyapti?
- Yoqtirganing bormi?
- Qachon erga tegasan (uylanasan)?
- Sen tengilar.... ta farzandli bo‘ldi?
.....
Oila qurgach:
- Nechchi oy bo‘ldi to‘y o‘tganiga, homiladormikan?
- Nega farzand ko‘rmayapti?
- Kelin tug‘masmikan? Nabira ko‘rishni istayman...
....
Nega? Nega sizni savollaringizga javob berish uchun yashash kerak ular? Qo‘yib bering, o‘z hayotida yashasin. Ruhan, jismonan tayyor bo‘lganda o‘zlari xohlagan oilani barpo etsin. O‘zlari istagan baxtda yashasin.
Sizni xohshingiz bilan majburan oila qurib, ajrashishdan, farzandlarni otasiz(yo onasiz) o‘sishiga majbur qilishdan nima naf?
Maktab yoshidan ana shu savollar qo‘rquvida yashashga majburmi yoshlar?
- Nega O‘zbekistonda mukofot (rag‘batlantiruvchi) pullari AQSh dollarida beriladi, milliy so'mimizdan uyalamizmi?,— deb kimdir savol bersa nima deb javob berasiz? )
Aytishlaricha, Parij olimpiadasida sovrindor bo‘lgan, chekka hududlarda yashaydigan ayrim sportchilarning mahallasidagi yo‘llar bir kunda asfalt bo‘libdi.
Sababini bilasiz. Sportchi Parijdan kelsa, uyiga "kattakonlar" kelishadi. Mayli, bu yaxshi narsa, tabriklagani kelishsa yaxshi ish.
Ammo, yillar davomida murojaat qilib, hatto "open budjet"dan yutib ham (yog‘ingarchilik paytida) loy, ko‘lmak suv bosadigan ko‘chasini asfalt qildirolmaganlarga yagona yechim — shu mahalladan olimpiada chempioni chiqishini kutish, bo‘lmasligi kerak. Balki, avvalroq asfalt va sport zallar qilib berilsa, ehtimol tezroq va ko‘proq bo‘lajak olimpiada chempionlari yetishib chiqar mahallalardan.
Nima dedingiz?
Bir narsadan doim qo'rqaman. Ta'limimiz, ayniqsa oliygohlar shunchaki "kontrakt pulini to'la va diplomingni olaver" g'oyasi asosida ish ko'radigan bo'lib qolishidan.
Bugun, diplom olib chiqayotgan talabalar shu tanlagan sohasini qay darajada biladi? So'ngra shu soha bo'yicha ishlasa, ularning foydasidan ko'ra zarari tegmaydimi? Bugun ochilayotgan yangi yangi universitetlar ham shu yo'ldan ketmayaptimi? Maqsad kontrakt pulini katta qilib, ularni olib, talabani shunchaki 4 yil ushlab turib, "bir parcha qog'oz" (diplom) berishga xizmat qilmayaptmi? Savollar ketidan savollar....
"Pulingni hallollab ol" degan gap bor. Oliygohlar, talabaning kontrakt pulini hallol olsalar yaxshi bo'lardi. Ya'ni talaba o'z yo'nalishida yetarli bilimga ega bo'lmaguncha diplom bermaslik, yoki o'qishni istamasa "javobini berib yuborish" kerakdir ehtimol...
Gapiray desa gap ko'p...
Yer yuzidagi aholi soni 8 mlrd.dan oshdi deyishadi. Bo‘lmagan gap.
Insonni hayvondan farqlab turadigan farosat, hayo, tafakkur degan tuyg‘ulari bo‘lmagan odam qiyofasidagilarni aholi sonidan chiqarib tashlab qayta hisoblang.
Bugun insonlar soni juda oz dunyoda... (#kuzatuvlar #xulosalar )
___
???@komiljon_aslonov
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago