Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 6 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Uxlasam oʻlarmidim... Ha, mayli. Oʻlib ketsin!
Hamma bir xil qulaydi! Hech kimda ushlab qolguvchi yuqoridan uzatilgan arqon yoki bilak yoʻq! Hech kim hech kimni itarmaydi! Hamma birdaniga oʻzini pastga tashlaydi. Qoʻllaridan ushlamaydilar ortiq! Hamma xudbin! Hamma egoist! Men esa undan ham battaroqman.…
2025dan oʻzgaraman, damn!🗿 Umuman oʻzgaraman! Qarab turiylar🗿
Shu silkada oʻzbek tilida hamma qismi bor, topolmayotganlarga.
Tell me your nightmares and fantasies.
Ortiq yoza olmayman.
Yana chalkashlikka kirib ketdim.
Pushaymon Rabbim, Sen meni yaratar ekansan, qaysidir yoʻl uchun, maqsad bilan yaratganding. Dunyoga kelar ekanman, ismim ham oʻz-oʻzidan tanlanmasdan qoʻyilgandi. Bola edim, behos vafot etgan, yoki oʻzim oʻldirib qoʻygan kapalakchalar uchun, va xatto kiyimlarga…
Pushaymon
Rabbim, Sen meni yaratar ekansan, qaysidir yoʻl uchun, maqsad bilan yaratganding. Dunyoga kelar ekanman, ismim ham oʻz-oʻzidan tanlanmasdan qoʻyilgandi. Bola edim, behos vafot etgan, yoki oʻzim oʻldirib qoʻygan kapalakchalar uchun, va xatto kiyimlarga tanasiz holda chizilgan hayvonchalar uchun ham yigʻlaydigan nixoyatda boʻsh koʻngilli bola edim. Ulgʻayarkanman, ismimga mos holda ketayotganimga ishonchim komil edi. Atrofimdagi hamma meni yaxshi qiz deb bilardi. Men ham buni his qilardim. Goʻyo, ismim maʼnosi kabi «ayollarning eng yaxshisi, tanlab olingani» edim oʻzim uchun. Asta-sekin oʻsib borganim sari nimalarnidir his qilishni boshladim. Albatta, bu atrofimdagilarniki kabi ilk sevgi yoki shunga oʻxshash narsa emasdi, bu qandaydir boʻshliq, insondagi ruhiy kemtiklik edi.
Qayerlargadir ketgim kelar, yolgʻiz holda shamol esgan vaqtlarda dala taraflarga sochlarimni yoygancha, qoʻllarimni parvoz qilgandek keng yoyib yugurar, chuqur nafas olib, toʻyib-toʻyib yigʻlardim kuz onlari...
Xazonlarni ustimga yopirilishlarini his qilardim..
Tabiatga borimcha singib ketishga urinardim...
Lekin,.. lekin,.. Seni yaxshi tanimasdim... Senga bu bergan baxtli onlaring uchun shukur qilishni bilmasdim...
Sen meni Oʻzing topding.. adashib, boʻshliq sari botib, oʻzimni nimadir qilmoqchi boʻlib yurgan paytlarimda Oʻzing meni Oʻz makoning, Oʻzing ila tanishtirding.. kitob izlab adashib kirib qolgan kitob doʻkoni mening Seni topgan uyimga aylangandi.. Men bu joyda ortiq yoʻq edim.. endi, ortiq avvalgi men boʻla olmasdim. Meni Oʻzing Oʻzgartirding. Atrofimdagi men bilan odamlar ichidan meni tanlab olganingni his qilgandim oʻshanda qattiq. Meni johillikdan, hissizlikdan Oʻzing asrab qolganding. Meni bu baʼzi qizlar kabi oʻsishimga yoʻl qoʻymagan ham Oʻzingsan.
Esimda... Oʻsha tunda qattiq shamol esdi.. chaqmoq koʻkni yorgudek chaldi.. oʻsha tunda yomgʻir ostida qattiq yigʻladim.. uxladim.. tong otdi.. va menda men boshqa hech qachon tuyishni million intizorliklar bilan kutsamda tuymagan, tuyolmagan, soʻzlar ila ifodalab boʻlmas tuygʻu paydo boʻlgandi..
Mendagi oʻsha kemtiklik, oʻsha boʻshliq toʻldirilgandi... Men yana qaytadan butlangandim...
Yana kuchga kirgandim...
Yomgʻirdan kuch olgan maysa misol oʻsishni boshlagandim..
Oʻzgardim.. bir umrga oʻzgardim..
Lekin... Hammasi xatolar va eʼtiborsizliklar ila yana qaytadan avj oldi.. Men ketmasligim kerak boʻlgan joyda va joydan asta-sekin sidirilib, surilib chiqib ketdim..
Qulogʻimga chalingan shivirlar...
Men ulardan qutulmoqchi boʻldim va menga taskin bergan har qanday yerni tark etdim..
Oʻsha Ruhimning qayeridadir toʻldirilgan boʻshliq yana qayta yemirilishni boshladi..
Astadan har bir gʻishtlari oʻpirilib, qulab bordi...
Sen bir tunda bitkazib qoʻygan boʻshliqni, mana yillar davomida oʻzim qaytadan oʻpirib, qulatib kelyapman..
Bilmadim... Lekin, meni oʻsha «bilmadim»larim yengdi. Ular meni oʻldirdi. Bilgan har narsamni odamlar va ushbu chirkin jamiyat tufayli uning ortiga yashirishlarim natijasida har bir bilganlarim u ila qorishib ketdi, uning ortiga oʻtib, gʻoyib boʻldilar...
Men Sendan yiroqlashib bordim... Bu masofa kundan-kunga uzayib borar, ichimdagi oʻsha boʻshliq esa kattayar edi..
Oxir-oqibat men mana shu boʻshliqdan paydo boʻlgan daraga quladim...
Oʻz-oʻzimni itarib, sudrab shu jarga otdim.. ammo..
Qayoqqa qanday quladim, bilmayman ..
Balki, Samodan Yerga.. balki esa, Yerdan Samoga ..
Bunisi muhim emas, lekin men quladim.. bilganim, qanotlarimga oʻt qoʻyishdi va u yonib ketdi.. yakunda tutuniga boʻgʻilgan holda koʻzlarimning bor yoshini yoʻqotib, quladim...
«...keyin uzoq muddat qarab turdi-da, “yaxshisi, oʻzingni arqon yoki qurol bilan emas, xayoling bilan oʻldir!” dedi. »
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 6 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago