Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Official Graph Messenger (Telegraph) Channel
Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph
Donation:
https://graphmessenger.com/donate
Last updated 3 months, 1 week ago
This channel is managed by the Telegram team to inform users about updates related to auctions for usernames and other items on the Telegram platform.
Last updated 2 years ago
https://alisherkasimovv.medium.com/406c7c14ba82
Medium
Maqsad sari yo‘l — faqat yutuqlardan iborat emas
Bu maqola biror narsani o‘rganishga jazm qilgan va o‘rganish jarayonidagi qiyinchiliklarda tushkunlikka tushganlarga yordam beradi degan…
Kompilyatsiya va interpretatsiya nima? [II QISM]. Kompilyator tarkibi
Medium
Kompilyatsiya va interpretatsiya nima? [II QISM]. Kompilyator tarkibi
#coremavzular
Biz qoloq bo’lib qolaveramiz
Bir necha kunlar oldin coremavzular turkumida yangi maqolalar chiqara boshladik. Maqsadimiz juda oddiy edi — kamdan kam yoritiluvchi, o’zbek tilida umuman ma’lumot topib bo’lmaydigan chuqirlashtirilgan mavzularda maqola yozib IT dunyosiga qiziquvchi yoshlarga qo’shimcha ma’lumot berish; murakkab, lekin shu bilan birga o’ta qiziqarli bo’lgan mavzularda muhokamalar o’tkazish edi. Ammo bu maqsadimiz birinchi maqolaning o’zidayoq dasturchilarning qanchalik salohiyatsizligini ko’rsatib qo’ydi.
G’iybat bo’lsa bo’ldi
Telegram kanalimizning maqolalar statistikasini bir ko’zdan kechirib qiziq narsaning guvohi bo’ldik — tanqidiy maqolalar har doim trendda bo’lgan, eng ko’p muhokamalarga uchragan. Kimnidir tanqid qilib yozsak har doim: “Aka, zo’r yozibsiz!”, “Shunday davom eting!” ko’rinishida kommentariylar keladi. Misol uchun, eng oxirgi tanqidiy “Dasturchilikda tajribangiz bir yilmi, O’qituvchilik qilish Sizga mumkin emas” maqolasi sal kam 9000 marotaba ko’rilgan. Kommentariylar soni ham juda yuqori. To’g’ri-da, biror kimsaning kamchiligini g’iybat qilish hammamizga yoqadi. Ammo eng oxirgi “Kompilyatsiya va Interpretatsiya nima?” Maqolasi hali ham 500 kishining e’tiboriga tushmagan (joriy maqola chiqish vaqtiga). Bunga sabab nimada?
Shunchalik g’iybat, tanqid, birovning ustidan kulish bizga muhim bo’lib qoldimi?
Biz ham maqolalarimiz ko’rilishini, ko’p muhokama qilinishini istaymiz, ammo bu xohish raqamlar uchun emas, balki boshqa maqsad uchundir! Dunyoning narigi chekkasida musulmonlar qirilib ketayottgan davrda biz kuch bilan emas ilm bilan yutishimiz kerak emasmi? Yetib bora olmagan taqdirimizda ham, shu joyda turib katta ilmiy ochilishlar qilib, Musulmonlar bilan “o’ynashish” yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini ko’rsatishdir asosiy maqsadimiz! Ammo biz yozgan murakkab mavzular faqatgina shuni tushuna olgan senior dasturchilar tomonidan baxolanadi. Ilm-fanning qiziqarliligi hech kimga yoqmaydi! Tanqid, kimningdir muammosini saqichga o’xshab chaynab o’tirish hammaga qiziq. Aynan g’iybatda biz ekspertmiz! Murakkabroq mavzu kelsa aylanib o’tib ketamiz!
Balki shuning uchun ham Musulmonlar ortdadir?
P.S.: bu maqolamiz ham katta tanqidga uchrashi tayin! Internetda bilgan, fikringizga kelgan gapni yozishingiz mumkin! Biz esa bir gapni takrorlashdan to’xtamaymiz:
Ilm izlashdan to’xtamang!
@app_hbs
Telegram
AHBS | Alisher Kasimov’s Blog
Application has been started. @a\_kasimovv\_bot
https://telegra.ph/Kompilyatsiya-va-interpretatsiya-nima-I-QISM-11-20
Telegraph
Kompilyatsiya va interpretatsiya nima? [I QISM]
#coremavzular Juda katta ehtimol Siz hozirda JavaScript, Python, Java yoki C# kabi tillardan birini o’rganmoqdasiz. Ularda Siz o’zingiz tushungan va bilgan tartibda kod yozasiz. Har bir til o’z sintaksisi (grammatika) va semantikasiga (ma’no) egadir. Ammo…
Kompyuterning eng katta dushmani
#coremavzular
Kompyuterning eng katta dushmanini bilasizmi? Viruslar deysizmi? Yo’q! Bilimsiz foydalanuvchimi? Yo’q! Resurslar yetishmovchiligimi? Yo’q! Keling coremavzular turkumini shu qiziqarli savolga javob topishdan boshlaymiz.
Fizikaning ta’siri
Ha, Siz maktabda o’rgangan oddiy fizika kompyuterning eng katta dushmanidir. Aniqrog’i moddalarning o’tkazuvchanlik qonuniyati kompyuter tizimlarining aynan shunday holatga kelishiga sababchi bo’lgan. O’tkazuvchanlik hossasi umumiy olganda jismning vaqt o’tishi bilan elektr kuchlanishi natijasida ishlab chiqaruvchi issiqligiga ta’sir qiladi. Issiqlik esa o’z o’rnida jismning elektr tokining o’tkazuvchanligiga salbiy ta’sir qiladi. Demak, kompyuter tizimlarida eng katta dushman — bu issiqlikdir!
Qanday yechimlar qilishga urinishlar bo’lgan?
Kremniy. Eng birinchi bo’lib olim-muxandislar bir necha turdagi moddalarni tekshiruvdan o’tkazib, aynan kremniyda to’xtalishgan. Uning o’tkazuvchanligi yuqoriligi, issiqlikka nisbatan chidamliligi kompyuter tranzistorlarini ishlab chiqarishda hozirgacha eng asosiy modda sifatida turishini ta’minlamoqda.
O’lchamlar. Keyingi o’rinda issiqlikka qarshi kurash o’lchamlarni kichiklashtirish orqali bo’lgan. Ya’ni, fizika qonuniga asoslanib — yuzasi kichik bo’lgan jismning issiqlik ishlab chiqarish darajasi nisbatan past bo’lishi — tranzistorlar o’lchamlari kichiklashtirila boshlagan. Albatta bu zo’r yechim, ammo ayni damda 3 nanometr o’lchamga kelib, muxandislar oldida o’lchamlar chegarasi muammosi kelib qoldi. Chunki 3 nanometrdan kichik o’lchamda kremniyning o’zi o’z sifatlarini yo’qotishni boshlaydi.
Yadrolar. Keyingi o’rinda bitta protsessor ichida vazifalarni taqsimlovchi va mantiqan bir xil ishni bajaruvchi yadrolar (miya, oddiy qilib aytganda) joylana boshladi. Bu yechimning ikkita kuchli jihati mavjud — 1) vazifa taqsimoti ish bajarilish tezligini oshiradi; 2) issiqlikni yadrolar orasida boshqarish qulayligi (qizib ketgan yadro to’xtatib turiladi).
Throttling. Yadrolar yordam bermay qo’ygan holatda yangi protsessorlar o’z tezliklarini sun’iy ravishda sekinlashtirishni o’rganib oldilar. Bu hodisa Throttling deb ataladi, uning maqsadi issiqlik o’ta yuqori darajaga ko’tarilib ketgan taqdirda, ichki tizimga ta’sir bo’lmasligi uchun Boshqaruvchi Qurilma (Control Unit) yadrolar tezliklarini 20%dan 80%gacha sekinlashtirshi mumkin. Bu holatda bjariluvchi ishlar natijasi ham o’ta sekinlashishi kuzatilishi mumkin.
Energy-efficient Core. Yana bir zamonaviy yechimlardan biri — bu bitta protsessorda ikki turdagi yadrolardan foydalanish. Bu degani bitta protsessorda ham kuchsiz-effektiv (Energy-efficient Cores), ham kuchli yadrolar (Performance Core) o’rnatiladi. Oddity sodda vazifalarda effektiv yadrolar ishlaydi, biror o’yin yoki murakkab dasturlar ishga tushirilganda esa kuchli yadrolar ishlatiladi. Bu ham qizib ketish muammolarini kamaytiradi.
Ortiqcha qizib ketishning muammolari
Ortiqcha qizib ketish protsessorga salbiy ta’sir o’tkazadi. Birinchi o’rinda, albatta, fizik xossalarga ta’sir bo’ladi, ya’ni protsessor o’tkazuvchanligi sekinlashib, uning ishlashi ham sekinlashadi. Ikkinchi o’rinda, doimiy ravishda issiqlikda ishlagan protsessor tranzistorlari kuyib, erishni boshlaydi. Bu esa o’z o’rnida protsessorning ilgarigi tezlikka chiqa olmasligini ta’minlaydi.
Tavfsiyalar
- Kompyuteringiz uzoq vaqt yaxshi xizmat qilishi uchun uning ortiqcha qizib ketishining oldini oling.
- Haddan tashqari issiq muhitda ishlatmaslikka harakat qiling, yoki vazifalarni kamroq yuklating.
- Bir vaqtning o’zida o’ta og’ir vazifalar sonini kamaytiring.
- Sovutish tizimini 6 oyda bir marotaba tozalab turing.
P.S.: Agar ishlatilgan komputer olish niyatida bo’lsangiz, iloji boricha uzog’i besh yil ishlagan kompyuter oling. Undan ortiq ishlagan kompyuter protsessori kerakli kuchlanishda ishlab berishiga kafolat bo’lmaydi.
Ilm izlashdan to’xtamang!
@app_hbs
Nega mening portfolio-m hech kimga yoqmaydi?
"Assalomu alaykum! Men dasturlashga N oy oldin kirib kelganman va K tilini o'rganganman. Shu davrda bir necha ishlar qilib portfolio-ga qo'ydim, ammo ish beruchilarga uni ko'rsatsam, ko'pchilik ish beruvchilarga u yoqmaydi. Nima qilsam bo'ladi? Muammo nimada?"
Aksariyat yoshlarda bu muammo o'ta katta hisoblanadi. Ular bir necha proyektlar qilishadi, GitHub sahifalarini iloji boricha boyitishga harakat qilishadi, ammo negadir ish beruvchi bu protfolio-ni ko'rganida suhbatga chaqirmay qo'ya qoladi. Keling, bugun shu muammoni ko'tarib, unga yechim izlab ko'ramiz.
Ishlar "chala-pulcha" qilingan
Aksari hollarda biz bir narsani guvohi bo'lamiz: "Protfolio bormi?", deb so'raganimizda, "Ha, bor, ammo hammasi ham bitmagan", degan so'zlarni eshitamiz. GitHub-ga kirganda esa, proyektlarning deyarli hammasi "yarimta" bo'lib yotganini kuzatamiz. Ishga kirishdan avval Sizda bunday kamchilik kuzatilmasligi shart, shuning uchun hamma proyektlarni bitirib qo'yishingiz kerak.
O'ta sodda ishlar
Hozirgi davrda deyarli barcha o’quv markazlarida til yoki texnologiya o’rgatilish jarayonida misol sifatida bir xil proyektlar tanlanadi. Book Store, Task Manager (To-do list) va boshqa shunga o’xshash proyektlar deyarli barcha dasturchilar tomonidan bajarib ko’rilgan bo’ladi. Albatta, bu proyektlar texnologiyani o’rganishga katta yordam beradi, ammo ular kompaniyalar uchun o’ta sodda hisoblanadi. CRUD-lar va shunga o’xshash standart amaliyotlar ayni damda kompaniyalar uchun o’ta sodda narsa deb qabul qilinadi. Shuning uchun ham ishga kirishga talabgor odam bu proyektlarni ko’rsatganida, ish beruvchi uni hech narsa qilmagan deb qabul qiladi.
Klonlar
Asosan Frontend dasturchilar orasida ommalashgan bu uslubda, yosh dasturchilar biror ommaviy servisning klonini, ya’ni nusxasini ishlab chiqarishga urinib ko’rishadi. Netflix, Spotify konlarini maqtanib ko’rsatishga urinib ko’rgan bu dasturchilar ham ish beruvchi e’tiborini o’zlariga qarata olmaydilar.
Tavfsiyalar
Eng avvalo, portfolioga qo’shmoqchi bo’lgan proyektingiz haqiqatdan ham murakkabligiga e’tibor qarating. U oddiy CRUD-lardan iborat bo’lmasligi lozim. O’zingiz yozayotgan proyektda biror murakkab tizimni ishlab chiqishga urinib ko’ring. Misol uchun, Book Store qilayotgan bo’lsangiz, unda kitoblarni baxolash tizimini o’zingiz ishlab chiqing. Yoki misol uchun, foydalanuvchi ko’rgan kitoblariga asoslanib shu janrda yoki shu yozuvchiga o’xshash yozuvchilarni taklif qiluvchi algoritmni ishlab chiqing. Bu Sizning proyektingizda oddiy CRUD-dan tashqari boshqa mantiqan murakkab algoritmlar borligini ko’rsatadi.
Klon dasturlarda ham xuddi shunday holat: Siz ishlab chiqayotgan klon dasturda Siz oddiy kopiyani emas, balki undagi biror murakkab tizimning algoritmini bajarishingiz kerak.
Aslida, ish beruvchi Sizni tekshirayotganida murakkab mmuammolarga qanday yondashuv bilan yechim berganingizni tekshiradi. Shuning uchun ham Odatiy CRUD-larni yozish, yoki stadart freymvork metodlaridan foydalangan holda proyekt tuzish hech kimni qiziqtirmaydi.
Bundan tashqari Siz o’yinlarni ishlab chiqishingiz ham, Sizga foydali bo’ladi. Misol uchun quyidagi o’yinlarning kodini o’zingiz yozishga harakat qilib ko’ring:
- Sudoku
- Chess
- Minesweeper
- Snake
Bu o’yinlar Sizni dasturlashda chuqurroq fikrlay olishga yordam beradi. Yodda tuting, Yaxshi dasturchi ko’p freymvork biluvchi dasturchi emas, balki istalgan muammoga har doim yechim topa oluvchi odam bo’ladi.
Kompaniyalarda ayni damda CRUD-lardan ancha murakkab bo’lgan tizimlar ishlab chiqilmoqda, shuning uchun ham, Sizni ishga oluvchi odam Sizning aynan shunday tizimlarda ishlay olishga layoqatingizni tekshiradi.
Ilm izlashdan to'xtamang!
@app_hbs
“Core-ni o’rgan, ishga kirib ketasan” — deydi dono xalqimiz
“Assalomu alaykum! Men Falonchiman. Dasturlashga yaqinda kirib kelganman. Falonchi dasturlash tilini o’rganishni boshlaganimga N oy bo’lib qoldi. Lekin menga ko’pchilik ‘Core-ni o’rgan, ish topishing oson bo’ladi’ deydi. Aka, shu core qayerda?”
Rostdan ham, core* qayerda?
Cor*e — inglizchadan yadro, mag’iz, asos, markaz degan ma’nolarda tarjima qilinadi. Albatta, uning asosiy ma’nosi markazdir, ya’ni biror narsa yoki tushunchaning eng asosiy, funksional qismi demakdir.
Ammo dasturlashga kelganda bu core-lar negadir ko’payib ketib qoladi. Protsessorda ham core bor, ba’zan esa bir nechta. Operatsion Tizimda ham core qayerdandir kelib qoladi. Dasturlash tilida ham hamma core-ni so’rayveradi. Ha, axir, bu core degani bitta bo’lishi kerak emasmidi? Xuddi yer sayyorasidagi core-ga o’xshab?
Koinotda hammasi oson! Har bir sayyora, yulduzlarda core bittadan bo’ladi. Ammo dasturlashda “o’lganning ustiga tepgan” iborasidagi kabi yosh dasturchiga kamida 10 ta core topib beriladi-da, “Hammasini bilishing kerak” deb buyruq beriladi. Qaysi birini o’rganish kerak? Qaysi biri ertaga yordam beradi? O’zi bularning bog’liqligi nimada? Buni hech kim aytmaydi.
Shu mavzuga kirish sifatida yozilgan post orqali biz yangi turkumga asos solmoqchimiz. #coremavzular degan teg orqali har bir IT-dagi katta tushunchalar core bo’limlari haqida maqolalar yozib borishga harakat qilamiz.
Albatta, bu mavzuda shu kungacha ham anchagina so’z borgan edi. Ammo tartib bo’lmagani tufaylimi, yoki boshqa sabab, u maqolalar katta qiziqish uyg’otgani yo’q.
Endi esa qat’iy tartib asosida dasturlashdagi har bir core-ga to’xtalib o’tuvchi, unda resurslar taklif qilivchi postlar turkumida suhbat yuritamiz.
Kelasi postlarda ko’rishguncha!
Ilm izlashdan to’xtamang!@app_hbs
Dasturchilikda tajribangiz bir yilmi, O'qituvchilik qilish Sizga mumkin emas!
Hozirgi davrda IT o'quv markazlar juda ko'p. Ular har xil sifatda dars beradilar, turli yo'nalishlarda ilm ulashishga harakat qilishadi. Ammo har bir markazning eng katta muammosi bu sifatli, ilmli Ustozni topa bilishdir.
Lekin e’tiborimizni bir narsa tortdi. Hali tajribasi ikki yil bo'lmagan juda ko'p yoshlar markazlarda dars berishga oshiqishadi. Bu narsa o'ta yomon natijalarga olib borishi haqida esa deyarli hech qayerda gapirilmaydi. Joriy maqolada shu mavzularni yoritishga harakat qilamiz.
Haqiqiy proyekt qanday amalga oshirilishini bilmaysiz.
Tajribasi hali yo’q, yoki kam bo’lgan odam proyekt qanday yuritilishi haqida hali yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmaydi. O’rgatiluvchi har bir mavzu keyinchalik proyektda qayerda yordam bera olishini bilish — dars berishdagi eng muhim joy! Proyektni bajarishda kimlar ishtirok etadi, qanday vazifalar bajariladi — bularni bilish darsni mazmunli qilib o’tishga sababchi bo’ladi.
Mijoz kimligi haqida ma’lumotingiz yo’q.
Hali tajribasi kam bo’lgan odam, o’zi yozayotgan kodning mijoz qo’lida qanday ishlashi haqida ma’lumotga ega bo’lmaydi. Kod soddaligi, effektivligi, katta yuklamalarga bardoshliligi tajribasi faqat mijoz uchun real proyektda ishtirok eta olgan odamda bo’ladi. Mijozning xohishlari, uning injiqliklarini ko’rmagan odam dasturlashdagi tushunchalar qanday qilib muammolarni hal qilishini bila olmaydi.
Hayotiy tajriba o’lchamini o’quvchi o’ta tez ilg’ay oladi.
Xohlaysizmi, yo’qmi — Sizni eshitayotgan odam Sizning tajribangizni tez ilg’aydi. Buning uchun dasturchi bo’lish shart emas. Umuman tajribasi bor odam bilan tajribasiz odam fikrlashida, gapirishida va mavzuni tushuntirib berishida juda katta farq bo’ladi va bu narsani o’quvchi birinchi darsning o’zidayoq ilg’ay oladi.
Muammolar qanday hal qilinishini bilmaysiz.
Istalgan dasturiy ta’minot real hayotda ishlatilganidan keyin muammolarga duch kelishi aniq — hakerlar hujumi, katta yuklamadagi murojaatlar, dasturiy ta’minot arxitekturasi o’sishga tayyormasligi yoki noto’g’ri tuzilganligi va boshqalar. Tajribasiz odam bunday muammolarni ko’rmagan bo’ladi, ularni hal qilish bo’yicha fikrga ega bo’lmaydi. Axir, o’qituvchiga borishdan aynan maqsad shu-ku — hayotiy muammolarga yechimlarni o’rganish. Dasturlash tillarini o’qituvchisiz o’rganib olsa ham bo’ladi. Onlayn kurslar buni sifatliroq ham qila oladilar. Ammo hayotiy tajriba faqat tajribali ustozdan olinadi.
Haqiqiy mas’uliyat o’quvchi o’qishni bitirganida boshlanadi.
Endigina dars berishni boshlaganimizda, biz dars berishni mas’uliyati yuqori ish deb bilar edik, ammo bu mas’uliyat qayerda namoyon bo’lishini bilmagan ekanmiz. Uch yil dars berib bir fikr paydo bo’lgan — O’qituvchilik mas’uliyati o’quvchi o’qishni bitirib, ishini topib o’zini ko’rsatishni boshlagan kunida boshlanar ekan. Dars jarayoni bu sun’iy jarayon. Undagi masalalar sun’iy (ya’ni dars uchun o’ylab topilgan) bo’ladi. Ustozning mahorati, o’quvchiga singdirgan ilmi faqatgina shu o’quvchining haqiqiy ishida bilandi. Agar ishxonadagi odam o’quvchingiz haqida: “Shuni ham bilmaysizmi? O’qituvchingiz kim bo’lgan o’zi?”, desa, Sizning mas’uliyatsizligingiz bilinadi. Agar o’quvchingiz zarracha bo’lsa ham Siz bergan ilmga norozilik his qilsa, biling-ki, qilayotgan ishingizda halollikka e’tibor kamaygan bo’ladi. Shuning uchun ham ustozlik og’ir kasb deyiladi. Ustoz bergan ilk ilm o’quvchining professional hayotining har bir nuqtasida bilinib turadi, shuning uchun ham Ustozman degan odam yelkasiga katta yuk olgan bo’ladi.
Yakun o’rnida…
Yakun o’rnida bir narsani aytib o’tish joiz — umuman istalgan kasbda Ustozlik qilish uchun katta tajriba o’ta muhim. Shundagina ushbu kasb egalari sifatli ish qila oladilar. Dasturlashda esa ayni damda dars beraman deb yonib turgan, hali yetarlicha tajribaga ega bo’lmagan yoshlar ko’payib qoldi. Maslahatimiz: Dasturlashda yana bir necha yil tajriba yig’ing, zero Siz bergan ilm birovning kelajagini sindirib qo’ymasin!
Ilm izlashdan to’xtamang!
Hindlar oyga qo’nishdi, biz esa hali ham frontend va backend orasidan o’zimizga yoqganini tanlolmay o’tiribmiz
Qayerda xato qildik-ki, bizning e’tiborimizni sodda dunyoviy va o’tkinchi narsalar torta boshladi? Nima uchun boshqa xalqlar yil ketkazib bo'lsa ham ilmiy salohiyatni rivojlantirib katta yutuqlarga erishishmoqda-ku, lekin biz AQSh dollari va Gentraning narxi oshganini muhokama qilmoqdamiz?
Ilmiy salohiyatga erishish qiyin ish emas, aslida. Buning uchun odam kunda bir yoki ikki marotaba kitob o'qisa, izlansa bo'ldi. Axir, Alloh yaratgan bu tabiat qoninlarini o'rganish, ularning mohiyatini anglash haddan tashqari qiziqarli-ku! Bu vaqtinchalik dunyodan yaxshash maqsadimiz Gentra olib, dang'illama uy qurish emas-ku.
Sodda tushunchalar bilan cheklanmay, quyiroq qatlamda turgan ilmlarni o'rganish bizni katta murodlarga yetkazadi. Buni anglab yetish va shuning ketidan izlanish – shu emasmi maqsad?
O'sha amerikaliklar qila olgan narsani biz ham qila olamiz, Hindlar sun'iy yo'ldosh qo'ndira olgan joyga, biz ham yetib bora olamiz. Baxona qidirishni bas qilsak bo'ldi...
Ilm izlashdan to'xtamang!
@app_hbs
Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Official Graph Messenger (Telegraph) Channel
Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph
Donation:
https://graphmessenger.com/donate
Last updated 3 months, 1 week ago
This channel is managed by the Telegram team to inform users about updates related to auctions for usernames and other items on the Telegram platform.
Last updated 2 years ago