Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Sutni asosiy idishidan ichgan yaxshimi yoki qoʻlma-qoʻlma boʻlib 1400-idishdan ichgan yaxshimi?
Ilm ham shunday, ma'lum shayxda tahsil olgach, sizda kitob va sunnatdan foydalana oladigan asboblar topilsa toʻgridan-toʻgʻri nurdan olishingiz afzal. Insonlardan insonlarga oʻtib zayflashib qolgan nurdan olsangiz, ba'zida faqat sizga zulmat yetib keladi. Shu sababdan ba'zi salaflar: "Kitob va sunnat nur, insonlarning soʻzi zulmat"- deganlar.
Hech narsa qilmay chiroyli koʻrinish oson...
© arablar sahifasidan
Bir hadafni qoʻyib ish boshlaganingizda atrofingizda koʻp sheriklar boʻladi va hadafga yaqinlashganingiz sari ular yoʻlda tushib qola boshlaydi. Hadafga yetganingizda siz bilan juda ozchilik boʻladi yoki bir oʻzingiz. Shu hadafga yetguningizgacha qolganlar haqiqiy sodiqlar boʻlib, modimiki oʻzgarib ketmas ekan ularni mahkam ushlashingiz kerak boʻladi.
Keyingi hadaflar ham shu zaylda davom etadi. Mana shunday qilib siz oʻz atrofingizga bir jamiyatni tuzasiz.
© Shayx Solih oli Shayxning soʻzlaridan foydalanib yozildi
Jannat ne'mati bilan dunyoda lazzatlanishni xohlaysizmi?
Jannatda bilamizki faqatgina lazzat boʻladi va u yerda eng quyi qiyinchilik ham boʻlmaydi.
Imom Buxoriyning sahihlarida abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Jannat ahli erta-yu kech tasbih aytadilar".
Ibn Taymiyya rohimahulloh aytadilar: "Jannatdagi tasbih jannat ne'matlaridan bir ne'mat hisoblanadi. Bu savob talab qilinadigan amallardan emas, balki nafs lazzatlanadigan ne'matdir" (Majmu al fatavo 4/330).
Ibn Hajar rohimahulloh bu hadis sharhida aytadilar: "Buning sababi qalblari Alloh taoloning ma'rifati bilan nurga toʻlganidan va muhabbati bilan toʻlib toshganidandir. Chunki kim bir narsani yaxshi koʻrsa, uni koʻp zikr qiladi".
Jannatda inson xohlagan narsalar boʻladi va birodarlar oʻrtasidagi gʻilla-gʻashlik olib tashlanadi, hatto kundoshlar oʻrtasidagisi ham.
Jannatda insonlar bir-birlarini ziyorat qiladilar. Insha Alloh jannatda oʻrtamizda ba'zi xiloflar va gʻilla-gʻashliklar boʻlgan birodarlarni ziyorat qilamiz hamda dunyoda boʻlib oʻtgan ishlarni alam bilan emas kulib eslaymiz.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ummatlarini jannat ahlining yarmi boʻlishini xohlaganlar, jahannamiyligini emas!
Bayhaqiy sunanida kelganidek jannat ahli 120ta safdan iborat, shulardan 80tasi bu ummatdan 40tasi qolgan ummatdan boʻladi.
Alloh taolo yaxshi shukr qilishingiz uchun, sizga Oʻz ne'matini qadrini tushinadigan yaxshi fahm beradi.
Aksar noshukur insonlar ne'mat qadrini fahmlay olmaydilar. Shu sabab ne'matdan ayrilsalar ham qanchalik qimmatbaho narsani yoʻqotganlarini his qilmaydilar.
Bu dunyoda eng noshukur inson tavhid ne'matiga shukr qilmagan insondir.
Hozirda ma'naviy narsasini yoʻqotganiga yigʻlaydigan insonlardan koʻra moddiy narsasini yoʻqotganiga yigʻlaydigan insonlar koʻp.
Allohim bizlarga ne'matingni qadrini tushunadigan fahm bergin va shukr qilishga tavfiq ato etgin!
Tubo jannatdagi daraxt boʻlib, sahih ibn Hibbonda kelganidek jannat ahlining kiymi uning mevasini ichidan chiqadi. Kim uni mevasini uzib ichini ochsa, egasiga mos qilib tikilgan kiyim boʻladi.
Insonlarning tavhid ilmidan boʻlgan nasibalari kamligiga qarab, shayton ularni fitnaga boshlay oladi. Johillarda shayton chaqirgan da'vatni rad qiladigan ilm boʻlmaganidan, johilliklarining miqdoriga qarab uni qabul qildilar. Ilm zaxiralariga qarab bu da'vatni rad qildilar.
? "Igʻosatul lahfan" 1/394
? Ibnul Qoyyim rohimahulloh
Alloh taolo Zakariyyo alayhissalomga farzand berishidan avval bir moʻjiza yubordi.
U: “Ey Robbim, menga bir belgi tayinla”, dedi. U zot: “Sening belging, uch kun odamlarga faqat ishora bilan gapirishingdir. Robbingni koʻp esla va ertayu kech tasbih ayt!” dedi (Oli Imron: 41).
Ya'ni u zot odamlar bilan gaplashaman desalar gaplasha olmay qolar edilar. Hamma ketib yolgʻiz qolsalar gapira olardilar va Allohni tinmay zikr qilar edilar.
Buni hech hayotingizda koʻrganmisiz?
Ba'zilar boʻladi tili chuchuk, duduqlanib gapiradi, ammo qur'onga kelganda tili ravon oʻqiydi?!
Subhanalloh...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago