Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Kitob o'qish, podkast yoki ma'ruza eshitishda agar rekreatsion yoki performativ emas, intellektual maqsad ko'zlangan bo'lsa, bu sekinlashishni talab qiladi.
Odatda tez o'qilgan kitob, bir eshitishda tugallangan podkastdan chuqurroq narsa o'rganmaysiz. Ba'zi nuktalar yodda qoladi. Ammo bu ko'proq fikrlash bilan emas, xotira bilan bog'liq.
Shu uchun ham kitob o'qish yoki podkast eshitish emas, uni qanday bajarish va undan oladigan insaytlar insonni o'zgartiradi deyishadi.
Fikrlash esa avtor o'sha o'rinda qanday g'oyani ko'targanligini tushunishni talab qiladi. Bu esa sekinlik bilan amalga oshadi.
Highlight qilish (chizish, belgilash) avtor g'oyani tushunishga yordam beradi. Lekin bunda sof fikrlash bir necha sekund davom etadi.
O'tirib o'ylaysiz. Bunda tushunish yanada yaxshilanadi. Endi fikrlash necha sekund emas, bir necha daqiqaga borishi mumkin. Attention span (e'tibor davomiyligi) hammada har xil.
Endi yozasiz. Avtorni g'oyasini tushunish emas, o'z g'oyangiz paydo bo'ladi. Ehtimol, avtor fikriga qo'shilmassiz. O'ylash bir necha daqiqa, soat yoki kunlab davom etishi mumkin.
Yozish shu uchun ham kerak. Qanday yozish asta-sekin shakllanadi: oddiy copy-paste'dan tortib, Zettelkasten, Mind Mapping yoki Atomic Note-taking yoki oddiy ruchka-daftargacha. Qaysi metodni tanlash ta'bga qarab.
Yangi yil uchun ~~rezolyutsiya~~
Oʻzbek tiliga juda eʼtiborsizmiz.
Odatda uy jihozlari uchun ruscha, texnologiya bilan bogʻliqlari uchun esa inglizcha soʻzlar qoʻllaymiz.
Oʻzim ham istisno emasman.
Til saqlanishi uchun faqat filolog, e uzr, tilshunoslar masʼul emas.
Xalq tilni asrashi kerak. Xalq madaniyati, diniga qanday qattiq tursa, tilga ham shunday munosabat qilishi kerak.
Tilni asrash mafkura, madaniyat, qadriyatlar va xalqni oʻzini saqlashni bildiradi.
Oʻzbekchada muqobil variantini bilmayman dersiz. Izlaning. Ham tilni saqlaysiz, ham nimadir oʻrganasiz.
Oʻzbekchada nimadir yozsangiz, toʻliq oʻzbekcha boʻlsin.
Yangi yilga ~~(rezolyutsiya)~~ ahd qiling.
LexAI haqida
Adliya vazirligi ayni daqiqalarda LexAI taqdimotini o'tkazayotgan ekan. Bilmaganlar uchun, LexAI bu - sun'iy intellekt va Lex.uz integratsiya qilingan chatbot. Ya'ni bergan savollarinigzga Lex.uz bazasidagi qonunchilik hujjatlari asosida javob beradi. Taqdimotga ko'ra hozircha cheklangan audiotiya uchun ochiladi va pullik bo'ladi.
Xuddi shu nom va ko'rinishdagi integratsiyani ancha vaqtdan beri o'ylab yurgandim. AI va huquq munosabati haqida shu narsani debat ham qilgani esimda. Nihoyat amalga oshibdi.
Ilgari qonunchlarni yodlashardi. Keyinchalik Lex.uz chiqqanidan keyin ularni yodlashni emas, faqatgina muammoni tushunish, mos normani qidirishni bilish va uni tahlil qilib, qo'llay olish kerak bo'ldi.
AI integratsiyasi, shu yerdagi muammon aniq bo'lganda, mos normani qidirishni ancha osonlashtiradi. Ammo muammoga (bu yerda sodda, besh sekundda hal qilinadigan muammolarni aytmayapman) to'liq tahlil qilingan javobni bera olmaydi, bular uchun tahliliy fikrlash yetishmaydi.
AI huquqshunoslarni almashtirmaydi, ko'proq yordam beradi.
Nimalarda yordam beradi?
1) Muammoni topasiz, hal qilish uchun zarur qismlarini promptga kiritasiz, manbalar topishga yordam beradi.
2) Oddiy shablon bilan hal bo'ladigan arizalarni yozib beradi. Prompt'ni to'g'ri bersangiz, boshqalarini ham.
3) Javobi bir qarashda hal bo'ladigan huquqiy muammolarni yechib beradi.
3) Argumentlaringizga nisbatan kounter-argumentlar bera oladi. ( Sudda anchoring va confirmation bias'ni oldini oladi)
Nimalarda oqsaydi?
1) Emotsianal intellekt.
2) Analatik fikrlash
3) Nazariya
4) Amaliyot qoidalari
5) Nuans jihatlar - so'z yoki birikmalarning ma'nosi.
Shu tarafdan LexAI yopiq bo'lganining yomon jihatlarini ko'p ko'rmadim. ChatGPT o'zi ham deyarli bir xil ish qilib bera oladi. Ya'ni xalqqa juda katta foydasi bo'lmaydi. Baribir Google yoki ChatGPTni ko'pchilik tushunishda oqsaydi.
Disclaimer: fikrlarda xatolar bo'lishi tabiiy. Proofread'siz yozildi.
Ikki haftalik xulosa.
Har bir insonda u koʻtarib yuradigan yuklar bor. Oʻz yuki bir tomonda, Oila yuki, doʻstlar yuki, millat yuki, ummat yuki, tugʻilib oʻsgan joyi va hatto ismining yuki ikkinchi tomonda.
Biror kishi bilan ikki ogʻiz suhbat u haqida dastlabki tasavvurga olib keladi. Bu uning oʻzining yuki.
Ammo biz bundan kelib chiqib, h mansub boshqa guruhlarga ham baho beramiz. Yaʼni agar oʻsha insonga munosabatimiz negativ boʻlsa, uning doʻstlari, yaqinlari, hatto u bilan bir xil ismli insonlarga ham ushbu negativlik paydo boʻlishi mumkin. Yoki aksincha.
Bu mindset deyarli har doim xato boʻladi. Ammo bunday qarash juda koʻpchilikda bor va oʻzgartirish juda qiyin. Odatda bu kabi fikrlarga qoʻl siltash yaxshi variant deb bilardim.
Hozircha Germaniyada eng asosiy tushungan narsam shu boʻldi: har aytgan soʻz yoki ishim millat yoki din haqida pozitiv yoki negativ qarashga olib borar ekan. Bu esa shunchaki qoʻl siltab ketadigan narsa emas.
Oʻzgalar man haqimda nima deyishi qiziq emas, lekin mandan kelib chiqib, Oʻzbekiston yoki Islom haqida qilgan xulosasi qiziqtirmasligi mumkin emas.
Yuk kichik koʻringani bilan ogʻir tosh bosishi mumkin.
Yoʻlga chiqdik.
Alloh safarlarimizni bexatar va manfaatli aylasin.
Duo qilib qoʻying.
Yaxshilik ikkilamchi
Moʻmin avvalo qilgan yaxshiligiga qarab emas, balki yomonlikdan saqlanishiga qarab baholanadi.
Munofiq ham ehson qilishi mumkin.
Fosiq ham jasur boʻlishi, yaxshilikni yoqlashi mumkin.
Ammo gunoh-u yomonliklardan saqlanishda shaxsning kimligi koʻrinadi.
Moʻmin baxil boʻlishi mumkin, qoʻrqoq boʻlishi mumkin, lekin yolgʻonchi emas.
Yaʼni yaxshilik qilolmasa-da, ammo yomonlik va gunohlardan saqlanadi.
Shunga aytishadi, shaxsning yomonlikdan saqlanishiga eʼtibor ber, deb. Yaxshilik ikkalamchi.
Zaruriyat va xohish
Qiladigan qarorlarimizning katta qismi zaruriyatdan emas, xohishdan kelib chiqadi.
Faqat bu qarorlarda xohishlarimiz zaruriyat ekanligiga oʻzimizni ishontirishimiz mumkin.
*Ijtimoiy tarmoqda kuzatadigan insonlar, telegram kanallarni (hattoki shu kanalni ham) ularning kerakligi, foydasi uchun kuzatasizmi yoki shunchaki zerikishning oldini olish maqsadmi?
Telefondan soatlab foydalanish zaruriyatdan kelib chiqadimi yoki xohishdan? Yoxud "zarur" degan bahona bormi?
Atrofdagilarga mensimay munosabatda boʻlish, status uchun musobaqalashish va hokazoni zaruriyat taqazo qiladimi yoki shunchaki nafs istagi?*
"Qilishim kerak" degan soʻzni "Qilishni xohlayman"ga almashtirsak, asl holatimizni koʻramiz.
*Shu postni yozishim kerak deb emas, shunchaki yozishni xohlaganim uchun yozdim.
Va siz ham oʻqish zarurligi uchun emas, shunchaki oʻqishni xohlaganiz uchun oʻqimoqdasiz.*
Ikkovi birga boʻladi, deydiganlar diqqatiga: yo unisi, yo bunisi ustun boʻladi.
**Ikkovini farqlash niyatning toʻgʻriligini belgilaydi.
Ikkovini farqlash hayotda toʻgʻri prioritetlarni tanlashni oʻrgatadi
Ikkovini farqlash holatingiz qandayligini koʻrish imkonini beradi.**
Xohishga zaruriyat sifatida emas, zaruriyatga xohish sifatida qarash kerak.
TopUniCamp - magistr javoblari chiqibdi. Oʻtganlar bormi?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her