- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!
? @DTMreklama
Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.
http://instagram.com/edu.uz
Last updated 2 months, 3 weeks ago
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 1 week ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 days, 13 hours ago
Avgustnoma
*Lahzada tark etar miyangni o’ylov,
Mezon nafasini tuyasan tuyqus.
Bostirib kelmoqda bir quchoq olov –
Sen qaydan bu qadar sokinsan, Avgust?
Qachon tazarruga kelding butunlay?
Iymonli shoirga do’nibsan barvaqt.
Kuz senga bag’rini ochgandi atay
hislari yetilgan ayoldek sarmast.
Bormading, bormading, Kuzga bormading,
Mushtoq mevalarin uzmading, qiziq.
Siringni sotmading, ko’ngil yormading,
Muqaddas ontingni buzmading, qiziq.
Mag’rur mag’lub bo’lding, isyonlar tindi,
Sevgi o’yinida kim bo’lgan g’olib?
Qilinmagan gunoh tinch qo’ysin endi,
Do’zax yonib ketsin Kuzga qo’shilib.*
©️ Mehrinoz Abbosova
*?@zakadabiyot - Adabiyot ummoni*
Elektron kitoblar o'qishni yoqtiradigan kanalimiz obunachilari uchun e'lon: Yuqorida sur'atlari biriktirilgan yangi, ishlatilmagan Kindle bookreaderi sotiladi. Narxi kelishiladi.**
Aloqa uchun: @Guliruxsor_Ruzmetova
? Xenrik Pontoppidan
Daniyalik romannavis Xenrik Pontoppidan 1857 - yilning 24 - iyul kuni tavallud topgan.
1877 - yilda Xenrik Shvetsariyaga yoʻl oladi, bir qator ocherklar yozadi. Ayni shu yillari u yozuvchi boʻlishga, ijod yoʻlidan borishga astoydil qaror qiladi.
1880 - yilning yozida harbiy xizmatda boʻlgan Xenrikning ilk asari olam yuzini koʻrdi. "За рубежом и дома" jurnali uning "Hayotning oxiri" hikoyasini e'lon qiladi. Asosan hikoyalardan tashkil topgan "Qayrilgan qanotlar" kitobi ham shu yili nashrdan chiqadi.
1883 - yilda yozuvchining "Jannatmonand yer" trilogiyasi olam yuzini koʻradi.
"Marhumlar saltanati" deb nomlangan 5 tomlik roman-xronika adibning keyingi uch asosiy asaridan biri boʻlib, bosqichma-bosqich 1912 - yildan 1916 - yilgacha nashr etilgan.
1917 - yilda Xenrik Pontoppidanga "Daniyaning zamonaviy hayotini rostgoʻylik bilan yoritgani uchun" adabiy sohasidagi Nobel mukofoti beriladi, lekin urush tufayli taqdirlash marosimi oʻtkazilmaydi.
Keyingi yigirma yil davomida yozishdan, ijod qilishdan toʻxtamaydi. Uning bu davrda yaratgan eng esda qolarli asarlaridan biri besh kitobdan iborat tarjimai hol epopeyasidir. "Oʻsmirlik yillari", "Vujudning oʻzgarishi", "Meros va burch", "Oilaviy hayot", "Oʻzim tomonga yoʻl" ushbu beshlikni tashkil etadi.
Pontoppidan 1943 - yilda Kopengagenda vafot etgan.
*? *Do‘stlaringizga ham ulashing. Zero, ilm ulashmoq ham ehsondir!
*?@zakadabiyot — Adabiyot ummoni*
- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!
? @DTMreklama
Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.
http://instagram.com/edu.uz
Last updated 2 months, 3 weeks ago
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 1 week ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 days, 13 hours ago