BOLAJON 👫

Description
Bolajonlar uchun
📚Inglizcha
📚O'zbekcha
📚Ruscha qo'shiqlar
🔎Turli xil boshqotirmalar
🎥Multfilmlar

INSHAALLOH 20 k 🎊🎉

Reklama uchun 👇👇
@REKLAMA_XlZMATl
Talab va taklif uchun : @Shalola_Mahmudova
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago

1 month ago

O'ZBOSHIMCHA OPA-SINGILLAR
(Qirg'iz xalq ertagi)
ir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonlarda bir cholning uch qizi
bo'lgan ekan. Qizlar tantiq, o'zboshimcha bo'lib o'sishibdi, ota-onalariga ko'p
azob berishibdi. Onalarining oiimidan so'ng ular yana ham qaysar bo'lishibdi.
Otalari shovqin qilmasliklarini buyursa, qizlar jo'rttaga to's-to'polon o'yinlarini
boshlasharkan. Otalari ularga qandaydir ish topshirsa, qizlar o'zlarini kasallikka solisharkan. Otalari ro'zg'or ishiga ko'maklashishlarini iltimos etsa,
mingta sabab topishib, rad etisharkan.
Bir kun qizlar o'rmonga meva terishga borishmoqchi bo'lishibdi. Otalari
ularga yolg'iz bormanglar, — debdi, lekin qizlari o'jarlik qilishibdi.
— Adashib qolishlaring mumkin, — deb ogohlantiribdi ularni otasi, qizlar
quloq solishmabdi. Shunda otasi sandiqdan bir taroq olib katta qiziga, o'rtanchisiga
nina, kichigiga bo'lsa oyna beribdi.
— Bu narsalarni yo'qotmanglar, — tayinlabdi otasi. — Ularda sehrli kuch
bor. Agar baxtsiz hodisaga duch kelsangiz, bular sizga yordam beradi, —
debdi.Katta qizi taroqni, o'rtanchasi ninani, kichigi esa oynani olishib, o'rmon
tomon ketishibdi. Qizlar o'rmon oralab ko'p yurishibdi, savatlarini toidirib
har xil mevalar terishibdi. Qorong'i tushibdi. Opa-singillar tezroq uyga qaytishga qaror qilishibdi, yurishibdi-yurishibdi, lekin o'rmonning cheti ko'rinmasmish. Vahimaga tusha boshlashibdi. Yig'lashibdi.
Shunday qilib, tuni bilan o'rmonda o'tirib chiqishibdi. Ertalab yana yo'l
axtarishib, nihoyat, kechga yaqin o'rmondan chiqishibdi. Biroq ular boshqa
tomondan, notanish yerdan chiqib qolishibdi. Yana yo'l yurishibdi, juda charchashibdi. Birdaniga yakka turgan o'tovga ko'zlari tushibdi. Opa-singillar o'tovga kirishibdi. U yerdajajjigina
qizcha bor ekan.
— Bu yerda kim turadi? — so'rashibdi opa-singillar.
— Bu yerda yovuz yalmog'iz kampir turadi,
— javob beribdi jajji qizcha.
— Sen bu yerga qanday qilib kelib
qolding? — qiziqsinib so'rashibdi ular.
— Meni yalmog'iz kampir o'g'irlab, bu yerga olib kelgan. U har kuni
kechasi ovga chiqadi.
Opa-singillar juda qo'rqib ketishibdi, lekin nima bo'lsa ham, kechasi
sahrodan o'tishga xavfsirashib, shu yerda tunab qolishibdi, ertalab, yalmog'iz
kelguncha yo'lga otlanishga ahd qilishibdi.
Shunday qilib, erta-azon payti opa-singillar uyg'onishib, kichkina qizchani
o'zlari bilan olishib, yo'lga chiqishibdi.
Yalmog'iz charchab, g'azablanib, och qaytibdi, qarasa, qizcha yo'qmish.
"Uzoqqa ketolmagan bo'lsa kerak", — deb o'ylabdi. Yalmog'iz qizchaning
ketidan quvlashga tushibdi. Tez orada opa-singillar tapir-tupur oyoq tovushini
eshitishibdi, xuddi bir to'da otlar poyga qilib ularning orqasidan yetib
kelayotganga o'xsharmish. Orqalariga qarashsa, yalmog'iz kampirning ularga
yetib olishiga ozgina qolibdi.Uzoq o'ylab o'tirmasdan katta opalari yalmog'izning oyoqlari tagiga taroqni
tashlabdi. Shu zahotiyoq u yerda o'tib bo'lmaydigan qalin o'rmon ko'tarilibdi.
Yalmog'iz o'zining ikki tishini sug'urib olibdi. Biridan bolta, ikkinchisidan
arra yasabdi. Arra bilan bir tortsa, bolta bilan bir ursa, bitta daraxt qularmish.
Shunday qilib, yalmog'iz o'rmondan chiqib olibdi.
Yalmog'iz yana qizlarga yetib olay deb qolganida, o'rtancha opalari yo'lga
ninani tashlabdi va shu zahoti u yerda baland tog' qad ko'taribdi. Bulutlardan
balandmish.
Yovuz yalmog'iz tog'dan bir amallab o'tibdi, endi qizlarga yetib olay
deganda, kichik singillari oyoq ostiga oynani tashlabdi. Shu zahoti chuqur bir
ko'l paydo bo'libdi.
Yalmog'iz bir qirg'oqda, opa-singillar bilan jajji qizcha boshqa qirg'oqda
turisharmish.
Kampir nima qilishini bilmasmish.
- Qanday qilib narigi qirg'oqqa o'tdinglar? - deb muloyim ovoz bilan
so'rabdi yalmog'iz.
- Biz bo'ynimizga og'ir toshni boylab suzib o'tdik, — deb javob beribdi
hammasining o'rniga jajji qizcha.
Yalmog'iz kampir kichkina qizchaning so'ziga ishonib, bo'yniga katta toshni
boylab, suvga o'zini tashlagan ekan, cho'kib ketibdi.
Shundan keyin, opa-singillarning eson-omon o'z uylariga yetib olishlariga
hech nima to'sqinlik qilmabdi. Ular hech qachon o'z otalaridan ajralmaydigan bulishdi.

2 months, 1 week ago

Vatan.

Vatanim~onamsan,
Vatanim~otam.
Shunday mehribonsan,
Sen menga~olam!

Vatanim sen soysan,
Vatan~hilol oy.
G‘o‘zallikka boysan,
Ochayver chiroy.

Ardoqlab sevaman
Men tuprog‘ingni.
Arig‘ing,tandiring,
Maysa~bog‘ingni.

Jasur o‘g‘lingdirman,
Alpomishkelbat.
Oqila qizingman,
Barchinoy surat.

Vatan ne desalar,
Bu~onajonim.
Ardoqlab o‘stirgan,
Ota~makonim

Karmana tuman 8~DMTT tarbiyachisi Xasanova Nilufar

2 months, 1 week ago

Men bo‘lajak askarman.

Erta turib, yugurib,
Kuch~quvvatga to‘laman.
Sport bilan do‘st bo‘lib,
Yurtga xizmat qilaman,
Men mard askar bo‘laman.

Chap berib shamollarga,
Chegarada turaman.
Issiqdayam~qorlarda,
Yurtga xizmat qilaman,
Men mard askar bo‘laman.

Temur bobomday qo‘rqmas,
Jaloliddinday qaytmas,
Ko‘rganlar qilar havas,
Yurtga xizmat qilaman,
Men mard askar bo‘laman.

Karmana tuman 8~DMTT tarbiyachisi Xasanova Nilufar.

2 months, 4 weeks ago

Zamonaviy "Qo'g'irchoq" raqsi

Bizga qo'shiling ??
https://t.me/joinchat/Sl_rfSorzoPyoVkF

2 months, 4 weeks ago

Сезонные одежды

Bizga qo'shiling ??
https://t.me/joinchat/Sl_rfSorzoPyoVkF

3 months, 3 weeks ago
BOLAJON 👫
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago