Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Paygʻambarimiz alayhissalom Uhud jangidan avval shom-xuftonni oʻqib, sovutlarini kiyib, bir kecha tunagan joylariga Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh qurib ketgan 1350 yilgi “Masjid ad-Dirʼ” (Sovut masjidi).
Shu joyda nozil boʻlgan oyatlarni Shayx Alijon qori akadan eshitamiz (04.09.24)
"Albatta, “Robbimiz Alloh” degan, soʻngra mustaqiym boʻlganlarning ustilaridan farishtalar: "Qoʻrqmanglar, mahzun ham boʻlmanglar, oʻzingizga vaʼda qilingan jannat xushxabarini qabul qilinglar".
(Fussilat surasi, 30-oyat)
Imom Qurtubiy rahimahulloh aytadilar: "Farishtalar istiqomat (dinda qoim turadiganlar) ahliga eng qiyin ogʻir vaziyatlarda xursandchilik xushxabarini olib tushadilar".
Vaki' ibn Jarroh rahimahulloh aytadilar: "xushxabarlar uchta oʻrinda tushadi:
- Oʻlim payti
- Qabrda
- Qayta tirilgan paytda".
Ibn Qayyim rahimahulloh aytadilar:"Qalb hayotining kaliti Qurʼonni tadabbur bilan oʻqish,saharlarda tazarru (Allohga iltijo) qilish va gunohlarni tark qilishdir".
"Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qoʻrqarlar".
(Fotir surasi, 28-oyat)
Ibn Qayyim rahimahulloh aytadilar:"Kim Alloh taoloni tanisa U Zotdan qoʻrqadi. Kim Alloh taoloni tanimasa U Zotdan qoʻrqmaydi. (Kishini) Alloh taolodon qoʻrqishi uni qanchalik tanishiga bogʻliq. Alloh taolodan qoʻrqishlik uni tanishlik miqdorichadir".
قال عمر بن عبد العزيز رحمه الله:
" أدركنا السلف وهم لا يرون العبادة في الصوم ، ولا في الصلاة ،
ولكن في الكف عن أعراض الناس
فقائم الليل وصائم النهار؛ إن لم يحفظ لسانه ؛ أفْلَس يوم القيامة ".
قال سفيان الثوري : "هذا زمان السكوت . ولزوم البيوت.
والرضا بالقوت إلى أن تموت !
التمهيد ١٧ / ٤٤٣.
Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh aytadilar: "Salaflarimiz ro'za va namozdagi ibodatni haqiqiy ibodat emas, balki insonlarning obro'sini to'kishdan tiyilishni haqiqiy ibodat deb hisoblashlarini topganmiz. Zero, qanchadan-qancha kechalari namoz o'qib, kunduzlari ro'za tutuvchilar bor, agar tilini odamlarning obro'sini to'kishdan saqlamas ekan, qiyomat kuni hech narsasiz qolishi mumkin".
Sufyon Savriy rahimahulloh aytadilar: "Bu zamon sukut qilish, uyni lozim tutish va o'lguniga qadar ozuqasiga rozi bo'lish zamonidir."
"ﺇﻳﺎﻛﻢ ﻭاﻟﺒﻄﻨﺔ ﻓﻲ اﻟﻄﻌﺎﻡ ﻭاﻟﺸﺮاﺏ؛ ﻓﺈﻧﻬﺎ ﻣﻔﺴﺪﺓ ﻟﻠﺠﺴﺪ، ﻣﻮﺭﺛﺔ ﻟﻠﻔﺸﻞ، ﻣﻜﺴﻠﺔ ﻋﻦ اﻟﺼﻼﺓ".
قاله عمر بن الخطاب رضي الله عنه.
Koʻp yeyish va ichishdan saqlaninglar, chunki u jasadni buzadi, sustkashlikni hamda namozga dangasalikni keltirib chiqaradi.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu
Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh aytadilar: “Alloh taologa ellik yil ibodat qilib, toki uch narsani tark qilmagunimcha ibodatnining halovatini topmadim:
1. Insonlarning roziligini topishni tark qilib, ularga haqni gapirishga qodir boʻldim.
2. Fosiqlar bilan suhbat qurishni tark qildim va solihlar majlisida hamsuhbat bo’lishga muvaffaq boʻldim.
3. Dunyo halovatini tark qilib, oxirat halovatini his qilishga erishdim”.
Bandalarning fitratida Allohni tanish, Allohga muhabbat qilish va Allohni iloh deb bilishlik bordir. Zero, har bir tugʻiluvchi Islom fitratiga koʻra tugʻiladi va u fitrat salomat qalb va haq din boʻlgan Islomni qabul qilishni iroda qilishi va unga tayyor boʻlishidir. Lekin ular ilmiy va amaliy quvvatini mustahkamlashga juda ham muhtojdirlar, bu ilmi nofe’ va solih amaldir. Mana shu ikki narsa bilan avval nomda musulmon boʻlgan boʻlsalar, bundan soʻng haqiqiy musulmon boʻladilar. Shuning uchun ham Alloh taolo paygʻambarlarni yuboradi hamda ular bilan birga kitoblar yuboradi. Oʻsha paygʻambarlar xaloyiqni ikki dunyoning saodati, najoti boʻladigan narsaga hidoyat qilish uchun va oʻsha paygʻambarlar insonlarga agar Alloh taoloning elchilariga ergashadigan boʻlsa, hech qachon adashmaslik va hech qachon baxtsiz boʻlmaslikka ham kafil boʻladilar.
Ibn Rajab rahimahulloh
Ibn Javziy rahimahulloh aytadilar: "Agar Alloh taolo bir bandaning tiliga Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni oson qilib qoʻysa, uning gunohlarini garchi togʻlarning vaznicha ogʻir boʻlsa-da kechiradi. Uning gunoxlari kechirilar ekan,qalbidan qoralik ketib, unda nur paydo boʻla boshlaydi"
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
مَنْ اتَّبَعَ جَنَازَةَ مُسْلِمٍ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا وَكَانَ مَعَهُ حَتَّى يُصَلَّى عَلَيْهَا وَيَفْرُغَ مِنْ دَفْنِهَا فَإِنَّه يَرْجِعُ مِنْ الْأَجْرِ بِقِيرَاطَيْنِ كُلُّ قِيرَاطٍ مِثْلُ أُحُدٍ وَمَنْ صَلَّى عَلَيْهَا ثُمَّ رَجَعَ قَبْلَ أَنْ تُدْفَنَ فَإِنَّهُ يَرْجِعُ بِقِيرَاطٍ
“Kim iymon-ixlos ila, ajr-savob umidida bir musulmonning janozasida qatnashsa va janozasi oʻqilib, dafnidan forigʻ boʻlgunicha u bilan birga boʻlsa, (Allohning fazli ila) ikki qiyrot savob bilan qaytadi. Har bir qiyrot Uhud togʻichadir. Kim janozani oʻqib, mayyit dafn qilinishidan oldin qaytsa, bir qiyrot bilan qaytadi” (Imom Buxoriy, Nasoiy va Ahmad ibn Hanbal rivoyati).
Uhud togʻi Madinai munavvarada Masjidi nabaviyning shimolida, 4-5 km masofada, boshqa togʻlardan alohida joylashgan boʻlib, uzunligi 7 km, eni 2-3 km, balandligi 350 metr. Ogʻirligi esa, geolog olimlarning aytishlaricha 45 milliard tonna atrofida ekan.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago