Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
✔️Hududiy boshqarma tomonidan o‘rganish davomida tanlov savdosida qonunbuzulish aniqlandi!!!
✍️ Hududiy boshqarma tomonidan, "XM" xususiy korxonasi murojaatiga asosan Xonqa pedagogika kolleji tomonidan quyosh panellari xarid qilish uchun boshlang‘ich narxi 165 000 000 so‘m bo‘lgan tanlov savdosi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
➡️ O‘tkazilgan o‘rganish jarayonida, maxsus axborot portaliga joylashtirilgan e’londa raqobatni cheklovchi talablar kiritilganligi kuzatildi va shunga asosan, o‘tkazilishi belgilangan savdoni bekor qilinishini so‘rab xat yuborilgan bo‘lsada, Xonqa pedagogika kolleji tomonidan tanlov savdosi bekor qilinmasdan, tanlov savdosi o‘tkazilgan holda shartnoma imzolangan.
➡️Shuningdek, o‘tkazilgan tanlov savdosida ishtirokchilarning hujjatlarini baholash jarayoni o‘rganilganda, xarid komissiyasi tomonidan xato-kamchiliklar yo‘l qo‘yilganligi kuzatildi.
✅ Yuqoridagilarga asosan, Xonqa pedagogika kolleji xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan materiallar Xorazm viloyati prokuraturasiga yuborildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
websayt | facebook | youtube |telegram
✅ДАВЛАТ БУЮРТМАЧИCИНИНГ НОТЎҒРИ АМАЛГА ОШИРИЛГАН ТАНЛОВ САВДОCИ БЕКОР ҚИЛИНДИ
➡️“XM” хусусий корхонасининг мурожаатига асосан Хонқа туман ихтисослаштирилган мактаб интернати томонидан ўтказилган танлов савдоcи бўйича ўрганиш ишлари ўтказилди.
➡️Ўтказилган ўрганиш жараёнида, Хонқа туман ихтисослаштирилган мактаб интернати томонидан махсус ахборот портали орқали умумий қиймати 237,6 млн сўмлик энг яхши таклифларни танлаш бўйича ўтказилган танлов савдоcида иштирокчилар томонидан малакавий мезонлар бўйича тақдим қилинган маълумот ва ҳужжатларни баҳолашда харид комиссияси томонидан хато ва камчиликларга йўл қўйилганлиги, ушбу йўл қўйилган хато ва камчиликлар харид натижасига таъсир кўрсатганлиги ва танлов савдоси нотўғри ўтказилганлиги аниқланди.
✅ Ҳудудий бошқарманинг ўрганиш ишлари хулосасига асосан, Хонқа туман ихтисослаштирилган мактаб интернати томонидан ўтказилган танлов савдоcи бекор қилинишига эришилди.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar: |websayt |telegram
✔️Hududiy boshqarma tomonidan o‘rganish davomida tanlov savdosida qonunbuzulish aniqlandi !!!
✍️ Hududiy boshqarma tomonidan, fuqaro murojaatiga asosan Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan quyosh panellari xarid qilish uchun boshlang‘ich narxi 1 489 950 000 so‘m bo‘lgan tanlov savdosi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
➡️ O‘tkazilgan o‘rganish jarayonida, tanlov savdosida ishtirok qilish uchun 8 ta talabgorlar tomonidan taklif hujjatlari taqdim qilinganligi, ayrim ishtirokchilarning takliflari tanlov savdosidan asossiz ravishda chetlashtirilganligi hamda “LARAMEN” MChJ g‘olib deb topilganligi ma’lum bo‘ldi. Yuqoridagi holatda, Hazorasp tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi 2-qism 2-xatboshi (savdolarni o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish taqiqlanadi) va 29-moddasi 4-qism 3-xatboshi (savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish yoki ularning sonini asossiz ravishda cheklash taqiqlanadi) talablariga rioya qilinmaganligi kuzatildi. Shuningdek, “LARAMEN” MChJ tomonidan platformaga yuklagan hujjatlar o‘rganilganda, hujjat soxtalashtirish alomatlari mavjudligi kuzatildi.
➡️ “LARAMEN” MChJ tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Xorazm viloyati kengashining 02.12.2023-yilda ma’lumotnomasi taqdim qilinganligi, aslida esa bunday ma'lumotnoma “LARAMEN” MChJga umuman berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
✅ Yuqoridagilarga asosan, Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda “LARAMEN” MChJ xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan materiallar Xorazm viloyati prokuraturasiga yuborildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
websayt | facebook | youtube |telegram
Aziz yurtdoshlar!
?? Asrlar davomida el-yurtimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan Qurbon hayiti xalqimizga muborak bo‘lsin.
*? Har bir oilaga mustahkam sog‘lik, baxt va omad tilaymiz.
??* Jonajon Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom bo‘lsin!
? Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
__________
Дорогие соотечественники!
?? Сердечно поздравляем вас с праздником Курбан-хайит! Этот праздник вот уже столетия играет особую роль в духовной жизни нашего народа и способствует укреплению в обществе таких важных ценностей, как взаимное уважение, доброта и толерантность.
*? Желаем каждой семье крепкого здоровья, счастья и удачи.
??* Пусть на нашей дорогой Родине всегда будут царить мир и стабильность!
*? Комитет по развитию конкуренции и защите прав потребителей*
Kanalga ulanish ? https://t.me/RaqobatGovUz
?️ veb-sahifa | ?* facebook *| ?* telegram *| ?* youtube *| ? instagram | ? twitter
? Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar, xususan shakar mahsuloti realizatsiyasi doimiy tahlil qilib boriladi.
✅ Ta'kidlash joizki, joriy yil 16-apreldan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan birja savdolariga qo‘yiladigan shakar mahsulotining kunlik hajmi 20 foizga (2 100 tonnadan – 2 500 tonnaga) oshirilib, boshlang‘ich narxi 6 foizga (13 600 so‘mdan – 12 860 so‘mga) pasaytirildi.
? Respublikaning dehqon bozorlarida tashkil etilgan elga xizmat rastalari va yirik savdo tarmoqlarida shakar mahsulotining chakana narxi 1 kg uchun 13 000 so‘mdan sotilishi ta’minlanayotgan bo‘lsa, boshqa savdo do‘konlarda o‘rtacha 13 200 – 15 000 so‘mni tashkil etmoqda.
✈️ Hurmatli yurtdoshlar, shakar mahsulotining birja savdolaridagi narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga pasaygan bo‘lsa, bozorlardagi chakana narx o‘zgarishsiz qolgan.
✈️ Bundan tashqari, Qo‘mita tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda shakar mahsulotining chakana narxlari yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.
✈️ Narxlarni barqaror saqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, narxlar keskin o‘sishi bo‘yicha xavotirga o‘rin yo‘q.
*✈️ *Shu sababli, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan to‘liq o‘rganilmagan xabarlarga asosan xavotirga tushmasligingizni so‘rab qolamiz.
? Lotin alifbosida o‘qish
? Kirill alifbosida o‘qish
Kanalga ulanish ? https://t.me/RaqobatGovUz
?️ veb-sahifa | ?* facebook *| ?* telegram *| ?* youtube *| ? instagram | ? twitter
#Anons #Sifat_nazorati
*? *SMETANA MAHSULOTLARINING SIFATI TALABGA JAVOB BERADIMI?
? Raqobat qo‘mitasi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda navbatdagi "Nazorat xaridi"ni tashkil etdi.
? 3 ta ishlab chiqaruvchi korxonalarning quyidagi nomdagi smetana mahsulotlaridan namunalar xarid qilindi hamda laboratoriya tahlillaridan o‘tkazildi:
**?*"ECO SUT"
?**"PURE MILK"
*?*"EHRMANN"***
? Sinov natijalari qanday?
? Batafsil
? Hurmatli iste’molchilar, xarid qilgan tovarlaringiz nuqsonli yoki sifatsizligidan norozi bo‘lsangiz Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Kanalga ulanish ? https://t.me/RaqobatGovUz
? website |*? facebook *| *? telegram *| *? youtube *| ? instagram | ? twitter
*? O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi tomonidan tadbirkorlarning taklif va e’tirozlaridan kelib chiqib dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlari (QQS ko‘rsatgan holda yoki QQSsiz) to‘g‘risidagi ma’lumotlar* e’lon qilindi.
*?***Manba
*? *Ushbu e’lon qilingan dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlariga QQS qo‘llagan holda savdolarni amalga oshirilishi mumkinligi ma’lum qilingan.*? *Tadbirkorlik subyektlarining taklif va e’tirozlaridan kelib chiqib reestrdagi cheklangan narxlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQSsiz yoki QQS bilan) to‘g‘risida ma’lumot aks ettirilgan.
Kanalga ulanish ? https://t.me/RaqobatGovUz? website |*? facebook *| *? telegram *| *? youtube *| ? instagram | ? twitter
? **Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining haftalik dayjesti.
(*? 1**-6-aprel kunlari)
▫️1-aprel*?* Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa hamkor tashkilotlarning Respublika baholash kommissiyasi natijalariga ko‘ra Raqobat qo‘mitasi 2023-yil uchun davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha Ochiqlik indeksi reytingida yuqori ko‘rsatkichni qayd etib Davlat Qo‘mita va Inspeksiyalar ichida 1-o‘rin, Respublika bo‘yicha ham yuqori o‘rinda 86.2 ball bilan etirof etildi! *__________________
*? Issiq suv bo‘yicha 4 000 ga yaqin fuqarolar xonadoniga hisoblangan 2 mlrd 81 mln so‘m qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.
__________________
▫️2-aprel*?* Sifat nazorati***
? Kolbasa mahsulotlarining sifati talabga javob beradimi?
__________________
*? Hurmatli fuqarolar!*?* *Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy organlari va tarkibiy tuzilmalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali Qo‘mita bilan bog‘laning.__________________
*? Joriy yilning 2-aprel kuni Qo'mita rahbariyati boshchiligida*** Monopoliyaga qarshi ekspertlar kengashi a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
__________________
**▫️3-aprel
? Huquqiy savodxonlik*?* Insofsiz raqobat nima va ularni taqiqlanishi haqida ma’lumot bersangiz? ____________**______
*? OAV biz haqimizda***
? Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa hamkor tashkilotlarning Respublika baholash kommissiyasi natijalariga ko‘ra Raqobat qo‘mitasi 2023-yil uchun davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha Ochiqlik indeksi reytingida yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
*?*Batafsil "UZREPORT TV" informatsion dasturida
__________________
*? Kredit olishda o‘z huquqlaringizni bilib oling!
*__________________
*? Har bir murojaat zamirida, inson manfaatlari yotadi: Qo‘mita bu borada aholi murojaatlari bilan tizimli ravishda ish olib bormoqda.***
**▫️4-aprel*? Vaqtida topshirilmagan uyga to‘langan 188 mln 112 ming so‘mdan ortiq mablag‘ fuqaroga qaytarilishi ta'minlandi.? Nuqsonli* tovar sotilgan iste’molchiga 5 mln so‘m mablag‘ qaytarilishi ta‘minlandi.
? Iste'molchilarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilindi. **__________________
*▫️5-aprel*?* Infografika**? Raqobat qo‘mitasining 2024-yil 1-choragi davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirgan ishlar infografika ko'rinishida. __________________**? Ishchi guruh
? Raqobat qo‘mitasi *raisi o‘rinbosari A.Qayumov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, aholi daromadlarini oshirish va bandligini taminlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va infrastrukturaning sifati bilan bog'liq masalalar bo‘yicha o‘rganishlar o'tkazdi.
Kanalga ulanish ? https://t.me/RaqobatGovUz? website |*? facebook *| *? telegram *| *? youtube *| ? instagram | ? twitter
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago