O'zMMSI REKTORI

Description
Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti rektorining rasmiy telegram kanali
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

2 months, 3 weeks ago
3 months, 1 week ago
**Qadrli yoshlar!**

Qadrli yoshlar!

Barchangizni bugun yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ bayram – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Yoshlik inson umrining eng go‘zal va jo‘shqin pallasi hisoblanadi. Bu paytda katta-katta orzular, maqsadlar qilinadi. Аslida mana shuning o‘zi juda muhim. Chunki orzu bo‘lmasa, maqsad bo‘lmasa inson hayoti bir joyda to‘xtab qoladi.

Shuning uchun ham hech qo‘rqmasdan baland marralarni ko‘zlab, dadil intilishingiz kerak. Marralarga erishishning eng to‘g‘ri va yagona yo‘li esa – bu ilmdir. Ilmsiz hayot ham, taraqqiyot ham yo‘q! Ilm sizga suyanch bo‘ladi, hayot yo‘lingizni yoritadi, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi.

Davlatimiz rahbari kimga ishonib Uchinchi Renessans poydevorini yaratamiz deyaptilar? Аlbatta, siz, yoshlarga ishonib. Sizlar bu borada hal qiluvchi kuchsizlar. Shunday ekan, har bir kunni, har bir vaqtni, bugungi berilayotgan imkoniyatlarni qadrlashingiz kerak!

Tariximizga nazar solsak, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy yoki Bobur Mirzoni olasizmi, Аvloniy yoki Qodiriyni olasizmi, barchalari buyuk kashfiyotlarni, bebaho asarlarni aynan siz kabi yoshlik chog‘larida yaratishgan. Vaqtni behuda sarflashmagan. Аlbatta, biz ana shunday komil ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Аmmo faqat faxrlanish emas, ularga munosib bo‘lishga ham intilishimiz kerak.

Imkoniyat desangiz bor, eʼtibor ham yuksak. Bilasiz, Prezidentimiz qayerga borsalar, vaqt topib yoshlar bilan suhbatlashadilar. Biz, mas'ullarni ham doim shunga undaydilar. Kuni kecha yana yoshlar bilan muloqot qilib, qanchadan-qancha yangi tashabbuslarni, takliflarni ilgari surdilar. Bu yana yangi imkoniyatlar deganidir. Mana shuning o‘zi bugungi siyosatni, yoshlarga bo‘lgan yuksak mehrning ifodasidir. Zero, salgina harakat, bir ozgina intilish bo‘lsa kifoya.

Bugun bevosita madaniyat va sanʼat sohasida ham minglab yoshlar faoliyat yuritadi. Yana qanchada-qancha o‘g‘il-qizlar aynan shu yo‘nalishda tahsil olmoqda. Umuman, ijodga mehr qo‘ygan navqiron avlod safi keng. Biz ularni qo‘llab-quvvatlashga, iqtidorini yuzaga chiqarishga, madad bo‘lishga intilyapmiz.

Shu maqsadda turli ko‘rik-tanlovlar, festival va madaniy tadbirlar o‘tkazmoqdamiz. Mana shu saʼy-harakatlarimiz ilk mevalarini ham bermoqda. Yangi isteʼdodlar kashf etilyapti, xalqaro tanlovlarda sovrindor bo‘lganlar safi kengaymoqda.

Unutmangki, bu dunyoda isteʼdodsiz, iqtidorsiz odamning o‘zi yo‘q. Sizlarning har biringiz shunday fazilatga egasiz. Faqat uni yuzaga chiqara bilish kerak. Hamma gap mana shunda. Sizlarda intilish bo‘lsa, albatta, davlatimiz qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Sizlarni yana bir bor bayram bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman.

O‘ylagan hamma niyatlaringiz, maqsadlaringiz amalga oshsin!

? Telegram / ? Instagram

3 months, 1 week ago
**Bayramingiz muborak bo‘lsin, qalbi uyg‘oq kasb …

Bayramingiz muborak bo‘lsin, qalbi uyg‘oq kasb egalari!
Bugun yurtimizda yana bir ajoyib bayram, 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Shu munosabat bilan sohaning barcha vakillarini, qalbi uyg‘oq kasb egalarini samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman.

Jurnalistika mashaqqatli, mas'uliyatli, ayni paytda sharafli kasb. Shaxsan men OAV xodimlari faoliyatiga doimo yuksak hurmat bilan qarayman.

Sizlarning yaqin hamkorligingiz natijasida keng jamoatchiligimiz, barcha jabhadagi islohotlardan, jumladan, madaniyat va san'at sohasidagi yangiliklardan, yangi tashabbuslar, loyihalar, o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman va festivallar, ko‘rik-tanlovlar va madaniy tadbirlardan vaqtida xabardor bo‘lmoqda.

O‘z navbatida, shuni ham ta'kidlashni istardimki, Madaniyat vazirligi o‘laroq, biz har doim ochiqlik va shaffoflik tarafdori bo‘lib kelganmiz va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Boshqacha aytganda, xolis va haqqoniy yondashuv uchun "labbay" deb javob berishga biz doim tayyormiz.

Dunyoda inson madaniyati ortga chekinib, g‘oyaviy kurashlar, mafkuraviy tahdidlar kuchaygan murakkab bir davrda yashayapmiz. Mana shunday sharoitda milliy manfaatlarimiz, bebaho madaniyatimiz, ma'naviyatimizni asrab-avaylash yo‘lida sizu biz, barchamiz birgalikda intilsak, albatta, ko‘pdan ko‘p ijoboy natijalarga erishamiz. Bugungi islohotlar ro‘yobiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Shunday sharafli va mas'uliyatli yo‘lda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, ijodda esa yuksak parvozlar tilayman. Yutuq va omad doim hamrohingiz bo‘lsin!

Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov

? Telegram / ? Instagram

4 months, 2 weeks ago

#PREMYERA #PROTOKOL
**O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan katta intervyu

24-may, soat 19:00 da*?*Videoni ko‘rish

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
? Telegram | *? Instagram *| *? Facebook | ?*** Veb-sayt

5 months, 3 weeks ago
O'zMMSI REKTORI
5 months, 3 weeks ago
**E'TIROF**

E'TIROF

Kuni kecha Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomasi keldi. Unda institut jamoasining samarali mehnati va xizmat vazifalariga bo‘lgan sadoqati alohida e'tirof etilgan.

#Tabriklaymiz*?
? O‘zMMSI matbuot xizmati:*uzmmsi.uz | ARM EK | Rektor kanali | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ilm-fan kanali | Ma'naviyat kanali

5 months, 3 weeks ago
O'zMMSI REKTORI
5 months, 3 weeks ago
O'zMMSI REKTORI
5 months, 3 weeks ago
O'zMMSI REKTORI
6 months, 4 weeks ago
Наврўзи Сабо, Наврўзи Ажам, Ажам тароналари... …

Наврўзи Сабо, Наврўзи Ажам, Ажам тароналари... Мақом йўлларимизда ҳам Наврўз мавзуси борлигига эътибор қилганмисиз? Бу муаззам куйларни эшитиб сел бўлмаган одам бормикан орамизда...

Замонамизнинг ниҳол бастакору композиторлари, хонандаю созандалари, мусиқий Наврўзнома мулкимизни бойитиш ҳар биримиз учун ҳам фарз, ҳам қарз. Халқ йўллари, мақом йўлларидан илҳомланиб ижод қилган устоз санъаткорлар – Манас Левиевнинг “Ўрик гуллаганда”, Фахриддин Содиқовнинг “Сўлим баҳор”, Таваккал Қодиров ижро этган “Фасли навбаҳор”, Мухторжон Муртазоевнинг “Навбаҳор” асарларига улангулик янги баҳорий тароналарга муштоқмиз. Ижодингиз гул очсин, аҳли созу аҳли сўз!

#наврўз
#наврўзнома
#ижод
#мусиқийнаврўзнома

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago