Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Kevin va Anita qancha urinishmasin, Hirani ko'ndira olishmadi. Politsiya kelib, Hira va Tadashini olib ketdi. Kevin va Anita esa qochib ketishga majbur bo'lishdi. Politsiya Hirani so'roq qilib, Fransiyaga qanday kelib qolganini, jasadlarga uning qanday aloqasi borligini, bolalar bilan qayerda tanishganini so'rab, tergov qilishdi. Hira ularning hech qaysi savoliga javob bermadi. Shunchaki qo'ng'iroq qilib olishni iltimos qildi, xolos. Ma'muriyat unga Kristina Quinnga qo'ng'iroq qilib olishiga ruxsat berdi.
— Alo, Kristina-san...
— Hira? Yaxshimisan? Anchadan beri aloqaga chiqmading, xavotirga tusha boshlayotgandim.
— Versalga kelib, bolalarni topib, olib keta olasizmi? Tezroq topmasangiz, "Deus" yana ularning izidan tushishi mumkin.
— Nega? Nima bo'ldi? Axir u tashkilotni yo'q qilamiz demaganmidingiz? Xanjar nima bo'ldi?
— Biz uddalay olmadik... — Hira o'zini yig'idan arang tiyinb turardi, — Gefrit va Aleksandra halok bo'lishdi... Qolganlarning qayerdaligini hatto bilmayman ham. Iltimos, Kristina-san... Sizga yagona iltimosim shu...
— Haqiqiy bosh og'riq... O'zingni ayblama. Tez orada yetib borishga harakat qilaman...
Hira ortiq hech narsa gapira olmay, go'shakni qo'yib qo'ydi. U hech qachon avval o'zini bunchalik yomon va g'amgin his qilmagan. Hattoki onasidan ayrilganda ham oyoqqa turib, o'zi uchun o'zi kurashishga harakat qilgandi. Ammo bu safar bari butunlay boshqacha. Balki bu birinchi marta o'z va'dasining ustidan chiqa olmagani uchundir? U ortiq hech narsani o'ylashni istamadi. Qorong'i va sokin zindonda shunchaki ko'zlarini yumgancha uxlab qoldi...
— Aleksandra? Nega hansirayapsan? Nimadir bo'ldimi?... — Hiraning qulog'iga g'ira-shira ovozlar eshitilib, boshi qattiq og'rishni boshladi. Atrofda nimalardir devorga urilib, qattiq singan tovushlar, Anitaning qichqirig'i-yu, kuchli shamol ovozi. Hira asta ko'zlarini ochar ekan, o'zini ertalabki kasalxonada ko'rdi. Nima bo'layotganini tushunmay, darhol o'rnidan sakrab turarkan, bir-biri bilan urushayotgan Aleksandra va Anitaga duch keldi.
— Bemorlardan biri! — baqirdi Tadashi, — Bemorlardan biri "Deus" a'zosi! Yaqinda olib kelingan bemor! Hoziroq uni o'ldiringlar!
— Ammo...ammo qaysi biri...? — Anita xushsiz yotgan ikki bemorga qarab, kimni tanlashni bilmay qoldi, — Jin ursin, qaysi biri dushman?!
U o'ylanib turgunicha Hira qo'lida toshli xanjar paydo qilib, chap tarafda yotgan Kalamira Noktisning bo'yniga sanchib oldi. Kalamira yotgan joyida til tortmay o'lib, u tanasini boshqarayotgan bolalar ozod bo'lishdi.
— Dushman u ekanini qayerdan bildingiz? — qiziqib so'radi Anita.
— Bilmayman... Xuddi bu voqeaga avval ham duch kelgandekman. G'alati bir tush ko'rdim... Yoki u tush emasmidi...?
— Demak bu kalamush mening qobiliyatimni ham o'g'rilagan... — dedi Hira o'rnidan turib.
— Nima, jahling chiqyaptimi? Tan ol, jahling chiqyapti. Buni ko'zlaringdan uqib olish qiyin emas.
— Biroz adashding. Shunchaki jahlim chiqayotgani yo'q. Men g'azabdaman. Qanaqa kuchli g'azabligini hozir o'z tanangda his qilib ko'rasan... — Hira barmoqlarini shaqillatib, dushman chiqib o'tirgan devorni qumga aylantirib yubordi. U yerga yiqilishidan avval uchli xarsang o'stirib, sanchib yubormoqchi bo'ldi. Biroq dushman so'nggi soniyalarda portal ochib, Hiraning ustiga yiqilib tushdi. Hira uni qattiq tepib, bor kuchi bilan yerni mushtladi. Ularning oyog'i ostidagi yer o'pirilib, dushmanni o'zi bilan birga tortib ketdi. Anita esa qo'lidagi to'pponchasi bilan unga bir necha marta o'q uzdi. O'qlardan biri uning bo'ynini teshib o'tishi bilan Hira qo'lida toshli xanjar paydo qilib, dushmanning chap ko'ziga sanchib oldi. U ham bo'sh kelmay, atrofda yana tutun paydo qildi. Biroq tutun tarqab ulgurmasidan g'oyib bo'lib qoldi.
— T-tushunmadim... Qanday qilib?!
— Birovning qobiliyatini o'g'rilashdan avval u qanday ishlashini tushunib olishing kerak, kalamush! — baqirdi Anita unga yana bir marta o'q uzib, — Men nafaqat tutun paydo qilaman, balki uni yo'q qila olaman ham!
— Kulguli... Haqiqiy sirkning o'zginasi... — og'zidan qon otilayotgan dushman yerda o'rmalab, ulardan uzoqroqqa qochishga harakat qildi. Tadashi qo'llarini uzun rezinaga aylantirib, uni mahkam ushlab, yura olmaydigan qilib qo'ydi. Dushman uning qo'llaridan chiqib keta olmay, tipirchilashni boshlarkan, Hira u yotgan yerdan asta-sekinlik bilan uchli harsang o'stira boshladi. Harsang qancha katta bo'lib o'sgani sari dushman yanada qattiqroq og'riq his qilib, bor ovozi bilan baqirardi. Oxir-oqibat harsang tosh uning tanasini butunlay yorib chiqib, to'rtga bo'lib yubordi. Hira burnidan oqayotgan qonni artib, Gefrit va nariroqda yotgan Aleksandraning jasadiga tikilgancha sukut saqlardi. Hech kim uning sukutini buzishni xohlamadi. Oradan ko'p vaqt o'tmay, atrofni odamlar o'rab olib, ularni suratga olishni va har xil pichir-pichirlarni boshlab yuborishdi. Kevin vaziyat tobora og'irlashib ketayotganini sezib, Hiraga past ovozda yuzlandi:
— Hira-san... Hozir politsiya kelib qolishi mumkin. Tezroq ketishimiz kerak.
— KETISHIMIZ KERAK?! — Tadashi Kevinning yuziga mushtlab, yerga yiqitib yubordi, — ULAR O'LISHDI! TUSHUNYAPSANMI? BOLALIGIMDAN BERI BIRGA KATTA BO'LGAN DO'STIM KO'Z OLDIMDA JON BERDI!
— Axir ular o'lishi mumkinligini bila turib, shunga rozi bo'lishgan! — aralashdi Anita, — Ularni hech kim majburlagani yo'q. O'zlari shunga tavakkal qilishdi. Kevinda nima ayb?
— AGAR SENING YOQIMSIZ TUTUNING BO'LMAGANIDA, GEFRIT O'LMAGAN BO'LARDI! — baqirishda davom etdi Tadashi, — BARIGA SIZLAR AYBDORSIZLAR! HAMMASI SIZLARNI DEB!
— Bas qil, Tadashi... — Hira past ovozda hammani tinchlantirishga urindi, — Baqirganing bilan endi hech narsa o'zgarib qolmaydi. Kevinning ham, Anitaning ham aybi yo'q. Hammasi mening aybim. Ularni himoya qilishga va'da bergan bo'lsamda, hech narsa qila olmadim. Ikkisi ham ojizligim sabab halok bo'lishdi...
— B-biroq shu yerda turavermaymiz-ku? — so'radi Kevin, — Hozir politsiya kelib, hammamizni olib ketishi mumkin! Juftakni rostlash kerak!
— Kelaverishsin. Sizlarni hukumat qo'liga topshiraman. Meni esa qamoqqa olib ketishadi. Biz uddalay olmadik. Kristina Quinnga bergan va'damning ustidan chiqa olmadim...
— Hukumat bizni "Deus" changalidan himoya qila oladi deb o'ylaysizmi?! — aralashdi Anita, — Ular bizni baribir topishadi. Topib o'ldirishadi! Tushunyapsizmi?!
— Adashmasam bu "Deus" ning oxirgi yuqori darajali a'zosi edi. Boss qo'l ostiga yana odam yiqquncha Kristina-san sizlarni topib, o'z qaramog'iga oladi. Meni kechiringlar... Lekin davom eta olmaymiz. Yana kimdir meni deb qurbon bo'lishiga chidab tura olmayman...
— Aytyapman-ku... Hammasi joyida. Agar yana shu mavzuni ochadigan bo'lsanglar, qattiq jahlim chiqadi.
— To'g'rilash kiritaman! — Anita Hiraning burnidan oqayotgan qonga ishora qildi, — Bu mavzu o'zidan o'zi ko'tarilaveradi. Toki kasallik sizni o'ldirmagunicha.
— Yana necha marta qaytarishim kerak?! Hammasi joyida! Bu mavzuda ortiq...
— Hira-san, ehtiyot bo'ling! — Kevin o'zini Hiraning ustiga otib, u tomon uchib kelayotgan o'qdan saqlab qoldi. Butun jamoa birdan jangga shaylanib, bir-biriga yelkama-yelka turib olishdi.
— Qayerdan? O'q qayerdan uchib keldi?! — Hira atrofdan toshli devor o'stirib, Kevinga savol berdi.
— Bilmayman... Payqamay qoldim...
— Qobiliyatingni ishga sol, — dedi Gefrit cho'ntagidan to'pponchasini chiqarib, — Kelajakni yana bashorat qilib ko'r.
— Harakat... harakat qilyapman... — Kevin boshini changallab, kelajakka nazar soldi. O'n soniyadan keyin Hira paydo qilgan to'rt devor ichida Kevinning portali ochilib, u yerdan chiqib kelgan qo'l Hiraning orqasidan xanjar sanchayotgandi. Hech narsani tushunmay qolgan Kevin baland ovozda baqirib, hammani ogohlantirdi:
— D-dushman kimligini bilmayman, lekin u xuddi menikiga o'xshash portal ocha olarkan! Hira-san, ehtiyot bo'ling! Orqada!
Hiraning orqasidan portal ochilib, xuddi kelajakda ko'ringanidek xanjar ushlab olgan qo'l chiqib keldi. Hira chaqqonlik bilan zarbaga chap berib, qo'lni mahkam ushladi-da, o'zi tomon tortdi. Portal ichidan yuzini niqob bilan to'sib olgan qora kiyimli, ko'zlari xuddi olmos kabi tovlanayotgan notanish dushman chiqib keldi. Shu zahoti to'rt devor ichida Anitaning tutuni paydo bo'lib, undan nafas olayotganlar sekinlashib ketishdi. Biroq dushman sekinlashmadi. Aksincha, juda katta tezlik bilan harakat qilib, bilagiga o'rnatilgan uzun uchli xanjarini Gefritning ko'ksiga sanchib oldi. So'ng chaqqonlik bilan portal ochib, qochib ketdi. Gefritning og'zidan qon otilib, yerga yiqilib tushdi. Bundan vahimaga tushgan Hira bor ovozi bilan baqirib, uni mahkam ushlab oldi.
— YO'Q! NIMALAR BO'LYAPTI O'ZI?! ALEKS, HOZIROQ UNI DAVOLA! ESHITYAPSANMI?!
Aleks nimadir qilib ulgurmasidan oyoqlari ostidan ochilgan portal uni ichkariga olib kirib ketdi. Qolganlar battar vahimaga tushib, butun tanalari qo'rquvdan qaltiray boshlashdi.
— MANAVI LA'NATI TUTUNINGNI YO'QOT, JIN URSIN! — Tadashi Anitaning yoqasidan ushlab, bir necha marta silkitib yubordi.
— Bu... Bu mening tutunim emas! — yig'lamsirab baqirdi Anita, — Bu tutunni men paydo qilmadim! Bu dushmanning ishi!
— Xuddi mening portalim kabi... — xulosa qildi Kevin, — Dushman bizning qobiliyatlarimizni o'g'rilayapti! Hira-san, endi nima qilamiz?!
Hira ularning hech qaysi savoliga javob bera olmadi. Uning bor e'tibori qo'llarida jonsiz yotgan Gefritda edi. Axir u bolalardan hech qaysi biri o'lmaydi deb va'da bergan. Kerak bo'lsa o'z hayotini o'rtaga qo'yib bo'lsada, ularni himoya qilishga qasam ichgan. Endi-chi? Ulardan biri hattoki so'nggi so'zlarini aytishga ham ulgurmay, Hiraning o'z qo'llarida jon berdi. Kutilmaganda, bari judayam tez sodir bo'ldi. Hiraning ko'z oldi qorong'ilashib, nafas olishi qiyinlashib ketayotgandi. Burnidan oqayotgan qon yanada ko'payib, o'zini o'zi yo'qotib qo'ydi.
— Hira-san! — baqirdi Kevin, — Hozir tahlikaga tushib qoladigan vaziyat emas! Nimadir qilishimiz kerak, eshityapsizmi?!
— Judayam kech. Nimadir qilganing bilan o'z taqdiringni o'zgartira olmaysan... — Hira paydo qilgan devor ustiga chiqib olgan boyagi dushman Aleksandraning kesilgan qo'lini Kevinning yoniga tashlab, past ovozda kulib qo'ydi.
— Ikkitangizni o'ldirdim. Xo'sh... Yana to'rtta qoldinglar. Keyingisi kim?... — dushman Kevin, Hira, Anita va Tadashiga barmog'ini bigiz qilib, birma-bir sanashni boshladi, — Qa-ni-kim-me-ning-o'l-jam-bo'-la-di...sen! "Deus" ni sotgan qo'rqoq xoin. Isming Anitamidi?
— Qo'lingdan kelsa o'ldir! Qani bo'l! — Anita bor ovozi bilan jar solib, yerda yotgan to'pponchani mahkam ushlab oldi. Dushman boshi uzra o'ngga yaqin uchli tosh bo'laklarini paydo qilib, Anitani mo'ljalga oldi. Kevin bazo'r uni portali bilan to'sishga ulgurib qoldi.
Ishonchim komil, agar menga yana biroz vaqt bersangiz, haqiqiy aybdor kimligini albatta aniqlayman!... — Hmmm... Demak, gaplaringga qaraganda, gersogning o'limiga aslida baxtsiz hodisa sababchi bo'lgan, shundaymi? — hassani ushlab o'yga toldi Lord Persey.…
Oʻtgan va joriy asrning dolzarb savoli: Elen qaytadimi?
Дистопия кирилл алифбосида
1 бўлим: 1-10 қисмлар таҳрирланган ҳолатда. Мароқли мутолаа тилаймиз!
*⚙️ Таҳрирланди ва такомиллаштирилди:
1. Исмларга ц, ь қўшилиши орқали талаффуз аниқлашди.
2. Ҳар бир боб янги саҳифадан бошланади ва матнда уларни ажратиб олиш қулайлашди.
3. Расмлар ўлчами мослаштирилди ва тавсиф матнлари битта саҳифага бириктирилди (расм тагига).*
Ishonchim komil, agar menga yana biroz vaqt bersangiz, haqiqiy aybdor kimligini albatta aniqlayman!...
— Hmmm... Demak, gaplaringga qaraganda, gersogning o'limiga aslida baxtsiz hodisa sababchi bo'lgan, shundaymi? — hassani ushlab o'yga toldi Lord Persey.
— Xuddi shunday! Xizmatkor hassa aslida gersogga tegishli bo'lganini, nefrit qadah va sher haykali turgan joylar chindan ham voqeaga mos kelishini tasdiqlashi mumkin. Piter aybsiz, bizga ishoning... Kimdir gersog o'lganidan xabar topib, vaziyatdan foydalanib qolmoqchi bo'lgan. Agar bizga yana biroz vaqt bersangiz, haqiqiy aybdorni...
— Shart emas, — Zeldaning gapini bo'ldi Persey, — Tan olishim kerak, hayron qoldim. Jasorating va zehning tahsinga loyiq. Piterni avf etishlarini buyuraman.
— R-rostdanmi?! — xursand bo'lib ketdi Zelda, — Uni chindan ham ozod qilasizlarmi?!
— Modomiki gersogning o'limiga baxtsiz hodisa sabab bo'lgan ekan, demak Piterga qarshi hech qanday da'voim yo'q. Unga tuhmat qilmoqchi bo'lgan odamni esa Tumos hukumati qidirib topadi, buyog'i bilan ishingiz bo'lishi shartmas. Qirolicha Iratsibeta, gaplarimni eshitdingiz. Uni zindondan olib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, bu yerga nima maqsadda kelganimni ham unutmang. Menga Hanna Planter kerak.
— Yaxshi... — Iratsibeta tomog'ini qirib qo'yib, xizmatkorlarga yuzlandi, — Lord Perseyni Hanna Planter uchun ajratilgan xonaga olib boring. Kapitan Richard, siz esa Piterni ozod qilish bilan shug'ullanishingiz mumkin...
— Ularni qo'yib yuborishing emas, saroyga, mening yonimga olib kelishing kerak edi! — ovozini balandlatdi Iratsibeta, — Nahotki buyrug'imni unutgan bo'lsang?!
— Afsuski, menga buyruq berishga haqqingiz yo'q, zoti oliyalari. Men faqat Tumos hukmdoriga bo'ysunaman. Ularga ziyon yetkazmayman deb va'da berganmidim? Va'damning ustida turdim, ularga hech narsa qilmadi. Biroq, qayerda ekanliklaridan xabarim yo'q. Mayli, gapni ko'paytirmaymiz, menga Hanna Planterni topshiring.
— Toki Zelda va kapitan qaytib kelishmas ekan, bu yerdan hattoki sichqonni ham olib chiqib ketolmaysan!
— Sizni olib chiqish niyatim shundoq ham yo'q, zoti oliyalari... — kinoya bilan kulib qo'ydi Persey.
— Soqchilar! — baland ovozda buyurdi Iratsibeta, — Bu betgachopar qarolni hoziroq hibsga oling!
Iratsibetaning buyrug'i yangrashi bilan Lord Persey qilichini qinidan chiqarib, jangga hozirladi. Biroq askarlar unga hujum qilib ulgurmasidan ichkariga Zelda, xizmatkor va kapitan Richard kirib kelishdi.
— Janjalga hojat yo'q! — baqirdi Zelda, — Biz shu yerdamiz.
— Qayerlarda sang'ib yurganding?! — qichqirdi Iratsibeta.
— Biz dalil topdik. Piter aybdor emas, buni isbotlashimiz mumkin!
— Obbo... Shu bosh og'riqdan hech qutulolmasam kerak... — xo'rsinib qo'ydi Persey, — Xo'sh, bu safar qanaqa dalil ekan?
Zelda marhum gersogning sevimli hassasini qo'liga olib, uning uchini zarb bilan yerga urdi. Shu payt hassa tepasiga o'rnatilgan kichkina qanotli it haykalchasining og'zidan o'tkir igna chiqib, darhol yana ichkariga kirib ketdi.
— Bu hassaga o'rnatilgan maxsus prujinali igna. Oddiy igna emas, kapitan Richardning aniqlashicha, ignaga yurakka ta'sir qiluvchi juda ham kuchli malham surilgan bo'lgan.
— Yurakka ta'sir qiluvchi malham? Lekin nega? — qiziqib so'radi Persey.
— Xizmatkorining aytishicha, gersogning yuragi bilan bog'liq muammosi bo'lgan. Hozir hammasini batafsil tushuntirib beraman...
Gersog o'z koshonasida Distopiyaning har xil burchaklaridan kelgan san'atkorlarni yig'ib, bazm uyushtiradi. Bundan xabar topgan Piter o'zi yasagan haykalni olib, bazmda qatnashishga qaror qiladi. Chunki u bizning olamimizda yurgan paytlari ham san'at va haykaltaroshlikka juda qiziqardi. Biroq, gersogga u yasagan haykal yoqmay, tanqid qilishni boshlaydi. Piter o'zi yasagan san'at asari bunaqa tanqidga uchrashiga chidab tura olmay, u bilan bahslasha boshlaydi. Shu payt gersogga og'riq qoldiruvchi dorisini berish uchun ikkinchi qavatga ko'tarilayotgan xizmatkor ularning janjaliga guvoh bo'lib, ortiga qaytib ketadi. Xizmatkor nega yurak dori emas, aynan og'riq qoldiruvchi dori olib chiqayotgandi? Axir gersogning yuragi bilan bog'liq muammosi bo'lganku? Bunga javob uning sevimli hassasida. Gersogning yuragi istalgan payt huruj qilib qolishi mumkin edi. Shuning uchun ham u dorini doim o'zi bilan olib yurgan. Hassadagi yashirin ignaga surtilgan malham bir zumda ta'sir qilib, yurak ishlashini normallashtirib turgan. Biroq gersog o'sha kuni dorini allaqachon qabul qilib bo'lgandi. Piterni hassasi bilan urayotgan payt tasodifan igna ikkinchi marta otilib chiqib, uning o'ng qo'lidagi bosh barmog'iga sanchiladi. Gersog xizmatkoriga doim og'riq qoldiruvchi dori buyurganiga qaraganda, bu ancha og'riqli jarayon bo'lgan. Shuningdek, yurak dorining dozasi oshib ketgan. Gersog Piterni haydab yuborib, darhol o'z xonasiga yuguradi. Biroq dori ko'payib ketganidan uning boshini aylantirib, doim devor burchagida turadigan katta nefrit qadah ustiga yiqilib tushadi. Qadah sinib, uning bir parchasi gersogning ko'kragiga sanchiladi. Biroq u yana o'rnidan turishga harakat qilib, tepasidagi tokchaga qo'lini qo'yadi. Shu payt tokcha tepasida turgan sher haykali to'ppa-to'g'ri uning boshiga tushib, voqea joyida o'ldiradi. Piter bu payt tashqariga chiqib ketayotgan edi. U eshikdan chiqishi bilan quturib ketgan ot uning boshiga tepib yuborib, hushidan ketkazadi. Oldimizda qolayotgan yagona jumboq Piterni aynan kim ochiq deraza tagiga sudrab olib kelgani hamda gersog o'lgan yerdan singan haykal va qadah bo'laklarini olib tashlagani.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago