Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Abdulxoliq G'ijduvoniy yurti bo'lgan men tug'ilgan G'ijduvon aholisida matematika faniga umuman olganda ilmga bo'lgan qiziqish juda ham yuqori. Yaqin yillarda G'ijduvon hokimi Sherzod Raximovich bu qiziqishga rag'batlantirishni va ta'limga bo'lgan e'tiborni boshqa bosqichga olib chiqdi deb o'ylayman(yaqinda o'tkazilgan Buxoro ochiq olimpiadasida masalalarni shaxsan hokimning o'zlari yechib tahlil qilib berishlari bunga yaqqol bir misol).
Yaqinda Khiso jamoasi bilan G'ijduvonda Buxoro ochiq olimpiadasini o'tkazdik. Bundan keyin G'ijduvon hokimiyati va Khiso hamkorligida Buxoro ochiqolimpiadasiG'ijduvonda regulyar yo'lga qo'yiladigan bo'ldi. Bu albatta juda ajoyib.
Yoshlarga doimiy o'zlari ustida ishlab ushbu olimpiadalar orqali bilimlarini sinab borishlarini tavsiya beraman. Unutmang natijaga bir kunda erishilmaydi, natijalar doimiy mehnat ortidan keladi.
G'ijduvon deganda insonlar miyasiga birinchi shashlik emas Olimlar kelmaguncha qattiq ishlashimiz kerak.
Uzbekistan Math Competition for University Students 2025-yil iyun oyi oxiri(25-30 iyunlar)da xalqaro darajadagi olimpiada mutaxassislari bilan birga universitet talabalari uchun yangi olimpiada tashkil qilishni rejalashtirayapmiz. Olimpiadani xalqaro darajada…
Uzbekistan Math Competition for University Students
2025-yil iyun oyi oxiri(25-30 iyunlar)da xalqaro darajadagi olimpiada mutaxassislari bilan birga universitet talabalari uchun yangi olimpiada tashkil qilishni rejalashtirayapmiz. Olimpiadani xalqaro darajada tashkil qilinishi rejalashtirilayapti. Unda 2 kun 5 tadan masala va har bir kun uchun 5 soatdan vaqt beriladi. Appelyatsiya uchun yana bir kun ajratiladi.
Hozircha qatnashishga masala tanlashda va hakamlik qilishga rozi bo'lgan chet eldagi mutaxassislarimiz:
**Abror Pirnapasov (University of Maryland, USA)
Hakimboy Egamberganov (National University of Singapore)
Tolibjon Ismoilov (Scuola Internazionale Superiore di Studi Avanzati, Italia)
Shohzod Quroqboyev (KU Leuven, Belgium)
Jasurbek Imomov (National University of Singapore)
Lazizbek Abdullaev (National University of Singapore)**
Shoxrux Ibragimov (University of Münster)
Nodirbek G'afforov (National University of Singapore)
Yana boshqa olimlarimizdan javob kutayapmiz.
Ushbu musobaqada qatnashsangiz, siz eng kamida xalqaro tajribaga ega bo'lgan ajoyib olimlar suhbati va tavsiyalarini olish imkoniga ega bo'lasiz.
Olimpiadaga homiylik qilmoqchi bo'lganlarni biz bilan @univolimp2025 orqali aloqaga chiqishlarini kutib qolamiz!
Ustozlik qilish, muallim bo'lish masuliyatli bir vazifa hisoblanadi. Ushbu mas'uliyatli vazifani halol va beminnat bajarayotgan ustozlarni bugungi bayram bilan tabriklayman!
Undan tashqari barcha shogirdlarimga tabrik uchun minnatdorchilik bildirib, Allohdan ilmlarini ziyoda qilishini tilab qolaman.
--sen nega ko'p narsalarni baykot qilgansan?
--kel 1 so'mdan yig'ib yosh bolalar ustiga bomba yog'dirayotgan terrorist davlatga beramiz va ular bomba olib yosh bolalarni o'ldirishda davom etadi.
--jinnimisan?
--jinnimasman; va shuning uchun ham 1 so'mim ham shularga bormasin uchun qo'limdan kelgancha boykot qilaman...
Hakimjon Singapur Milliy Universitetida PhD qilish bo'yicha kun.uz ga ajoyib intervyu beribdi:
Tavsiyanoma!
Bu oquv yili (eng) top chet el universitetlariga va yozgi maktablariga mening tavsiyam bilan grand asosida borganlar (aynan ushbu o
quv yildagilar) soni 4 taga yetdi. Alloh nasib qilsa asta sekin bu sonni yildan yilga ko`paytiramiz.
Top universitetlar uchun tavsiyanoma va uni kim tomonidan berilayotgani juda muhim hisoblanadi. Kopchilik menga tavsiyanoma bering deb so
rab yozadi. Shu uchun umumiy qilib javob bermoqchiman: tavsiyanomani kamida bir semestr dars otib, o
zim imtihon olgan talabalarga berishim mumkin. Umumiyroq ma'lumot ushbu linkda.
Qoshimcha sifatida aytishim mumkinki, kelayotgan o
quv yilida hozircha Ozbekiston milliy universiteti matematika fakulteti matematika yo
nalishi talabalariga dars o`taman.
Iqtisodchilar matematikani o'qishi bo'yicha ajoyib tavsiya.
Ma'lumot o'rnida: hozircha O'zbekistonda matematikani o'qitish bo'yicha O'zbekiston Milliy Universitetiga yetadigani yo'q.
Inson uchun oddiy lekin robot uchun murakkab!
Bilasizmi kundalik hayotda inson miyasi murakkab darajadagi matematikaga tayanib ishlaydi, lekin insonning o`zi buni uncha his qilmaydi. Eng sodda misol:
Barchamiz katta yollarni kesib o
tganmiz, ayniqsa bizda odatiy hol bolgan svetofor ishlamay qolganda bu ishni amalga oshirish ancha diqqat talab qiladi, lekin inson odatda vaziyatni tez tahlil qiladi va o
zi uchun optimal vaqt topib yolni kesib o
tadi. Aynan shu vaziyatda robot shu ishni bajarishi uchun nima qilishi kerak bilasizmi? U yolni kesib o
tishdagi optimal vaqtni topish uchun xususiy hosilali differensial tenglama yechishiga tog
ri keladi, bu esa oddiy hisob kitob emas, bu murakkab darajadagi matematika.
Inson bu ozini haligacha to
liq anglay olmagan bir mojiza. O
zimizni oz bolsada anglay olish undan tashqari dunyoda o
z ornimizni munosib egallash uchun kompleks bilim kerak bo
ladi, bu uchun esa ilm olishdan, murakkab bolsada yuqori darajadagi aniq fanlarni o
rganishdan toxtamaslik kerak. O
zimiz organa olmasak ham hech bo
lmaganda shu fanlar muhimligini his qilishimiz va yoshlarni aniq fanlarni chuqur organishga targ
ib qilishimiz lozim.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago