AbuSolih Fox

Description
AbuSolih Fox - Blogger, Erkin tahlilchi.

• YouTube.com/c/AbuSolihFox

• Facebook.com/abusolih

• Instagram.com/abusolih.fox

• vm.TikTok.com/J2VScKb/
Advertising
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months, 2 weeks ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 days, 22 hours ago

1 month, 2 weeks ago

Oddiy #bosh og‘rig‘i katta bir kasalga aylanishi mumkin

Bizning har kuni bajaradigan ishlarimiz umumiy ikki qismdan — strategik va taktik ishlardan iborat. Masalan qornimiz ochganda ovqatlanishimiz, bu taktik ish. Agar ratsionimizni nazorat qilish uchun kundalik kaloriyalarni, yog‘lar, uglevod va oqsillarni hisoblab borsak, bu strategik ish. Boshimiz og‘rib qolganda og‘riq qoldiruvchi dori ichish bu taktik ish. Bosh og‘rig‘i sababini aniqlab, uni boshqa og‘rimasligi uchun muolaja boshlash, bu strategik ish.

Endi xuddi shu rakursdan ish faoliyatimizga ham qarab ko‘ramiz. U biznes bo‘lsin, yonlanma ish bo‘lsin yoki biror joyda xodim bo‘lib ishlash bo‘lsin, har kuni bor o‘z ishlarimizni — funksiyamizni bajarishimiz bu taktik ish hisoblanadi. Ana shu ishimizni samaradorligini oshirish, kamroq vaqt saflab ko‘proq natijaga erishish, xarajatlarni kamaytirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, zamonaviy yechimlarni o‘rganish uchun vaqt sarflasak, bu strategik ish hisoblanadi.

Do‘stlarimiz bilan suhbatlashib o‘tirish, farzandlarimizga sovg‘a berish, shunchaki yotib dam olish, bular ham taktik ishlar. Shu do‘stlarimiz uchun foydali inson bo‘lishga harakat qilish, sog‘ligimizni tiklash ustida ishlash, farzand tarbiyasi bo‘yicha yangi bilimlar olish, oxirat uchun tayyorlanish bu strategik ishlar hisoblanadi.

Taktik ishlar bizga ayni paytda va qisqa muddatli istiqbolda asqatadi. Ammo strategik ishlarga vaqt ajratmasak, uzoq muddatli istiqbolda bizni katta muammolar kutadi: Oddiy bosh og‘rig‘i katta bir kasalga aylanishi mumkin, biznesdagi kichik muammo bankrotga olib kelishi mumkin, bir xil va zerikarli munosabatlar insonlarni bir biridan uzoqlashtirib yuborishi mumkin.

Strategik ishlarga vaqt ajrating.

© AbuSolih Fox

1 month, 4 weeks ago

Qotib qolishingiz shart emas

Hayotimizda juda ko‘p imkoniyatlarni yo‘qotishimizga sabab bo‘ladigan, asosiy sabablardan biri, mag‘rurlik bilan — Meni borim shu, meni borligimcha qabul qiling — deyishimizdir.

Bu gapni aytadiga insonlarda, ko‘pincha topish-tutishida kamchilik, do‘stlar borasida omadi kelmagan, munosabatlarda ham taranglikni kuzatasiz. Axir bu gapni aytayotganlar o‘zlari uchun ochiq bo‘lgan barcha imkoniyat va munosabat eshiklarini yopadilar.

Shu o‘rinda mavzuga mos iqtibos: “Tashqi ko‘rinishga qarab faqat, haqiqiy go‘l odamlargina baho berishmaydi” degandi, o‘z davrining mashhur yozuvchisi Oskar Uayld. Axir biz insoniylik qadr-qimmati nuqati nazardan hammani bir xil ko‘ramiz. Ammo, kimnidir ishga yonlayotganda uni tashqi ko‘rinishga va o‘zini tutishiga qarab baho beramizku!

Albatta Alloh go‘zaldir va go‘zallikni yaxshi ko‘radi.

Ko‘rkam va ozoda tashqi ko‘rinish, shubhasiz, sizni qanchalik tartibli va didli inson ekaningiz ko‘rsatib turadi. Va biz tashqi ko‘rinish deganda faqat qiyofani emas, gap-so‘zlarimiz, xulq-atvorimiz hamda o‘zimizni qanday tutishimizni ham tushunsak bo‘ladi.

Siz bir xillikda qotib qolishingiz shart emas. Ota-ona huzuri, do‘stlar davrasi, rahbar xonasi, hamkasblar bilan ish joyi, majlislar zali, turli marosimlar — bular hammasi har xil joylar. Har joyda o‘zingizni shu davraga mos tutishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

© AbuSolih Fox

1 month, 4 weeks ago

Albatta yuzaga chiqadi

2012 yil mart oyida Oshpazlikni o‘rganish uchun shogird tushdim. O‘sha vaqtda ustozlarim Toshkent shahrining «Jomiy» qurilish mollari bozorida yangi oshxona ochishgan edi. Marosimlarda yonlarida xizmat qilish bilan birga osh qilishni tezroq o‘rganish uchun yangi ochilgan oshxonada ham ish boshladim.

Ishni piyoz artish, o‘tin yorish, kullarni supurish kabi eng oddiy ishlardan boshlaganman. Balki yoshligim, balki chaqqonligim uchun Ustozlarim oshxona g‘aznasiga ham meni o‘tkazib qo‘yishgan edi.

Pullik ish ustida ishlaganim uchun juda ehtiyotkor bo‘lar edim. Ustozlarimni oldida tasodifan bo‘lsa ham cho‘ntagimdan pul chiqib qolishidan xijolat bo‘lar edim. “G‘aznani pulimikan, o‘zini pulimikan” deb o‘ylab qolishsachi, degan xavotir bo‘lar edi.

Borish, qaytish ishxona taʼminotchisi bilan birga, yeb-ichish oshxona hisobidan, kundalik xarajatlar bo‘lib qolsa kunlik maoshim hisobidan olib turar edim. Shunday qilib bir necha yil yonimda bir tiyin pulsiz ishga qatnaganman.

Oradan bir yarim yil o‘tib esa, oshxonada to‘liq boshqaruvchi va rasman direktor bo‘ldim. Xodimlar orasida eski shogirdlar va hatto qarindoshlar borligiga qaramasdan, Ustozlarim ishni menga topshirishdi.

Men bu haqda hech kimga aytmaganman, lekin,  o‘shanda o‘zim uchun bir xulosaga kelganman: “… isitmasi oshkor qiladi, qing‘ir ishni qiyig‘i chiqadi…” kabi maqollar faqat salbiy holatlarga emas, ijobiy holatlar uchun ham amal qilar ekan.

Agar inson halol va vijdonan ishlasa bu albatta yuzaga chiqar ekan. Shu ketishda sal kam o‘n yil shu sohada ishladim. Tadbirkorlik sohasiga o‘tib ketganimga qaramasdan, hozir ham bemalol 100kg osh damlay olaman. Lekin bunga vaqt yo‘q. Mijozlar ham asta-asta kamayib bordi. Hozir shogirdlarim ishlashyapti.

Qaysi sohada ishlashingizdan qat’i nazar o‘z vazifangizni halol va vijdonan bajarish eng samarali raqobat hisoblanadi va bu albatta yuzaga chiqadi.

© AbuSolih Fox

4 months, 3 weeks ago

Maqsadsiz, rejalarsiz, betartib hayotdan voz kechib 2024-yilni eng samarali yilingizga aylantirish va 5% odamlar qatoriga qo’shilish uchun tezroq o’z joyingizni band qiling 👇

abusolihfox.uz

*Birinchi 100 kishi uchun 47.000 so’m. 100 tadan keyin esa 97.000 so’m

4 months, 3 weeks ago
4 months, 3 weeks ago
6 months, 2 weeks ago

Qanday qilib 30 kunda ortiqcha qiyinchiliklarsiz o'zingizning yaxshilangan versiyangizga o'tish mumkin?
⭕️ Noldan boshlab Shaxsiy rivojlanish bu bir o‘zgarish yo‘lidir.

Online

Bu yo‘lda biz 30 kun birgalikda rivojlanamiz. 8ta mavzuni ko‘rib chiqamiz.

Har bir mavzuda alohida tushunchalar va amaliy ishlar bo‘ladi.

*▶️ Hayotingizni tubdan o‘zgartirib yuboradigan Mavzular:*

  1. Tushunsangiz bajara olasiz
  2. Maqsadsiz hayot
  3. Oynaga qarang
  4. Qulay va zerikarli, Noqulay va qiziqarli hayot
  5. Chalg‘itish asrida vaqtni boshqarish
  6. Hamma asabiy, lekin siz emas
  7. Sog‘lik virusi
  8. Uxlamasdan o‘qish

Joy narxi 1.100.000 so‘m

*☝️ Agar hoziroq joy band qilmoqchi bo‘lsangiz 40%❗️*chegirma.

Yani, atigi 660.000 so’m!** (440.000 so'm foyda)

Bugun 40% lik chegirma tugab, ertaga sotuvning oxirgi kunida 30% lik chegirma boshlanadi.

To‘lov kartaga: 8600 3304 1536 9600 (S.J)
Chek va savollar bu yerga: @noor_ceo

6 months, 2 weeks ago
6 months, 2 weeks ago
7 months, 1 week ago
AbuSolih Fox
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months, 2 weeks ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 days, 22 hours ago