AbuSolih Fox | Shaxsiy Rivojlanish

Description
O’zgarish o’zimizdan boshlanadi!

@AbuSolihFox_Menejer Kursga yozilish
@NBSHRUZ Podkastlar
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 1 day ago

3 months, 3 weeks ago

… ishingizni seva boshlaysiz

O’zingizga yoqadigan ish bilan shug’ullanish hamda har bir ishni yoqtirib – chin ko’ngildan bajarish o’rtasida nozik nuqta bor.

Misollar

• Sizga dizayner bo’lish yoqadi, bu ishdan zavq olasiz. Shu bilan birga daromadli ish. Ammo, dizaynning fundamental qoidalarini bilmasangiz, uslublar o’rtasidagi farqni ajrata olmasangiz, tajribangiz bo’lmasa hech kim sizga bu sohada ish bermaydi. Bularni egallash uchun esa, ishni tartib bilan o’qish va zerikarli mayda ishlarni bajarishdan boshlashingiz kerak.

• Sizga oshpaz bo’lish yoqadi, taom tayyorlasangiz “mazzza” qilasiz, dunyo taniydigan “chef” bo’lmoqchisiz. Ammo, ishni kartoshka piyoz artishdan boshlash kerak.

• Sizga musiqa chalish yoqadi, katta bastakor bo’lmoqchisiz. Ammo, ishni notalarni o’rganish va “ting’ir-ting’ir”dan boshlash kerak bo’ladi.

Har qanday faoliyat natija olib kelishni boshlaganda zavqli bo’la boshlaydi. Siz o’z mehnatingiz mahsulidan odamlar rozi bo’lib foydalanayotganini ko’rganingizda ishingizni seva boshlaysiz.

Unutmang bugun o’z ishini yaxshi ko’rib bajaruvchilarning hammasi kecha yaxshi ko’rmaydigan ishini chin ko’ngildan bajargani uchun shu yerga yetib kelishgan.

Sizchi, hali ham o’zingizga yoqadigan ishni qidirib yuribsizmi yoki ishlaringizni yoqtirmay bajaryapsizmi?

4 months, 3 weeks ago

Hayotimni o’zgartirib yuborgan xat!

*Siz ham undan foydalanishingiz mumkin. O’qib chiqing, so’ngra o’zingiz hurmat qilgan 6-10 kishiga yuboring.
Aziz do’stlar, hamkasblar va birodarlar!

Ushbu xatni o’qiganingiz uchun katta rahmat. Uni yuborish men uchun biroz qiyinroq bo’ldi, lekin bu men uchun juda muhim. Qimmatli vaqtingizni ayamaganingiz uchun sizdan minnatdorman va umid qilamanki javob berasiz.

Ushbu xat ma’lum tanlangan odamlargagina yuboriladi.

Sizlar meni yaxshi bilasizlar va umid qilamanki mening kuchli va eng muhimi zaif tomonlarimni halol baholaysizlar.

Bu ish men uchun yangilik va shaxs sifatida o’sishim uchun hayotimdagi eng muhim odamlar meni qanday ko’rishlari to’g’risida aniqroq tasavvurga ega bo’lishim kerak.

Men bo’lishim kerak bo’lgan odamga aylanishim uchun haqiqatdan ham obyektiv fikrni eshitishim kerak.

Xatda hayotimning qaysi, ikki yoki uch muhim sohasini rivojlantirishim kerakligini halollik bilan yozishingizni so’rayman.

Agar bu siz uchun qulay bo’lsa birinchi navbatda mening eng katta yutuqlarim va afzalliklarimni sanab o’tishingiz mumkin. Albatta buni o’qish men uchun yoqimli bo’ladi.

Iltimos biror narsani ko’pirtirishga yoki yashirishga urinmang. Men biron bir tanqiddan xafa bo’lmaslikka va’da beraman.

Aslida, qanchalik ochiq gapirsangiz hayotimda ijobiy o’zgarishlar qilishimga shunchalik ko’p sabablar paydo bo’ladi.

Samimiy minnatdorchilik bilan AbuSolih :)

4 months, 4 weeks ago

Agar Trampni o’ldirishga harakat qilgan shaxs musulmon bo’lganida OAV uni terorrchi deb atar edi.

Hozircha u qotil yoki jinoyatchi.

© AbuSolih Fox

5 months, 1 week ago

Yangi muhitga moslashish — adaptatsiya.

Moslashuvchanlik o‘qishda, ishda, lavozim o‘sishida, yangi insonlar bilan ishlashda, biznesda va yangi bozorlarga kirishda shaxs uchun eng raqobatbardosh ko‘nikma hisoblanadi.

Adaptatsiya qanchalik sekin bo‘lsa, siz ko‘zlagan maqsadga shuncha sekin erishasiz. Boshqaruv, ijodiy va kasbiy ko‘nikmalaringizni namoyon qila olmaysiz. Vaziyatni nazorat qila olmaysiz.

Har qanday yangi muhitga tez moslashish uchun 6 maslahat:

  1. Oldindan o‘rganing.
    Mahalliy urf-odatlar, qadriyat va anʼanalar, qonunlar, diqqatga sazovor joylar va boshqa qiziqarli maʼlumotlarni toping. Bu sizga yangi madaniyatni yaxshiroq tushunishga va yangi sharoitlarga tezroq ko‘nikishga yordam beradi.

  2. Umumiy muammoni aniqlang.
    Yangi jamoa orasida og‘riq bo‘lib turgan va yechimi hamma uchun foyda keltiradigan muammolarni aniqlang. Ularga konstruktiv yechmi ko‘rsating. Diqqat, o‘rgating emas, ko‘rsating.

  3. Odatlar.
    Eski (yaxshi) odatlaringizni va kun tartibini davom ettiring. Bu o‘zingizga bo‘lgan ishonchni saqlab qolishga va vaziyatni nazorat qilishga yordam beradi.

  4. Yangi do‘stlar.
    Yangi muhitga tezroq moslashishga yordam beradigan eng muhim omillardan biridir.

  5. Yangiliklarga ochiq bo‘ling.
    Siz norma deb qabul qilmagan holatlarda birdan hissiyot bilan qaror qabul qilmang. Yangi g‘oyalar na fikrlarni ochiq qabul qiling.

  6. Yordam.
    Atrofdagilardan yordam so‘rashga tortinmang. Siz uchun katta bo‘lgan muammoni yechimi juda oddiy bo‘lishi shunchaki buni siz ko‘rmagan bo‘lishingiz mumkin.

Unutmang, albatta, yangi muhitga moslashish vaqt talab qiladi, ammo, vaqt sizni zararingizga ishlaydi.

© AbuSolih Fox

5 months, 3 weeks ago

Xuddi bolalikdagi kabi vaqt sekin o‘tishi uchun nima qilish kerak?

Esingizdami, qarindoshlarnikida o‘tkazgan 5-6 kunimiz xuddi bir oydek, yozgi 3 oylik taʼtil esa, xuddi yarim yildek o‘tar edi :)

Gap shundaki, biz vaqtni to‘g‘ridan to‘g‘ri his etmaymiz. Biz voqealar ketma-ketligidan iborat xotiralarni vaqt sifatida qabul qilamiz.

Miyamiz va ongimiz yangiliklar bilan to‘qnashganda faol ishlaydi, tafakkur qiladi va undan xotiralar qoladi. Kundalik, ishga borish, uy ishlari, dam olish kabi odatiy ishlarni esa ong osti bajarib beradi. 

Yoshligimizda dunyo biz uchun yangilik edi. Katta bo‘lganimiz sari, yangi manzillar, yangi odamlar, yangi faoliyatlar bilan tanishib boramiz. 

Katta bo‘lganimizdan keyin esa bir xil hayot boshlanadi: ish-uy, uy-ish, hafta bir dam olish, u ham bir xil…

Biz yoshlikka qayta olmaymiz, ammo, hayotimizga doim yangilik olib kira olamiz. Sayohatlar, yangi sohalar, yangi xobbi, yangi do‘stlar, yangi bilimlar, hatto, shunchaki yangi do‘kondan xarid qilish, yangi (boshqa) ko‘chadan yurish hayotimizni yangiliklarga boyitadi.

Yangi taassurotlar, yangi xotiralar  hayotimizni uzunroq, qiziqarliroq va mazmunliroq qiladi.

6 months ago

Siz to‘g‘ri dam olasizmi?

Nobel mukofoti laureati, akademik Ivan Petrovich nazariyasiga ko‘ra agar quyidagi 3 shart bajarilmasa, sizning dam olishingiz, miya tomonidan to‘laqonli dam deb hisoblanmaydi:

  1. Dam olish muddatida siz birov uchun javobgarilkda bo‘lmasligingiz;

  2. Dam olish jarayoni majburlangan amaliyot bilan bo‘lmasligi, aksincha, sizga zavq berishi;

  3. Boshqalar bilan raqobat hissi bo‘lmasligi.

Dam olish, uxlash yoki ovqatlanish kabi insonning asosiy ehtiyojlaridan biridir.

Agar siz umuman dam olmasangiz, muntazam ishdan, o‘qishdan, mashg‘ulotlardan, doimiy bir xil faoliyat zanjiridan ortmasangiz, ertami-kechmi charchash paydo bo‘ladi va bu kasalliklarni rivojlanish ehtimolini oshiradi.

Bu tananing haddan tashqari yuklanganligi va zo‘riqishi sababli sodir bo‘ladi. Dam olmasdan, odam bu zo‘riqishdan xalos bo‘lolmaydi, u taranglikda yashaydi va tanasi noto‘g‘ri ishlay boshlaydi.

Zo‘riqishdan xolos bo‘lish, qaytadan energiya to‘plash uchun inson vaqti-vaqti bilan dam olishi, taʼtilga chiqishi va diqqatini chalg‘itishi kerak.

Siz qanday dam olasiz?

6 months, 3 weeks ago

Kalla qo‘ymang!

Toshkent shevasida “kalla qo‘ydi” degan jumla bor. Bu jumlani badiiy tilda mavzuni “beliga tepdi” deb aytishimiz mumkin.

Ammo, agarda ushbu jumlalarni boshqa biror tilga tarjima qiladigan bo‘lsak, ikkala holatda ham biri ikkinchisiga “zarba” bergani haqida maʼlumot kelib chiqadi. Keyin biz hayron qolamiz, mavzuni qayerida janjal boshlangan edi, deb…

Shuning uchun, bugungi kitob tarjima qilayotgan soha egalariga minnatdorchilik bildirgan holda jumlani emas, maʼnoni tarjima qilishlarini so‘rab qolardim. Sababi, tarjimada “kalla qo‘yayotganlar” uchrab turibdi.

Buni men oddiy, havaskor kitobxon — qattiq “x” bilan yumshoq “h”ni adashtirib yozadigan inson sifatida aytyapman. Sizni kitoblaringizni esa, pedagoglar, filologlar, olimlar va ziyolilar o‘qishi mumkin. Rahmat!

© AbuSolih Fox

7 months ago

Nima deb o’ylaysiz, kim aybdor?

Biz muammolarimiz haqida gapirishni va kimnidir aybdor qilishni yaxshi ko‘ramiz. Shunday qilib masʼuliyat xissidan qutilib ichimizda o‘zimizni xotirjam qilmoqchi bo‘lamiz.

Ammo muammo hal bo‘lmasdan joyida qolib ketaveradi. Biz esa, muammolar ro‘yxatimizga yana bir muammoni qo‘shamiz, aybdorlar ro‘yxatiga yana bir aybdorni.

Agar kimdir bizga “bunga o‘zing aybdorsan, endi nima qilmoqchisan, bu muammoni qanday yechmoqchisan?” desa, ularni yomon ko‘ramiz. Muammo esa yana hal bo‘lmasdan qolib ketaveradi.

Biz muammolarni yechishdan ko‘ra ular haqida gapirishni, hayot qanchalik qiyin, odamlar qanchalik yomonligini muhokama qilishni yaxshi ko‘ramiz.

Savollar:

• Siz biror marta doim noliydigan, doim kimnidir aybdor qiladigan va shu bilan birga muvaffaqiyati bir insonni ko‘rganmisiz? Buni hatto tasavvur qilib ko‘rish ham qiyin.

• Nima deb o‘ylaysiz, vazningiz ortib ketishiga fastfood shoxobchalarining uyingizga yaqinligi, zararli ichimliklarning mazali ekanligi aybdormi?

• Ilmiy ishingizni bitira olmay, vaqt o‘tkazganingizga sizni o‘qitgan ustozlar, siz o‘qigan kitob mualliflari, olimlar aybdormi?

• Biznesingizda muammolar borligiga siz o‘zingiz, qaytaraman o‘zingiz yonlagan hodimlar aybdormi?

Turli sohalarda natijaga erishgan insonlarning umumiy xislatlaridan biri bu — boshqalarni aybdor qilmaslik va masʼuliyatni o‘z zimmasiga olishdir.

Sizda faqat ikkita yo‘l bor:

  1. Oson. Muammolarni muhokama qilishda davom etish va boshqalarni aybdor qilish. Shu bilan birga, muammolar girdobida yashash.

  2. Qiyin. Masʼuliyatni o‘z zimmangizga olish, boshqalarni aybdor qilishni bas qilib, asta sekin barcha muammolaringizdan qutilishni boshlash.

Tanlang!

© AbuSolih Fox

7 months ago

Ikkinchi bo’lishni istamadim!

2016 yil Toshkent shahrida joylashgan ArtModels model maktabiga o‘qishga bordim. U vaqtlarda instagram endi ommalashayotgan va asosan suratlar joylanadigan edi. Bu asosiy faoliyatim emas, shunchaki xobbi bo‘lishiga qaramasdan chiroyli suratga tushishni o‘rganish, instagram sahifamni rivojlantirish va “o‘xshab qolsa” jurnallar ustida suratlarim chiqishi jozibali bo‘lib ko‘rindi :)

Ikki oylik kursni juda yaxshi tugatdim, o‘qish davomida kastinglardan o‘tib “Tashkent fashion week”da bir necha marta model bo‘lib podiumda chiqdim. 

Ammo, keyinchalik bu juda katta va ommaviy tadbirlar bo‘lgani uchun meni olishganini, bundan qiymatli va kam sonli yoki yakka ishlanadigan loyihalarga umuman chaqirilmaganimni sezib qoldim. Chunki bunday jiddiy loyihalarda erkaklar uchun asosiy shartlardan biri 180 santimetrdan baland bo‘yli bo‘lish ekan. Meni bo‘yim esa 177 santimetr.

Buni bilgan kunimdanoq modellik sohasidagi barcha orzu havaslarimni miyamdan ham, qalbimdan ham ochirib tashladim va boshqa qiziqmadim.  Xudo tomonidan menga berilgan o‘rtacha bo‘y bilan baland bo‘ylilar orasiga kirib olib, doim “ikkinchi” bo‘lish va o‘ksinib yashashdan ko‘ra, boshqa kuchli tomonlarimni qidirishga tushdim. 

Keyinchalik menga "netvorking" va shaxsiy brend bo‘yicha katta imkoniyatlar ochib bergan blog yuritish faoliyatimni boshlab yuborganman. Shundan keyin o‘zimda muloqot qilish, tushuntirish, yetkazib berish va taʼsir qilish xislatlari borligini sezib qoldim.  Jumladan:
 - O‘zbek instagramida birinchilardan bo‘lib 10k obunachi to‘pladim 
 - O‘zbekistonda birinchi blogerlik maktabiga asos soldim 
 - O‘zbekistonda birinchi blogerlik faoliyatini boshlash haqida "YouTube: Kirish" kitobini yozib taqdim qildim qilib 1400 nusxa sotishga muvaffaq bo‘ldim.

Muvaffaqiyat omillaridan biri unga olib boradigan ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘lsa, yana bir muhim omil, bu — tug‘ma qobiliyatlaringizga mos yo‘lni tanlay olishdir.

Baland bo‘yli inson akrobatikadan ko‘ra basketbol yoki voleybolda muvaffaqiyat qozonishi osonroq. Oyoqlari kalta odam suzishda, oyoqlari uzun odam yugurishda muvaffaqiyat qozonishi osonroq.

Xo‘sh, sizga muvaffaqiyat olib kelishi mumkin bo‘lgan qanday qobiliyatlaringiz bor?

© AbuSolih Fox

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 1 day ago