ARABIC | UZ

Description
عالم اللغة العربية ?
We recommend to visit

قناة احمد علي على تيليجرام ( شروحات تقنية ، تطبيقات ، ‏أفلام ومسلسلات ، خلفيات ، و المزيد )

Last updated 1 year, 3 months ago

يرمز تيليجرام إلى الحريّة والخصوصيّة ويحوي العديد من المزايا سهلة الاستخدام.

Last updated 1 year, 4 months ago

- بوت الإعلانات: ? @FEFBOT -

- هناك طرق يجب ان تسلكها بمفردك لا اصدقاء، لا عائلة، ولا حتى شريك، فقط انت.

My Tragedy Lies With Those Things That Happen in One Second And Remain

- @NNEEN // ?: للأعلانات المدفوعة -

Last updated 1 year, 5 months ago

2 years, 2 months ago
ARABIC | UZ
2 years, 2 months ago
ARABIC | UZ
2 years, 2 months ago
ARABIC | UZ
2 years, 3 months ago

Universitetda 1 kursda arab tili ustozdan yolchimaganmiz, rahbariyat bilan kelishmivchiliklardan boshqa ustoz qo'yib berishgan. Guruhda ko'pchilik arab tilini o'qishni tashlab qo'ygan, qaytib IELTS olib boshqa sohadan ketishni niyat qilib turgan payt qayta arab tiliga, ilm olishga bo'lgan mehrimizni uyg'otgan edilar.

Shunchalik ilmlari bo'la turib arzimagan pulga nega universitetda vaqtlarini bekor o'tkazyaptilar, bundan kattaroq ishlar qilsalar bo'ladi-ku deb o'ylardim.

Ustoz sabab arab tilini muntazam o'qishni yo'lga qo'ydim. Online darslarga yozildim. Sertifikat ham oldik. Ustozimiz qo'shimcha darslar tashkil qildilar. U darslar uchun qo'shimcha to'lov olmasdilar. Vaqtlarini biz bilan ketqazyaptilar, atrofda hamma sen ilmingni qimmatga sot, axir qancha qiynalib o'rgangansan, qurbi yetgan olsin degan gaplar avjiga chiqqanda ularni qilgan ishlariga qoyil qolganman.

Keyinchalik yana boshqa ustozda o'qishni boshladim. E'londa darslar haftasiga 3 marta deb yozilgandi. Yoz bo'lgani uchun har kuni dars qilamiz, kuzda o'qishga qaytganda o'zingizga foyda bo'ladi dedilar. Har kuni o'qisak ham to'lovni 3 ta dars uchun qilardik. Qolgan darslar uchun hecham ortiqcha pul so'ramadilar. Men yana nima zaril ekan ustozga, to'lovni oshirsalar bo'lmaydimi, boshqalar falon pulga kurs qilyapti deb hayron bo'lgancha qolaverdim.

Hayotda hamma narsa pul bilan o'lchanmaydi degan gapni hamma ayta oladi. Lekin unga amal qilish hammaga ham emas. Men bu ilmni olishga qancha mablag', vaqtimni sarfladim deb kattalik qilmasdan, ilm berishda holislik qanday bo'lishini amal bilan ko'rsatib qo'ygan ustozlardan Alloh rozi bo'lsin.

2 years, 3 months ago

?السلام عليكم ورحمة الله وبركاته.

Faoliyatimni shaxsiy lifestyle kanalda davom ettirishga qaror qildim.

☁️Kitoblar

☁️4 ta xorijiy til ( Rus, Turk, Ingliz IELTS 6.5 Arab tili Cefr C1 )o'rganishdagi shaxsiy tajriba va texnikalar

☁️Homeschooling

☁️Arab tilidan boshlang'ich va grammatika kurslari

☁️Tarjimalar va fikrlar bilan tanishmoqchi bo'lsangiz kanalga marhamat.

Ertaga ilk tanishuv posti bo'ladi in shaa Allah?

Manfaatli deb topsangiz obuna bo'lish uchun?

https://t.me/+5o1CZecHfAU4NDBi

2 years, 3 months ago

Arab tiliga taalluqli sohada tahsil oladigan, universitetda o‘qiydigan muhtaram aziz do‘stim!

Iltimos, universitetdan bilim kutmang!

Ustozlar malakali, kuchli mutaxassislar ko‘pdir.

Darslar o‘z vaqtida bo‘lar. Ustoz yetishmovchiligi muammosi yo‘qdir ehtimol.

Siz o‘qiyotgan universitetdan yaxshi mutaxassislar bitirib chiqar.

Lekin, millat sizdan ko‘prog‘ini kutmoqda.

Ta'lim yuqoridagidek bo‘lsa, ho‘p-ho‘p. Bu ham universitetning bilimi bilan kifoyalanishga asos bo‘lmaydi.

Biroq, kadr yetishmasligidan aziyat chekayotgan;

ustozlarni yetkazib bera olmayotgan;

o‘quv-xonalari yetishmayotgan;

ta'lim uchun yetarli shart-sharoit yaratib berolmayotgan;

qizig‘i bu muammo o‘ziga taalluqli bo‘lmagan ta'lim dargohlaridan nimani kutish mumkin?

Arab tilini har bir musulmon bilishi vojib degan so‘zga olimlar ittifoq qilishmagan bo‘lsada, sizning o‘rganayotgan sohangiz o‘zingiz uchun farzi aynligini, mutaxassis zarur bo‘lib bizga qachon ustoz kelar ekan deb qiynalayotgan xalqni (kelajakdagi sizga o‘xshagan universitet talabalarini), qolaversa, Alloh sizni o‘nlab talabalar o‘rniga o‘qishga muvaffaq qilganini zinhor unutmang!

Agar siz yaxshi mutaxassis bo‘lmasangiz sizdan keyingilar uchun ham dars beradigan ustozlar yetishib chiqmaydi.

Ahvol og‘irlashgandan og‘irlashaveradi. Battar bo‘lsa bo‘lar, o‘nglanmaydi.

Natijada mutaxassis yo‘qligi yoki talabalar natija ko‘rsatmagani sabab, ehtimol arab tili yo‘nalishlari endi kurtak yozayotgan universitetlardan butkul yo‘q bo‘lib ketar!

Siz qaysidir jabhalarda haqsiz, lekin, shu nohaqlikni ketkazish uchun muruvvat qiling.

Shu o‘rinda, arzimagan pulga qanoat qilib, vaqtini, hayotini shu soha obod bo‘lishi uchun ajrini Allohdan talab qilib, sabr bilan xizmat o‘laroq ishlayotgan aziz ustozlarimiz haqqiga duodamiz.

Alloh ularni salomat qilsin!

@arabictadriys

2 years, 5 months ago
2 years, 5 months ago

Qori va muhaddislar imomi, qiroat olimi, tajvid ilmida manzumaning sohibi Imom Jazariy Haj uchun Hijozga boradilar. U yerda ziyoratchilardan bir guruhi: "Bursada Qur'onga muhabbatli talabalar bo'lib, ularning orzusi sizga Qur'onni o'qib berish, lekin mablag'lari yo'qligidan oldingizga kelisha olmaydi", deyishadi. Buni eshitgan imom Jazariy o'sha yerning o'zidan Jiddadan Qohiraga so'ng Iskandariyaga, u yerdan O'rta yer dengizi orqali Antokiyaga borib, bir kishining uyiga mehmon bo'lib tushadilar. Bu paytda esa bir talaba nochorligiga qaramasdan ularga Qur'on o'qib berishni qasd qilib Bursadan Hijoz tomon yo'lga chiqib, Antokiyaga kelishi imom Jazariyning borgan paytlariga tasodifan to'g'ri kelib qoladi. Talaba Ibn Jazariyni Hijozda deb o'ylab turganda imomning Antokiyaga kelganliklari haqida xabarni berishadi. So'rab-surishtirib, izlagandan so'ng imomni topib, ularni quchoblab yig'laydi. Imom Jazariy uning ilmga ishtiyoqini ko'rib to shu yigit Qur'onni o'zlaridan o'tkazib bo'lgunicha Antokiyadan ketmaydilar. Imom Jazariyning safarlari الرحلة لتعليم العلم "Ilm berish uchun safar" deyiladi. Evzasiga hech narsda kutmasdan, faqat savob umimidida qilingan safar.

Subhanalloh, ikki boshqa boshqa shahardagi insonlar go'zal niyatlari sabab Allohni fazli ila Antokiyada uchrashdilar. Bu voqeada ustozlar uchun ham talabalar uchun olam-olam ibrat bor.

Imom Jazariydek zot takabburlik qilmasdan, ilm berish yo'lida safar qildilar. O'quvchi yigit sharoitni bahona qilib noumid bo'lmadi. Oralarini dengiz ajratib turishiga qaramay aynan imom Jazariyga Qur'on o'qib berish baxtiga muyassar bo'ldi.

Ko'pchilik o'quvchilar arab tili darslari qimmat deya shikoyat qilishadi. Sharoitni deya shayton sizni noumid qilishiga qo'yib bermang. Duo qiling, himmatingizni baland qiling. Sizga kerak bo'lgan ustoz munosib  paytda o'zi sizni izlab kelar balki...

@muarrib_uz

2 years, 5 months ago

السلام عليكم ورحمة الله وبركاته Siz azizlarga kichkina bir e’lonimizni mamnuniyat bilan e’lon qilishni iroda qildik. Arab tili ixlosmandlari uchun ushbu kanalimizda  haftada ikki marta tekin darslarni jori qilmoqchimiz, Allohni izni bilan, albatta. Darsimizni…

2 years, 5 months ago

???
Bugun CEFR imtihonlari bo'lib o'tgani haqida ko'p va hop o'qidik, eshitdik, muhokama qildik. Endi tahaddus qismida barchaga omad. Bu safar imtihon topshirganlar o'zi juda omadli ekan. 2023 yilda imtihon topshirib javoblarini kelasi yil bilishadi endi?

We recommend to visit

قناة احمد علي على تيليجرام ( شروحات تقنية ، تطبيقات ، ‏أفلام ومسلسلات ، خلفيات ، و المزيد )

Last updated 1 year, 3 months ago

يرمز تيليجرام إلى الحريّة والخصوصيّة ويحوي العديد من المزايا سهلة الاستخدام.

Last updated 1 year, 4 months ago

- بوت الإعلانات: ? @FEFBOT -

- هناك طرق يجب ان تسلكها بمفردك لا اصدقاء، لا عائلة، ولا حتى شريك، فقط انت.

My Tragedy Lies With Those Things That Happen in One Second And Remain

- @NNEEN // ?: للأعلانات المدفوعة -

Last updated 1 year, 5 months ago