Sultanbekdsgn - Product

Description
Sultanbek Kuanishbaev - Uzum Market HR bo'limi dizayneri

Bog'lanish uchun: @sultanbekdsgn
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 year, 6 months ago
Sultanbekdsgn - Product
1 year, 6 months ago
**Fevral**

Fevral

Fevral oyi judayam produktiv va qiyin o'tdi. O'qish va ish ortasida balans ushlashda qiyinchiliklarga duch keldim. Uni ustiga shaxsiy loyihalar va buyurtmalar bilan ishladim va manimcha uddaladim.

Fevralda qilingan kichik natijalar:
— 2 ta kitob o'qidim (bittasini tugatdim)
— 2 ta frilans loyihani topshirdim (bittasi ommaga taqdim etilgan)

Keyingi oyga tayyorgarlik boshlangan. Tez orada ancha payt kutgan maqsadimni amalga oshiraman.

Telegram | X | Mahalla-ko'y

1 year, 6 months ago
***🌧*** **Ob-havoni jilovlash: Yandex Stansiya Duo …

🌧 Ob-havoni jilovlash: Yandex Stansiya Duo Maks uchun animatsiyalar qanday qilingan?

Pragmatica dizayn-studiyasi tomonidan Yandex Stansiyalari uchun animatsiyalar qanday tayyorlagani haqida maqola. Ular har bir mavsum va ob-havo holatini animatsiya qilishgan. Maqolada jarayon davomida qanday ishlarni bajarishgani haqida to'liq so'zlab berishgan. O'qishga arziydi.

Maqolada:
— Animatsion zastavkalar nima uchun kerak
— Ular nimalardan tashkil topgan
— Texnik tuzilishi
— Qish mavsumi uchun tayyorgarlik

Maqolani o'qish
———

Mahalla-ko'y kanali

1 year, 7 months ago
**Yanvar**

Yanvar

2025-yil yaxshi boshlandi. Dekabrda reja, maqsadlarimni belgilab olgandim. Yilni boshida o'zimni yana tekshirib chiqdim.

Yanvarda muammolar bo'lmadimi? Albatta, bo'ldi. Faqat shaxsiy muammolar. Ishim va foaliyatimga taaluqli muammo hozircha yo'q. ~~(Ishimda kichik muammo bor lekin)~~

Shaxsiy samaradorlikda balansni ushlashni iloji yo'qligini tan olib, faqat yo'limda davom etyapman. Intizom saqlash qiyin, lekin imkonsiz emas.

Yanvarda qilingan kichik natijalar:
Mahalla-ko'y loyihamni boshlab oldim. (Obuna bo'ling)
— 2 ta kitob o'qidim (Bitta kitob badiiy bo'lgani uchun, ozgina o'qib to'xtatdim)
— Onamga yangi kir yuvish mashinasini sovg'a qildim

Maqtanadigan katta natijalar emas, lekin baribir o'lchasa bo'ladi. Oldi-qochdi fikrlar bilan post qilishni to'xtatdim. Tez orada katta hajmdagi sohaviy maqolalar yozishni boshlayman. Katta ishlar hali oldinda...

P.s. Uzr, agar post maqtanishdek tuyulgan bo'lsa. Har oy o'zimni sarhisob qilib bormoqchiman.

Telegram | X | Mahalla-ko'y

1 year, 7 months ago
*****💎***** **Mukammal dizayn jarayoni qanday ko‘rinishda …

*💎 *Mukammal dizayn jarayoni qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Loyiha yoki vazifa muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun dizayn jarayoni katta ahamiyatga ega. Chunki aniq va shaffof tashkil etilgan dizayn jarayoni muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mukammal dizayn jarayoni haqida "Звук" loyihasi bosh dizayneri Ilya Kretov so'zlab beradi.

Maqolada:
— Vazifa turlari
— Mahsulot jamoasidagi rollar
— Dizayn jarayoni

Maqolani o'qish
———

Mahalla-ko'y kanali

1 year, 7 months ago
**"AI hamma uchun qulay va tekin …

"AI hamma uchun qulay va tekin bo'lishi kerak" - Liang Wenfeng, DeepSeek asoschisi

~10mln dollarlik AI-model Amerikaning turli xil kompaniya aksiyalarini qulatishi juda ham katta va tarixiy hodisa.

DeepSeek ~2 trln dollarlik qulashga sababchi bo'ldi.

Qiziq ishlar bo'lmoqda, azizlar)

Telegram | X | Mahalla-ko'y

1 year, 7 months ago
**O‘rtoqlar, chindan ham tarixiy voqealarga guvoh …

O‘rtoqlar, chindan ham tarixiy voqealarga guvoh bo‘lyapmiz.

DeepSeek-ning olamshumul “zapusk”i va NVIDIA aksiyalarining qulashi shaxsan men uchun kun yangiligi bo‘ldi.

OpenAI o‘z modellarini rivojlantirish uchun milliardlab dollar sarflayotgan bir paytda, Xitoylik DeepSeek jamoasi bor-yo‘g‘i 200 kishi va 10 million dollardan kam mablag‘ bilan ChatGPT o1 bilan bemalol tenglasha oladigan sifatli model yaratdi.

Bu esa sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun qimmat resurslar va milliard dollarlik xarajatlarning zarurligi haqida katta savollarni paydo qildi.

Masalan, bugun NVIDIA aksiyalari keskin tushib ketdi va bu kompaniyaning kapitalizatsiyasini qariyb 600 milliard dollarga qisqartirdi.

Agar DeepSeek kabi arzon va samarali yechimlar kelajakda tendensiyaga aylansa, sun’iy intellekt sohasida ulkan o‘zgarishlarni kutish mumkin.

Bu o‘zgarishlar yaxshi tarafga bo‘ladi, degan umiddaman. Shaxsan men uchun meditsina va farmatsevtika sohasidagi o‘zgarishlar qiziq. Kim biladi, balki tez orada bedavo kasalliklarga ham davo topilar…

@latipovasamira

1 year, 7 months ago
*****💥***** **Dodo Pizza ilovasi redizayni qanday …

*💥 *Dodo Pizza ilovasi redizayni qanday amalga oshdi?

Dodo Pizza kompaniyasi 2024-yilda vizual dizayn elementlarini va mobil ilovasini to'liq yangiladi. Redizayn qanday amalga oshgani haqida Digital Pizza Experience rahbari Yuliya Yemelyanova so'zlab beradi.

Maqola ichida:
— Redizayngacha bo'lgan hayot
— Konsept
— Redizayn jarayonlari
— Yangicha yondashuv
— Redizayn natijalari

➡️ Maqolani o'qish

———

⚡️ Mahalla-ko'y kanali

1 year, 7 months ago
**Mahalla-ko’yda yaxshi inson deb tanisin**

Mahalla-ko’yda yaxshi inson deb tanisin

Men uchun ma'lumotlarni o'rganish va tahlil qilish judayam qiziq jarayon. Ularni yig’ib, tartiblab borish esa undan ham qiziq.

Endi raqamli dizaynga aloqasi bor ma'lumotlarni yangi kanalimdan topsangiz bo'ladi. Resurslar judayam ko'p, faqat ularni tahlil qilish kerak)

Obuna bo'ling @mahalla_koy

Telegram | X | Mahalla-ko'y

1 year, 8 months ago

Yangi kalendar yilida barchaga omad va zafarlar!

Alisher akaning yozgan fikrlaridan zo'r post ko'rmadim hali.

P.s. Yil sarhisobi qilish uchun yil men uchun qaysidir ma'noda omadli bo'lmadi, post yozishni xohlamadim.

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid