? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Hayoti dunyomiz yana 60-70 yil davom etar. Balki 100 yoshga kirarmiz. Balki bu dunyoni erta tark etarmiz. Alloh bilguvchidir!
Faqat bitta narsa meni qayg'uga soladi. Ya'ni, vafot etgach, amal daftarlarimiz yopiladi. Qiyomatgacha qancha bor-u, lekin biz bandalarning qiyomati - qabr so'roq-savollari, yana nimalardir kutadi... Barchasi Allohga ayon.
Keyin.. Keyin Alloh buyurgan fursatda qiyomat qoyim bo'ladi. Tog'lar titilib ketadi. Osmon erigan mis (menimcha shunday edi) holatiga keladi, biz tanigan yerdan asar ham qolmaydi. Azroil alayhi salom yer yuzidagi barcha mavjudodlar jonini olib, uning o'ziga ham navbat yetadi...
So'ngra, Alloh amr qilganida barchamiz qayta tirilamiz. Faqat qanday holatda, Alloh biladi.
Kim otliq, kim piyoda,
Kim ko'zi ko'r, ko'rar edi dunyoda...
Shunday qilib, mo'min va kofir bir-biridan ajraladi. Havzi kavsarga yetib-yetmay kim solih amal egasi, kim munofiq ikki tomonga ajraymiz. Sirot ko'prigiga yetguncha 50 ming yillik quyosh tig'ida turamiz. Savobini olib qo'yish ilinjida tanishlarimizni izlaymiz. Gunohlarimizdan qutilish ilinjida dunyoda bizga jabr-zulm qilgan insonlarni qidirib qolamiz.
Abu Bakir roziyallohu anhu aytgan ekan: Bir oyogʼimni jannatga qoʼyib, to ikkinchi oyog'imni ham qoʼymaguncha Allohning makridan qoʼrqaman. Vallohu aʼlam.
Shunday qilib, natija 50-50 boʼlib turgan bir kunda jahannamga uloqtirilib yuborilishimizdan Robbim asrasin.
Bu hayotga sinov uchun keldikmi? Yoki imtihon uchunmi? Yoki ibodat uchunmi? Har qancha kurashmang yangi tashvishlar bosh koʼtaraveradi, roʼzgʼorning gʼori yopilmaydi, kunda chang, kunda idish-tovoq. Kunlik yumushlarimiz bor. Lekin bizga 24 soat berilgan. Deylik, 24 tanga har kuni bizga berilyapti. Bir kun ularning hisobini beramiz.
5 tanga uyquga ketdi, 1 tanga ovqatlanishga, 6 tanga ishga, 12 tanga internetga va ho kazolar....
Keling, har kuni qanchadir tangamizni ilm olishga sarflaylik. Qurʼon ilmi, hadis ilmi...
Bugundan ishlarimizni reja bilan boshlaylik.
P.S. Yuqoridagi hisob-kitobda ibodatga oʼrin qolmayapti.
Yaqinlarga yuboramiz:
https://t.me/nmu_uz 🌷
Taqdirning zulmatli tunlari tugamayaptimi?! Tong yaqin..
? Nuriyaxonim Ulugʼbek qizi
Ulaning & ulashing:
https://t.me/nmu_uz ?
*Ahmad Lutfi Qozonchi "Saodat asri qissalari", " O'gay ona" va "Qaynona" asarlari bilan o'zbek kitobxonlariga tanish turk yozuvchisi.
Uning asarlari boshqa ko'plab asarlardan badiiyligi va hayotiy yohud to'qima obrazlarni jonli ifoda eta olishi hamda asarlarda voqelikni beribgina qolmasdan, ushbu voqelikni keltirib chiqarmish asosiy sabab "dinsizlik", ya'ni Allohdan uzoqlashish va xatto namoz, qur'on va hadislardan bexabarlik bilan izohlashida. Yozuvchi didaktikani rivoyatlar bilan to'ldirgan. Asarlari tarbiyaga oid. Kundalik hayotimizda tez-tez uchrab turadigan, ko'pincha biz ahamiyat bermay ketadigan, aslida jamiyatni ildizi bilan qo'porishga qodir illatlar Ahmad Lutfi Qozonchi tomonidan sabr bilan yoritiladi. Kitobxon asarni ko'z uzmay o'qiydi. Asardagi ayrim voqeliklarni yoki hodisotlarni o'zi ham hayotida uchratganiga amin bo'ladi.
Ahmad Lutfi Qozonchining "So'nggi to'fon" romani ham yozuvchining o'ziga xos uslubi bilan bitilgan. Bu asarda bir oila hayotining butun bir jamiyatga ta'siri haqqoniy yoritilgan.
Asarning bosh qahramoni Hasan ismli ("Hasan" so'zining ma'nosi "katta yaxshilik yoki miqdor o'lchov birligi) yosh bola. Onasining ismi Farida. Otasi Tursin ismli o'g'ri bir kimsa.
Asarda bir nechta qahramonlarni o'z ichiga oladi. Ular ichida Lutfullohdek yaxshi amaki, Orif xoja va Solihbeylar ham, Hoqon kabi o'z obrazini salbiylikka burkagan "qahramon"lar ham bor.
Bu asarning asosiy mazmuni inson qanday oila va jamiyat a'zosi bo'lishdan qat'iy nazar o'zligini kerak bo'lsa o'zi topishga intilishida, kerak bo'lsa har soniya nafsiga qarshi kurashishi, qanchalik yaqin bo'lmasin, tubanlik balchig'iga botmaslikka intilishi haqida.
Yaxshi ota-ona tarbiyalagan solih farzand bo'lish qayoqda-yu, ota-ona tarbiyasi, mehri va e'tiboridan uzoqda o'zligini anglab yetish qayoqda.
"O'g'rining o'g'li" laqabi bilan tanilgan, masxara qilib kelingan Hasan har qadamda o'zining insofli ekanligini isbotlashiga to'g'ri keladi. Shunga qaramay ba'zan Hasanning qalbi halovat topmaydi. Uni asrab - avaylagan, u uchun duoda bo'lib ko'z yoshlari to'kkan onasini-da ranjitgan paytlari bo'ladi. Lekin Hasan har qanday holatda biror marta yolg'on gapirmay, sukut saqlashi bilan tezda kitobxonning muhabbatiga sazovor bo'ladi.
Voyaga yetib, hayoti iziga tushay deb turgan bir vaqtda onasi bu olamni tark etadi. O'z ishini yo'lga qo'yib, oila qurib baxtli hayot boshlaganida otasi uning hayotiga yana tikondek kirib keladi.
Hasan otasini o'zgartirish uchun qattiq urinadi. Lekin buning sira iloji bo'lmaydi. Dunyoda qalbi va quloqlari yopiq inson, shu holatda dunyoni tark etadi.
Xulosa qilib aytganda, bu asar jamiyatdagi mayxo'rlik, o'g'rilik, bezorilik kabi illatlarni qoralabgina qolmay, shunday illatlar ichida, zax uyda (!) o'sayotgan, atrofida ota ibrati o'rnida to'rt devorni ko'rib ulg'ayayotgan yoshlarga "Allohni izlagan Ibrohim ham otasi bilan sinalgan" kabi motivatsiya ruhini berishga qaratiladi.
Quyida asardan ibratli parchalar bilan tanishishingiz mumkin:
✍️ Butun koinotni sig'diruvchi qalb tuyg'ularini so'z bilan ifodalash mumkin emas.
✍️ Qul halokatda qolmaguncha Hizr uchramas ekan.
✍️ O'g'lim bular sening oyog'ingga xizmat qilish uchun chiqarilgan, sen ularning xizmatchisi bo'lma.
✍️ Kim nima desa desin, halollik bilan och qolish hiyla bilan jahonaga ega bo'lishdan ko'ra sharaflidir.
Romanni o'qishni tavsiya qilaman ?*
Yillar oldingi
Hozirgina qarindoshlar guruhida ammamning yozganlarini o'qib qoldim. Kulging ham keladi, yig'laging ham..
Ammam ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi.
Bir kuni o'quvchilariga qo'y go'shtining foydalari haqida gapirib beribdilar..
O'quvchilardan biri kutilmaganda:
-Ustoz, siz qo'y go'shtini gapirasiz. Mol go'shti yeyapsizlarmi, deb so'rang qabilida gapirib qolibdi.
Holatimizni Alloh isloh qilsin.
Қуръони каримнинг 16 ўрнида "Аллоҳ яхши кўради", деган жумла ва яна 16 ўрнида "Аллоҳ яхши кўрмайди", деган жумла келган. Уни қуйидаги тартибда берилган.
Аввалгиси: Яхши кўрадиганлар:
"Аллоҳ эҳсон қилувчиларни яхши кўради" (Бақара сураси, 195‑оят).
"Албатта, Аллоҳ тавба қилувчиларни севади ва покланувчиларни севади". (Бақара сураси, 222‑оят).
"Бас, Аллоҳ тақводорларни яхши кўради". (Оли Имрон сураси, 76‑оят).
"Аллоҳ яхшилик қилувчиларни севади". (Оли Имрон сураси, 134‑оят).
"Аллоҳ сабрлиларни севади". (Оли Имрон сураси, 146‑оят).
"Аллоҳ гўзал амал қилувчиларни севади". (Оли Имрон сураси, 148‑оят).
"Албатта, Аллоҳ таваккал қилувчиларни севади". (Оли Имрон сураси, 159‑оят).
"Албатта, Аллоҳ яхшилик қилувчиларни севади". (Моида сураси, 13‑оят).
"Албатта, Аллоҳ адолат қилувчиларни севади". (Моида сураси, 42‑оят).
"Зотан, Аллоҳ эҳсон қилувчиларни севади". (Моида сураси, 93‑оят).
"Албатта, Аллоҳ тақводорларни севади". (Тавба сураси, 4‑оят).
"Албатта, Аллоҳ тақводорларни севади". (Тавба сураси, 7‑оят).
"Аллоҳ эса покланувчиларни севади". (Тавба сураси, 108‑оят).
"Аллоҳ адолат қилгувчиларни суяди". (Ҳужурот сураси, 9‑оят).
"Албатта, Аллоҳ адолат қилувчиларни яхши кўради". (Мумтаҳана сураси, 8‑оят).
"Албатта, Аллоҳ Ўз йўлида худди жипс бинодек бўлиб, сафда туриб уруш қиладиганларни яхши кўради" (Саф сураси, 4‑оят).
Иккинчиси хуш кўрмайдиганлар:
"Албатта, Аллоҳ тажовузкор бўлганларни хуш кўрмас" (Бақара сураси, 190‑оят).
"Ва ҳолбуки, Аллоҳ фасодни хуш кўрмас" (Бақара сураси, 205‑оят).
"Ва Аллоҳ ҳар бир кофир, гуноҳкорни хуш кўрмас" (Бақара сураси, 276‑оят).
"Аллоҳ, албатта, кофирларга муҳаббат қилмас" (Оли имрон сураси, 32‑оят).
"Ва Аллоҳ золимларни хуш кўрмас" (Оли имрон сураси, 57‑оят).
"Ва Аллоҳ золимларни севмайди". (Оли имрон сураси, 140‑оят).
"Албатта, Аллоҳ ўзини юқори тутувчи ва одамлар устидан фахр қилувчиларни хуш кўрмас" (Нисо сураси, 36‑оят).
"Албатта, Аллоҳ хиёнатчи ва гуноҳкор бўлган кимсани хуш кўрмас". (Нисо сураси, 107‑оят).
"Аллоҳ фасод қилгувчиларни севмас" (Моида сураси, 64‑оят).
"Албатта, Аллоҳ ҳаддидан ошувчиларни севмас" (Моида сураси, 87‑оят).
"Албатта, Аллоҳ хоинларни севмас" (Анфол сураси, 58‑оят).
"Албатта, Аллоҳ барча хоин ва кофирларни хуш кўрмас" (Ҳаж сураси, 38‑оят).
"Ҳовлиқма, албатта, Аллоҳ ҳовлиққанларни суймас" (Қасос сураси, 76‑оят).
"Албатта, Аллоҳ бузғунчиларни суймас" (Қасос сураси, 77‑оят).
"Албатта, Аллоҳ ҳеч бир мутакаббир ва мақтанчоқни севмас" (Луқмон сураси, 18‑оят).
"Аллоҳ барча димоғдор ва мақтанчоқларни суймайди" (Ҳадид сураси, 23‑оят).
Ўзимизга ўзимиз савол берайлик. Ҳақиқатда биз Аллоҳ севган амалларни бажариб, ёқтирмайдиган амаллардан четланмоқдамизми?
– Аллоҳ севадиган амалларни ўқинг ва уни ҳаётингизга татбиқ қилинг.
– Аллоҳ севмайдиган амалларни ҳам ўқинг ва улардан четланинг.
– Мана шу нарсаларни амалга оширсангиз, демак ахлоқингиз ва ҳаётингизга Қуръонни амалий татбиқ қилибсиз!
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid