Mutolaa.uz – kitoblar va mualliflar

Description
Mutolaa.uz saytining telegram kanali.

Yangi nashrlar, mualliflar va kitoblar haqida qiziqarli ma'lumotlar

https://mutolaa.uz
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 2 weeks, 5 days ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 1 month ago

4 months, 2 weeks ago
[#yangi\_nashr](?q=%23yangi_nashr)

#yangi_nashr

Uilyam Saroyanning «Daho» hikoyalar toʻplami ilk bor oʻzbek tilida nashr etildi

Kelib chiqishi arman millatiga mansub taniqli amerikalik yozuvchi Uilyam Saroyan oʻnga yaqin roman va bir yarim mingdan ortiq hikoyalar muallifi boʻlib u nasrning turli janrlariga murojaat qilgan bo'lsa-da, oʻtkir hikoyanavis sifatida dunyoga tanildi. Hikoyalarining tili achchiq, uslubi quruq, qisqa, biroq hayotga o'ziga xos rakursdan qaraydi. Uning qahramonlari sodda odamlar, oddiy mehnatkash, zamonasining baxtiqaro farzandlari, biroq adib ular haqida iliq, hamdard va umid bilan yozgani boisidan kishi ko'ngliga yaqin. Uilyam Saroyan hikoyalari ilk bor oʻzbek tilida chop etilmoqda.

Asar haqida o'qiib fikrlaringizni ulashing:
https://mutolaa.uz/kitob/daho

📖 mutolaa.uz

4 months, 2 weeks ago
[#yangi\_nashr](?q=%23yangi_nashr)

#yangi_nashr
"Tirilish" nashriyoti — Yovuz Bulant Boqilarning "Turkiston, Turkiston" asarini chop etdi!

Kitobda yozuvchi Turkistonning SSSR davridagi ahvolini va kommunizm tazyiqlari tufayli kimligi unutilmoqchi bo’lgan xalqning holatini muhokama qiladi. “Turkiston, Turkiston” ildizi uzilmagan, ongi buzilmagan, e’tiqodi buzilmagan har bir turkiy bir necha marta o’qishi kerak bo’lgan kitob. Unutilgan mohiyatimizga ko’zgu tutgan, yo’qotganlarimizga ko’prik quradigan, sog’inch, umid va uchrashuv eshiklarini ochadigan kitob.

🔗 Saytimizda asar haqida o'z fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin: https://mutolaa.uz/kitob/turkiston-turkiston

📖 mutolaa.uz

5 months, 2 weeks ago
[#yangi\_nashr](?q=%23yangi_nashr)

#yangi_nashr
"Akademnashr"dan yangilik - Andrey Platonovning "Xandaq" asari!

Kitob muallifning falsafiy, antiutopik romani hisoblanib, asar qahramoni Voshchev hayotidan hikoya qiladi.

🔗 Saytimizda asar haqida batafsil ma'lumot olishingiz va o'z fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin: https://mutolaa.uz/kitob/xandaq

📖 mutolaa.uz

6 months ago
[#yangi\_nashr](?q=%23yangi_nashr)

#yangi_nashr

"Yangi asr avlodi" nashriyotidan yangilik - Abduqayum Yoʻldoshev qalamiga mansub "Kasofat raqamlar" asari!

Romanda o'zgacha xislatli yigitning dolg'ali kechmishlari orqali "Muvaffaqiyat uchun alohida xususiyat kerakmi yoki mehnatning o'zi birlamchi vosita hisoblanadimi?", "Favqulodda iste'dod baxt, rohat-farog'atga to'la hayot kaliti bo'la oladimi?", "Odam g'ayritabiiy imkoniyatlaridan qay tarzda foydalanishi lozim: faqat o'zi uchunmi yoki boshqalar bilan birgalikdami?" kabi murakkab savollarning javobi izlanadi.

🔗 Saytimizda asar haqida batafsil ma'lumot olishingiz va o'z fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin: https://mutolaa.uz/kitob/kasofat-raqamlar

📖 mutolaa.uz

6 months, 2 weeks ago
[#yangi\_nashr](?q=%23yangi_nashr)

#yangi_nashr

"Asaxiy Books" nashriyotidan muhim yangilik — Bo Bennetning “Mantiqiy xato. To‘g‘ri fikrlash qo‘llanmasi” kitobi.

Kitob mantiqiy mulohaza yuritish bo'yicha qo'llanma bo'lib, narsalarni siz o'ylaganday emas, balki qanday bo'lsa shundayligicha ko'radigan dunyoga olib kirishga mo'ljallangan. Ushbu kitobda asosiy e'tibor mantiqiy noto'g'ri tushunchalarga qaratilgan bo'lib, ular oddiygina fikr yuritishdagi xatolardir. Har bir sahifani o'qish bilan siz fikr yuritish va qaror qabul qilish uslubingizni sezilarli darajada yaxshilashingiz mumkin.

🔗 Saytimizda asar haqida batafsil ma'lumot olishingiz va o'z fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin: https://mutolaa.uz/kitob/mantiqiy-xato-togri-fikrlash-qollanmasi

📖 mutolaa.uz

6 months, 3 weeks ago
[#yangi\_nashr](?q=%23yangi_nashr)

#yangi_nashr

"Yangi asr avlodi" nashriyotidan yangi tarixiy asar - "Turkiston Rossiya va Xitoy oralig‘ida".

Turkiston va Oʻrta Osiyo boʻyicha tarixchi va sharqshunos olim Boymirza Hayit qalamiga mansub ushbu asarda XVIII asrdan XX asrgacha Rossiya va Xitoy bosqinchiligi davrida Turkiston milliy davlatlari tarixi va milliy kurashining etnografik, madaniy va siyosiy jihatlari aks ettirilgan.

🔗 Saytimizda asar haqida batafsil ma'lumot olishingiz va o'z fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin: https://mutolaa.uz/kitob/turkiston-rossiya-va-xitoy-oraligida

📖 mutolaa.uz

7 months ago
[#yangi\_nashr](?q=%23yangi_nashr)

#yangi_nashr

"Yangi asr avlodi" nashriyotidan yangilik - "Qo'rquv psixologiyasi"!

Mutaxassis psixolog Yulduz Burkovik va psixiatr O'g'uz Tan muallifligidagi ushbu kitob qo'rquvning sabablari, uning biologik ko'rinishlari, turlari, qo'rquvni yengish yo'llari va davolash usullari bilan bir qatorda o'quvchi qiziqishini saqlab turuvchi mavzular, jumladan, qo'rquvni musiqa bilan davolash, psixoterapiya usullari, bu muammodan azob chekayotgan mashhur kishilarning tajribalari va fobiyalar lug'atini o'zida mujassam etgan.

Qo'rquvlar sizni shu paytgacha ta'qib qilgan bo'lishi mumkin. Lekin endi bu kitob siz va qo'rquvlaringiz o'rtasida bo'ladi!

🔗 Saytimizda asar haqida batafsil ma'lumot olishingiz va o'z fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin: https://mutolaa.uz/kitob/qorquv-psixologiyasi

📖 mutolaa.uz

7 months, 1 week ago
[#yangilanish](?q=%23yangilanish)

#yangilanish

Saytimizda yangilanishni amalga oshirdik. Bosh sahifa endi ko'proq va qiziqarli ma'lumotlar bilan boyiltildi. Unda quyidagi bo'limlarni ko'rishingiz mumkin:

➡️ Yangi nashrlar
➡️ Yangi taqrizlar
➡️ Bugungi sanada tavallud topgan mualliflar
➡️ Eng faol kitobxonlar

Saytda yana qanday imkoniyatlari bo'lishini xohlardingiz? Izohlarda fikringizni yozing

📖 mutolaa.uz

7 months, 2 weeks ago
*"Bizning hayotdagi deyarli barcha baxtsizliklarimiz biz …

"Bizning hayotdagi deyarli barcha baxtsizliklarimiz biz bilan sodir bo'layotgan narsalar haqida noto'g'ri tushunchalarimizdan kelib chiqadi".

Bugun fransuz adibi, faylasuf Stendal tavvallud topgan kun. Yozuvchi adabiyotshunoslik, san'at tarixi, falsafa va psixologiya masalalariga oid ko'plab asarlar yaratgan.

🔗 Adib haqida batafsil ma'lumot: https://mutolaa.uz/muallif/stendal

Siz yozuvchining qaysi asarlarini o'qigansiz? Izohlarda yozib qoldiring.

📖 mutolaa.uz

7 months, 2 weeks ago
Bugun yana bir serqirra ijodkor, isteʼdodli …

Bugun yana bir serqirra ijodkor, isteʼdodli shoir va publitsist, ''Oʻzbekiston xalq shoiri'' unvoni sohibi - Xurshid Davron tavallud topgan kun.

Adib yozuvchi va shoirlikdan tashqari televideniya sohasida ham faoliyat yuritib, 1996-2014 yillar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi OʻzTV Bosh muharriri, ''Toshkent'', ''Yoshlar'', ''Oʻzbekiston'' telekanallari direktori vazifasida ishlagan.

🔗 Saytimizda adib hayoti, ijodi va asarlari haqida batafsil ma'lumot olishingiz, adib asarlari haqida o'z fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin: https://mutolaa.uz/muallif/xurshid-davron

📖 mutolaa.uz

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 2 weeks, 5 days ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 1 month ago