Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
ТАЪЛИМ ,ТАДҚИҚОТ ВА ИСТИҚБОЛЛИ ЛОЙИҲАЛАР САМАРАСИ.
Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги
Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти миллий тадқиқот университети Бухоро табиий ресурсларни бошқариш институти йиллар давомида мамлакатимизда соҳага оид тадқиқотларни амалга оширишда…
Batafsil 👇
https://tezkor-yangiliklar.uz/?p=5385
Obuna bo'ling 👇
Sayt | Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
Bugun – buxorolik atoqli shoir va jurnalist Toshpo‘lat Ahmad tug‘ilgan kun!
Toshpo‘lat Ahmad 1942-yil 13-dekabrda Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 1964-yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini o‘rta maktab o‘qituvchiligidan boshlagan Toshpo‘lat Ahmad keyinchalik “Buxoro haqiqati” (hozirgi “Buxoronoma”) gazetasida (1965–1975; 1993–1996), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limida (1975–1993) xizmat qildi. Qolaversa, “Buxoro mavjlari” jurnalining bosh muharriri vazifasida faoliyat olib borgan. Uning “Buxoro yulduzi” nomli hujjatli qissasi (1971), “Qasam va qasos” (1973), “O‘g‘lingman, hayot!” (1974), “Qalbning oppoq gavhari” (1975) kabi ocherklar to‘plami, “Ochiq eshik” nomli hikoyalar to‘plami (1975), “Minorlar va chinorlar” (1980), “Oydin xayollar” (1984), “Tabassum bog‘i” (1986), “Ahli muslim mehrobi” (1991), “Imon qal’asi” (1994) singari she’riy kitoblari nashr etilgan.
Toshpo‘lat Ahmad tarjimon sifatida Jalol Ikromiyning “Qora quzg‘unlar” romanini, shuningdek, Rasul Hamzatov, Vladimir Solouxin, Avetik Isaakyan, Ovanes Sheroz, Loyiq Sherali, Ahmad Muxtor singari shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.
Keyingi yillarda shoirning Buxoroning 2 500 yilligiga bag‘ishlangan “Sharq tumori” (1996), “Fig‘on” (1994), “Buxoronoma” (Saylanma, 1997), “Chorbakr” (1996), “Gavhari jonim” (2009), “202 atirgul” (2013) nomli kitoblari chop etildi. “Fig‘on” pyesasi sahna yuzini ko‘rdi. “Qutlug‘ ostona” (2006), “Sharq gavhari” (Saylanma, 2007), “Qalam va alam” (2008), “Navro‘zingdan o‘rgilay” (2010), “Sajdagoh” (dostonlar, 2011) asarlari e’lon qilindi.
Toshpo‘lat Ahmadning asarlari rus, tojik, turkman, venger, ispan, turk, qozoq tillariga tarjima qilingan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Toshpo‘lat Ahmad 1998-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2007-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. U “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olibi bo‘lgan.
Ustoz Toshpo‘lat Ahmad 2019-yil 22-dekabrda vafot etgan.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago