HR Mahalla

Description
HR ни хақийқисини шу ердан топасиз. Ялтироқ вижир вижир эмас!

Мурожаат учун @hrmahalla13
Advertising
We recommend to visit

Энг оммабоп савдо канали “МОШИНА БОЗОРИМ” га хуш келибсиз!

Эълон бериш учун 👉 @MB_ADMINUZ га ёзинг

Спамлар учун:
https://telegram.me/+cjjLCmVmTY8zM2Iy

Машинани кўрмасдан туриб пул ташламанг!
Савдога Админ Жавобгар эмас.

Last updated 1 Monat, 2 Wochen her

Дунё қарашингизни 180° га ўзгартирадиган канал! ⌛️

Сиз керакли жойдасиз бизни танлаб адашмадингиз..!

Admin: @Oltin_admini

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 1 Jahr, 2 Monate her

«Namoz oʻqishni oʻrganish» илмий, маърифий ва ижодий каналига хуш келибсиз!

Расулуллоҳ ﷺ айтадиларки:

«Ким бир яхшиликка бировни йўллаб қўйса, унга ўша ишни қилганлик ажри бор»
(✍️Имом Муслим ривояти).

Last updated 1 Jahr, 5 Monate her

2 weeks, 5 days ago
3 weeks, 3 days ago

Аттентион! Стратегик сессия бу 1 соатлик мажлисни бир тури эмас. 40 тача 🔥 еғилса. Шу мавзуда каналда аудиочат қворамиз...

3 weeks, 4 days ago

Қисқа қилиб айтканда вот почему они впереди...

@HRmahalla

3 months, 3 weeks ago

Куни кеча "Marketing club" да сухбат уюштирган эдик. У ердаги фикр мулохазаларимни ёзма шаклда қатнашчиларимиздан бири
"Muhlisa Zohidova" фидбек берибтилар ?**

? Uyat emas, hijolat bo'lmang
Kecha @marketingclub_event da HR mavzusida audiochatda qatnashdim.

Hozir ishlatsa bo'ladigan, real tajribadan o'tgan ma'lumotlar oldim. Quyida o'qishingiz mumkin.

1. Intervyu bir tomonlama emas, 2 tomonlama bo'ladi. Ya'ni faqat sizni baholashmaydi, balki siz ham ish beruvchi, kompaniyani baholashingiz kerak.

2. Intervyuda savol berish kerak. HR mutaxassis Avazbek Orzimatovni aytishicha, nomzodni savoli uni asl darajasini ko'rsatadi.

  1. Intervyuda faqat oylik summasini gaplashmang, shtraf yoki bonus bormi yoki yo'q, bo'lsa nimaga qarab va qachon beriladi, oylik berish vaqti, tartibi haqida aniq so'rash kerak. Bu siz haqingizda "maqsadi faqat pul ekan" degan taassurot qoldirmaydi. Balki aniq kutuv qo'yasiz. Sizni rejalaringizga (to'lovlaringiz, kredit va h.k) qanchalik mos kelishini bilib olasiz.

  2. Yangilik olganim: ish muhiti, joyi, jamoa bilan tanishtirishni so'rash mumkin ekan. (Hali suhbat bosqichidayoq) Chunki kichik diskomfort katta konfliktga bemalol sabab bo'la oladi.

5. Tushlik masalasini ham aniq so'rash kerak. Vaqti, kompaniya hisobidanmi yoki yo'q. Ishoning bu ham vaqt, ham samaradorlik, ham moliyaviy tomondan muhim.

  1. Hatto hojatxona, oshxonaga ham sabab topib, kirib chiqish mumkin ekan. ? Minimumdan maksimumgacha ko'ramiz degandek. Agar bu sizga diskomfort bersa, ofisga kelish yoki namoz o'qisangiz, tahorat olish masalasida qiynalasiz = ofisga kelgingiz kelmaydi = jamoaviy konflikt = samaradorlik tushishi = chopish yoki chopilish

  2. Hamma savollaringizni so'rang. Intervyuda nomzodning salohiyati javobi emas, savolidan aniqlanadi. Ham o'zingiz uchun aniqlashtirib olasiz, ham kompaniya vakilida siz haqingizda aniq tushuncha hosil bo'ladi.

8. Intervyuga umuman kech qolmang.

  1. Intervyudan chiqishda (agar o'zlari aytishmasa) javobini aniq necha kunda xabar qilishlarini so'rang. Shu kunda xabar qilishmasa, o'zingiz yozing yoki telefon qiling.

  2. Intervyuga kelishdan oldin kompaniya haqida o'rganib, "homework" qilib keling. Borganda bilib olaman demang. Bu sizni taklifga jiddiy yondashmayotganingiz haqida ish beruvchiga signal beradi.

11. Aniq vazifalaringizni bilib oling va natija nima bilan o'lchanishini so'rang.

12. Kim siz bilan intervyu qilishini oldindan bilib oling. Agar intervyu boshlanguncha aytishmasa, suhbatga kirgan odamni o'zidan kim ekanini so'rang. (Agar o'zini tanishtirmasa)

13. Intervyuda albatta karyeraviy/professional o'sish xaritangizni so'rang. (Career roadmap). Bitta pozitsiyada yillab qolib ketishni xohlasangiz, so'ramang)

  1. Bonus tavsiya (o'zimdan) Intervyu qilayotgan odamdan nega shu kompaniyani tanlagansiz deb so'rash? Manga javoblari qiziq doim)

15. Yoki bu kompaniyani boshqalaridan qanday afzalliklarini aytolasiz deb so'rash. Katta brend bo'lsa o'ziga) CV'ingizda chiroyli bo'lib turgani bilan kamida 1-3 yillik umringizni bermoqchi bo'lsangiz, brendini o'zi kam. Beradigan imkoniyatlari muhim.

@yosh_menejer_uz dagi intervyuda xalqaro karyera qurgan mutaxassis "professionallar har 3 yilda ish joyini o'zgartirishni norma deb bilishadi" degandilar. Chunki 1-yil moslashasiz, o'rganasiz, 2-yil natija qilasiz, rivojlantirasiz, 3-yilda esa zerikasiz. ?

@HRmahalla

4 months, 1 week ago

https://t.me/iqtisod4i/3312

Олдига қўйганини ўйламай паққос тушириш молнинг иши.
Эшитканини ўйламай нетмай бирпаста оммага видео қилиш омининг иши!

Бир устозим айткан "ўқиганини эмас эшитканини гапирадиганлардан узоқ юр" деб.

@HRmahalla

Telegram

Iqtisod4i

Филиантропимиз 2025-2026 йилларда халқаро инқироз кузатилишини ва доллар нархи тушиб кетишини прогноз қиляптилар.

4 months, 2 weeks ago

Barcha "vatanparvar" blogerlarni tabriklayman. Sizlardan yaxshigina foydalanishdi.
Bir hafta oldin bittagina video joylashtirib bir rossiyalik chala bloger butun MDH davlatlarida mashhur bo'ldi. Keling uni Tashoqov deylik.

Xullas Tashoqov O'zbekiston va Tojikiston blogerlariga poyga o'ynashga "вызов" ya'ni chaqiriq tashladi. Aytishicha mashinasi bilan kelib poyga qilarkan. Poygani yutganga ikkinchi mashina sovg'a ekan. Yoniga Rolls Royse ham berilarkan go'yoki.

Unga javoban qoni qaynagan vatanparvar o'zbek va tojik o'g'lonlari ketma-ket Tashoqov belgilab otvet olishdi. Natijada Tashoqov Tojikistonda O'zbekistonda mahshur bo'lib ketdi.

Orada sovg'a qiymati ham oshib ketdi. O'zbekistonlik bloger 500 ming dollar tikkan bo'lsa, Tashoqov 1 mln dollargacha oshirib bozorga aylantirib yubordi.

Qisqasi, poygasi hali amalga oshmagan bo'lsa ham millionlab odam Tashoqov haqida eshitdi. Bu bolaning asl maqsadi ham aslida shu.

Poyga hali bo'lmay turib "Poygani telegram kanalimda tomosha qiling" deb videolar olyapti. 1 haftada telegram kanaliga 250 ming odam obuna bo'lgan. Aniq bilaman orasida o'zbekistonliklar ham juda ko'p.

Telegram kanalida esa 90% postlar qimorni reklamasi. Orada qaysidir o'zbekistonlik Tashoqovga ishonib pullaridan ham ayrildi.

Xullas minglab insonlar o'zi istamagan holda qimor targ'ibotida ishtirok etdi. O'sha aytgan 1 mln dollar pulini ham Tashoqov allaqachon chiqarib bo'lgandir. Chunki qimor o'ynab yutqizilgan pullarning kamida 50% unga reklamasi uchun mukofot sifatida jo'natiladi.

Tashoqov poyga o'ynasa ham, o'ynamasa ham g'olib chiqdi. Chunki qimor o'ynagan emas, o'ynatgan doim yutadi.

O'zbekiston sha'nini himoya qilish uchun qimorchi bilan poyga uyushtirishdan yaxshiroq usullarni qidiringlar.

@trolluz

7 months, 1 week ago
7 months, 2 weeks ago

Касб касаллиги!

Кўп маротаба айтаман ва биринчи ўринда ўзимни назорат қиламан. "HR бу ходимлар билан ишлаш!" деб сотув режасидан тортиб рекламани қаерга бериш, махсулот ишлаб чиқаришни технологик процесси бўйича ҳам ақллилик, "Мен HR ман" деб босим қилиш ва ўзидан бизнес бўйича ҳам супер гений ясаб олиш. Хаёт бўйича ҳам любойига фалсафа қилиб, там ким яхши ким ёмону қачон уйланиши кераклигигача ақл бўлиб ташланади. Нафақат эйчар балки бу нарса молия йўналишида ҳам бор (пул аралашгани демак ман ҳал қиламан дейиш). Тиш духтр нейрохирургия бўйича операция қилмаганидек, ўз мутахассиси билан ишлаш керак. Шу касалликга подписчики кўп просмотри кўп одамлар ҳам чалиниб қолишаяптими?.

Юқоридаги акамиз ёзган вазиятда ҳам шуни бир тури деб ўйлайман. Крч биз HR бўлиб туриб совуққонликни ва критик фикрлашни қаттиқ ушлаб туришимиз керак бўлади.

@HRmahalla

7 months, 2 weeks ago
8 months, 2 weeks ago

Hayit bayramimiz muborak bo'lsin!

We recommend to visit

Энг оммабоп савдо канали “МОШИНА БОЗОРИМ” га хуш келибсиз!

Эълон бериш учун 👉 @MB_ADMINUZ га ёзинг

Спамлар учун:
https://telegram.me/+cjjLCmVmTY8zM2Iy

Машинани кўрмасдан туриб пул ташламанг!
Савдога Админ Жавобгар эмас.

Last updated 1 Monat, 2 Wochen her

Дунё қарашингизни 180° га ўзгартирадиган канал! ⌛️

Сиз керакли жойдасиз бизни танлаб адашмадингиз..!

Admin: @Oltin_admini

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 1 Jahr, 2 Monate her

«Namoz oʻqishni oʻrganish» илмий, маърифий ва ижодий каналига хуш келибсиз!

Расулуллоҳ ﷺ айтадиларки:

«Ким бир яхшиликка бировни йўллаб қўйса, унга ўша ишни қилганлик ажри бор»
(✍️Имом Муслим ривояти).

Last updated 1 Jahr, 5 Monate her