Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Eng yaxshi vaqt hech qachon kelmaydi!
"Ta'tilga chiqsam, kitob o'qiyman", "Oy boshidan o'z ustimda ko'proq ishlayman", "Kelasi sessiyadan albatta yaxshi o'qiyman" va shunga o'xshash fikrlar...
Boshlash uchun ideal sharoitlar hech qachon paydo bo'lmaydi. Bu faqat ichimizdagi qo'rquv va qat'iyat yo'qligini oqlash uchun ongimiz tomonidan yaratilgan bahonadir. Kutayotganimizdagi sharoitlar yuzaga kelsa ham, har doim yangi to'siqlar paydo bo'ladi.
Boshlash uchun eng yaxshi vaqt esa bugun!
Akam bilan ba'zan urishib, gapimiz ko'pincha bir-biriga zid kelib qoladi.
Meni doim tanqid qiladi xulqimni, natijalarimni, ba'zi harakatlarimni va h.k. Masalan, o'qishga Fotima grandga men esa kontraktga kirganimda ham rosa gap bilan "tuzlagan". Shundan buyon har-har zamonda dashnom berib turadi. Lekin bilaman bularni atayin meni yerga urish uchun aytmasligini. Rivojlansin, yaxshi inson bo'lsin deb qiladi, afsuski, ko'pincha buni esimdan chiqarib qo'yaman.
Nemis tilini endi o'rganishni boshlagan paytim ishlamas edim, ham kontraktim ham bor edi. Lekin akam o'sha paytda qo'llab quvvatlab, o'quv kurslarim uchun pul berib turar edilar. O'ylab qarasam katta-kichik nimaiki natijalarim bo'lsa bunda akamning tanqidlari foydasi teggan ekan va hozir ham tegib kelmoqda.
Yoshligimizda Fotima ikkalamizni erkalab har xil nomlar bilan chaqirar edilar, masalan, meni doim "oq baliq" derdi) Xullas, doim hazil-mutoyiba qilib kayfiyatimizni ko'tarar edi. 5-6 kuncha oldin yana shunday degan edi, bilmayman negadir asabiylashib: "Boshqa bunaqa nom bilan chaqirmang", - deb zarda qildim, lekin kichkinaligimda shunday chaqirsalar hecham hafa bo'lmaganman, jahlim ham chiqmasdi. Menimcha katta bo'ldim shekilli..
Ko'p akasi yo'q o'rtoqlarim qaniydi akam bo'lsa edi deydi. Men esa, o'ylab qarasam, noshukrman... Yaxshiliklarini tez unutib qo'yaman, tanqidlarini no'togri tushunib olib, ko'pincha hafa bo'lib qolaman, keyin xato qilganimni ichimda tan olsam ham, tashimda buni sezdirmayman.
Lekin bir narsa, men doim akamdan fahrlanganman, hecham o'rganishdan va bizni ham shunga undashdan to'xtamagan. Har yil tug'ilgan kunimizga ensklopedik yoki qiziqarli ko'p kitoblar sovg'a qilib, ilm olishga ishtiyoq uyg'otgan. Yoshlikdan akamga qiziqib o'qishni boshlaganmiz.
O'zlari nima o'rgansa men va Fotima bilan bo'lishgan, savollar bergan, muhokamalar qilgan. Mening akam mana shunday inson!
Akalar doim singillarining baxtini, kelajagini o'ylaydi. (Buni kech tushunib yetganim uchun kechiring) Yoshlik qilib, ko'pincha tanqidlaringizni tushunmay sizga qattiq gapirganimdan afsuslanganman.. ammo buni o'zingizga hecham aytishni istamaganman. Jin ursin shu kibrni!
Bularni o'qishingizni juda istar edim, chunki barchasini o'zingizga aytolmayman..
Sizni doim yaxshi ko'ruvchi singlingiz Zuhra!
"Iltimos... Menga qo'zichoq chizib ber!"
Kichkina shahzoda qo‘zichoqni so‘rash orqali suhbatdoshidan o‘z dunyosini tushunishni va unga quloq solishni istaydi. Bu so‘rov insonning boshqalar bilan bog‘lanish va tushunish istagini ifodalagan. Qo‘zichoq shunchaki chizma emas, bu samimiy aloqani ramziy ifodalash.
Kichkina Shahzoda –Antuan de Sent-Ekzyuperi
Beg‘ubor qalblar uchun yozilgan abadiy asar!
Kichkina Shahzoda — bu nafaqat bolalar uchun, balki kattalar uchun ham yozilgan chuqur ma’noga ega falsafiy ertakdir. Antuan de Sent-Ekzyuperi tomonidan 1943-yilda yozilgan bu asar inson qalbining eng nozik tuyg‘ularini ochib beradi va hayotning asl mohiyatini tushunishga undaydi.
Asar voqealari koinotdan kelgan kichkina shahzoda va uni uchratgan uchuvchi o‘rtasidagi suhbatlar orqali hikoya qilinadi. Kichkina shahzoda o‘z sayyorasidan boshqa sayyoralarni kezib chiqadi va har birida turli xil odamlarni uchratadi. Bu obrazlar — xudbinlik, manmanlik, ma’nosiz bandlik kabi insoniy illatlarning ramzidir. Shu bilan birga, kichkina shahzoda oddiy narsalarning go‘zalligini va inson qalbining chuqur ehtiyojlarini ochib beradi.
Asarning eng asosiy mavzusi sevgi, do‘stlik va mas'uliyatdir. Shahzoda o‘z atirgulini boshqa minglab gullardan alohida deb biladi, chunki u uni parvarishlagan, unga mehr bergan. Bu orqali muallif inson munosabatlaridagi mas'uliyat va fidoyilikni ta’kidlaydi: "Sen o‘zingga o‘rgatgan narsang uchun abadiy mas'ul bo‘lib qolasan."
Bundan tashqari, asar hayotning oddiy, ammo eng muhim jihatlarini qadrlashni o‘rgatadi. Masalan, kichkina shahzoda quyosh botishini tomosha qilishdan zavqlanadi, chunki bu unga osoyishtalik bag‘ishlaydi. Asar bizni hayotning kichik lahzalaridan zavqlanishni o‘rganishga chorlaydi.
Kitobning tili oddiy va tushunarli bo‘lsa-da, undagi ramzlar va falsafiy mazmun chuqur o‘ylashga undaydi. Har bir obraz va voqea o‘ziga xos ma’noga ega, bu esa kitobni qayta-qayta o‘qishga arziydigan darajada boy qiladi.
"Kichkina Shahzoda" — bu inson qalbini o‘zgartiradigan va har bir o‘quvchiga o‘z hayoti haqida chuqurroq o‘ylash imkonini beradigan asardir.
Eng sevimli kitobim!
Unga qoʻzichoq chizib bering.
Meni samo tushungaydir,
Sen, ey inson, tushunmaysan...
Masalan, Dostoyevskiyning sog'inch so'ziga ajoyib bir tarifi bor:
Sog'inch – ruh bora oladigan joyga tananing bor olmasligidir.
O'tmish go'zal, chunki inson hissiyotlarni o'z vaqtida anglolmaydi. Uning ko'zi kech ochiladi. Shu sabab biz bugungi kunimizga emas, balki o'tmishimizga nisbatan laziz hislarni tuyamiz.
Virjinya Vulf
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her