?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 год, 2 месяца назад
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 месяц, 3 недели назад
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 месяц назад
Olib qo’yolishmaydi
Olimpiada o‘yinlarida yutgan va yutqazgan sportchilarimiz o‘rtasidagi yagona farq — ba’zilarini omadi keldi.
Tayyorgarlikdagi farq katta emas, shaxsiyatlar bir-biriga yaqin edi. Olimpiya jamoasiga qo‘shilish talabi bu.
G‘oliblarga mashina, uy berildi. Dabdaba bilan kutib olindi. Mag‘lublar esa boshini ekkancha bir chetdan uyiga ketdi.
G‘oliblardan berilgan narsalarni olib qo‘yish mumkin, olib qo‘yib bo‘lmaydigan shaxsiyat va xarakter mag‘lubda ham qoldi.
U hali ham sog‘lom, matonatli va baquvvat shaxs, qattiq intizom hamda jasorat egasi. Bu xislatlarni hech kim ololmaydi.
Endi sohada yoki boshqa bir sohada muvaffaqiyat qozonishi vaqt masalasi, xolos.
Xonavayron bo‘lgan biznesmenlar qayta oyoqqa tez turishi shundan, ularda pul va biznesni o’zi emas, shuni qiloladigan shaxsiyat bor.
O‘zimga ham gapim shu, sendan olsa bo’ladigan narsa seniki emas, olib qo‘yib bo‘lmaydigani seniki.
Shaxsiyatingni rivojlantir va borini asra, prinsiplaringda tur, yo‘qotishdan qo‘rqmasdan.
InBazar keysi bo'yicha vaziyat jiddiylashib ketti
To'g'risi o'zi bu mavzu haqida yozgim kelmagandi, ammo Teacher Azamning mana bu videosi majbur qildi.
Shu videoni ko'rmagunimcha, qaysidir ma'noda InBazar brend sifatida hammasini to'g'ri qilyapti deb o'yladim.
Zanjir mana bunday edi:
1) Brendning bitta xodimi ikkinchisini oddiy telejkani deb urib tashladi va huquqlarini poymol qildi;
2) Uning videosi internetda tarqaldi, bu esa brendga katta xavf tug'dirdi;
3) Brend boshiga negativ kelganda, biznes egasi o'zi munosabat bildirish kerak derdilar ustozimiz Temurbek Adhamov. InBazarni ham asoschisi xuddi shunday qildi. Yaxshi yurish bo'ldi dedim ko'rib;
4) Urgan yigit ichki ishlarda ekanligi haqida video tarqatishdi keyin, bu ham brend tomonidan yaxshi yechimlarning davomi. Ammo brend mas'uliyatni o'z bo'yniga olmayotgan edi;
5) Doimiy g'oya bo'yicha shu yerda hammasi deyarli tugadi, urgan yigit jazolanadi va jabirlangan bolani huquqlari oqlanadi deb turganda xalq, brend shaxmat donasini yana bir marotaba to'g'ri yurdi. Jabrlangan bolaga Spark sovg'a qildi. Kutilmagandagi to'g'ri yurish, ancha iliq kutib olindi;
Oltinchisi suddan parcha ertaga, shu bilan tugashi kerak edi. Ammo...
7) Tarmoqdlarda biznes egasining o'zini ham xuddi shunga o'xshash videolari tarqala boshladi va bu shunchaki bitta xodimning o'zini aybi emasligi, tizimli ravishda, yuqumli qadriyatlar asosida korporativ madaniyatga aylanib qolgani suv yuziga chiqib, ko'rinib qoldi.
Shuning uchun qayergadir ishga kirishda ham, kim bilandir ishalshda ham, o'xshash qadriyatlarni birinchi o'ringa qo'yavering.
Voqealar rivoji qiziq, agar 7chisi bo'lmaganda men brend yutgan bo'lsa yutdi, lekin yutqizmadi deb aytmoqchi edim, lekin hamma narsa ham o'ylaganimizdek ketmaydi.
Qayd
Har kun/oy/yil oldingisidan ko’ra yaxshiroq bo’lishga urunishimiz kerak.
Bugun Qozog’istonga Shimkent shahriga chiqib keldik.
Maqsad: Raqobatchilarni ko’rib, analiz qilish. Ular bizdan nimalarda oldinda va nimalarda orqada.
Yaxshi yangiliklar ola oldik. Ammo, qonunchilikdagi farqlar va insonlar hayotidagi kundalik yumushlari anchayin boshqacharoq ekan ularda, shunga ularni o’zimizga singdirish ham oson bo’lmaydi.
Bu yilni 70%i ortda qolibti, sekin ammo stabil rivojlanish yo’lidaman degan fikrdaman.
Sal tezlikni yilni oxirigacha oshirib, “sezon” vaqti ASKOni ham, shaxsiy rivojlanishni ham yanada yondiramiz Inshaalloh.
Oltin ?****
Bugungi kontentlar tarixga aylanadi
Bor narsamizning qadrini, uni yo’qotganimizda anglaymiz.
Bu gap, kontentlarga ham tegishli.
Hozir ko’rib turgan kontentlarimiz, bir kun kelib tarixga ham aylanishi mumkin. Masalan, xuddi Mushtum jurnali kabi.
Afsus, Subyektivdan asosiy jamoa chiqib ketibti. Ha, ular yangi loyiha boshlashadi. Lekin yangisi muvaffaqiyatli bo’lsa ham, baribir o’sha biz sevgan Subyektivchalik bo’lolmasligi mumkin.
Activist ham kontentlarini o’zgartirdi. Endi uni o’rniga kimdir chiqib, xuddi shu ishni qilsa ham, ishoning foydasi yo’q. Yangisini, eskisichalik sevmaymiz.
MFaktor ham oldingi darajasida emas. Osmondagi Bolalar ham ancha sekinlashib qoldi.
Hayriyat, bugun Lolazor qaytibti.
Yuqorida sanab o’tgan ko’rsatuvlarimning jamiyatga ta’siri sezilarli darajada katta bo’lgan.
Ammo, ko’pi endi tarix… Farzandlarimizga aytib berilajak.
Navbatdagi ketishdan so'ng, navbatdagi qaytish...Ha, bu o'sha men — stabil blog yuritishdan ancha uzoqlashgan, lekin shu kichkina kanalchasini yaxshi ko'radigan Otabekman.
So'nggi 3-4 oy bor fokusimni ishga qaratdim. Ijtimoiy tarmoqlar va ko'p zaruriyati bo'lmagan davralardan ancha uzoqlashdim.
Evaziga esa kam narsa olganim yo'q. ASKOdagi faoliyatimni ancha yaxshi natijalarga olib chiqdim, ularni yanada takomillashtirish jarayonidaman hozir ham.
Shakllangan kuchli jamoam, katta aksiya keysi, o'ta mashhur influencer'lar bilan ishlash, yuqori bosim va tezlikdagi natijalar bir umrga tajriba sifatida yonimga qoladigan bo'ldi.
Bulardan tashqari, shu davr mobaynida O'zbekistonda bormagan viloyatim qolmadi. Ishoning, o'zimizni davlatimiz ichidagi sayohatning o'zi ham dunyo qarashni yaxshigina o'stirar ekan.
Aniq ayta olamanki Nyu York, Vashington, Filadelfiya, Jidda kabi katta shaharlarni ko'rib kelgan inson — Kattaqo'rg'on, To'rtko'l, Shahrisabz kabi shaharlarni borib ko'rsa, solishtirish uchun imkoniyatlari keng bo'lgani sababli, ancha ko'p fikrlar bilan qaytadi.
O'sha fikrlar esa, insonni rivojlanishida yana bir pog'ona tepaga ko'taradi.
Xullas, qaytdim blogga!
Ilm olish uchun ilk xohishni o’zi yetarli emas
Xonamda o’tirganimda, ofisimizda reception’da ishlaydigan qiz oldimga kirdi.
“Menga marketingni o’rgata olasizmi?” deb so’radi.
Avvaliga quvondim, sababi aynan shu qizdan umuman kutmagan edim.
Ko’p bo’sh vaqtini telefonga yoki boshqalar bilan bekorchi gapga sarflaydigan qiz degan fikr ong ostimda qolib ketgan.
Marketing haqida boshlang’ich tushunchalarni berdim. Keyin,
“Mayli o’rgataman, lekin ikkimiz bir-birimizni yaxshi tushunishimiz uchun birinchi navbatda Kotlerning kitobini o’qib kel” — dedim.
Rozi bo’ldi.
Oradan 1 hafta o’tdi. Buxgalterimiz o’zaro suhbatimizda aynan o’sha qiz undan ham buxgalteriyani o’rgatishini so’raganini aytib qoldi.
Men esa yana bir necha kundan keyin o’sha qizdan kitob haqida so’radim.
U esa,
“Tashlab bermadingiz-ku kitobni” dedi.
O’zim uchun xulosalar qildim:
1) Bepul ta’limni qadrlaydiganlar juda kam. Maktab bunga misol bo’lishi mumkin. Kimdir minimum imkoniyatda maksimum ilm olib ketadi, kimdir esa aksi.
2) Maqsadsizlik insonni tuman to’la yo’lga yetaklaydi. Ham marketing, ham buxgalteriya, ham yana men bilmagan qaysidir sohalarni (bo’lish ehtimoli katta) bir vaqtda olib ketish unreal.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 год, 2 месяца назад
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 месяц, 3 недели назад
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 месяц назад