Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Ajoyib insonlarda bir odat bor.
Ular shimoliy qutb, yani Arktikaga borishganida yerga nonni qoʻyishadi. Keyin Janubiy qutb, yani Antarktikaga borib ham yerga nonni qoʻshadi.
Keyinchi?
Keyin dunyodagi eng katta buterbrod hosil boʻladi. ?
?? | @ErkinovOllohyor
Oʻlim - menimcha muhokama qilish uchun ta'qiqlangan mavzu boʻlmasligi kerak. Oʻlim bolalik yoki ulgʻayish kabi hayotingizning bir qismi. Oʻlim doim yonma-yon kezadi, ortingizdan izgʻiydi.
Shunday ekan keling, u haqida hotirjam gaplashamiz, u haqida hazillashamiz, undan qoʻrqmaymiz, bolalarimizga tushunarli tilda Oʻlim qoʻrqinchli narsa emasligini aytamiz.
Bu shunchaki bizga ajratilingan kunlar va yillarni qadrlashimiz kerakligini anglatadi.
Oʻlim sizni bezovta qilmasin desangiz, qadimgi faylasuf, Pigurning soʻzlarini eslang:
"Oʻlimning, bizga hech qanday aloqasi yoʻq. To tirik ekanmiz, oʻlim hali yoʻq. Oʻlim kelganida esa, biz yoʻqmiz."
© Toples
?? | @ErkinovOllohyor
Arxitekturani yaxshi koʻraman. Uyimda ham oʻnlab binolar chizmalari, shaharlar rejalari bor. Hozir ham, ayni damda Fargʻona TVda Misrning yangi qurilayotgan poytaxti haqida koʻrsatuv berishyapti. Prayekt mukammal tuzilgan. Lekin yoqmagan jihati boshqa Arab…
Mana endi ayni damda favoliyat olib borayotganlar orasidan menga ishlari yoqadigan Gʻarb rahbarlarining TOP10 taligi:
10) Jonas Gahr
9) Olaf Sholts
8) Petteri Orpo
7) Mark Rutte
6) Alen Berse
5) Antonio Gutteresh
4) Rishi Sunak
3) Hamza Yusuf
2) Ron Desantis
1) Jastin Tryudo
? | @siyosiyblog
?? | @ErkinovOllohyor
**Gʻarbning muvaffaqiyatli klassik rahbari qanday boʻlishi kerak?
Men Ollohyor Erkinov, hozir sizlarga sanab beraman:**
- Avvalo har nutqidagi inglizcha soʻzlari dona-dona hamda barchaga tushunarli qilib aytilishi lozim.
- Yahudiylarni hamda sionistik intilishlarni yoqtiruvchi boʻlishi kerak.
- Kubadan nafratlanishi, lekin Kuba Sigaralarini sevishi kerak.
- Rossiyadan doimiy tarzda uzoqroq boʻlishi va asosi boʻlmasa ham raqibi deb bilishi kerak.
- Har qanday mojarodan sabab yasab, oʻsha mojaroda Rossiya, Xitoy, Eron yoki musulmonlarni ayblay olish qobilyatiga ega boʻlishi kerak.
- 11-sentyabr hodisalarida vafot etganlar sonini yoddan bilishi, lekin uning natijasida vafot etgan beayb iroqliklarning sonini unutishi darkor.
- Oʻzini dunyo himoyachisidek tutishi, lekin kerak boʻlganda urush chiqarolishi kerak.
- Qora emas, Faqat va Faqat Koʻk kostyum shim. ‼️
- Iti boʻlishi kerak.
- Oʻzi LGBTni faol tashviqot qilsa ham, xotini ayol boʻlishi kerak. Agar ayol boʻlsa eri erkak boʻladi doim.
- Qogʻozdagi soʻzlarni duduqlanib aytib berishi kerak. Koʻproq piar orqali mashxur boʻlish uchun.
- Islom dinidan hazarlanishi, lekin kerakli paytda Arab nefti uchun uni hurmat qila bilishi kerak.
- NATOga a'zo boʻlgan davlat fuqarosi boʻlishi kerak.
- Demokratiya haqida istalgancha gapirolishi kerak
- San'atni sevishi, qoʻshiq kuylashni bilishi kerak.
- Fazoviy amalyotlarni faol qoʻllab quvvatlay olishi kerak.
- Xitoy texnologiyasiga qarshi faol turib berolishi kerak.
- Raqib nutq soʻzlayotganda koʻz qoboqlarini multfilmlardagi ajdarholardek qisolishi talab etiladi.
- Qoʻl Soatining sopi temirdan boʻlishi kerak.
- Holokost qurbonlari yodgorligini bir marta boʻlsa ham ziyorat qilishi kerak.
- samalyot zinasidan tushishni eplayolishi kerak
- Sheriklarini masxara qilish boʻyicha katta tajribaga ega boʻlishi kerak.
- Sochi oʻng tomonga taralgan boʻlishi lozim.
- Bazida tovuq tuxumidan, achigan piyoz yoki pamidordan yoki arablarning poyabzalidan mohirona chapdastlik bilan oʻzini olib qocholishi kerak.
- Galstuglari faqat Qizil va Koʻk rangda ‼️
- Odamlar orasida qoʻriqchisiz katta holasinikida yurgandek erkin yurolishi kerak.
? | @siyosiyblog
?? | @ErkinovOllohyor
Men yarim soat oldin ishlarimni yakunlab uxlamoqchi edim va koʻzimga kuchliroq uyqu kelishi uchun istagramga kirib biroz video koʻrdim va... Va bir videoni koʻrib koʻzimdan uyqu qochdi.
Unda...
...
Dod solyotgan yigit va qiz, hamda atrofida Isroil bombasi sabab jasadi parchalanib ketgan ularning onalarining boʻlaklari yotardi...
Men qabul qilolmadim buni. Oʻsha lahzada mening oʻqigan siyosiy kitoblarimdan olgan xalqaro huquqiy normalar haqidagi bilimlarim, Isroilning hujumidan topgan mantiqlarim batamom unut boʻlgandi...
Hayrli tong.
Uygʻoning Oʻzbeklar...
Heh, menam zoʻrmanda. Qishda, svet oʻchsa yoqib oʻtiramiz deb tokda ishlaydigan tungi chiroq obman... ?♂
?? | @ErkinovOllohyor
"Isroil himoya huquqiga ega" deb bayonot bermoqda Bayden.
Dunyoning birinchi va o‘n sakkizinchi o‘rindagi, yadro arsenaliga ega bo‘lgan ikkita qudratli armiya egalari bir parcha hududdagi mag‘rur va himoyasiz xalqqa qarshi borayotgani ularning aslida ma’nan sharmandali ahvolini ko‘rsatadi.
Tarix qayerda sindi deb so‘rashsa - G‘azoni ko‘rsating!
Anchadan beri koʻraman deb yurgan kinoyimni bugun koʻrib tugattim. Shindler Roʻyhati. Dunyodagi eng yaxshi kinolardan biri deb e'tirof etishgan edi.
Yoʻq, bu fikrga bu kinoni koʻrib qoʻshilmayman. Bu kinoda yahudiylarni bechora qilib koʻrsatgani, Jewishlarga nisbatan insonda mehr hissini berishini hisobga olib shunday deyishgan boʻlsa kerak.
Lekin kinodagi voqealar rostan ham boʻlgan. Minglab yahudiylar qirgʻini. Beayov, beshafqat, begunoh qiz va yosh bolalarni Nemislar bir lahzada otib oldirishgan. Jasadlarni yoqishgan. Rostan ham vaxshiylik.
Lekin bir paytlar nemislar qilgan vaxshiyligi uchun hozir arablar jabr chekyotgani ochigʻi yaxshi emas. Mening fikrimcha ikkinchi jahon urushidan keyin Isroilni Falastinda emas, Gʻarbiy Yevropada qurish keragidi. Oʻshanda urushqoq yigitlar bir birining alamini bir biridan olgan boʻlardi, boshqadan emas. ?
?? | @ErkinovOllohyor
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago