Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
O'zbekiston tomonining so'rovi bilan Ukraina chegarasida ushlangan bloger, Miraziz Ahmedov ayni paytda Odessa viloyatidagi SIZOda saqlanyapti. Miraziz Ahmedov ishi Belyayeva tuman prokuraturasi tomonidan ko'rib chiqilyapti. Blogerni O'zbekistonga berish, berilmasligi yaqin kunlarda bo'lib o'tadigan sud jarayonlaridan keyin ma'lum bo'ladi. Qo'yilgan ayblovlar blogerlik faoliyati tufayli, uydirma ayblovlar ekanini isbotlash, uning siyosiy qochqin deb topilishi uchun barcha harakatlarni qilyapmiz. Ukrainada do'stlarimiz, vatandoshlarimiz bo'lsa, bu ishga befarq bo'lmasliklarini so'rardim.
Suriyada Asad rejimi og'darilishi fonida, O'zbekistonda diniy ayblovlar bilan qamalib, hozirda jazo muddatini, jazoni ijro etish manzil kolonalarida o'tayotganlarni qaytadan zonaga yuborish boshlangan. Shulardan, diniy ayblov bilan 14 yil o'tirib chiqqan, umrida hatto sigaret chekmagan Xusan ismli mahbusni, nasha chekkani vaji bilan manzil kolonadan zonaga qaytarishgan. Boshqa mahbuslarga ham tayyor turishni, tepadan JKning 155, 159, 244-moddalari bilan qamalgan mahbuslarni qayta zonaga yuborish topshirig'i kelganini bildirishgan.
Qiziq, Mirziyoyev nimadan qo'rqyapti?
O'sha vakolatli idoralar shu audio yozuv tarqab ketmasligi uchun Abduqodir Mo'minovni soxta ayblovlar bilan qamashdiku? Mani Dubaydan noqonuniy ushlab kelishlarining sabablaridan biri shu ediku?
Afsuski ular bugun, bu gapni gapirgan bilan emas, uni ommaga oshkor qilganlar bilan kurashishyapti.
Sog'lom raqobatdan qochadigan va o'zining barcha saylovlarida o'ziga xizmat qiluvchi qo'g'irchoq nomzodlar bilan kurashib, o'zini-o'zi prezident etib saylagan diktator Mirziyoyev hukmronlik davrida, xalq orasidan rasmiy muxolif partiya ochishga uringan faollarning ko'plari bugungi kunda, soxta ayblovlar bilan qamoqqa tashlang yoki jarimaga solinib ovozlari o'chirilgan. Bugun shulardan bilganlarimning ism shariflarini e'lon qilaman:
Shuningdek, Mirziyoyevning noto'g'ri boshqaruvini tanqidga olgani uchun soxta ayblovlar bilan xibsga olingan siyosiy mahbuslar, Abduqodir Mo'minov va Olimjon Haydarovlar ham hozirda tutqunlikda saqlanmoqda.
Ertaga, Mirziyoyev bir necha marta qo'pol tarzda buzgan, O'zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Ushbu kun munosabati bilan prezident ko'plab mahbuslarni avf qilishi odat tusiga aylangan. Qiziq, Mirziyoyev o'zining siyosiy mahbuslariga ham avf berarmikan?Ular bilan kelishuvga erishishga harakat qiladimi yoki haliyam raqobatdan qo'rqib yashayabdi?
Diktatorlarni, kuchini faqat xotiniga ko'rsata oladigan zaif erkaklarga o'xshataman. Haqiqiy liderlar hech qachon diktator bo'lishga intilmaydilar. Aslida, kuchsizlar bu yo'lni tanlaydilar. Shuning uchun qaysidir diktator haqida gap ketganda, u kuchli lider edi deyish axmoqlikdan boshqa narsa emas. Bu ham aslida, eridan doimiy kaltak yeb yurgan xotinni gaplariga o'xshaydi. Uning uchun eridan kuchli erkak yo'q, buncha kaltakdan keyin bo'lishi ham mumkin emas, albatta!
Agar Karimov haqiqiy lider bo'lganida, 2000 yilgacha bo'lingan Turkistonni qayta birlashtirgan bo'lardi. Karimovda buning uchun qulay vaqt va yetarlicha imkoniyat bo'lgan. Uni kuchli siyosatchi deb hisoblamasligimni sababi ham shu. U o'zidagi imkoniyatlardan foydalana olmagan. Qo'lida cheksiz qudrat turib, o'z hokimiyatini saqlab qolish bilan kifoyalangan. Ya'ni amalini yo'qotib qo'yishdan qo'rqqan oddiy bir qo'rqoq bo'lgan. Shuning uchun bor kuchini, qurolsiz va ojiz xalqiga ko'rsatgan. Alaloqibat, 25 yilda dunyoda qudratli yana bir mamlakat paydo bo'lishi o'rniga, dunyoga mardikor va foxisha yetkazib beruvchi uchinchi dunyo davlatiga aylandik.
Ozodlik radiosi tekshirilgan faktlarga asoslanib ma'lumotlarni chiqaradi va bulardan ham munosabat bildirishlariga ochiq ekanliklarini aytishadi. Lekin bular, rasmiy munosabat bildirish o'rniga, troll akauntlar ortiga berkinib, "la'natlayman, qoralayman"dan nariga o'tishmaydi. Shundan ham bu tizimda naqadar pastkash va sharafsiz kishilar ishlashini bilsa bo'ladi. Sharafsizda esa mardlik, vatanparvarlik bo'lmaydi. Manfaat uchun nafaqat vatanini va xalqini, hatto tuqqan onasini ham sotishdan qaytmaydi!
Vatandan tashqarida ham, ichkarida ham, hamma qachondir kimdir chiqib, hammasini o'zgartirishini umid qilib yashaydi. Hech kim bu ishni men qilaman demaydi.
Hamma xaloskorni kutadi. Hech kim u o'zi bo'lishini istamaydi.
"Davlatchilik xavfsizlik idoralarisiz bo'lmaydi. Har bir davlatda xavfsizlik xizmatlari bo'lishi kerak" - degan fikrlarni shaxsiyga yozishibdi. Bu fikrga mutlaqo qarshi emasman. Albatta, har bir xalqning, uning qadriyatlari, erkinligi, iqtisodi va tabiiy boyliklarini har qanday dushmanlardan himoya qiladigan xavfsizlik xizmatlari bo'lishi shart.
Lekin bizning xavfsizlik xizmatlari bu vazifalarni bajaryaptimi?
70 yil O'rislar Turkistonni cho'chqaxonaga aylantirib, boyliklarini chetga tashishdi. O'zbek xalqi o'ris og'asi uchun quldek paxta terdi. O'shanda xavfsizlik xizmatlari xalq tomonda emas, boqinchilar tomonida turmadimi? Bosh ko'targanni boshini shular olmadimi?
25 yil Karimov o'risdan battar bu xalqni ezdi. Qizlari bilan xalqning milliardlarini chetga tashidi. Xavfsizlik idoralari xalqni himoya qila oldimi? Aksincha, ular bu xalqni talayotgan o'g'rilarni shu xalqdan himoya qildi. 25 yil vatanimizni xavfsizlik xizmatlarining himoyasida talashdi! Millatparvarlarni qamashdi, o'ldirishdi, quvg'in qilishdi!
Mirziyoyev hokimiyatga keldi. Yana o'sha eski o'g'ri kommunistlar vatanni talashda davom etyapti. Xalqning milliardlari chetga tashilyapti. Xavfsizlik idoralari esa bunga to'sqinlik qilganlarni ovozini o'chirish, qo'rqitish, soxta ayblovlar qo'yib, qamash bilan ovora!
Bir so'z bilan aytganda bizning xalq so'nggi asrlarda hech qanday himoyasiz yashab kelyapti. Hech qanday o'zining xavfsizlik idoralariga ega emas.
VCHK, GPU, OGPU, NKVD, KGB, MXX, DXX bu idoralar bu vatanni talayotgan o'g'ri kalamushlarni xalqdan himoya qilish uchun tashkil etilgan. Ular hech qachon bu vatanga, bu xalqqa xizmat qilgan emas.
Xulosa! Bizga vatanimizni talayotgan o'g'rilarni bizdan himoya qiladigan emas, aksincha, bizni shu o'g'rilardan himoya qiladigan xavfsizlik xizmati kerak!
Susanbilda axborot olish shu qadar imkonsizki, hatto landovurlar ham, ishdan haydalgan rahbarlari haqidagi xabarlarni Ozodlik radiosini ko'rib, bilishadi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago