?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 4 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Yordam!
Ingliz tilida mavjud bo’lgan 10-14 va 14-18 yosh oralig’idagi o’smirlar uchun mos bo’lgan badiiy va shaxsiy rivojlanishga oid kitoblar nomini yozib keting.
O’qituvchiman. Buni ko’pchilik bilsa kerak. Hozircha ikki yillik tajribam bor. Har kuni kamida 50 xil fe’l-atvorni ko’raman. O’smirlar bilan ishlash qiyin. Har biriga turlicha munosabat kerak. Mundoq o’qituvchi bo’lib ishlaydiganlar meni yaxshi tushunadi.…
O’qituvchiman. Buni ko’pchilik bilsa kerak. Hozircha ikki yillik tajribam bor. Har kuni kamida 50 xil fe’l-atvorni ko’raman. O’smirlar bilan ishlash qiyin. Har biriga turlicha munosabat kerak. Mundoq o’qituvchi bo’lib ishlaydiganlar meni yaxshi tushunadi. Bu kasbni yoshligimda orzu qilib qo’yib, yoshligimga xiyonat qilmay deb ishlashga qaror berganman. Aslida-ku hozir bunday ishga xohish yo’q. Boshqa biror yo’lni boshini tutguncha ishlab tursam zarar qilmas deb davom etyapman.
Xullas, gap bu haqida emas. Gap o’smir yoshidagi o’tish davrida, bu davrdagi sevgi-muhabbat haqida. Bu muhabbat hammada bo’ladi, bo’lganda ham hammada bir xil kechadi. Maktab davringizni bir eslang. Masalan, hozir eslasam qanaqa tentak bo’lganman deb kulib qo’yaman. Hayotimdagi eng “krinj” ishlarni o’shanda qilganman. Lekin shularni qilmaganimda balki afsuslangan bo’lardim. Chunki o’smirlik shunisi bilan qiziq. Hozir o’quvchilarimni shunday holatda ko’rsam ularni tushunishga harakat qilaman. Ertaga ularda ham maktab paytidagi eslab yurishga arzigulik “krinj” xotiralari bo’lishi kerak.
Agar bu postni maktab o’quvchilari o’qiyotgan bo’lsa, sizga maslahatim - ko’p yurakka quloq solavermang. Aql bilan vaziyatga baho berishga harakat qiling. Hislaringizni jilovlash uchun ko’proq kitob o’qing. Sevgi-muhabbat haqidagi kitoblar sizni yanada aqldan ozdirmaydi, balki sevgi aslida nima ekanligini tushunishingizga yordam beradi. Mental va ayniqsa emotsional jihatdan kuchli qiladi. Siz sevgini emas, sevgi sizni tanlashini, siz uni emas, u sizni boshqarishi bilib olasiz. Ehtimol shunda sevgidan ko’nglingiz ham qolib ketar. U huddi o’yin, o’yin bo’lganda ham adolatsiz o’yin. Juda kam odam unda yutishi mumkin.
Menimcha hammada bo’lsa kerak, biror nochor kishini ko’rib ichidan nimadir o’tadi. Har holda inson degan nomimiz bor. Men biror marta kimnidir ust-boshi yoki tashqi ko’rinishiga qarab muomala qilgan odammasman. Maktabda ikki yildan buyon ishlagan bo’lsam direktordan…
Menimcha hammada bo’lsa kerak, biror nochor kishini ko’rib ichidan nimadir o’tadi. Har holda inson degan nomimiz bor. Men biror marta kimnidir ust-boshi yoki tashqi ko’rinishiga qarab muomala qilgan odammasman. Maktabda ikki yildan buyon ishlagan bo’lsam direktordan torib farrosh xolalarimgacha bir xil muomala qilaman. Kerak bo’lsa direktorga qilmagan halimligimni ularga ko’rsataman. Qorovullarniku aytmasa ham bo’ladi. Qish kunida qora ko’mirga ko’milib yurganini ko’rsam o’zimdan uyalib ketardim. Bilmadim, lekin shu narsani ko’p his qilganman. Huddi ularni o’rnida men bo’lishim kerakdek. Arzimagan haq uchun shu ishlarni qilib yurishganiga qoyil qolardim ochig’i. Lekin kecha bu qarashlarim butunlay o’zgardi. Ular men o’ylagandek inson emas ekan. Ishoning juda ko’p shundaylar (hamma emas) g’irt dangasa, tepsa tebranmas, qo’rs bo’larkan. Shu sababdan ham ular shu ishlariga “qanoat” qilib yurishaverarkan.
Kechagi voqeadan keyin (aslida bu ikkinchi marta sodir bo’lishi) u individdan shunaqangi jahlim chiqdi. Keyin oilasiga, farzandlariga rahmim keldi. Bunaqa kimsani tarbiyasini, agar tarbiya deb bo’lsa, olgan farzand qanday inson bo’ladi bilmadim. Jamiyatni, artofimdagi insonlarni hech ideallashtirmaganman. Yaxshi insonlar, yomon individlar haqida yetarlicha tasavvurga ham, tajribaga ham egaman. Ya’ni odamlarga nisbatan juda yosh bolalardek qarashlarim yo’q. Ammo kecha yana bir dars oldim.
Bu gaplarim bilan odamlarni tabaqalashtirish kerak, yoki kasbiga yarasha muomala qilish kerak demoqchimasman. Shunchaki hozir trendda bo’lgan nochor insonlarni ko’rsatib, emotsiyaga tegadigan musiqa qo’yilgan hamma videolar ham aslida o’tirib ko’z yoshi qilishga, besh qo’l barobar emas - hayot beshavqat degan xulosaga kelish arzimasligini aytmoqchiman. Shu paytgacha hali biror marta qattiq harakat qilgan, biroq biri ikki bo’lmagan insonni uchratmadim. Harakat qilib haminqadar nimagadir erishadi odam.
@kitobdorr Yosh atropolog Yang Zhao O’zbekistonga kelib, o’zbeklar kiyinishi haqida maqola yozibdi. Ushbu maqola uning lezginka to’garagiga qatnashgani va u yerdagi yigitlarning barchasi qora rangda kiyinishiga guvoh bo’lganidan boshlanadi. Avval boshida…
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 4 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago