Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
**TUSH...
Asovday toshar dengiz,
Qaygadir shoshar dengiz,
Bir antiqa sandiqni,
Oqizib kelar dengiz.
Hayollarim uchirdi,
Sirga to'la bu sandiq,
Shayton ham bir shoshirdi,
Hazinasi bor sandiq.
O'yladim,ichda ne bor,
Nodir kitoblarmikan,
Yoki biror qaroqchi,
Topgan hazinamikan.
Yoki biror mahluqdir,
Shaydir ochsam yemoqqa.
Yoki ,yoki o'ylar ko'p,
Ojizman ne demoqqa.
Ne bo'lsa peshona deb,
Sandiqni asta ochdim.
Ichidagi hazinani,
Ko'rdimu ura qochdim.
Ko'zlarni qamashtirar
Lov lov yonar oltinlar.
Olaqolgin meni deb
Shoshiltirar oltinlar.
Haqqa shukur ayladim,
Bergan ne'mati uchun,
Bu boylikni haq yo'lga
Ishlatmay ayting nechun.
Ota onam yuboray,
Muborak haj safarga
Sog' salomat qaytishsin
Uchrashmasin hatarga.
Bolalar uyiga deb,
Ajratdim bor oltindan,
Beg'uborlar kulgusi,
Ayting qay kam oltindan.
Ta'mirlashga masjidni
Keng qulay maktab uchun
Nogiron bolalarga
Tekis ravon yo'l uchun.
Mahallada qiynalgan
Oilalar bisyor edi.
Shularga ham oltindan
Berish hayolga keldi.
Yana qarindosh urug'
Yaqin do'st yoronlarga
Ozroq bermasam uyat
Jondek qadrdonlarga.
Attang sandiq bo'shadi
Tugabdi bari boylik,
O'zim uchun olmabman
Bo'lay deb bir nimalik.
Yozganlarimni to'plab
Kitob chiqarmoqchidim.
Shu imkoniyat bilan
Yurtga tanilmoqchidim.
Sandiqqa homush qarab
To'xtamasdi ko'z yoshim.
Ovutolmasdi hatto
Yonimdagi sirdoshim.
"Qizim" degan ovozdan
Qo'rqinchdan sakradim.
Ko'rgan kechirganlarim
Tush ekanin angladim.
Hursand bo'ldim tushda ham
Bajardim ezgu ishlar.
Istagim sandiq kabi
Davomli bo'lsa tushlar.
✍Irodaxon Qosimova**
**Hayotimga nur olib kirib
Zimistonim yoritgan oʻzing.
Sovib boʻlgan edi orzular
Yashamoqqa undadi soʻzing.
Men bir ishqning harob gadosi
Osmonlarda sayr etdim bir zum.
Bir sevinib soʻngra hor etding
Tashlab ketding yonar yulduzim.
IRODAXON QOSIMOVA**
**UNUTIB QOʻYDIM...
Bu dunyoning ishlari koʻp yugur yugur,
Zumda oʻtib ketmoqdadir umr ulgur,
Hayronaman yurak yigʻlar tinmay qurgʻur,
Men oʻzim chun yashamay qoʻydim.
Koʻngil qolib ketmasin deb, dilim gʻashlab,
Bir chekkaga surib qoʻydim, nari tashlab,
Bugun yigʻlab qadrim uchun boshim qashlab
Men oʻzimni unutib qoʻydim.
Taqdir boplab kulib ketar ahvolimga,
Achinmayman jichchagina shu jonimga.
Koʻpmi, tashna mening ogʻuli qonimga,
Men oʻzim chun yashamay qoʻydim.
Koʻmak berdim, yiqilganga tik boʻlsin deb,
Ranjimasin,mendan koʻngli qolmasin deb.
Hamma ketdi, oʻzim qoldim gʻamlarim yeb,
Men oʻzimni unutib qoʻydim.
Dushmanlarim semirishdi, gʻamlar yutsam,
Doʻstlar yolgʻiz tashlab qochdi,mehr kutsam,
Bitta ilinch, oʻshal yulduzlarga ketsam,
Men oʻzim chun yashamay qoʻydim.
Hayot davom etaverar boʻlmasam ham,
Yaqinlarim bagʻriga ham toʻlmasam ham,
Faqat shunday yashaganim qilar alam,
Men oʻzimni unutib qoʻydim.
Foyda yoʻqdir koʻz yoshlarim daryosidan,
Hafa boʻldim, teng boʻlmagan dunyosidan.
Qonlar oqar endi qalbning yarosidan
Men oʻzim chun yashamay qoʻydim.
Qay tomonga otsa otsin hayot meni,
Men oʻzimni unutib qoʻydim.
IRODAXON QOSIMOVA.
11.12.2022. 19:30.**
https://t.me/AFUJonliIjroN1 @sherlar_Irodaxon1
**DEMA...
Handon otib kulib ketsa, sindim dema,
Yigʻlamagin, sensiz abgor holim dema.
Bu oʻtkinchi dunyo bari oʻtar ketar,
Peshonam shoʻr, taqdirimdan kuydim dema.
Sinovlari bisyor hayot, shundan goʻzal,
Dushmanlarim chogʻ qazigan azal azal.
Noshukurlik qilib aytma, oʻlim afzal,
Kuchim yetmas, yashamoqlik ogʻir dema.
Sinovlarga dosh beradi yurak albat,
Hali baxtli kunlarga ham kelar navbat.
Yuzlaringda quyosh kular, soʻnmas abad,
Armonlarga koʻmilaman yana dema.
Qoʻl silkib qoʻy, alamlarga yonib oʻlsin,
Yurakkinang orzularga lim lim toʻlsin.
Eng goʻzal baxt, hayrlisi senga boʻlsin,
Shu kungacha gʻamla ado boʻldim dema.
IRODAXON QOSIMOVA.
24.12.2022. 21:00.**
**HOʻP HAYOT...
Bu dunyo sinovlari ekan bisyor,
Kimga ozor, kimdir baxtga boʻladi yor,
Qiynoqlar kelganda ham yigʻlamay zor,
Sen ne desang, hammasiga hoʻp hayot.
Baxt tilanib, qidirib omad uyin,
Bilolmasdan essiz shularning sirin.
Birov koʻrmay yigʻlab yigʻlab yashirin
Sen ne desang, hammasiga hoʻp hayot.
Ishi bitsa unutgani doʻst emas,
Qaro kuning kelganida yoʻqlamas.
Dunyo boʻlsa sendek doʻstni eslamas
Sen ne desang, barchasiga hoʻp hayot.
Bir mehmonmiz,kelib ketarmiz bir kun,
Davlat bizla ketmaydi abad butun.
Shukr qilib yashaylik doʻstim bugun,
Sen ne desang, barchasiga hoʻp hayot.
Men ojizman taqdir ishlar oldida
Sen ne desang, barchasiga hoʻp hayot.
IRODAXON QOSIMOVA.
29.12.2022. 17:40.**
*✨*✨✨✨✨✨✨✨✨✨#PRIMYERA ⭐️?
HAYOT.
✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨
?. Ali Raxmon.
✍️ Irodaxon Qosimova.
? KANALIMIZGA OBUNA BÒLIB QÒYING????
DÒSTLARINGIZGA HAM ULASHIB QÒYING??
?YOQGAN BÒLSA REAKSIYA BOSISHNI UNUTMANG??
✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨**
*?*?АССАЛАМУ АЛАЙКУМ??
вароҳматуллоҳи вабарокатуҳ
Бошлаб олган янги кунингиз муборак бўлсин!
Ҳар бир эзгу ишларингизда Аллоҳ Ёр ва Ёрдамчингиз бўлсин!
???????
??????
?????
????
???
??
?
Аллоҳ бу кунда
бизга хайриятлар ёзиб,
қалбларимизни бахтиёр
қилсин! Кутаётган хуш
хабарларимиз билан
шодалантирсин! Шифо
изалаётганларимизга,
шифо, раҳмат истаёт-
ганларга раҳм қилсин!
Аллоҳ, бу кунда биздан
оғриқларни аритсин!
Зулуматларимизни
ёритсин! Бизни нажоти
ила суғорсин! Яхшилик-
нинг барча туйнуклари-
дан ризқлантирсин!
АМИН!
??
???
????
?????
??????
???????
?ХАЙРЛИ ТОНГ АЗИЗЛАР!!!?**
Yana bir she'rimiz ijrosi
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago