𝚂𝙰𝙸𝙳𝚇𝙾𝙽 𝙰𝙽𝚂𝙰𝚁𝙾𝚅 || 𝚁𝙰𝚂𝙼𝙸𝚈 𝙺𝙰𝙽𝙰𝙻✍🎙

Description
Ishq deya math etsam titrab titrab tur,
Bir oʻzing koʻrsatgin men aylay huzur.
Alamdan irgʻitib yuborsam, uzur,
Yigʻlama qalamim bukma qaddingni.

Murojat uchun @Saidxon_Ansorov .
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 year, 6 months ago
**Baxt...

**Baxt...

23:15.16.02.2025

Men doim ham baxtsizmas
Hayotimni bilmaysiz
Mendagi bu baxtimni
Siz kinoda koʻrgansiz

Oy ortida Quyosh bor
Fuqarosi yerdansiz
Baxtim butun siz uni
Kinolarda koʻrgansiz

Qalbim toshar quvonchdan
Koʻksim yonar quvonchdan
Oʻlganini quvonchdan
Siz kinoda koʻrgansiz

Aytsam nazar tekkudek
Bu kuydi deb oʻylaysiz
Jim baxtiyor insonni
Siz kinoda koʻrgansiz

Kino hayot emas deb
Siz shunaqa oʻylaysiz
Hayotim kino boʻlsa
Siz ham baxtdan yigʻlaysiz

Qiziqmas deb hayotim
Unga bunga soʻzlaysiz
Qanday
Demang
Siz baxtim
Kinolarda koʻrgansiz@Saidxon_Ansarov**

@SaidxonAnsarov || Rasmiy kanal

1 year, 6 months ago

https://www.instagram.com/reel/DGDLcR5N29b/?igsh=MXBoZGZiZDdwejExbg==

**Oq suyaklar...

13:40.13.02.2025

Doʻppisi tushganda qirq tillo berib
Oldirgan oʻzbekning oʻzligi bitdi
Kimligin yashirib tuzdilar tarix
Kecha egilganlar tarixni bitdi

Yettimas yetmishga egildi qaddi
Deyishar bularga hayot kulmagan
Millon yil avvalroq tuzulgan elni
Dedilar biz boʻlgan kezda boʻlmagan

Ilmidan zoyalar koʻrdi oʻzga el
Yana bunday xalqni qadri bir chaqa
Bobosin qoni bor zehni bor ammo
Sharoit boʻlmagan taqdir shunaqa

Yurt tuzgan Temurning nomin qoralab
Avlodin solishar ming bitta kuyga
Bechora millatning havasi tashvish
Oʻn yil ishlaganin sovurar toʻyga@Saidxon_Ansarov**

@SaidxonAnsarov || Rasmiy kanal

1 year, 6 months ago

**𝙺𝚒𝚝𝚘𝚋𝚕𝚒 𝚔𝚘𝚗𝚔𝚞𝚛𝚜 𝚋𝚘'𝚕𝚢𝚊𝚙𝚝𝚒

𝚔𝚘𝚗𝚔𝚞𝚛𝚜𝚗𝚒 𝚔𝚘'𝚛𝚒𝚜𝚑*👇*👇
https://t.me/Shohrux_lbragimov/885

@SaidxonAnsarov || Rasmiy kanal

1 year, 7 months ago

**Bankomat

14:04.05.02.2025

Ochiratlar tuzulgan tilda
-Sizdan keyin menmi?
-keyin kim
Qariyalar bellarin suyab
-bolam bizga pul yetarmikin?
Nafaqa ham tushibdi bugun
Pullarini qilishar xisob
Buvi deydi
Bir millon qirq kam
Plastigin mahkamroq ushlab
-yashab boʻlmay qoldi shunga ham
Deydi biri
-narx navo baland
-ilgari kop ishlar bitardi
-men bir kunda qoʻyarman sarflab
Bir millon pul nima boʻlardi
Yemoqlikka yetsa ham mayli
Kiyinish u boshqa sarflarga
Bu nafaqam sira yetmaydi
Qichqiradi tinmay bankomat
Shitirlaydi pullarning sasi
Kuting deydi tinmay toʻxtaydi
Bankomat ham anchayin eksi
Yoshlar shoshar qarilar nimjon
Kutmoqlikka toqatlari toq
Men oʻrnimni beraman yana
Navbat talab chiqadi koʻproq
-Navbat menda mendan keyin siz
-Sizdan avval keldim
Der biri
Shitirlaydi puling sadosi
Bankomatning tinmas ovozi
Ishlamaydi bizda doimo
Koʻrgazmaga qoʻyilgan chogʻi
Bir bankomat tinim bilmasa
Yonidagin chiqmas ovozi
Nola qilar yonimda buvi
-Belim tolib ketdiku bolam
Ochirating bersang boʻlardi
Bola deydi
-shoshyabman onam
Hech tugamas kelishar ketar
Tor xonaga sigʻishar tinmay
Tortishuvlar...
Kimning navbati
Jim turaman navbatim bilmay@Saidxon_Ansarov✍️**

@SaidxonAnsarov || Rasmiy kanal

1 year, 7 months ago
**Baxtsiz...

**Baxtsiz...

20:35.04.02.2025

Balki qonimda bor jangavor shukuh
Balki senda nisbat tushncha biroz
Ular hayotini qilganda koʻz koʻz
Bizga baxtli yashash mashaqqat boʻlsa

Balki istaganing emasman mutloq
Balki taqdir tamom shu bugungacha
Men bunday hayotga koʻnmasdim senchi?
Nahot baxtli yashash mashaqqat boʻlsa

Sen meni koʻnglimda tikan senga men
Butun orzularni qulatdik birga
Sen shunday taqdirni koʻzlaganmiding
Bizga baxtli boʻlish mashaqqat boʻlsa

Sen qanday sevishni oʻrganmagansan
Muz boʻlib koʻngilda qolish nimasi
Chamasi sen meni sevolmagansan
Endi baxtlar bizga begona boʻlsa

Men qalam ushlashdan nariga oʻtmay
Sen tinmay yirtasan satirlarimni
Bilganim yozaman sevgi haqida
Unday emas deysan endi sen boʻlsa

Sen shunday hayotga arzirmi yo men
Tuguning tugunlab unda ketaver
Soʻrashsa baxt axir oddilikda deb
Baxtli qilolmagan derman faqat men@Saidxon_Ansarov✍️**

@SaidxonAnsarov || Rasmiy kanal

1 year, 7 months ago

**Yashamoq mushkul

19:35.04.02.2025

Tugʻulmoq suyunchi oʻlmoq fojia
Kutgan onlarimga yetmasdek umrim
Boshqa tongni koʻrgim kelmaydi goʻyo
Yashamoq shunchalar mushkulmi Robbim

Jonimga qast etsam jahannam qanday
Dunyodek boʻlsa eh qurisin shoʻrim
Menga oʻlmoqlikka ruxsat bersayding
Yashamoq shunchalar mushkulmi Robbim

Nahot-ki men rozi boʻlgan kelishga
Balki telbanamo hattoki ruhim
Men shunday umurni tanlamas edim
Yashamoq shunchalar mushkulmi Robbim

Peshonam chamasi oftob koʻrmagan
Men bunday yashashga keladi kulgim
Bitta odam uchun berilgan jazo
Butun odamzotga kerakmi Robbim

Menga oʻlmoqlikka ruxsating bormi
Boʻynimda shundoq ham osilgan sirtmoq
Sekin boʻgʻib borar qachondir tamom
Yashamoq shunchalar mushkulmi Robbim

Men sendan koʻraroq odamdan qoʻrqdim
Xalqim nima deydi nima der qoʻshnim
Qoʻsh boʻlib koʻrinar mendagi xato
Yashamoq shunchalar mushkulmi Robbim

Tilini topmadim odam zotini
Yaxshi boʻlay desam toptaydi qadrim
Qalbimni ming emas millonga boʻldim
Yashamoq shunchalar mushkulmi Robbim

Boshqa boshqa boʻldik gʻururim bilan
Gʻurursiz tanada kerakmi ruhim
Ruhimni istagan joyga uloqtir
Amma yana yasha demagin Robbim@Saidxon_Ansarov✍️**

@SaidxonAnsarov || Rasmiy kanal

1 year, 7 months ago
**Sensizlik menga...

**Sensizlik menga...

14:14.04.02.2025

Butkul sovib boʻldi
Muzladi attang
Butkul begonadek
Tuyulding dilga
Menga nima kerak deysanmi?
Menga...
Sensizlik kerak bas
Sensizlik menga
Seni sovuq yuzing
Sovuq nigohing
Sovib ketayabdi mendagi tugʻyon
Menga aslo qaytmay ketsayding mayli
Menga kerak abad
Sensizlik menga
Seni sevmaganman balki hech qachon
Sabab-ki oshiqlar kechmaydi sira
Nima berolmadim
Ne kerak dema
Berolsang ket
Kerak sensizlik menga
Seni unutushga ehtiyojim bor
Seni koʻrsam nafrat
Sen kelma faqat
Faqat tushunmaysan
Bu qanday istak
Istagim ket kerak
Sensizlik menga
Seni koʻrmay
Oʻyay mayliga koʻzim
Oʻzim adashganman
Oʻzim sababchi
Oʻzimdan oʻzgani koʻrgim yoʻq onda
Oʻzim va
Kerakdir
Sensizlik menga
Tush boʻlib chiqsa ham mayliga umr
Mayli bu hayotda
Yoʻqlik boʻlsam ham
Seni uchratganim katta xatoyim
Xatoyim ket
Kerak sensizlik menga@Saidxon_Ansarov✍️**

@SaidxonAnsarov || Rasmiy kanal

1 year, 7 months ago

**Saidxon_Ansorov

●━━─────
⇆ㅤㅤ◁ㅤ❚❚ㅤ▷ㅤㅤ↻

🎙 Nilufar Ruxillayeva@SaidxonAnsarov || Rasmiy kanal**

1 year, 7 months ago

**Kechirmasmidim...?

08:45.21.09.2022

Men Allohni bir quli bo‘lsam,
Xo‘p barchasin unutmasmidim.
Kim qilmaydi aytginchi xato?
Kechir desang kechirmasmidim?

Taqdiringni taqdirimizni,
Tushuntirsang tushunmasmidim?
Men gumonga berilmay buncha,
Kechir desang kechirmasmidim?

Yomg‘ir desang yomg‘irni sevdim,
Yulduz desang yulduzni sevdim,
Sevdim desang o‘zingni sevdim.
Kechir desang kechirmasmidim?

Xiyonatga yo‘lni bergan sen,
O‘zgasiga qo‘lni bergan sen.
Baxt so‘rasang naqd bermasmidim?
Kechir desang kechirmasmidim?

Begonalar bizdan yaqinroq,
Men ko‘nglinga arzimasmidim?
Ta'na qilib qani hoziroq,
Kechir desang kechirmasmidim?

Ko‘zlaringa jonimni berib,
Sen bor uchun ko‘ksimni kerib.
Yana qancha kundang so‘ng kelib,
Kechir desang kechirmasmidim?

Haq emasman nohaq emassan,
G'urur ustun kechir demassan.
Balki buncha qiynalmasmidim?
Kechir desang kechirmasmidim?

Tanimda dart ruhimda dardim,
Yuragimni qiynamasmidim?
Qani desang sevgimiz haqqi...
Kechir desang kechirmasmidim?

Tushum suvga aytib o‘tirmay,
Sirdosh eding sir bo‘lmasmidim.
Hayotingda men kimdir bo‘lmay,
Kechir desang kechirmasmidim?

Men Allohnim bir quli bo‘lsam,
Yerdan hokmiz tushunmasmidim?
Yana seni sog‘inmay buncha,
Kechir desang kechirmasmidim? @Saidxon_Ansarov✍🏼**

@SaidxonAnsarov || Rasmiy kanal

1 year, 7 months ago
**Kimda jiddiyroq mavzu bor?

Kimda jiddiyroq mavzu bor?
Yozgani...

@SaidxonAnsarov || Rasmiy kanal

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid