Sarvinozdan chizgilar

Description
• Ruhiy qóllab-quvvatlovchi postlar
• Kasbiy va ijodiy rivojlanish haqida fikrlar

Psixolog Sarvinoz Omonova

Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova

Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar

Instagram: sarvinoz.umar
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago

1 month ago

Giperkompensatsiya va ózini qabul qilolmaslik

Ózini boricha sevish, boricha qabul qilish g'oyasi har doim ham hammaga maqul kelavermaydi, qiziq tuyulmaydi. Chunki ózidagi nimanidir ózgartirish, tuzatish, rivojlantirish — hayotining katta qismini tóldirayotgan, yónalish berayotgan bólsa, odamga "war is over" (ichki sadist va mazoxistning kurashi tugagan) holati qo'rqinchli, keraksizdir.

Tashqi kórinishini ózgartirish, gózal bólish uchun hamma pulini sarflaydigan, ozish uchun ekstremal diyetalar qiladigan ayollar odatda bodipozitivga, tashqi kórinishini qabul qilish g'oyasiga xayrixohlik, qiziqish tuymaydi. Ular uchun gózal bólish — boshqa sohalaridagi ojizlik, kamchiliklarni neytrallashtiradigan yoki aynan gózallik masalasidagi kuchli uyatni kamaytiradigan giperkompensatsiyasidir.

Giperkompensatsiya ishdagi muvaffaqiyatga qaratilganida ózini boricha — charchagan, motivatsiyasiz, depressiyada, kuchsiz holatlarida qabul qilish juda qiyin bóladi odamga. Tag'in muvaffaqiyatli bólishning qanchalik kóp foydalarini sanash mumkin va giperkompensatsiyadan voz kechish imkonsizday tuyuladi.

Giperkompensatsiya mexanizmi — odamni kuchli uyat, qoniqmaslik hissidan himoya qiladi. Lekin uning zararlari ham bor: doimiy zóriqish odamni ham ruhan, ham jismonan toliqtiradi; bitta sohaga kuchli e'tibor boshqa sohalarda katta muammolar yaratadi; giperkompensatsiya vositasiga erisholmaslik — juda og'ir ruhiy holatlarga (masalan depressiyaga) olib keladi.

Giperkomantsiyaga moyil kishilar terapiyaga kelganida ham ózini qabul qilishga qiynalishi, terapevtdan nimanidir yaxshilash, rivojlantirish bóyicha yól-yóriqlar kutishi mumkin. Biroq uzoq muddatli terapiyani davom ettirolsa — ichki g'amxór ota-onaning shakllanishi, ovozining kuchayishi tufayli ósha mashhur "ózini qabul qilish" nimaligini his qilib, ulkan yutuqlar va idealliksiz ham ózini yaxshi his qila boshlashi mumkin.

1 month ago

Kimgadir/hech kimga óxshashni istamayman

Hayotimizdagi ba'zi tanlovlarga qarasak, ularning orqasida "kimgadir óxshamaslik" istagi turgan bóladi — ehtimol ota-onamizga, ehtimol ular qoralaydigan kishilarga, ehtimol bizdan farqli odamlarga.

Onamday nazoratchi bólmayman.
—Otamday ziqna bólmayman.
—Ularday kambag'al bólmayman.
—Akamday ichuvchi bólmayman.

Bunday qarorlar odamni boshqa qutbga uloqtiradi va erkinligini cheklaydi. Masalan, otasiday ziqna bólishni istamagan kishi doim saxiy bólish majburiyati bilan yashaydi va bu óziga zarar beradigan "qutqaruvchilik"ka aylanib ketishi mumkin.

"Hech kimga óxshashni istamayman" degan istak ham bor ba'zi insonlarda. Nostandart yashash, har masalasa ilg'or, ijodkor bo'lishni xohlashadi ular. Biroq bu istak ham odamning erkini ancha cheklaydi. Chunki kimgadir óxshamaslik uchun nigohi boshqalarga qaratiladi — ular ilgarilab ketgan-ketmaganini tekshirish uchun. Zavq keltirishi mumkin bólgan juda kóp narsalar, mashg'ulotlardan voz kechadi — boshqalarda allaqachon bular borligi, bularni qilib kórgani uchun. Yangilik yarataman deya kishi haddan ziyod kóp kuch sarflashi, yaratgan taqdirda ham tasavvuridagiday "vaaauuu" bólib chiqmasligi mumkin.

Bu holatlarni ózingizda sezganmisiz? Sa'y-harakatlaringiz qanday natija keltirgan?

1 month, 1 week ago

Aybdorlik hissidan koʻp qiynaladigan odamlar odatda inversiya mavjud oilalarda ulgʻayishgan va oʻziga taalluqli boʻlmagan vazifalarni olishga oʻrgangan boʻladi. Inversiya — rollar almashinuvi boʻlib, ota-ona bola rolida, bola ota-ona rolida, oʻgil er rolida, qiz rafiqa rolida, bobo-buvi ota-ona rolida va hk. koʻrinishlarda yashaydilar. Ya’ni hech kim oʻzining oʻrnida emas.

Odatda erta ulgʻayishgan hamda ota-onasiga ota-onalik qilishga majbur boʻlgan farzandlar nimalar uchun aybdorlik his qilishi mumkin?

Bolaga xos ehtiyojlar, istaklarga ega boʻlishdan. Yoshimiz nechida boʻlmasin, psixikamizda “ichki bolakay” mavjud boʻladi va odatda “bolalarga yarashadigan” xohishlarni bildirib turadi. Erta ulgʻayganlar odatda — oʻyinqaroq boʻlish, kimgadir muhtoj boʻlish, “keraksiz” (unchalik ham funksional boʻlmagan, estetik zavq beradigan, noodatiy, qimmat) narsalarni xohlash, dam olish, insoniyatni qutqarishga qaratilmagan ishlar bilan shugʻullanish, kasal boʻlish, charchash, qoʻrquv his qilish kabilar uchun aybdorlik his qiladi.
“Mehrsiz” ekanligidan. Erta ulgʻayganlarning ba’zilari yaqinlarini sogʻinmagani, ularning ahvoliga qiziqmasligi, kimgadir mehr, muhabbat yoki hurmat his qilmayotgani, ota-ona boʻlishni (farzand koʻrishni) istamayotgani uchun oʻzini ayblaydi.

Bu holatlar sizda boʻlsa, “GUILT-FREE” kursiga taklif qilaman. Aybdorlik hissiningizni kamaytiradigan fikr-mulohazalar, yechimlar topasiz. Kurs haqida ma’lumotlar shu postda: t.me/sarvinoz_omonova/1410

3 months, 2 weeks ago

Hozir ajrashuvlar nega ko'p?

"Madaniyatimizga xos bo'lgan yaqinlik modeli hamda ilk yetuklik davridagi umidlar — juftlikning bir-biriga singib ketishini kutadi va bu kutish yarimta Men bilan Boshqaning birlashuvi orqali butunlik hosil qilishi ishonchiga asoslangan. Ikkimiz bitta bo'lamiz, ikkimiz bir butunga aylanamiz. Bunday kutuvlar cheksiz olam oldida o'zining kemtikligi va noadekvatligini his qiluvchi insonlarga butunlay xos bo'lib, aslida sheriklarning har birida shaxsiy o'sishni sekinlashtiradi. Real hayot aldamchi umid va kutuvlarni, shu bilan birga proyeksiyalarni parchalaganida, odam hayot ma'nosi, ya'ni Boshqaga proyeksiya qilingan hayot ma'nosining yo'qolganini his qiladi".

O'rta yoshda ajrashuvlarning ko'p bo'lishini psixoterapevt James Hollis juftimizga (nevrozlar, travmalarimizdan ta'sirida) juda katta kutuvlar yuklashimiz va ularning puch bo'lishi bilan izohlaydi. Avvallari nikoh o'zaro foyda asosida qurilgan, oila — qadriyatlar, milliy tegishlilik, diniy an'analar va hokimiyatni saqlovchi hamda avloddan-avlodga uzatuvchi ijtimoiy institut bo'lgan. Hisob-kitob bilan qurilgan nikohlar har doim uzoqroq saqlanib qolgan — o'lim yo taqdir ajratmagunicha. Romantik nikoh esa odatda o'zimizda bo'lishini xohlagan xususiyatlarimizni jamlaganday tuyuluvchi kishi bilan quriladi, sherigimizga katta kutuvlar yuklaymiz, lekin borgan sari umidlar puch bo'ladi va muhabbatdan ko'nglimiz qolishi mumkin:
"Birgalikda yashash — har kuni shafqatsizlarcha proyeksiyalarni yo'q qiladi".

Sevgan insoningiz bilan munosabatlar ham nega har doim baxtli bo'lavermasligi haqida savollaringiz bo'lsa, shuningdek, o'rta yosh inqiroziga duch kelganday his qilayotgan bo'lsangiz James Hollisning "Yo'l o'rtasida burilish" kitobini tavsiya qilaman. Eng sevimli yozar psixoterapevtlarimdan.

3 months, 2 weeks ago

Psixologik mavzularda gapirayotganda sózlarni tanlashda ehtiyotkor bólishga harakat qilaman. Ham kópchilik tushunsin deya ilmiy fikrlarni sózlashuv tiliga moslashim kerak. Ham tinglovchilardan kimdir ózini ayblanayotganday his qilmasin deb kontekstni kengaytiraman. Ham sof ózbekchada gapirish uchun turk va rus tilidagi sózlarni chetga surish bilan mashg'ul bólaman.

Podkast va leksiyalarda sekin gapirganim uchun aybga buyurmaysizlar ?

3 months, 2 weeks ago

"Qo'shtirnoq podcast"da sekin gapirishim haqida kommentlar yozishibdi. Órtoqlar, men ham ózimni eshitolmayman. Eshitishimga tóg'ri kelib qolsa, 2x ni bosaman.

3 months, 2 weeks ago

Ósmirligimda turk tiliga qiziqib, turkcha-ózbekcha sózlashgich sotib olgandim. Ósha paytlar bólajak turmush órtog'im bilan turkcha gaplashishimiz haqida orzu qilardim. Orzum amalga oshdi, hozir shu postni yozayotganimda u turk tilidan dars ótyapti hatto?

Hozir Turkiyada birorta ishni hal qilayotganimizda 'power couple'ga aylanganmiz. U óta bemalol va turklarga xos ohanglar bilan gapirib, suhbatdoshlarning ko'nglini zabt etadi. Men esa passiv sóz boyligimning kattaligi va xotiramning kuchli ekani hisobiga uning yodidan chiqqan ba'zi sózlarni eslatib, gapini tóldirib turaman. Qarabsizki, muammolarimiz ancha oson hal bóladi. Ancha yugur-yugur va xarajatlardan xalos bólamiz.

Ikkimiz kundalik hayotda gaplashayotganda ham ba'zida turkcha jumla va sózlarni ishlatib, fikrimizni yana-da aniqroq ifodalaganimizdan maza qilamiz. Sózlarning tarjimasi haqida bahslashgan, bir-birimizni sinagan paytlar bóladi. Sheriklarning bitta xorijiy tilni bilishi munosabatlarni ham qiziqarliroq, yaqinroq qilar ekan.

Bu ózi tavsiya niyatida yozilayotgan post. Avval ham, menga kim bólishini ochiqlamasdan, yaqinda turmush o'rtog'imga aylangan Sherzod Davlatovning online turk tili kursini bir necha marta tavsiya qilganman? Meni kanalimdan ótib yozilgan va turk tilidan C1 sertifikat olgan kuzatuvchilarim ham bor. Hozir yangi guruh ochyapti. Yozilishni istaganlar, tóliq ma'lumotni ózidan olishingiz mumkin.

Turk tilidan tajribasi ancha katta va tartibli dars ótadigan óqituvchi qidirib yurgan bólsangiz, Turkiyada yashashga tayyorgarlik kórayotgan bólsangiz, marhamat: t.me/sherzoddavlatov

3 months, 2 weeks ago

"Hislarim bilan garmoniya" kursining yozib olingan variantini 28, 29, 30-noyabr kunlari chegirmali narxda sotib olishingiz mumkin??
Qancha barvaqt tólov qilsangiz, narxi shunchalik pastroq bóladi:

28-noyabrda — 200 ming sóm
29-noyabrda — 250 ming sóm
30-noyabrda — 300 ming sóm

Kurs mavzulari róyxati ?? https://t.me/sara_kurslar/99

Murojaat uchun akkauntim: @ps_sarvinoz_omonova

3 months, 3 weeks ago
Ayollarga nisbatan zóravonlikka qarshilik haqidagi mana …

Ayollarga nisbatan zóravonlikka qarshilik haqidagi mana bu video twitterdagi ba'zi erkaklarga yoqmabdi. Kambag'allar zóravonlik qiladimi faqat, boy erkaklar orasida ham zóravonlar bor-ku, deyishyapti. Bishimbayevni misol qilganlar bor.

Ha, ba'zi shaxslar boy bólsa ham, kambag'al bólsa ham, zóravonlikka moyil bóladi. Ular odatda psixopat va nartsisstik xarakter vakillaridir. Bishimbayev kabilar, masalan. Daromadi oshgani sayin "buyuk men"i (грандиозная Я) kattalashib, boshqalarni qadrsizlashi oshib boradiganlari bor.

Bundan tashqari, zóravonlik norma deb qabul qilingan jamiyatda har qanday qatlam vakillari jahli chiqqan paytda zóravonlikka ózini haqli deb hisoblashi mumkin.

Kambag'allarning orasida zóravonlik kóproq bólishi mumkinmi? Ha.
Chunki kambag'al qatlam orasida yashash sharoiti og'ir bólib kelgani va bunga chidash uchun shakllangan psixikaning himoya mexanizmlari (masalan, kambag'allarni boylardan moral ustun hisoblash) keng yoyilgani hisobiga — mazoxistik xarakter egalari kóproq bóladi. Mazoxist erkakka ayolining yaxshiroq hayotga intilish, komfort yaratish, nozik va yuqori darajadagi ehtiyojlar haqidagi istaklari yoqmaydi. Moliyaviy cheklash, gazlaytingdan tortib jismoniy zóravonlik orqali uni tiyib turishga urinishi mumkin. Shuningdek, daromad kamligi tufayli stressdan xalos bólish yóllari (dam olish, kóngilochar mashg'ulot va xobbilar) kamligi hisobiga — yig'ilib qolgan jahl hissini boshqalarga (zaifroq qatlam bólgan ayol va bolalarga) yónaltirish qulay yechim bólib qoladi.

Boy mamlakatlar va kambag'al mamlakatlardagi zóravonlik qurboni bólgan ayollar soni statistikasini solishtirsak, nimalarga isyon qilish to'g'riroqligini bilib olamiz.

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago