Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
*🌍 Dunyoning eng qadimiy daraxti 🌳***
✅Dunyoning eng qadimiy daraxti Methuselah deb nomlanadi va u Kaliforniyaning White Mountains tog'larida o'sadi. Bu daraxt 4848 yoshdan oshgan va hali ham yashamoqda! Methuselah bristlecone qarag'ay turiga kiradi va u insoniyat tarixidan ham uzun umr ko'rgan.
🔍 Qiziqarli fakt: Methuselahning aniq joylashuvi maxfiy saqlanadi, chunki uni zarar yetkazilishidan himoya qilish maqsadida.
⚡️ **Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2025-yil 22–23-fevral (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat** imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.
*❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.*✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari**:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ TALABGORLAR DIQQATIGA!
? Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tillaridan joriy yil 28–29-dekabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan milliy sertifikat imtihonlari 26–27-dekabr kunlari tashkil etiladi.
‼️ Talabgorlardan test sinovi uchun ruxsatnomalar e'lon qilinganidan so‘ng ruxsatnomada ko‘rsatilgan sanada imtihonda ishtirok etishlari so‘raladi.
*‼️ *28–29-dekabr kunlari chet tillaridan imtihonlar o‘tkazilmaydi.
*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
RASMIY MUNOSABAT
Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi 73-qarori asosida chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Agentlik tomonidan chet tili sertifikatlari pullanayotgani, tanish-bilishchilik orqali taqdim etilayotgani haqida asossiz xabarlar tarqamoqda. Bilimni baholash agentligi nafaqat chet tilidan sertifikat imtihonlarini o‘tkazish va sertifikat berishda xolislik, adolat va shaffoflikni ta’minlashda o‘z prinsiplariga sodiqligini, har qanday korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lishini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalarda doim ochiqligini bildiradi.
Shuningdek, chet tilini bilish darajasini baholash sinovining tinglab tushunish va o‘qish qismlari inson omili ishtirokisiz to‘liq avtomatlashtirilgan tartibda tekshiriladi. Yozish va gapirish bo‘limlari uchun berilgan javoblarni tekshirish masofaviy holda elektron platforma orqali amalga oshiriladi hamda tekshiruvchi ekspertlar tasodifiy (random) tanlanadi. Ushbu tartib baholashda inson omili ta’sirini minimallashtirishini ta’kidlaymiz.
Agentlik faoliyatining barcha bosqichlari, jumladan, sinovlar va baholash natijalari jamoatchilikka ochiq bo‘lib, tegishli tartibda nazorat qilinadi.
Agentlik tomonidan tashkil etilib, o‘tkazilayotgan imtihonlarda korrupsiya holatlari kuzatilsa yoki talabgorlar, ularning ota-onalari shunday holatlarga guvoh bo‘lishsa, Agentlikning ishonch telefoniga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Bilimni baholash agentligi imtihonlarni o‘tkazishda xolislik, adolatlilik va shaffoflik tarafdori ekanligini bildiramiz.
Shuning bilan birga, jamoatchilikdan tasdiqlanmagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmasliklarini, bu o‘z navbatida javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.
*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗BU QIZIQ!
✅Chumoli o’zi topgan yemishni yeyishga haqli emas. Oldin yemishni chumolilarning umumiy iniga olib kelishi kerak. Ana undan keyin yemish barchaga baravar taqsimlanadi.
⚡️⚡️⚡️
USTOZLAR USTOZLARGA HURMATINI JOYIGA QO‘YISHDA HAM IBRAT KO‘RSATISHADI
Dunyo har bir tug‘ilajak insonni ota-onaning mehri, g‘amxo‘rligi bilan kutib oladi. Yana bir kutadiganlar borki, ular bolani aqlini peshlash, bilimini oshirish bilan hayotda faol, mukammal shaxs etib tayyorlashga xizmat qiladi. Bu zotlar bog‘chadagi tarbiyachi, maktabdagi muallim,universitetdagi professor-o‘qituvchi ustozlardir.
Xalqimizning “Ustoz otangdan ulug‘” degan maqoli zamirida juda chuqur ma’no bor. Zero, bir donishmand aytganidek “ Otam meni ruhimni yerga tushishiga sabab bo‘lsa, ustozim esa ruhimni ko‘kka ko‘tarilishiga sabab bo‘lgandir” .
Ustoz bu o‘zidan keyin har bir odamning hayotida sezilmas, ammo juda muhim iz qoldiradigan buyuk zot. Zero har bir kasb egasi muallim qo‘lida o‘z yo‘lini topadi.
Shu jumladan o‘zimnig ustozimga ham to‘xtalar ekanman, u kishi nafaqat shogirdlariga ilm berish vaqtida, balki hayotiy munosabatda ham juda hushmuomila. Hamisha o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Bizga umr davomida yuz bergan oddiy bir jihatni ham e’tiborga olish yoki biror bir ko‘ngilsizlikdan tushkunlikka tushmasdan to‘g‘ri qabul qilishni, sinovlardan saboq olishni o‘rgatadi. Shu tariqa hayotning oq va qorasini tanita boshlaydi.
Ustozlar qadimdan to bugungi kungacha jamiyat binosinig binokori, ma’rifat bog‘ining bog‘bonlaridir. Ular hayot bo‘sag‘asida turgan har bir bolani o‘z farzandidek qabul qiladi va kelajakda yetuk, barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishi uchun mehnatini ayamaydi.
Bugun tongda ko‘chada yurib ketayotganimda bir guruh yoshi katta o‘qituvchilarni qo‘lida gul va sovg‘alar bilan ketayotganiga ko‘zim tushdi. Avvaliga bayram oldidan sovg‘a olishgan deb o‘yladim va ular bilan bir bekatda turdik. Hamda ularning gap so‘zlaridan o‘z ustozlarini oldiga ketayotganini payqadim. Shunda birdaniga miyamda qiziq savol paydo bo‘ldi, ya’ni "Ustozlar ham ustozini tabriklar ekan-da" degan. Ha, ular bugungi kunda tajribali ustozga aylanganlarida katta mehnati singgan o‘z muallimlarini oldiga ketayotgan edilar. Eng muhimi, ular ustoz ko‘rgan ustozlar edi... Binobarin, ustoz ko‘rgan ustozlar ustoz hurmatini joyiga qo‘yishda ham ana shunday ibrat ko‘rsatadilar.
© **Shahinabonu SALIMOVA,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xalqaro jurnalistika yo'nalishi, 1- bosqich talabasi.
➡️**@sharq_xabar
#Ovozli_chat
**Chet tilining gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha ovozli chat
? Bugun 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da ovozli chat** o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
? Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.
*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago