Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Siz ertaga kelasiz,
Hozir
Xabarini yetkazdi simlar.
Bu xatarnok yo‘lda karvonni
yutgan vabo —
ohangdor qumlar.
Siz ertaga kelasiz —
Salimga ham guloblar quydi.
Ko‘zingizdan o‘pdim.
Lablarim
Yulduzlarga tekkanday kuydi.
Labingizda — beshikda jahon,
Jahonlarni suydim mastona.
Siz ertaga kelasiz,
Bugun
Yangi ranglar kiyar ostona.
Siz ertaga kelasiz «1»day,
Odamlarga noma’lum sirday.
Ko‘rasiz —
Sevgimni ilib qo‘yibman –
Yakshanbada yuvib
yoyilgan kirday.
Siz ertaga kelasiz,
Hozir
Yuragimni qo‘ydim o‘rtaga.
Agar tuzlar yutib olsalar,
Topolmaysiz meni ertaga.
Siz ertaga kelasiz, qochib
Ta’qib etgan farangi kuydan.
Siz kelasiz shoshib, ammo men
Chiqib ketgan bo‘laman uydan.
Siz ertaga kelasiz…
Boqqa
Liboslarni xazonday tashlab.
Bugun mening cho‘llik qishloqqa
Ketgim kelar
ko‘zimni yoshlab.
Siz ertaga kelasiz,
Biroq
Bugun tushub qoldim men asir.
Bu dunyoda nima bo‘lsayam,
Menga hozir kerakdir,
hozir.
Siz ertaga kelasiz,
Bugun
Oy nuriga lim-lim to‘laman.
Siz ertaga kelasiz,
Ammo
Ertaga men o‘lgan bo‘laman…
Salim Ashur
MUNOJOT
Faqat ishq…
Faqat ishq…
Boshqasi sarob,
boshqasi shamolning oniy suroni.
Qirqta tar gulimni ayladim xarob,
qirqta qul ko‘zi-la ko‘rdim dunyoni.
Qirqta qora qul yotar moziyda,
qirqta cherigini yo‘qotgan bekman.
Abadiy ayrildim qirqta g‘oziydan,
boshimni toshlarga ursammi deyman.
Bu dunyo nimadir?
Barini ko‘rdim,
sultonu gadoning qa’rini ko‘rdim,
Gʻazzoliy sig‘magan tuban olamda
shaytondan to‘ralgan g‘ayirni ko‘rdim.
Faqat ishq…
Ishq guli…
Samoviy gulim…
bir nafas dilimga posibon bo‘lsin,
tokim shul nafasda qirq birinchi qulning
yorug‘ lablarida xo‘rsiniq so‘lsin.
Tuhmat murdalari qalashib yotgan,
ig‘volar qurtlagan sho‘rlik diyorda
zamonu makonin butkul yo‘qotgan
bir ulug‘ faryodning
bolasi zorman.
Ay, qilichday tuyg‘u,
ay, qotil tuyg‘u,
bas, ortiq qiynama kimsasiz dashtda,
yuzimga yuzini qo‘ysin o‘shal gul,
dilimning qa’rini chavaqlab tashla!
Shavkat Rahmon
2024-yilda oʻqigan kitoblarim
"Lolazor" romani M.Muhammad Doʻst
"Galatepaga qaytish" qissasi M. Muhammad Doʻst
"Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar" romani Dostoyevskiy
4 "Yolgʻozlikning yuz yili" romani Markes
6 "Mubtalo" qissalar toʻplami A. Yoʻldoshev
7 "Bibisora" hikoyasi Sobir Oʻnar
"Momoqoʻshiq" qissasi N. Eshonqul
"Oydinda yurgan odamlar" qissasi T. Murod
"Qon hidi" romani A. Nurmuhammad
"Oxirat uyqusi" romani M. Nizamov
"Quduq" kinoqissa Gʻ. Shermuhammad
"Koʻktoʻnliklar" qissasi B. Murod Ali
"Rohila" hikoya N. Boqiy
15 "Choʻloq turna" hikoyalar toʻplami Sh. Xolmirzayev
"Dorur-rohat musulmonlari" romani I. Gaspirali
"Isyon va itoat" romani U. Hamdam
"Malika Ayyor" xalq dostoni
"Choʻqqida qolgan ovchining ohi-zori" Ch. Aytmatov, M. Shohonov
"Mehrobdan chayon" romani A. Qodiriy
"Ming bir jon" hikoya A. Qahhor
"Ufq" trilogiyasi (3 ta kitobning hammasi) S. Ahmad
"Imom Moturidiy" romani L. Boʻrixon
"Hukmnoma" Rauf Parfi
"Kafansiz koʻmilganlar" Shukrullo.
Siz ham boʻlishing😊
Assalomu alaykum, dorning og'ochi
Assalomu alaykum, doming og‘ochi "Kuntug‘mish"dan
Ko‘nglim qorong‘udir, tevarak tutun,
Yolg‘iz boshim uzra uvullar shamol,
Ko‘zlarimni g‘ajir allaqanday tun,
Sen kimsan, nimasan, sen kimning boji? —
Aqlimni g‘ijimlar yalang‘och savol —
Assalomu alaykum, dorning og‘ochi.
Turkiylar, aytingiz, bizda nima bor?
Bizda bor mute'lik, qullik, ozorlar,
Bizda bor qo‘llardan ketgan ixtiyor,
Manxus kimsalarning talon-toroji,
Hayqirib yotibdi buyuk mozorlar —
Assalomu alaykum, dorning og‘ochi.
Turkiylar, aytingiz, bizdan nima yo‘q?
Bizda yo‘q, ittifoq, bizda yo‘q birlik —
Oyoq ostidadir insoniy huquq,
Bu turkiy olamning qutlug‘ me’roji,
Oyoq ostidadir muqaddas hurlik,
Assalomu alaykum, dorning og‘ochi.
Yovuzlar kuchlarin to‘plab shaylanar,
Ichi to‘la g‘azab, qo‘llarida tig‘,
Zamonlar aylanar, osmon aylanar,
Ona Turkistondir turklarning toji
— Aytingiz, qandayin yashaymiz ortiq,
Assalomu alaykum, dorning og‘ochi.
Non so‘rab kelganga joningni berding,
Sendadir matonat, sendadir toqat.
Qon so‘rab kelganga shoningni berding,
Yurtingni berding sen, qattol xiroji,
O‘ldirsang, o‘zingni o‘ldirding faqat,
Assalomu alaykum, dorning og‘ochi.
Magar ohing bilan olamni to‘ldir,
Tinglamas Allohing nolalaringni.
Vahki, otangni ot, onangni o‘ldir,
Ey, qora dunyoning qora muhtoji,
Bo‘g‘izla tole'siz bolalaringni
— Assalomu alaykum, dorning og‘ochi.
©Rauf Parfi
Oʻzining davomchi ekanligini koʻkrak kerib ta'kidlaydigan bu beklar Koʻktoʻnlining asl maqsadini unutib qoʻyishgandek. Birlik boʻlmagan joyda talovchilar koʻp boʻladi. Yurtning ozodligi qolib, oʻz hukmronligini oʻrnatish niyati oldinga chiqib ketganini sezmay qolgan beklar va qoʻrboshilar yovni yenga olishmaydi. Yozuvchi ham ayni shuni uqtirmoqchi boʻladi. Qizillar Markaziy Osiyo hududiga bostirib kirayotganida xonlar, amirlar bir-biri bilan urush kayfiyatida, tarqoq holatda edi. Hech bir xon milliy ozodlik yoʻlida birlashmadi, hammasi oʻz hukmronligini oʻyladi. Xonidan tortib, qoʻrboshisiga qadar hokimiyatni oʻylagan xalq yovga yengildi, yurtni qoʻldan boy berdi. Shu qatorda zarvaraqliklar ham. Bunga asar soʻngida Shomirzabekning oʻzi shunday iqror boʻladi: " Biz oʻzimizdan kecholmadik, Asqarali. Hech qachon bola otaga oʻxshamas ekan. Biz Tugʻliqning yoʻlini tutolmadik, yovning kiyimini kiyib qurbon berolmadik, elning nafratini qoʻzgʻayolmadik. Aksincha, ular bizning kiyimlarimizni kiyib, odamlarimizni qirib, elimizga oʻzimizni yomon koʻrsatishdi..."
Ruhiy boʻshliq, adolatsizlik bor joyda Jaloliddin, Mansur kabi sotqinlar yetishib chiqadi. Xalq ham asl farzandini ana shu sotqin qoʻllar orqali dushmanga topshiradi.
Ahvoli tang, turish-turmushi ogʻir, qizlari ota koʻzi oldida zoʻrlangan, bunga qarshilik qilgan aka yoki ota osib oʻldirilishidan, tinimsiz urish-janjallardan toʻygan Zarvaraq xalqi sovetlar tomonga oʻtib ketadi va oʻz qoʻrboshilarini dushman qoʻliga tutib berish darajasiga yetadi. Johillikni oddiy qabul qilgan, oʻz vaqtida adolat qila olmagan qoʻrboshilar oʻz xalqi tomonidan rad etiladi.
"Kampir atrofga olazarak qarab oʻziga ilinj qidirdi. U hovlidagilarga bir daqiqa tikilib, koʻngliga oʻtiradigan hech narsa topolmadi, shekilli, eshikni taraqlatib yopib, tamballadi.
Shomirzabekning nazarida eshik taraqlamadi, uning uchun goʻyo shu xonadon bilan birga minglab xonadonlarning eshigi birdaniga gumburlab yopilgandek tuyuldi. Haqiqatan uning uchun barcha eshiklar yopiq edi..."
Aslida "bosmachi" deb nom olgan Asqarali qoʻrboshi va Shomirzabeklarning maqsadi oliy edi. Ular xalqni oʻris bosqinidan qutqarib olmoqchi, yovga yon bermoqchi emas edi. Faqat bu yoʻlda doʻstni dushmandan ajrata olishmadi, vaqtida birlashish, oʻz manfaatlarini yurt manfaatidan ustun qoʻymaslik lozimligini his qilmadi. Oxir oqibat bu ikki qahramon uchun oʻzi tugʻilib oʻsgan qishloqning eshiklari yopildi, bir umrga ochilmaydigan boʻlib yopildi.
Obrazlar tahlili.
Asqarali "onasining qornidan bek boʻlib tugʻilgan". U qat'iyatli, yovga bosh eggandan koʻra oʻlimni afzal biluvchi, Zarvaraqni, Koʻktoʻnli otani qadrlovchi haqiqiy mard qoʻrboshi. Ammo shuncha mardlik bilan hissiyotlariga magʻlub. Doʻstni dushmandan ajrata olmaydigan inson.
Shomirzabek ham Asqarali kabi qaysar, mard, birsoʻzli inson. Ikki obrazning bir-biriga oʻxshashligi ham shunda. Ikki qoʻchqorning kallasi bir qozonda qaynamagani kabi bu ikki bek ham birlik qozonida qaynay olmaydi. Ularni manfaat, nooʻrin vaqtda harakatga kelgan oriyat ikkiga boʻlib yuboradi.
Jaloliddin–Qodirali hojining oʻgʻli. U otasining hojiligidan, hatto oʻzining ismi oldidan "mulla" soʻzini qoʻshib atashlaridan ham uyaladi. Sovetlarga osonlik bilan qoʻshilgan, oʻz qoʻrboshilarini sotgan, sovetlar yoʻlidan yorugʻlik izlagan olchoq yigit.
Qirgʻiy yigit–Koʻktoʻnli otaga ham dushmanlik qilgan, nasl-nasabi urugʻiga tortgan, qonida, jonida faqat va faqat dushmanlik kayfiyati oqadigan yigit. Oʻz bir vaqtlar panoh soʻrab borgan, odam qiyofasiga kirgach oʻz panohgohi (Asqaralibek)ni oʻz qoʻllari bilan dushmanlarga topshirgan sotqin yigit. Yozuvchi asarning boshdan oxirigacha qirgʻiylar koʻktoʻnliklarga hech qachon doʻst boʻlmasligini, sotqinlik, yomonlik, olchoqlik nasldan naslga oʻtishini uqtiradi va buni qirgʻiy yigit misolida aks ettiradi.
Boynazar va Qodirqul. Birisi Asqarali qoʻrboshining, ikkinchisi Jaloliddinning otasi. Ikkisi ham oʻz e'tiqodida sodiq, farzandi istiqbolidan xavotirdagi inson. Ammo birisi gʻolib, ikkinchisi magʻlub OTA.
Yozuvchi Bahodir Murod Alini "Koʻktoʻnliklar" qissasi orqali tanidim. Qissa sovetlar istilosi davrida milliy ozodlik uchun kurashgan, ammo "bosmachilar" deb nom olgan xalqning qoʻrqmas farzandlari, qoʻrboshilar haqida hikoya qiladi.
Qissaning tili sodda, u an'anaviy – kichik hikoyalardan tashkil topgan boʻlsa-da, umumiy yaxlitlik kasb etgan. Qissa muallif hamda asar qahramoni Jaloliddin tilidan hikoya qilinadi.
"Koʻktoʻnliklar" oʻzlarini "Koʻktoʻnli" otaning avlodlari, davomchilari deb bilishadi. Koʻktoʻnli Irgʻiy qishlogʻi aholisiga otadek aziz inson boʻlgan. U qirgʻiylar makri orqali turmushi ortga ketayotgan, oʻzaro hamjihatlik yoʻqolayotgan irgʻiy qishlogʻi aholisini bu jaholatdan asrab qoladi. Ularning boshini biriktiradi, turmushini yana avvalgidek goʻzal boʻlishiga sababchi boʻladi. Asarda tilga olingan Asqarali qoʻrboshi va Shomirzabeklar oʻzlarini ana shu otaning davomchisi deb bilishadi.
Magistratura va doktoranturada oʻqishni istaydiganlar diqqatiga!
Xorijiy til sertifikatisiz na magistraturaga, na doktaranturaga hujjat topshira olasiz. Vaqtni bekorga ketkazmay desangiz, hoziroq turk tili kursimizga yoziling. Turk tilidan olinadigan TYS xalqaro va milliy sertifikat orqali siz hech qanday muammolarsiz talabaga aylanasiz. Kurslarimiz ishonchli va dars oʻtish borasida malaka koʻnikmasi bor.
Darslar onlayn shaklda olib boriladi. 4 oyda B2, 5 oyda C1 darajaga chiqish kafolatlanadi
Murojaat uchun:
@jurnalistka1
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago