Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno:
- auksion;
- tanlov savdolari;
- muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;
- raqobatga asoslangan muloqot;
- birja savdolari;
- davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
- davlat ulushlarini va davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
- davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.
Bugungi kunda o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Buning uchun jismoniy va yuridik shaxslardan quyidagi harakatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish talab etiladi:
2. Markaz servitutni ro‘yxatdan o‘tkazadi, tegishli reyestrdan ko‘chirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi;
Fuqarolar va yuridik shaxslar (tashkilotlar) quyidagi maqsadlarda servitut belgilanishini so‘rab murojaat qilishlari mumkin:
Ø o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;
Ø o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;
Ø o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;
Ø o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘orish uchun suv olish;
Ø qishloq xo‘jaligi hayvonlarini o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;
Ø o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
#qonunbilan **???Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlashlik deganda** — ota-onalik burchlarini uzluksiz ravishda bajarmaslik, o‘z bolalariga qanday bo‘lmasin g‘amxo‘rlik qilmaslik tushuniladi. Bolalarning yoshlariga qarab ota (ona)ning har bir aniq holatdagi harakati (harakatsizligi) bola uchun uni halokatga olib keladi. Masalan, chaqaloqni taomlantirmaslik, och saqlash.
**?Aliment to‘lashdan bosh tortganda** bu fakt sudning hukmi bilan tasdiqlanishi shart emas. Aliment to‘lash, o‘z bolalarini moddiy ta’minlashdan doimiy ravishda qochishga uringanligiga ishonch hosil qilishlikning o‘zi kifoyadir. Xulosa esa sudning hukmisiz ham alimet to'lamagan ota yoki ona ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
**?*??Uzrsiz sabablarga ko‘ra bolasini tug‘uruqxonadan va boshqa bolalarni davolash profilaktika va o‘quv-tarbiya muassasalaridan olishdan bosh tortganlik tug‘uruqxona va bolalarni davolash profilaktika va o‘quv-tarbiya muassasasi komissiyalari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Ya'ni tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan va amalga oshirilmagan tashrif natijasida huquqiy oqibat yuzaga kelmaydi deyishimiz mumkin.***
**???Ota-onaning o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganliklari** ularning bolalarining ma’naviy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, ta’limi, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorgarligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmaganligida namoyon bo‘ladi.
**??Ota-onalik huquqini suiiste’mol qilish deganda** — bu huquqlardan bolalarning manfaatlariga zid ravishda foydalanishni, masalan, o‘qishiga, jamoat topshiriqlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishni, tilanchilikka undashni, uni spirtli ichimliklar va narkotik moddalar iste’mol qilishga o‘rgatish, jinoyat qilishda, jinoiy yo‘l bilan daromad topishda voyaga yetmagandan foydalanishni tushunmoq kerak. Ayniqsa bugungi kunda tilanchilikka jalb etish holatlari amaliyotda juda ko'p uchramoqda. Statistikasi esa mavjud emas yoki men topa olmadim. Sizda mavjud bo'lsa yuboring. Biz uchun qiziq.
**?♀️Bolalar bilan shafqatsiz muomalada bo‘lish** jismoniy va ruhiy qiynashda, tarbiyalashning yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan usullarini qo‘llashda, bolalarining insoniy g‘ururlarini kamsitishda va hokazolarda ifodalanishi mumkin.
Agar bolalarga nisbatan ota-ona emas, balki oila a’zolari shafqatsiz muomalada bo‘lsalar, bolaning ota va onasi bunga qarshilik qilmasalar, bunday ota-onalarning ota-onalik huquqlari Oila kodeksining 83-moddasiga muvofiq cheklanishi mumkin.
**?Ota-onaning surunkali ichkilikbozlikka yoki giyohvandlik kasaliga uchraganligi tegishli tibbiyot xulosasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.** E'tibor qarating, tibbiy xulosa mavjud bo'lmasa huquqdan mahrum qilinmaydi. Bunday asos bilan ota-onalik huquqidan mahrum qilish javobgarni muomalaga layoqati cheklangan deb topilganligidan qat’i nazar, amalga oshirilishi mumkin.
**?Bolaning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi ota-ona tomonidan qasddan jinoyat sodir qilish o‘ta og‘ir va jamoat uchun xavfli hisoblanadi. Bunday asoslarga ko‘ra ota (ona)ni ota-onalik huquqidan mahrum qilishga faqat *sudning hukmi bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.
Unutmang, farzand - eng oliy ne'mat!***@MuniskhonLawyer
#savolimbor ***1. Assalomu alaykum! Ota-onalik huquqidan mahrum qilish tartibini tushuntirib bera olasizmi?
Otalikdan vos kechsam bo‘ladimi? Shunda aliment to‘lashdan ozod etilamanmi?
Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganmiz. Lekin shunga qaramay chet elga sayohatga chiqmoqchi bo‘lsak, doim undan ham rozilik arizasi olishimizga to‘g‘ri keladi. Biroq u har doim ham atayin rozi bo‘lavermaydi. Rozilik olmaslikning iloji bormi?***
Yuqoridagi kabi savollar bilan so‘nggi paytlarda ko‘p murojaat qilishmoqda. Bu esa bola manfaatlariga aloqador va oilaviy nizolarning yetarlicha ekanligidan dalolat beradi.
Ota yoki onalar otalik yo onalikdan vos kecha olishmaydi. Sababi qonunchlikda bunday tushuncha mavjud emas. Ular ushbu huquqlaridan mahrum qilinishlari mumkin. Bu esa faqatgina sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ota-ona (ulardan biri) Oila kodeksining 79-moddasiga binoan
✅ota-onalik huquqidan o‘zlarining aybli xulq-atvoriga ko‘ra, agar ular ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa,
✅shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa,
✅uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, o‘quv-tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash muassasalardan olishdan bosh tortsa,
✅ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa,
✅muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa,
✅o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan asoslardan biri mavjud bo‘lmasa, ota-ona – ota-onalik huquqidan mahrum qilinmaydi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onalik bolalar tarbiyasida teng ishtirok etish huquqiga ega bo‘lib, farzand chet elga ota yoki onadan biri bilan chiqsa, albatta, ikkinchisidan rozilik arizasi olinadi. Ushbu amaliyot bolaning manfaatlarini ko‘zlagan holda joriy etilgan. Ba’zi ota yoki onalar bolalarini olib, doimiy yashash maqsadida mamlakatni tark etishlari va natijada davlatda qolgan ota-onadan biri bolasini ko‘ra olmay qolishi, hatto uning ketganligidan boxabar bo‘lmaslik holatlari yuzaga kelishining oldi olingan.
Ota-onalik huquqidan mahrum etilishi aliment to‘lashdan ozod etilish, - degani emas. Huquqingizdan mahrum bo‘lganingiz bilan majburiyatingizni bajarishingiz shart. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxsga bolalari uchun tayinlangan pensiya, pul yordami va boshqa to‘lovlarni, shuningdek uning foydasiga undirilgan alimentlarni to‘lash to‘xtatiladi (masalan, xalq tilida “bolalar puli” olishdan mahrum etiladi).
??? Ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lgan ota-onalar qanday huquqlarini yo‘qotadilar? Ular quyidagilar:
⭐ bolasini voyaga yetguncha tarbiyalash,
⭐ uning manfaatlarini himoya etish va unga vakillik qilish,
⭐ bolasini boshqa shaxslardan talab qilib olish,
⭐ voyaga yetgan bolalaridan aliment olish,
⭐ ular vafot etgan taqdirda pensiya bilan ta’minlanish,
⭐ bolalarining mulkiga voris bo‘lish huquqlarini va boshqa huquqlarini ham yo‘qotadilar.
Eng asosiysi esa FARZAND ISHONCHI, MEHR VA MUHABBATINI YO‘QOTISHADI, O‘Z HARAKATLARI OQIBATIDA ULARDAN O‘ZLARINI MAHRUM QILISHADI!!!
“Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги қонун матни
Jamiyatdagi eng og'ir nuqtalardan biri - hali hamon ayollarning ojiz ekanligidan foydalanish holatlari ko'pligi.
Kundalik yangiliklar ayollarning maishiy zo'ravonligi, ularning qiynoqqa solinishi, o'limidan iborat bo'lib qolganday.
O'qisangiz erkak tomonidan ruhiy, ma'naviy, jismoniy va jinsiy zo'ravonlikka uchraganlarning o'zlari javobgarlikka, eng kamida esa o'z yaqinlari tomonidan ta'na va dashnomlarga uchrayotganliklarini guvohi bo'lasiz. Shunda tabiiy savol tug'iladi: har doim shunday bo'lganmi (ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani uchun endi biz ham boxabar bo'lyapmizmi) yoki haqiqatda so'nggi yillarda bu holatlar ortdimi?!
Jamiyat erkak va ayoldan iborat. Ayollarni tarbiyalashda ota, aka, tog'a, amaki, bobo ham ishtirok etadi. Ularning ishtiroki mavjud yoki mavjud bo'lmasligi taqdiri azal deymizmi yoki ularning o'z tanlovimi? Tushundingiz degan umiddaman.
Ayol gap qaytarmasa kaltak yemasdi, ayol aqlli bo'lganda shu holatga tushmasdi, - shu kabi ayblovlar doim ayollarning zimmasida bo'lgan. To'g'ri ayol - tadbirli bo'lishi lozim. Biroq erkakchi?!
Bugungi erkaklarning ba'zilari mahramiga qo'yayotgan talablariga munosib harakatni amalga oshirishayotganmikan?! (Yangilik: er ishlamaydi, xotinini ishlatadi, biroq rashk qilib, pichoqlab o'ldiradi).
Onasiga qarab qizini ol, - degan maqol bugungi jinoyatchilar nazarida "qizini o'ldirdingmi, onasini ham o'ldir", deganday yangramoqdami, bilmadim (Yangilik: erkak qaynonasi va xotinini o'ldirdi).
Aslida erkak bu jinoyatlarni sodir etib o'zini, o'z kelajagini o'ldiradi! Buni esa hamma ham tushunmaydi.
Yozadiganlarim ko'p, biroq hozircha bir jumlani ta'kidlamoqchiman: jajji qizingiz ham Ayol bo'ladi!
Nikoh shartnomasi va nikoh guvohnomasining farqi, er-xotinning huquqiy maqomi haqidagi video!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago