BILIMDONLAR

Description
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 Monat, 1 Woche her
1 Monat, 1 Woche her
1 Monat, 1 Woche her
[#Topgan\_topoloq](?q=%23Topgan_topoloq)

#Topgan_topoloq

"Y"harfini topolasizmi🤔

https://t.me/BILIMDONLAR_TG

6 Monate her

#Hikoya

Cho'chqachaning hikoyasi

Xur... xur... xursandchilik yaxshi narsa-da. Kecha balchiqqa yumalab, rosa o'ynabman deng. Keyin maza qilib axlat titkiladim. Dadam ahvolimni ko'rib, «sendan haqiqiy Cho'chqa chiqadi», deya elkamga bir urib qo'ydi. Siz qanday o'ylashingizni bilmayman-u, men kallamni ishlati-i-b turib, «Agar dunyoda balchiq degan narsa bo'lmasa, yashashning bittayam qizig'i qolmasa kerak», deb yuraman. Afsuski, ba'zilar shuni tushunmaydi. Masalan, qo'shnimiz qora Sovliq esli-hushli hayvon bo'laturib balchiqni hurmat qilmaydi-ya. O'tgan kuni uning o'g'li bilan birgalashib o'ynagani chiqdik. Qarasam, Qo'zichoq tushmagur to'g'ri maysazorga qarab ketyapti. Bilaman, uyoqda ajriqdan boshqa hech vaqo yo'q. – Ho', lattabosh, buyoqqa yur! – deb qichqirdim unga. – Juda ajoyib joy bor, yumalanib-yumalanib o'ynaymiz. Qani, orqamdan o'rmala-chi.

Uni o'sha huzirijon Sassiqko'lga boshlab bordim. Boriboq, o'zimni balchiqqa otdim. «Ke, menga o'xshab bir yayra», dedim Qo'zichoqqa. U oz-moz ikkilanib turib, sekin balchiqqa tushdi. – Qo'rqma, – deb dalda berdim unga. Keyin tumshug'imni balchiqqa tiqib, uning havasini keltirdim. – Qani-qani, sen ham shunaqa qil-chi. Qo'zichoq tumshug'ini balchiqqa tiqdi-yu, darrov boshini ko'tarib, aftini burishtirganicha loy tuflashga tutindi. – E-e, yutvormaysanmi! – dedim, g'ashim kelib. Qo'zichoq menga yomon ko'z bilan o'qrayib qo'yib, indamasdan uyiga jo'nab qoldi. Shu-shu, mendan andak xafa. Eshitishimga qaraganda, uyiga borganidan so'ng, po'stinchangni rasvo qilibsan, deb onasi rosa ta'zirini beribdi. Buni eshitib, Qo'zichoqqa juda rahmim keldi. Boshqa tomondan, sal jahlim ham chiqdi. Qo'zichoq-ku hali yosh, lekin kap-katta qora Sovliq balchiqning qadriga etmagani qiziq. Xur... xur... xurofot bu. E, menga nima? Kimki yashashni bilmabdi, o'ziga qiyin. Men bo'lsam, bugun ham, ertaga ham balchiqqa yumalayveraman. Ishqilib, toza yurmasam bo'lgani. Shundagina haqiqiy Cho'chqa bo'lib etishaman. ... Ha, yo'l bo'lsin? Oqsoyga deysanmi? Ie, g'o'r bola ekansan-ku! Soyda cho'milib nima huzur topasan? Yur, Sassiqko'lga boramiz. Sen ham menga qo'shilib bir yalala-yalay qilsang-chi.

✍️Anvar Obidjon

https://t.me/BILIMDONLAR_TG

6 Monate her

#Farzand_tarbiyasi

*?KOMPYUTER O‘YINLARINING BOLA PSIXOLOGIYASIGA SALBIY TA’SIRI.*

  1. Aqliy va ruhiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi.

  2. Jizzaki, tajovuzkor, asabiy va injiq bo‘lib qoladi.

  3. Hissiyotlarini boshqarishi qiyinlashadi.

  4. Bolada ruhiy zo‘riqish va tushkunlik paydo bo‘ladi.

BOLA DUNYOQARASHINING O‘ZGARISHI :

Kompyuter o‘yinlaridagi kabi odamlar hayotini tuganmasdek his qilishi.
Har qanday ziddiyatli holatlarni faqat kuch bilan hal etishga urinish.
O‘yin qahramonlari kabi hech qanday xavfdan qo‘rqmaslik.
Hayotda hamma narsaga onsonlik va kuch bilan erishishga intilish.
Hayotga va insonlarga beshavqat munosabatda bo‘lish.

BOLANI KOMPYUTER O‘YINLARIGA TOBELIKDAN OLIB CHIQISH YO‘LLARI.

☑️ Ota-ona bolani doimiy nazorat qilishi.
☑️ Kuniga 30 daqiqadan ortiq kompyuter o‘ynashga ruhsat bermaslik.
☑️ Bola bilan do‘stona munosabatda bo‘lish va u bilan vaqt ajratib birga shug‘ullanish.
☑️ Bolani bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish. Uni kitob o‘qish, sport yoki ijod qilishga qiziqtirish.
☑️Bolani motivatsiyasini rivojlantirish, uni rag‘batlantirib turish.
☑️ Tobe bo‘lgan bolalarga birdaniga kompyuter o‘yinlarini o‘ynashni cheklash mumkin emas. Aksincha kompyuter o‘yinlari o‘ynash vaqtini har kuni kamaytirib borish bilan tobelikdan halos qilinadi.

Bolaga kompyuter yoki telefon olib berishdan oldin, uni nazorat kilib turishingiz xakida kelishib oling.Bolaga internet orkali keladigan xavf xakida tushunchalar bering.

https://t.me/BILIMDONLAR_TG

6 Monate, 2 Wochen her

#Qiziq_faktlar

INSON ORGANIZMIDAGI MO‘JIZALAR

  1. Odam miyasi sig‘imi 4 terabaytdan ko‘proq.
  2. Chaqaloq 7 oylikkacha bir vaqtning o‘zida ham sutni yutib, ham nafas ola biladi.
  3. Odam bosh chanog‘i 29 xil suyaklardan iborat.
  4. Miyadagi asab pulsi soatiga 274 km tezlikda harakatlanadi.
  5. Bizning miyamiz bir kunda hosil qiladigan elektr impulsi dunyodagi jami telefonlar hosil qiladigan impulslardan bir barobar ko‘proqni tashkil etadi.
  6. Inson yuragi hayoti davomida 182 million litr qonni o‘zidan o‘tkazadi.
  7. Charlz Osborn degan odamni 68 yil to‘xtovsiz xiqichoq tutgan ekan.
  8. Odamning o‘ng qo‘li chapiga nisbatan 9 yil ko‘proq yashay oladi.
  9. Inson o‘zi ko‘radigan tushlarning 99 foizini ertalaboq unutadi.
  10. Inson organizmidagi qon tomirlarning jami uzunligi 100 ming kilometrga teng.
  11. Bahorda nafas olish darajamiz kuzdagiga nisbatan 1, 5 barobar yuqoriroq bo‘ladi.
  12. Odam tana haroratining 80 foizi boshdan chiqadi.
  13. Odam dunyodagi chalqancha yotib uxlay oladigan yagona jonzotdir.
  14. 4 yashar bola bir kunda o‘rtacha 450 marta ota-onasi yoki yaqinlariga savol beradi.
  15. Kindikning ilmiy atamasi umbilikusdir.
  16. Chapaqaylar dunyo aholisining atigi 7 foizini tashkil etadi.
  17. Olma va banan hidi ozishda yordam beradi.
  18. Agar odam boshidagi sochlarning bir umrlik uzunligi hisoblansa, 725 kilometrga yetadi.
  19. Odam organizmida yashovchi bakteriyalarning sof vazni 2 kilogrammga teng.
  20. Organizmdagi kalsiyning 99 foizi tishlarimizdan joy olgan.
  21. Agar organizmimizdagi jami temir moddasini bir joyga to‘plasak, soatning jajjigina vintini yasashgagina yetadi.
  22. Aksa urishga majbur etuvchi viruslarning 100 xil turi bor.
  23. Hayoti davomida odam terisi 1000 marta yangilanadi.
  24. Qo‘ldagi barmoqlarda tirnoq oyoqdagi barmoqlarga nisbatan 4 karra tezroq o‘sadi.
  25. Odam organizmidagi mushaklarning eng baquvvati tili hisoblanadi.
  26. Odam yuragining hajmi o‘z mushti bilan barobar, vazni esa 220-260 grammga teng.
  27. O‘rta yashar odamlar bir kunda 23000 marta nafas olib chiqaradi.
  28. Ko‘zlarimiz 10 milliontagacha rangni taniy oladi.
  29. Samolyotda uchish jarayonida odam sochi yerdagiga nisbatan ikki karra tezroq o‘sa boshlaydi.
  30. Odam suyagi po‘latga nisbatan besh karra mustahkamroqdir.

https://t.me/BILIMDONLAR_TG

6 Monate, 2 Wochen her

#Hikoya

May yomg‘iri

iBotirvoyning otasi qishloqdan yer olgan. Yoz bo‘yi kappa tikib dalada yashaydi. Yeriga bo‘lak-bo‘lak qilib pomidor, kashnich, shivit, piyoz ekadi.

Bir kuni otasi narida chopiq qilayotgan paytda, osmonni qora bulut qopladi.

Chars-churs chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburladi, sharros yomg‘ir quydi.

Botir o‘zini panaga oldi.

Yomg‘ir suvlari jilg‘a-jilg‘a bo‘lib oqa ketdi. Mana jilg‘achalarning biri yugurgilab keldi-da, yo‘lidagi chumoli iniga sizib kira boshladi.

Odatda chumoli ini do‘ppayib qo‘rg‘onga o‘xshab turadi. Lekin bu inning qo‘rg‘onini Botir boyagina tepib, har tarafga sochib tashlagandi. Botir suvning kirishini biroz kuzatib, chumolilarning ahvolini ko‘z oldiga keltirdi. Ularga juda achindi. Daraxt panasida yugurib chiqdi-da, inning atrofiga to‘g‘on yasashga tushdi. Gir aylantirib loy bilan o‘rab chiqquncha usti-boshi shilta-shalabbo bo‘ldi.

Shu payt qo‘lida ketmon ushlagan otasi yugurib kelib qoldi.

— Hoy, nega panaga o‘tmay, ivib o‘tiribsan? — so‘radi u hayron bo‘lib.

Nima deyishini bilmagan Botir to‘g‘risini aytib qo‘ya qoldi.

Gap eshitaman deb o‘ylagandi, unday bo‘lmadi. Chumolilarni himoya qilganini bilib:

— Yaxshi qilibsan, o‘g‘lim, — dedi otasi.

*✍️*Zohir A’lam

«Gulgina» kitobidan olindi**

https://t.me/BILIMDONLAR_TG

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago