Ha...Men o'sha..:)

Description
Boshqalarga o'xshamagan Telbaroq qizning telbanamo Shaxsiy kundaligi. Manfaat va'da
qilmayman, kutmang:)

Kimdir bo'lishga intilyabman. Ammo kimligimni hali o'zim bilmayman:))

Endigina 5ta davlat, 10ta shaharda bo'ldik:(
Ko'ooop sayohat qilaylik))
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

3 months, 2 weeks ago

#nsp • Yevropada o’qishga tayyormisiz? ??****– Bakalavrga kirishda Yevropadan faqat Germaniyaga hujjat topshirgandim. Yoshligimda Yevropa faqat sayohat uchun zo’r manzil, deb o’ylardim. Adashgan ekanman: Yevropa ta’lim tizimi bo’yicha ham zo’r ekan.

O’zbekistondagi rivojlanish va yeta olishim mumkin bo’lgan yutuqlar rejasi 3 yilga mo’ljallangan edi. 4-kursdagi plan esa ishlash, Prezident stipendiyasi va albatta, kamida 5 ta davlatga sayohat qilish edi.

?Demak, hatto 4-kurs bo’lsangiz ham, Sizda xorijda o’qish va sayohat qilish imkoni bor!NSP dasturida yutib, 4-kursda Slovakiyada o’qib keldim, 20 ga yaqin davlatga sayohat qildim.

**NSP nima?

?NSP – Bakalavrning 2 yarim yilini tamomlagan talabalar, professor va tadqiqotchilar** uchun Slovakiyada toʻliq grant asоsida oʻqish va tadqiqot olib borish imkoniyatini beradi.

?**Saralov bosqichlari qanday?

?**Saralov 2 bosqichda o’tadi.

1-bosqich:Siz Slovakiya universitetlaridan yo’nalishingizga mos bo’lgan fakultetidan Qabul xati (Acceptance Letter) olishingiz kerak.
Odatda, bu bosqichda sizdan:

1. CV
2. Motivational letter (Motivatsion xat)
3. Recommendation letters (ba’zida so’raladi (tavsiyanoma xatlari)
4. Language certificate/Proof of language level (Til sertifikati/ Til bilish bo’yicha ma’lumotnoma)
5. Passport (Shaxsni tasdiqlovchi hujjat)
6. Study plan (O’quv rejasi)
7. Academic transcript (Baholar jadvali)
8. Confirmation letter from university. (Universitetdan ma’lumotnoma)

❗️Ba’zi universitetlar hujjatlaringizni topshirganingizdan keyin siz bilan intervyu o’tkazishi mumkin.2-bosqich: Bunda siz National Scholarship Program (NSP) saytiga quyidagi hujjatlarni topshirasiz. **1. Acceptance letter (Qabul xati)
2. CV
3. Detailed study plan (Batafsil yozilgan o’quv rejasi)
4. Motivational letter (Motivatsion xat)
5. Two Recommendation letters (2 ta tavsiyanoma xati)
6. Confirmation letter from university. (Universitetdan ma’lumotnoma)

?Dasturga yiliga 2 marta qabul bo’ladi: bahorgi (mart-aprel) va kuzgi (sentabr-oktabr) oylarida. Masalan, sentabr boshlarida qabul ochiladi. Vaqt oz qoldi, tayyorlaning)
?**Shunda siz 3-kurs 5-semestr bitirish arafasida bahorgi qabulda yutsangiz, 4-kurs 7- semestrini, agar 4-kurs kuzgi qabulda yutsangiz, 4-kurs oxirgi kursini o’qib kela olasiz.

❗️Iltimos, grantga topshirishdan oldin 1 hafta vaqt ketsa ham, original saytda berilgan hamma ma’lumotni o’qib, o’rganib chiqing. Mana link: https://www.scholarships.sk/en

@dilshoda_xakimova

3 months, 2 weeks ago
3 months, 2 weeks ago
3 months, 3 weeks ago

IQTIBOS PODCAST 12*
1. Yaltiraashni xohlaysan, lekin nega ishqalanishga chidab bermaysan. (Jaloliddin Rumiy). Doim bir narsaga erishish uchun qiyinchilikka duch kelamz ana shundan qo’rqmaslik kk, shundagina o’sha narsaga erishamiz. Inson sog’lom bolishni xohlasa insonga albatta qiyinchilik kk (Rumiy). Muammoga duch kelgandankn undan muvaffaqiyatga erishamiz. Muammolardan qochib biz boshqa muammoga duch kelamz. Inson muammolarga duch kelib ular bilan kurashib pishadi. Har narsani qadriga o’sha narsani yo’qotganda qadriga yetadi.
2. Eng aytishga arziydigan voqealar eng qiyin paytlarda paydo bo‘ladi. (Naval Ravikant). Qiyinchilik insonga kk. Qiyinchilikdan kn kuchli boladi.
3. Ko‘p insonlar biladigan narsa bilishga arzimaydi. (Taleb Nassim). Bilim bu – kuch. Bir narsani bilish bn bilmaslik o‘rtasida sekundlar yotadi. Ular o’qishingizni xohlamayotgan kitoblarni o’qing. (Naval Ravikant)
4. Inson umrining ikkinchi yarmi birinchi yarmida yig’ilgan odatlar davomidir. (Fyodor Dostayevskiy). Odatlarni o‘zgartirish juda qiyin. Yosh bolalarda odatlarni shakllantirish oson.
5. Xafagarchilikdan eng yaxshi himoya xafa qilgan insonga o‘xshamaslik. (Marcus Aurelius). Xayotdan kutuvlar insonning sog’ligini belgilaydi. Xafagarchilik- siz kutmagan inson siz kutmagan ishni qilishi. Shuning uchun har kimdan har qanday ishni kuting. Har qanday xafagarchilik siz uchun darsga aylanadi.
6. Dangasalik, ayniqsa intellektual dangasalik kambag’allikni olib keladi. (Ivan Danilov). Aqliy dangasalik, aqlni zo`riqtirmaslik, miyani o’ylab ko’rishga majburlamaslik bu – intellektual dangasalik. (Pul topib aql topmaganlar…)
7. Haqiqat odamlarga qarab ajratilmaydi, balki odamlar haqiqatga qarab ajratiladi. (Ali ibn Abu Tolib). Ko’pchilik 1 ishni qilyapti yoki aytyapti degani, bu ish to’g’ri degani emas.

3 months, 3 weeks ago

For my kids.
Part 2.

Yangi kitoblarimni ko'rsatmagandim-a??

OTMga bir necha yil, Ishli bo'lish uchun universitetda 4yil tayyorgarlik vaqti sarflaymiz. Ammo turmush uchun-chi? Ikki dunyoimizga xizmat qiluvchi, sababchi oila uchun qachon tayyorgarlik ko'ramiz?

Oila va tarbiya ilmini oshirishimiz kerak?❤️

3 months, 3 weeks ago
3 months, 3 weeks ago
3 months, 3 weeks ago
Ha...Men o'sha..:)
3 months, 4 weeks ago

O'qishni qanday boshlash bo'yicha birinchi kurslar uchun eng yaxshi qo'llanma — ultimate guide )Birinchi kursni, ayniqsa, birinchi semestrni qanday o'tkazish 4 yil davomidagi katta narsani hal qiladi. Bugun shu narsa haqida yozishga qaror qildim.1. Universitet haqida (ko'p gapirilgan) haqiqatlar— Universitet sen orzu qilgan joy emas
— Talabalik ham sen tasavvur qilgan "oltin davr emas"
— Universitet payti uchun o'ylab qo'ygan rejalaringni yarimini ham qila olsang katta gap
"Universitet o'qishing uchun maksimal halaqit beradi" ©️

Sening yutug'ing — sen bularni bilasan. Bularga tayyor bo'la olasan. Universitet esa senga kerak, aniqrog'i u yerdagi 4 yil vaqtdan unumli foydalanishing kerak.

2. Birinchi semestrni qanday o'tkazish kerak— Abiturientlik payti "Talaba bo'lvolay qilib tashlayman" degan orzularingni (ingliz tili, IELTS, zalga chiqish, bir oy cho'zilib yotish..) bir muddat chetga surib tur

Birinchi ikki oy muddatni o'qishga moslashib olish va ustozlarda ilk taassurotni yaxshi qoldirish uchun sarfla

— Niyati faqat o'qish bo'lganlar orasidan do'st top, ular bilan birga vaqt o'tkaz, xonadosh bo'l.Bu juda muhim!

— Iloji boricha kutubxonadan yoki internetdan kerakli adabiyotlarni tezroq topib, olib qo'y— Mayda vazifalarni ortga surib yurma, chunki imtihon payti katta vazifalar bilan yig'ilib seni dovdiratib tashlaydi

— Keyingi ikki oyda keyingi semestrdan boshlab qilmoqchi bo'lgan ishlaringni rejalashtir va ularga zamin yaratib bor. O'zingga mos kurslar, zallar, sport maydoni va hokazolarni ko'rib chiq.

— Birinchi semestrni imkon boricha balandroq bahoga yop. Ammo baho olish eng qiyin bo'ladigan semestr shu bo'lishiga ham tayyor tur.

— Keyinchalik chetda o'qish niyating bo'lsa, "Bahoning ahamiyati yo'q" degan cho'pchak va bahonalarni yig'ishtir

— Guruhdoshlaring bilan raqobat emas, hamkorlik qil.

— Barcha narsani qilishga o'zing ulgurmaysan. Imkon borida kimgadir qildir yoki eng yaqin do'stlaring bilan kelishgan holda vazifalarni taqsimla3. Qo'shimcha tavsiyalarIshlama! Bilaman, katta bo'lib qolgansan. Bilaman, uydan pul olishga uyalasan. Bilaman, ular shundoq ham kontraktingni to'layapti. Lekin talabalik sohangda mutaxassis bo'lish uchun oxirgi davr. Vaqtni shunga sarfla. Undan keyin xohlamasang ham ishlaysan.

— Uydagilardan pul olayotganda uyalsang, ularga va'da ber. Ertaga shu pullarini ortig'i bilan qaytarishga, zo'r mutaxassis bo'lishga va'da ber. Keyin esa vadangni bajar!Abiturientlik paytingdagi rejimingni o'chirib qo'yma! Oylab vaqtingni shunchaki divanda kino ko'rish bilan yoki kechasi bilan PUBG o'ynash bilan o'tkazib yuborma. Uydagilardan pulni buning uchun olmayapsan.

— Har bir haftangni, kuningni oldindan rejalashtirishga odatlan! Unutma, aslida hammasiga ulgurish mumkin. Eng kamida sen o'ylaganingdan ko'ra ancha ko'prog'iga. Bunga o'rganish uchun esa #time_management tegi bilan yozgan postlarimni o'qishni boshla.

— Postni hech bo'lmaganda bitta talaba bo'lgan do'stingga yoki uka/singlingga ulashib qo'y ))

P.S: "Senlab" yozganimga hafa bo'lmaysizlar. O'zimning ukam bo'lganda, u bilan kamida shunaqa gaplashardim...

#studentlife

Arxiv: 05.09.2021

@Musayev_blogi

**O'qishni qanday boshlash bo'yicha birinchi kurslar uchun eng yaxshi qo'llanma — ultimate guide )**Birinchi kursni, ayniqsa, birinchi semestrni qanday o'tkazish …
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago