?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 week, 2 days ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated an hour ago
Hamisha yoʻlovchi boʻlib qol!
Nimaga bilasanmi? (Balki, bilarsan. Agar shunday boʻlsa, shunchaki befarq qoldir) Chunki har doim yoʻlda ekanligini his qilsang, oʻtmishingga nazar solasan. Xatolaringni eslaysan. Bosilgan iz, izligicha qolganidek, keyinggi qadamlarni bosishda hushyorroq boʻlasan. Afsuslanasan, izrtirob chekasan, lekin eng muhimi boʻlib oʻtgan vaziyatdan kerakli xulosani olasan.
Yashashga munosib emasligingni his qilsang-da, davom et. Loyiq boʻlish uchun harakat qil. Salimov aytganidek, oʻlimga ham loyiq boʻlmoq kerak.
Shunchaki, kutishni emas, birinchi boʻlib qadam bosishni tanlash kerak. Lohaslik, qoʻrqoqlik sen uchun emas. Dadil boʻlishing kerak. Xohishlarga boʻysunib emas, ularni boʻysundirib yashashda davom etishing kerak.
"Men uchun muhimsan" deyishlarini kutma. Balki, de. Har tong uygʻonarkansan, ortga yoʻl yoʻq ekanligi, olgʻa borish kerakligini angla. Boʻlar ish boʻldi. Endi yechimini qidir. Har qanday labirintda chiqish yoʻli bor. Hech bir kirish joyi chiqish yoʻlagisiz boʻlmaydi. Agar boʻlmasa, top.
Kuchlilar ta'kidlaganidek, depressiyada ham tahsinga loyiq ishlarni qilish mumkin. Bahona qidirma. Minusingga ishlayotgan har qanday yumushdan voz kech.
Yoʻlda davom etar ekansan, qiyinidan yur. Turtishadi kerak joyida koptok qilib tepishadi, jarohatlashadi. Lekin sen oʻzingga tajriba olasan. Albatta, bu kor qiladi. Eng muhimi qayerda toʻsiq borligini bilasan. Keyingi safar ana shu yoʻlni aylanib oʻtish kerakligini anglaysan.
Toʻxtama!
Va'dalarning roʻyobiga masofa halal qilishi mumkin...(Ba'zan)
Mira Xolms'ning supporter'lari:
Kitob ombori – Abdurahmon Egamberdiyev
Tony CEO – Ozodbek Nugmonov
Kitoblarda(n).. – Husniddin
Kitobchi blogi – Behzod
Gullayotgan yurak – Iroda
fazodasblog – Fazoda
Biblioworld – Nigorbegim
Abdurauf Fitrat | Jadidlar – Diyorbek
Palang's blog – Dimmi
Doʻppili kopirayter – Bahodir
Mashhurbek Muhammad – Mashhur
Book's shine – Oydin
HamKitob – Ozoda
Luna Moon – Oyjamol
Yakamoz | BM | – Iroda
Aroma of books – Muqaddas
Birgalikda kitob oʻqiymiz – Nigora
Kitobxon qirolligi – Umid
Qonli Bitiklarim – Alisherovna
Kommentolog – Tohir
Remarka – Mushtariy
P.s. Qoʻllab-quvvatlagan barchaga rahmat. Tirik ekanmiz diplomatiya davom etadi?
Tasavvur qilolmaydigan darajada yozuv mashinkam boʻlishini xohlayman.
Meniki deyishni va oʻzingniki qilishni bil.
Seni eshitishlari uchun baʼzan shovqin koʻtarishing kerak...
Nima uchun yashiradi?
Hech oʻylab koʻrganmizmi, insonlar tuslanishiga sababchi kim ekanligini, yolgʻonchi, oʻgʻri, balo-battarlar bor boʻlishi kimga bogʻliq ekanligi?
Farzandimiz, xato qilsa, yashirishi, kim sababdanligi? "Falonchi" ikkiyuzlamachi, "pismadonchi" toʻrtyuzlamachiligi ham kimga aloqadorligi?
Insonlarning asl holda yoki oʻzgacha tusda namoyon boʻlishi oʻzimizga bogʻliqmasmikan. Negaki, har kimda qoʻshtirnoq ichidagi xatti-harakat boʻladi. Va aksariyatimiz bu holda koʻrinishdan qoʻrqamiz.
Toʻgʻrirogʻi, bu koʻrinishdan emas, qabul qilmay qoʻyishlari yokida voz kechib ketishlari, munosabatlari oʻzgarishidan qoʻrqamiz.
"Asllik" talab qilarkanmiz, avvalo, bunga tayyormanmi? deb koʻrish kerak. Keyingina hech kim kuzatmayotganda qiladigan, oʻylaydigan xatti-harakatiga qiziqish kerak.
Oʻgʻri ham oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolgan emas-ku. Kerak paytda, imkonimiz boʻlganda yordam qoʻlini choʻzmaganmizdan. Toʻgʻri, majbur emasmiz. Ammo boʻlgan payti berganimizda kamayib ham qolmasdik.
Farzandimiz'ni xatokorlikda ayblaymiz. Oʻzini oshkor etishiga yoʻl bermaymiz. Bir xatosi, ikkinchisini chaqirishi, kattalashib ketishi biz uchun farqsiz, u har qanday holda "goʻzal" boʻlishi shart. Ha, u mukammal boʻlsin. Xato qilish unga yarashmaydi, ammo u biz uchun yaratilgandek.
Niqoblanishiga biz sababchimiz-u, ammo badalini ularga yuklaymiz.
Aslida kim tuslanyapti, munosabatlarda beqaror "biz"mi yoki majburlikdan moslashayotgan "u"mi?
Qoʻrqmayman. Ha, yoʻqotishdan...
Fanatizmga olib kelmasin!
Hech e'tibor berganmisiz. Kattaroq yutuqqa erishsangiz yoki oʻz sohangizda zoʻri boʻlsangiz, hamma yerda namuna boʻla boshlaysiz.
Oilangizda sizdan kichikroqlarga "falonchi" ga oʻxshagin, duolarida ham "pismadonchi"ning yoʻlini bersin deyishadi.
Besh qoʻl barobarligini hisobga olganda, siz bosgan yoʻlni imenno boshqa birov bosib oʻtmaydi.
Taqdirida oʻxshashlik bordir, ammo takror boʻlmaydi. Toʻgʻri, oʻxshatish – namuna qilish yomon emas.
Ammo, lekin, biroq?
Oʻsha kichkina odamcha siz aytgan odamdek boʻlishim shart ekan deb oʻylaydi. Vaholanki, aksi boʻlib chiqsa, oʻsha odamdek boʻlolmasa Namunadagi Falonchiga nafrat koʻzi bilan qaray boshlaydi.
Oqibatini oʻylamagan holda dushmanlik kayfiyatini uygʻotib qoʻyasiz.
Noliy boshlaydi. "Nimaga u hayotimga kirib keldi, oʻzi majburmanmi shunday boʻlishga, agarda shu kabi boʻlmasam osmon uzilib yerga tushadimi?".
Ha, namuna qilish yaxshi, ammo fanat boʻlish emas. Farzandingizni qiziqish, qobiliyatlarini hisobga oling, yoʻnaltiring, harakatlari kimga tortyapti shunga namuna qiling, ammo shu bilan birga oʻzining shaxsiy yoʻli borligini, prinsip – qarashlari boʻlishi zarurligini ham eslatib oʻting.
Masalan, "oʻgʻlim yoki qizim, san Falonchi opang yoki akangga oʻxsha, lekin shaxsiy fikring ham boʻlishi kerak. Shu insonga oʻxshasang, yaxshi. Bunga + qilib oʻzingdagi harakterlarni ham qoʻshsang, koʻproq yutasan" deyishlik nafratga olib kelmaydi.
Ha, Yer'ga bir-birini takrorlovchilar emas, namuna olib oʻz yoʻlini yaratganlar qiziq.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 week, 2 days ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated an hour ago