Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

UzASBO yangiliklari

Description
UzASBO ДМда ишлаш бўйича тезкор маълумотлар
Advertising
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 7 months ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 1 week ago

2 weeks, 6 days ago

UzASBO-2'da markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga o'tkazilgan tashkilotlarda soliq hisobotlarini yuqori turuvchi tashkilotda jamlash funksiyasi qo'shildi. Bunda avvalgi tartib biroz o'zgartirildi. Endilikda yuqori turuvchi tashkilotda E-Hisobotlar-His. mehnatga haq to'lash tarzidagi dar-dlar, JSHDC va SHJBPXga to'l. badallar to'g'. malumot qismida hujjat tuzib tasdiqlansa, hujjatni tasdiqlash jarayonida quyi turuvchi tashkilotlarda tasdiqlangan statusda turgan hisobotlar asosida summalarni hisoblab chiqaradi. Ya'ni, avvalgidek, hisobotni yuborish va qabul qilish jarayonlari bo'lmaydi.

Yuqori turuvchi tashkilotda hujjatni tasdiqlashda quyida ham tasdiqlangan turgan, ya'ni jamlangan hisobotlarni bekor qilib bo'lmaydi. Ularni bekor qilish uchun birinchi navbatda yuqori turuvchi tashkilotda tuzilgan hisobot bekor qilinishi kerak bo'ladi.

@uzasboyangiliklari

Telegram

UzASBO yangiliklari

***❇️******❇️******❇️*** Tuman (shahar)lardagi maktabgacha ta'lim bo'limlari tugatildi va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining buxgalteriya hisobi qayta tashkil etilgan maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim (MMTB)larida yuritilyapti. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining soliq…

1 month ago

Savol: Oʻqituvchilarga malaka oshirish davrida tabelda ish soatlari toʻliq qoʻyilardi. Shuningdek, oʻsha oʻqituvchining oʻrniga boshqa xodimlarning oʻrindoshlik asosida oʻtgan dars soatlarini ham tabelga kiritilardi. UzASBO-2 da esa tabelni tasdiqlashda soatlar setkasidan oshib ketganligi boʻyicha ogohlantirish chiqyapti, buni qanday to'g'rilash kerak?

Javob: Mehnat kodeksining 370-moddasida xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va oʻrtacha ish haqini saqlab qolishi shartligi belgilangan. Shu vaqtgacha tashkilotlar oʻqituvchiga faqat dars soatlarini toʻlab, bunda ham sinf rahbarlik va daftar tekshirish kabi toʻlovlarni toʻlamay xato ishlab kelishgan. Mazkur holatda UzASBO-2 da quyidagilarga eʼtibor qilish kerak:

- Tabelda faqat haqiqatda oʻtilgan dars soatlari qoʻyiladi. Qaysidir sabab bilan xodim ishda boʻlmagan va dars oʻtmagan boʻlsa, lekin unga oylik toʻlanishi kerak boʻlsa tabelda soat qoʻyilmaydi. Bunga malaka oshirish, xizmat safari kabilar kiradi.

- Malaka oshirish kabi oʻrtacha ish haqi saqlanadigan davrlar uchun esa Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Ijtimoiy taʼtillar va ishdan ozod etish boʼyicha boshqa buyruqlar qismiga tegishli buyruq kiritiladi va Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Malaka oshirish davrida o‘rtacha oylik ish haqini hisoblash qismida esa oʻrtacha ish haqi hisoblab chiqariladi. Tabel toʻldirishda tegishli kunlar Oʻqish (malaka oshirish) munosabati bilan ishlab chiqarishdan ajralgan holda ish haqi saqlanadigan taʼtil tabel koʻrsatkichi bilan chiqadi va mazkur sanalarga tegishli oʻrtacha ish haqi oydagi ish kunlaridan kelib chiqib taqsimlanib toʻlanadi.

@uzasboyangiliklari

1 month ago

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tarifikatsiyadan o'tmagan, soati o'zgargan yoki ustama, toifalarida o'zgarish bo'lgan o'qituvchilarga Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida hujjat yaratilsa, tarifikatsiyada yo'qligi yoki mos kelmasligi bo'yicha ogohlantirish chiqayotgandi. Bu kabi holatlarda tegishli tarifikatsiyani har safar moliya organlari bilan kelishish ham mavjud normativ huquqiy hujjatlarga unchalik muvofiq emas. Shu kabi holatlarni hisobga olib, quyidagi o'zgaritishlar kiritildi:

- Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida zp.uzasbo.uz'dagi tarifikatsiya bilan tekshirish cheklovi olib tashlandi;

- Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Tabel (ta'lim muassasalari) qismida hujjatni tasdiqlashda har bir fan bo'yicha tabelda kiritilgan jami soat va zp.uzasbo.uz'dagi soatlar setkasi (jami) qismidagi soatlar o'zaro solishtiriladi va soatlar setkasidan oshib ketgan holatlarda tegishli ogohlantirish chiqadi. Bunda fanlar bo'yicha tabelda qancha soat ko'rsatilyapti va soatlar setkasida qancha soat mavjudligi bo'yicha pechat tugmadan foydalanib ma'lumot olish mumkin;

- Agar Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida maktabga tegishli bo'lmagan fanlar tanlangan bo'lsa, tabelni tasdiqlashda "ushbu fan tashqi tizim fanlari bilan moslanmagan yoki ushbu tashkilotda tanlash mumkin emas", deb ogohlantirish chiqadi. Bunda Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida aytilgan fanlar ko'rsatilgan xodimlarda hujjatni bekor qilib to'g'rilab chiqish kerak bo'ladi;

- Cheklovda fanlar bo'yicha soatlar rol o'ynagani sababli Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Tabel qismida xodimlarga soatbay ustunida ma'lumot kiritilgan bo'lsa, hujjatni tasdiqlab bo'lmaydi va bu bo'yicha tegishli ogohlantirish chiqadi. Ya'ni psixolog, direktor, direktor o'rinbosari kabi xodimlar o'rindoshlik asosida dars o'tsa, ularni ham alohida ishga qabul qilish va Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida ma'lumot kiritish kerak bo'ladi;

- Endilikda soatlar setkasi (jami) o'zgaradigan holatlardagina (uyda ta'lim oladigan bola qo'shilishi yoki qisqarishi, qo'shimcha sinf ochilishi yoki tugatilishi) tarifikatsiyani qayta ro'yxatdan o'tkazish talab etiladi.

@uzasboyangiliklari

2 months, 2 weeks ago

Byudjet tashkilotlarida smeta hujjatini kiritish tartibi

@uzasboyangiliklari

2 months, 2 weeks ago

Moliya organlarida shtatlar jadvalini qabul qilish va hsioblangan miqdorni oylik taqsimlash hujjatini yaratish tartibi

@uzasboyangiliklari

2 months, 2 weeks ago

UzASBO-2 dasturiga kirilsa, tepa chap burchakda foydalanuvchi nomi, tashkilot IDsi, STIR va tashkilot nomi ko'rsatilgan bo'ladi. Bularning pastida esa tashkilotning struktura kodi mavjud. Quyida ko'rsatilgan struktura kodli tashkilotlarda avansni UzASBO-2 dasturidan chiqarishi majburiyligi bo'yicha cheklov qo'yilgan. Bu tashkilotlarda to'lov topshiriqnomasida tanlangan so'rovnoma eski dasturda tuzilgan bo'lsa, hujjatni yuborishda "ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarning hisobini UzASBO-2 dasturidan amalga oshirishingiz so'raladi" degan ogohlantirish chiqadi. Shu bilan birga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidagi tashkilotlarda eski dasturning o'zida ish haqini hisoblashga va so'rovnoma tuzishga cheklov kiritilgan.
Shuningdek, mazkur ro'yxatda bo'lmagan tashkilotlar ham UzASBO-2 dasturida ishlashlari mumkin.

F1, F24, G24, G31, G34, G35, G36, G37, G38, G39, G43, G44, G45, G46, G47, G48, M, M, M1, M10, M11, M12, M13, M14, M15, M16, M17, M18, M19, M2, M20, M21, M22, M23, M24, M25, M26, M27, M28, M29, M3, M30, M31, M32, M33, M34, M35, M36, M37, M38, M39, M4, M40, M41, M42, M43, M44, M45, M46, M47, M48, M49, M5, M50, M51, M52, M53, M54, M6, M7, M8, M9

@uzasboyangiliklari

2 months, 3 weeks ago

UzASBO-2'da plastik vedomost qaydnomasi, SHJBPHga badal reyestri va so'rovnoma tuzish tartibi

@uzasboyangiliklari

2 months, 3 weeks ago

UzASBO-2'da ish haqi hisoblashga doir buyruqlarni kritish, tabel tuzish va ish haqi hisoblash tartibi

@uzasboyangiliklari

2 months, 3 weeks ago

UzASBO-2'da xodimlarni ishga qabul qilish va ish haqini belgilash hujjatlarini kiritish tartibi

@uzasboyangiliklari

4 months, 3 weeks ago

UzASBO-2 da barcha tashkilotlar o'zlari ro'yxatdan o'tishyapti, tashkilotdagi foydalanuvchilarni ham o'zlari yaratishyapti. Bunda eng avvalo tashkilot rahbari ro'yxatdan o'tyapti, shu sababli tashkilot rahbariga tegishli loginda o'zi ro'yxatdan o'tgan tugmada bayroqcha turgan bo'ladi. Mos ravishda tashkilotdagi boshqa xodimlarga ham tashkilot rahbari tomonidan loginlar berilyapti. Tashkilotga tegishli elektron raqamli imzo kaliti bilan dasturga kirishda ham avtomatik tarzda tashkilot rahbari loginiga kirib ketadi. Shuningdek boshqa loginlardagi ma'lumotlarni o'zgartirish mumkin bo'lsa-da, tashkilot rahbariga tegishli logindagi berilgan vakolatlar, ikki bosqichli tekshiruv, JSHSHIR kabilarni o'zgartirish mutlaqo mumkin emas.

Tashkilotda rahbar o'zgargan taqdirda qanday yo'l tutiladi? Bunda avvalgi tashkilot rahbari o'ziga tegishli loginni tahrirlab, Rahbar o'zgardi tugmaga bayroqcha qo'yadi. Yangi rahbar esa tizimda xuddi eng birinchi boshda bo'lgani kabi ro'yxatdan o'tadi. Bunda tizim ro'yxatdan o'tishda ko'rsatilayotgan login va parolning eski dasturda bo'lishi yoki xodimning ma'lumotlari zp.uzasbo.uz'ga kiritilgan bo'lishini tekshirmaydi. Yangi rahbar tizimda ro'yxatdan o'tgandan so'ng eski rahbarga tegishli login avtomatik passiv holatga o'tadi va undagi o'zi ro'yxatdan o'tgan tugmadagi bayroqcha ham yo'qoladi. Chunki tizimda bir tashkilotda faqat bitta o'zi ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi bo'lishini talab etadi, shunda ERI kaliti bilan kirishda ham avtomatik o'sha foydalanuvchining kabinetiga kirish mumkin bo'ladi.‼️Yuqorida aytilganidek, barcha bosqichlarda ERI kaliti asosiy rol o'ynaydi. Shu sababli ERI kalitini va uning parolini ehtiyot qilishingiz so'raladi.

@uzasboyangiliklari

We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 7 months ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 1 week ago