UzASBO yangiliklari

Description
UzASBO ДМда ишлаш бўйича тезкор маълумотлар
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 1 day ago

1 month, 3 weeks ago
Xodimning ish haqini belgilash hujjatini to'ldirishda …

Xodimning ish haqini belgilash hujjatini to'ldirishda e'tibor beriladigan holatlar

https://telegra.ph/Xodimning-ish-haqini-belgilashda-etibor-beriladigan-holatlar-10-29

@uzasboyangiliklari

2 months, 2 weeks ago

Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Tabel (ta'lim muassasalari uchun) qismida qo'yilgan cheklovlar (F5,F6,F7,F8,F11,F12 struktura kodli tashkilotlarda ishlaydi)

3-cheklovning maqsadi: Tarifikatsiya tuzishda pedagogik soatlar ham hisobga olinadi. Lekin soatbay haq to'lashda faqat o'quv yuklamasi uchun haq to'lanadi. Shu sababli agar tabelda soatbay soatlar kiritilgan bo'lsa, uning pedagogik soati mumkin bo'lgan soatlardan chegirib tashlanadi. Misol uchun, yuqori sinfda soatlar setkasida matematika fani uchun 100 soat dars ajratilgan. Uning pedagogik soati 80 soat bo'ladi va jami 180 bo'ladi. 2-cheklov bo'yicha tabelda 1804.3=774 soatgacha qo'yilgan soatlar bo'lsa, tabelni tasdiqlashda xatolik chiqmaydi.
Agar shu holatda tabelga 30 soat soatbay miqdor kiritilgan bo'lsa, unda uning pedagogik soati 30
0.8=24 soat bo'ladi va 774-24=750 soat bo'ladi va 3-cheklov bo'yicha tabelda 750 soatgacha ko'rsatish mumkin bo'ladi.

@uzasboyangiliklari

3 months ago
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risida ma'lumot …

Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risida ma'lumot hisobotini tuzishda e'tibor qaratiladigan jihatlar

https://telegra.ph/Debitorlik-va-kreditorlik-qarzlar-togrisida-malumot-hisobotini-tuzishda-etibor-qaratiladigan-jihatlar-09-20

@uzasboyangiliklari

6 months, 1 week ago

E-Hisobotlar-His. mehnatga haq to'lash tarzidagi dar-dlar, JSHDC va SHJBPXga to'l. badallar to'g'. malumot qismida tuziladigan soliq hisobotiga eski dasturdagi summalarni tortib keladigan qilindi. Buning uchun eski dasturda oylik hisoblangan va hisobot tuzilgan so'nggi oy uchun (barcha oylar uchun tuzib chiqsayam bo'ladi, lekin so'nggi oy uchun tuzilishi yetarli hisoblanadi) UzASBO-2da Eski tizimdan olish tugmaga bayroqcha qo'yib hisobot tuziladi. Tizim zp.uzasbo.uz'ning Elektron hisobot-His. mehnatga haq to'lash tarzidagi dar-dlar, JSHDC va SHJBPXga to'l. badallar to'g'. malumot qismida tuzilgan hisobotdagi summalarni tortib keladi.

UzASBO-2'ning o'zida oylik hisoblangan oylar uchun hisobot tuzishda esa bu tugmaga bayroqcha qo'yilmaydi.

Eski tizimdan olish tugmaga bayroqcha qo'yib tuzilgan hisobotni tasdiqlashda "1.: PINFL: 30109910000000 FIO :Abdullayev Abdulla Abdulla o'g'li ushbu xodim UzASBO-2 dasturida topilmadi. Avval ushbu xodimni maʼlumotlar qismidan kiriting", deb xatolik chiqsa, avval mazkur xodimning ma'lumotlarini UzASBO-2'ga kiritib olish kerak bo'ladi.

Soliq kodeksining 86-moddasida soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanishi belgilangan. 389-moddaga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha soliq hisoboti har oyda, hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay topshirilishi belgilangan. Shunga asosan 2024-yil may oyi uchun soliq hisoboti topshirishning so'nggi kuni 19-iyun hisoblanadi.

@uzasboyangiliklari

6 months, 2 weeks ago

Savol: Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Avvalgi daromadlarni kiritish qismidagi hujjatning O'rtacha ish haqi uchun 1/12 to'lovlar tomonida To'ldirish tugmasi bosilsa, zp.mdm.uz manzilidagi mehnat taʼtili toʻlov turi sozlamasi qismida “Tuman koeffitsiyenti” toʻlov turi 1/12 tarafda belgilanishi kerak, deb ogohlantirish chiqyapti. Bu qanday qilinadi?

Javob: zp.mdm.uz ya'ni eski dasturning Spravochniki-Spravochniki polzovatelya-Vidi raschyotov qismiga kiriladi. Mehnat ta'tiliga tegishli otpusk nomli to'lov turini qidiruv bermasdan, ro'yxatdan izlab topiladi. Nastroit tugmasi bosiladi va tuman koeffitsiyentiga tegishli rayonniy koeffitsiyent to'lov turiga o'ng tomonda, ya'ni 1/12 ga kiradigan to'lov turlari tomonida bayroqcha qo'yiladi.

Tuman koeffitsiyenti O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.09.2019 y. 743-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddatini belgilash va qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomning ilovasida keltirilgan tuman va joylarda to‘lanadi. Nizomning 6-bandida ustama undan kelib chiqib hisoblanadigan ish haqiga o‘rtacha ish haqi tarkibidan chiqarib tashlanadigan to‘lovlardan tashqari tarif stavkalari va ishbay baholash bo‘yicha to‘lovlar, tashkilotning mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar, ustamalar va qo‘shimcha haqlar kiritilishi belgilangan.

Misol uchun, qorovul lavozimining okladi yagona tarif setkasining 1 razryadi asosida hisoblab chiqariladi. Tashkilotda okladdan tashqari boshqa ustamalar ham mavjud bo'lsa, tuman koeffitsiyentini hisoblashda ular ham inobatga olinadi. Lekin o'sha boshqa ustamalar mehnat ta'tili, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kabi o'rtacha ish haqidan kelib chiqib hisoblanadigan to'lov turlarini hisoblashda lavozim maoshi emas, 1/12 to'lovlar tarafida bo'lsa va tuman koeffitsiyenti esa lavozim maoshi tarafda tursa, uning summasi faqat okladdan hisoblanib qoladi va summa kamayib ketadi. Shu sababli, endilikda tuman koeffitsiyenti ham o'rtacha ish haqini hisoblashda 1/12 to'lovlar tarafida hisobga olinadigan qilindi. Yuqoridagi cheklov ham shu sababli qo'yildi. Tashkilotda tuman koeffitsiyenti to'lovi mavjud bo'lmasa ham eski dasturdagi mehnat ta'tili sozlamasini aytilgan shaklga keltirib qo'yish talab etiladi.

Mehnat ta'tilini hisoblash tartibi bo'yicha avval video shaklda ma'lumot berilgandi. Shuningdek, qaysi to'lov turlari lavozim maoshiga va qaysilari 1/12 ga kirishi bo'yicha ham tushuntirish berilgandi.

@uzasboyangiliklari

Telegram

UzASBO yangiliklari

Mehnat ta'tilini hisoblash tartibi @uzasboyangiliklari

7 months ago

F1 strukturada, ya'ni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mehnat ta'tili va kasallik varaqaga chiqqan xodimlarning o'rniga ham boshqa xodimlarni vaqtinchalik ishga qabul qilish mumkin bo'ldi. Bunda quyidagi videodagi kabi tartibda ishlanadi.

Eski dasturda maktabgacha ta'lim tashkilotlari mehnat ta'tiliga va kasallik varaqaga chiqqan xodimlarning o'rniga ishlagan xodimlarning buyruqlarini Dokumenti-Uchet kadrov-Zamesheniye vremenno otsutstvuyushego rabotnika (krome ped rabotnikov) qismiga kiritishardi. Dasturning bu qismi aslida bir necha kasbda va lavozimda o'rindoshlik asosida ishlagan holatlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bu yerda maksimal 0.5 stavka (50 foiz) kiritish mumkin edi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.10.2012 yildagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida nizomning 25-bandiga asoslanilardi. Bu banddagi 50 foiz ham aslida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 920-sonli qarori bilan kiritilgan bo'lib, ungacha 30 foiz edi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachilarning o'rniga boshqalarning ishlashi esa aslida bir necha kasbda va lavozimda ishlash emas, o'rindoshlik asosida ishlash hisoblanadi. Bunda qandaydir 30 yoki 50 foiz emas, to'liq oylik to'lanishi kerak edi. Chunki yuqoridagi normativda bir necha kasbda va lavozimda ishlashga quyidagicha tarif berilgan: xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonunchilikda belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishni bajarish bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadi. Tarbiyachilar esa o'z ishi bilan bir vaqtda emas, bo'sh vaqtda ishlashadi va bu normativdagi o‘rindoshlik asosida ishlashning tarifigayam mos keladi: o‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi.

UzASBO-2'da esa videoda ko'rsatilganidek ishga qabul qilishda, kimning o'rniga ishlasa, avtomatik o'shaning stavkasi tushadi. Hech qanday 30 yoki 50 foizga ko'paytirilmaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining namunaviy shtatlarida ham xarajatlar smetasida tarbiyachi, tarbiyachi yordamchisi kabi lavozimlar bo'yicha mehnat ta'tiliga ketgan xodimlarning o'rnini bosuvchi shaxslarga mablag'lar rejalashtirilishi ko'zda tutilgan. Shtatlar jadvalida buning uchun xodimlarning taʼtil davrida, kechki, navbatchilik va bayram vaqtlarida oʻrin almashish uchun va boshqa kompensatsiya toʻlovlari yillik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi nomli alohida ko'rsatkich mavjud. Afsuski, nazorat qiluvchi organlar ham, muammoli holatlarda esa sud organlari ham bu bo'yicha noto'g'ri xulosalar berib kelishgan.

*Bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadigan holatlar uchun esa buyruqlarni kiritish tartibi hali to'g'rilangani yo'q.

@uzasboyangiliklari

Telegram

UzASBO yangiliklari

Homiladorlik va tug'ish ta'tiliga, bola parvarishlash ta'tiliga ketgan xodima o'rniga vaqtinchalik boshqa xodimni ishga qabul qilish tartibi @uzasboyangiliklari

7 months, 1 week ago

UzASBO-2'da markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga o'tkazilgan tashkilotlarda soliq hisobotlarini yuqori turuvchi tashkilotda jamlash funksiyasi qo'shildi. Bunda avvalgi tartib biroz o'zgartirildi. Endilikda yuqori turuvchi tashkilotda E-Hisobotlar-His. mehnatga haq to'lash tarzidagi dar-dlar, JSHDC va SHJBPXga to'l. badallar to'g'. malumot qismida hujjat tuzib tasdiqlansa, hujjatni tasdiqlash jarayonida quyi turuvchi tashkilotlarda tasdiqlangan statusda turgan hisobotlar asosida summalarni hisoblab chiqaradi. Ya'ni, avvalgidek, hisobotni yuborish va qabul qilish jarayonlari bo'lmaydi.

Yuqori turuvchi tashkilotda hujjatni tasdiqlashda quyida ham tasdiqlangan turgan, ya'ni jamlangan hisobotlarni bekor qilib bo'lmaydi. Ularni bekor qilish uchun birinchi navbatda yuqori turuvchi tashkilotda tuzilgan hisobot bekor qilinishi kerak bo'ladi.

@uzasboyangiliklari

Telegram

UzASBO yangiliklari

***❇️******❇️******❇️*** Tuman (shahar)lardagi maktabgacha ta'lim bo'limlari tugatildi va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining buxgalteriya hisobi qayta tashkil etilgan maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim (MMTB)larida yuritilyapti. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining soliq…

7 months, 3 weeks ago

Savol: Oʻqituvchilarga malaka oshirish davrida tabelda ish soatlari toʻliq qoʻyilardi. Shuningdek, oʻsha oʻqituvchining oʻrniga boshqa xodimlarning oʻrindoshlik asosida oʻtgan dars soatlarini ham tabelga kiritilardi. UzASBO-2 da esa tabelni tasdiqlashda soatlar setkasidan oshib ketganligi boʻyicha ogohlantirish chiqyapti, buni qanday to'g'rilash kerak?

Javob: Mehnat kodeksining 370-moddasida xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va oʻrtacha ish haqini saqlab qolishi shartligi belgilangan. Shu vaqtgacha tashkilotlar oʻqituvchiga faqat dars soatlarini toʻlab, bunda ham sinf rahbarlik va daftar tekshirish kabi toʻlovlarni toʻlamay xato ishlab kelishgan. Mazkur holatda UzASBO-2 da quyidagilarga eʼtibor qilish kerak:

- Tabelda faqat haqiqatda oʻtilgan dars soatlari qoʻyiladi. Qaysidir sabab bilan xodim ishda boʻlmagan va dars oʻtmagan boʻlsa, lekin unga oylik toʻlanishi kerak boʻlsa tabelda soat qoʻyilmaydi. Bunga malaka oshirish, xizmat safari kabilar kiradi.

- Malaka oshirish kabi oʻrtacha ish haqi saqlanadigan davrlar uchun esa Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Ijtimoiy taʼtillar va ishdan ozod etish boʼyicha boshqa buyruqlar qismiga tegishli buyruq kiritiladi va Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Malaka oshirish davrida o‘rtacha oylik ish haqini hisoblash qismida esa oʻrtacha ish haqi hisoblab chiqariladi. Tabel toʻldirishda tegishli kunlar Oʻqish (malaka oshirish) munosabati bilan ishlab chiqarishdan ajralgan holda ish haqi saqlanadigan taʼtil tabel koʻrsatkichi bilan chiqadi va mazkur sanalarga tegishli oʻrtacha ish haqi oydagi ish kunlaridan kelib chiqib taqsimlanib toʻlanadi.

@uzasboyangiliklari

7 months, 3 weeks ago

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tarifikatsiyadan o'tmagan, soati o'zgargan yoki ustama, toifalarida o'zgarish bo'lgan o'qituvchilarga Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida hujjat yaratilsa, tarifikatsiyada yo'qligi yoki mos kelmasligi bo'yicha ogohlantirish chiqayotgandi. Bu kabi holatlarda tegishli tarifikatsiyani har safar moliya organlari bilan kelishish ham mavjud normativ huquqiy hujjatlarga unchalik muvofiq emas. Shu kabi holatlarni hisobga olib, quyidagi o'zgaritishlar kiritildi:

- Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida zp.uzasbo.uz'dagi tarifikatsiya bilan tekshirish cheklovi olib tashlandi;

- Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Tabel (ta'lim muassasalari) qismida hujjatni tasdiqlashda har bir fan bo'yicha tabelda kiritilgan jami soat va zp.uzasbo.uz'dagi soatlar setkasi (jami) qismidagi soatlar o'zaro solishtiriladi va soatlar setkasidan oshib ketgan holatlarda tegishli ogohlantirish chiqadi. Bunda fanlar bo'yicha tabelda qancha soat ko'rsatilyapti va soatlar setkasida qancha soat mavjudligi bo'yicha pechat tugmadan foydalanib ma'lumot olish mumkin;

- Agar Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida maktabga tegishli bo'lmagan fanlar tanlangan bo'lsa, tabelni tasdiqlashda "ushbu fan tashqi tizim fanlari bilan moslanmagan yoki ushbu tashkilotda tanlash mumkin emas", deb ogohlantirish chiqadi. Bunda Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida aytilgan fanlar ko'rsatilgan xodimlarda hujjatni bekor qilib to'g'rilab chiqish kerak bo'ladi;

- Cheklovda fanlar bo'yicha soatlar rol o'ynagani sababli Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Tabel qismida xodimlarga soatbay ustunida ma'lumot kiritilgan bo'lsa, hujjatni tasdiqlab bo'lmaydi va bu bo'yicha tegishli ogohlantirish chiqadi. Ya'ni psixolog, direktor, direktor o'rinbosari kabi xodimlar o'rindoshlik asosida dars o'tsa, ularni ham alohida ishga qabul qilish va Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida ma'lumot kiritish kerak bo'ladi;

- Endilikda soatlar setkasi (jami) o'zgaradigan holatlardagina (uyda ta'lim oladigan bola qo'shilishi yoki qisqarishi, qo'shimcha sinf ochilishi yoki tugatilishi) tarifikatsiyani qayta ro'yxatdan o'tkazish talab etiladi.

@uzasboyangiliklari

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 1 day ago