Veb-sayt: www.president.uz
Facebook: www.fb.com/Mirziyoyev
Instagram: www.instagram.com/mirziyoyev_sh
Twitter: twitter.com/president_uz
Youtube: www.youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
© O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Davlat boshqaruvi, kadrlar siyosatiga oid muhim manba
Last updated 2 months, 2 weeks ago
Welcome, dears🫶🏻
🇺🇿Ingliz tili, IELTS, Thoughts ☕️
Aloqa uchun: @englishmadeena_connect
TikTok: @englishmadeena
Instagram: : @englishmadeena
Last updated 1 month, 3 weeks ago
? AQSh iqtisodiyoti asosi
21-asrda AQSh ishtirok etgan muhim urushlar va nizolar ro'yxati, joy nomlari va yillar oralig'i bilan:
Afg'oniston (Afg'oniston urushi)
- Yillar: 2001–2021
Iroq (Iroq urushi)
- Yillar: 2003–2011
Pokiston (Dron hujumlari va harbiy operatsiyalar)
- Yillar: 2004–hozirgi vaqtga qadar
Suriya (Suriya fuqarolar urushi ishtiroki)
- Yillar: 2014–hozirgi vaqtga qadar
Liviya (Liviya fuqarolar urushiga aralashuv)
- Yillar: 2011
Yaman (Dron hujumlari va Saudiya koalitsiyasiga yordam)
- Yillar: 2002–hozirgi vaqtga qadar
Somali (Al-Shabaabga qarshi harbiy operatsiyalar)
- Yillar: 2007–hozirgi vaqtga qadar
Filippin (Ozodlik uchun doimiy sa'y-harakatlar – Filippin)
- Yillar: 2002–2015
Manbaa: Wikipedia
Bular AQSh to'g'ridan-to'g'ri urushlari. G'azodagi genosidni Isroil orqali qilmoqda. Va shunga o'xshagan urushlari bu ro'yxatga kiritilmadi.
Nega amerika odamlarni o'ldiradi?
@boykot_qildim - men boykot qildim
*? Boykot Apple*
Men nega Apple (iPhone) kompaniyasini boykot qildim?
Sizga 3 ta ko'pchilik biladigan katta sabablarni aytaman
⚠️ Quyida yozganlarimga rasmiy va ishonchli manbaalardan havola keltirib o'tdim!
?️️ Birinchi sabab
Apple xodimlari Isroil mudofaa kuchlari (Saxal - G'azoda genosid qilayotgan harbiy guruh) uchun hissa qo'shishsa (donate) huddi shuncha qo'shib Saxalga berayotgan ekan
Masalan Apple xodimi Saxal uchun $100 beraman desa, Apple yonidan yana $100 qo'shadi va $200 dollarni Saxal rivoji uchun beradi. Apple to'g'ridan-to'g'ri genosidni qo'llab quvvatlayapti. Ba'zi xodim va aksiyonerlar bundan norozi bo'lib Tim Cook'ga ochiq xat yo'llagan. Ochiq xatga javob berilmagan.
Bu ochiq oydin va rasmiy ko'rinishda bo'lmoqda. Bu haqida quyidagi havolada ko'proq bilib olishingiz mumkin
⚠️ O'ylaymanki aynan qotillik uchun yordam berayotgan kampaniya mahsulotini sotib olmaysiz!
?️️ Ikkinchi sabab
Apple kompaniyasi Amerika uchun 2022 - yil $19.3 milliard soliq to'lagan. Oxirgi 3 yilda jami 50 milliard dollardan ko'proq soliq to'lab kelgan.
Ko'p eshitgansiz Isroilni asosiy qo'llab keluvchisi bu Amerika. Amerika bu yordamlarni asosan soliqlardan qiladi. Apple to'lagan 50 milliard dollardan qanchasi Isroilga qurol berishga ketgan ekan?
?️️ Uchinchi sabab
Apple LGBTQ+ jamiyatini doimiy qo'llab, himoyalab keladi. O'zining chiqishlarida va mahsultolarida ochiq oydin bu qo'llovini ko'rsatadi
Balki siz buni Iphone telefonida o'qiyotgandirsiz. Boshqa Apple mahsulotini sotib olmang va shunga targ'ib qiling. Uni maqtamang.
✳️ Men umrim davomida Iphone sotib olmadim. Olmayman inshaalloh. Atrofimdagilarni ham shunga chaqiraman. Men yosh bolalarni, chaqaloqlarni och qoldirib o'ldirishga **mutlaqo qarshiman!
Men Apple'ni** @boykot_qildim
O'z farzandingiz yoki yaqin qarindoshingizni (jiyanlar) shu chaqaloq o'rniga qo'yib tasavvur qiling! Meni ham farzandim bor, hali 1 yoshga to'lmagan. Chidab bo'lmaydi?
Bunday videolarni deyarli kanalga yubormaganman. Lekin odamlar yodidan ko'tarilmoqda G'azo holati. Eslatib qo'ydim. Uzr so'rayman.
Amerika shu ishlarda asosiy sababchilardan. Qotillik uchun yordam bermoqda.
Ertaga Apple haqida maqola chiqaraman inshaalloh.
?? Дин Ишлари Раиси Эрбаş:
Мазлумларни қўлимиз, тилимиз ва бор воситаларимиз билан қўллаб-қувватлашда давом этайлик, золимлар ва уларнинг тарафдорларига бир тийин ҳам ҳисса қўшмайлик. «Келинг, бойкотни давом эттирайлик.»
Telegram: t.me/FaIastin
*? Ramazon muborak boʻlsin*
Ramazon rohmat oyi, gunohlardan poklanish oyi, Qurʼon oyi
Ramazonni Alloh rozi boʻladigan holatda oʻtkazishlikni Uning oʻzi barchamizga nasib qilsin
Farzandi bor birodarlar Ramazon oyini xursandchilik bilan oʻtkazaylik. Bolalarimiz Ramazonni sogʻinishsin, xuddi koʻp bolalar yangi yil xursandchilik qilgani kabi
✳️ Foydasi tegsa yaqinlarga xabar berishni unutmang@boykot_qildim
Googleda hech qachon ishlamayman
Google va Amazon boshqa ishlari bilan ham Isroilga yordam berib kelayotgandi. Endi esa qotillik qurolini yasamoqchi ekan
Hammamiz koʻrib turibmiz Gʻazoda tinch aholi qirib tashlanmoqda. Qamal qilib olishgan. Tinch aholi chiqib ham ketolmaydi. Bolalar ochlikdan oʻlmoqda.
Shu ishlarni qilayotgan Isroilga qaysi aql va vijdon bilan yordam berish mumkin?
Bu kompaniyalarda noinsoniy, vaxshiy harakaterlik rahbarlar mavjud ekan.
Ular mening va musulmonlarning balki butun insoniyatning dushmani
Oʻzim dasturchiman. 3 yildan beri shu sohada ishlab kelaman. Avvallari Google, Amazon yoki Facebook kabilarda ishlashni hohlardim va harakat qilardim
Endi bu kompaniyalar kechirim soʻrab chiqsa ham ularda ishlamayman inshaalloh
*✳️ Foydasi tegsa yaqinlarga xabar berishni unutmang*@boykot_qildim
Gʻazodan boshqa mavzu haqida yozsam adolatsizdek tuyilmoqda. Chunki bugungi kundagi eng muhim mavzu - albatta G’azo. Meni va butun dunyodagi barcha normal insonlarni qalbi Gʻazoliklar bilan. Qanday katta tarixiy fojiani koʻrib, shohidi boʻlib turibmiz. Tasavvur qilish qiyin, lekin har kuni oʻnlab, yuzlab oʻlimlar, adolatsiz tugatilgan hayotlar haqida oʻqiyapmiz, koʻryapmiz.
Masalan bugun Associated Press 10 yildan beri farzand orzusidagi boʻlgan oila juda qiynalib oxir oqibat egizaklik boʻlgani lekin shu ikki orziqib kutilgan besh oylik goʻdaklar oʻz otasi bilan birga bombardimon natijasida halok boʻlgani haqida yozibdi. Bu oila bugun o’ldirilgan bir nechta oilalardan biri xolos.
Ukraina urushi boshlanganida, yigirma birinchi asrda bunday qirgʻinbarot boʻlishiga ishonish qiyin deb oʻylagan edim, yozgan edim. 2022 yilni boshida boshlangan urushda, bugungi kunga kelib sal kam 600 ta bola halok boʻldi — nihoyatda katta fojia. Gʻazoda oxirgi toʻrt oyda taxminan 12000 bola oʻldirildi - buni nima deb atashni ham bilmayman. “Fojia” so’zi kulfatni o’lchamini yetarli darajada adolatli ko’rsatib bera olmayapti, menimcha.
AP News
After 10 years of trying, a Palestinian woman had twins. An Israeli strike killed them both
It took 10 years and three rounds of in vitro fertilization for Rania Abu Anza to become pregnant, and only seconds for her to lose her five-month-old twins, a boy and a girl.
*? Boykot qilmaslik qanday ta'sir qiladi?*
G'azoda hali ham qatliom davom etmoqda. Avvalgidan ko'ra yomonroq.
Halok bo'lganlar soni 30 mingdan oshdi. Kuchli ochlik bo'lmoqda.
G'azodagi voqelarni kuzatib borish uchun manbaalar:
- @Falastin (juda faol manbaa)
- @Azon_global
- @Globaltahliluz
Qiyin lekin befarq bo'lmaslik uchun. Inson unutuvchi.
*?️ Mahsulotni tekshirish:boykotqildim.com
✳️ Boykot qilingan mahsulotlar, sababi va o'rnini bosuvchi mahsulotlar ?*@boykot_qildim
*✳️ Loyiha faoliyatni to'xtatib qo'ymaydi, inshaalloh*
Ko'p bezovta qilish niyatim yo'q. boykotqildim.com ham sizlar uchun ishlab kelmoqda. Yangi mahsulotlar saytga qo'shiladi.
Hamda Musulmonlar uchun foydali bo'lgan yana bir dastur ishlab chiqish niyatidamiz
Nasib bo'lsa uni ham shu joyda taqdim qilamiz inshaalloh. Dastur, birlashib zikr qilish yoki biror amalni birgalashib bajarishga yo'naltirilgan. Qo'llab quvvatlash uchun kanalda qolishingizni so'rar edik.
Assalomu alaykum
boykotqildim.com
Isroilga boykot | Boykot qilingan mahsulotlar ro'yxati
Boykot qilingan mahsulotlar ro'yxati. Sababi, manbaasi, qanday boykot qilish mumkin va o'rnini bosuvchi mahsultolar haqida batafsil
Veb-sayt: www.president.uz
Facebook: www.fb.com/Mirziyoyev
Instagram: www.instagram.com/mirziyoyev_sh
Twitter: twitter.com/president_uz
Youtube: www.youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
© O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Davlat boshqaruvi, kadrlar siyosatiga oid muhim manba
Last updated 2 months, 2 weeks ago
Welcome, dears🫶🏻
🇺🇿Ingliz tili, IELTS, Thoughts ☕️
Aloqa uchun: @englishmadeena_connect
TikTok: @englishmadeena
Instagram: : @englishmadeena
Last updated 1 month, 3 weeks ago