Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Loqayd ona ! (Insha Alloh bizni obunachilarimiz orasida bunday loqayd onalar yoʻq degan yaxshi umiddamiz)
Onaning fikri-hayoli uy, taom va internet boʼlsa - farzand qanday qilib solih boʼlsin
Ona soatlab ijtimoiy tarmoqlarda oʼtirib, bolasining tarbiyasi uchun bir soat ham ajratmasa - farzand qanday qilib moʼmin boʼlsin
Ona oʼz farzandiga yarim bet ham Qurʼon yodlatish salohiyatiga ega boʼlmasa - farzand qanday qilib qori(a) boʼlsin
Ona ertayu-kech yangi libos va tilla-buyum dardida boʼlsa - farzand qanday qilib faqih boʼlsin
Ona oʼz jufti halolining rizqiga noshukur boʼlsa - farzand qanday qilib sabrli boʼlsin?
Ona farzandiga sahobalar va ularning hayosi, taqvosi haqida aytib bermasa - farzand qanday qilib taqvoli boʼlsin
Ona oʼz farzandiga otani qanday hurmat qilishni oʼrgatmasa - farzand qanday qilib mujohid boʼlsin
Yana bezlarcha "Farzandim tarbiyasini telefon buzdi" deyishlari qandoq boʼldi
Tarixning mashhur mujohid, imom-u faqihlarining barini yetuk insoniy tarbiya koʼrishida ularning onalari asosiy rol oʼynagan edi.
Onalar farzandlarini keyinchalik ulgʼayganida koʼp pul topadigan qilib emas, insonlarga manfaati tegadigan qilib tarbiya qilishar edi.
Imom Molikning onasi
Аliya bint Shoriq ibn Аbdurahmon Аsadiy farzandini yoshligidan ustozlar tarbiyasiga bergandi. Kichkina Molikka eng pokiza liboslar kiydirib, uni olimlarning huzuriga olib borardi.
U farzandini nafaqat tashqi koʼrinishini, balki tarbiyasi ustida ham qattiq harakat qilardi. Kelajakda Imom Molik Madinaning eng katta olimi, mazxab asoschisi boʼlib yetishdi.
Imom Shofeʼining onasi
Uning otasi u chaqaloqligida vafot etadi. Uning tarbiyasi bilan toʼliq onasi shugʼullanadi.
Bolasi oʼqigan va olgan ilmini onasi uyda sarhisob qilar va undan nimalarni oʼrganganini soʼrab, xatolarini toʼgʼirlab, uyda unga qoʼshimcha taʼlim berardi.
Kelajakda Imom Shofeʼi buyuk faqih va katta olim boʼlib yetishdi.
Imom Buxoriyning onasi
Buxoriyning otasi vafot etgach, otasidan qolgan barcha mol-mulkni onasi farzandining taʼlim-tarbiyasi uchun sarfladi.
U bolasini yoshligidanoq oʼzi qoʼlidan yetaklab masjidlarga olib borar, ulamolarning darslariga yetaklardi.
Kunduzi uning tarbiyasi bilan, kechasi esa u uchun duo qilish bilan mashgʼul boʼlardi.
Buxoriyning koʼzlari ojiz boʼlganida onasining iltijosi sabab Аlloh shifo bergani olamga mashhur voqea.
Natijada Buxoriy ummat uchun Qurʼondan keyingi eng sahih kitob - "Sahihul Buxoriy"ni qoldirdi.
Аgar ayollar farzand tarbiyasiga sovuqqon boʼlsalar, ularni ummatga xizmat qiladigan qilib emas, mol-davlat topishga oʼch qilib tarbiyalar ekan - ularning ham, ummatning ham xorligi yakun topmaydi!
Zero,
"Toki ular oʼzlarini isloh qilmagunlaricha, Аlloh ham ularning holatini isloh qilmas!"
©Farzand tarbiyasi
Qizingizga qanday raqs tushishni emas, balki qanday namoz oʻqishni oʻrgating!
Qanday qoʻshiq kuylashni emas, balki qanday Qurʼon tilovat qilishni taʼlim bering!
Uning pardozini atr-upalar bilan emas, balki hijob ila ziynatlang! Qiyomat kuni zararingizga emas, foydangizga hujjat boʻlishiga harakat qiling!.
#Abdulhodiy Yusuf
Ellik yoshdan keyin Qurʼon yodlash
Shayx Abdulmuhsin Abbod hafizahullohdan: «Kishi ellik yoshdan keyin Qurʼon yodlay oladimi?», deb soʻralganida: «Ha, oʻzim ham ellik yoshdan keyin Qurʼon yodlaganlardan biriman. Koʻp sahobalar (Alloh ulardan rozi boʻlsin) Islomni qabul qilgan paytlarida yoshlari katta edi. Shunga qaramay ular Qurʼonni yod olganlar», deb javob berdi.
*Qisqasi, siz ham himmatingizni tushurmang birodarim!
….manzilda adashganimda atrofimda ikki xil “qiyomatli” do’stlarimni ko’rdim biri qo’limdan tutib tog’ri yolga boshlashga urundi ,ikkinchisi o’zgarganimni bilib meni o’zlaridan uzoqlashtiridi…(
#conclusion
Do’sting fitnalar ichida qolib ketsayu sen uni olib chiqishni o’rniga uni yarim yo’lda qoldirding demak sen xech qachon Qiyomatli tugul oddiy do’st xam bo’lolmabsan!
tegib ketgan bo’lsa uzr)
Qurʼon yodlashga kirishgan payti farzandlarni uy yumushlaridan bir muncha ozod qilgan yaxshi. Qurʼonni yodlab uni yoʻlga qoʻyin olguncha. Baʼzi onalar farzandim har taraflama yetuk boʻlishi kerak deb ularni ezib qoʻyadi. Axir bu bolaku, siz oʻzizdan talab qilgan narsani undan talab qilishiz toʻgʻri boʻlmeydi.
Muhimi bolani Qurʼondan bezitib qoʻymaslik kerak. Qurʼonni hamma ham yodlay olmaydi, uni oʻziga yarasha qiyinchilik va mashaqqatlari boʻladi. Biz farzandlarimizga ana shu mashaqqatlardan chiroyli holatda oʻtib olishligiga koʻmak beraylik...?
Agar siz farzand boʻlsangiz, ota onangizdan biroz yumushlardan boʻshatishligini iltimos qiling. Albatta Alloh oʻzi osonlik beradi))
Muhimi duo qilib,holis boʻlgan holda,jiddu jahd bilan davom etishligimiz kerak))
Alloh oʻzi har bir Qurʼon yodlashga kirishgan toliblarga yengillik bersin. Ilmlarini amali bilan berishligini soʻreymiz..
#foyda
© Qurʼon hofizi ?
#Yaxshi_xulqda_isloh_qiling Hozirgi kunda baʼzi kanallarda kuzatib turibmizki, baʼzi birodarlar "menga sen yetmayabsan" deb biosiga yozib olishsa baʼzi adminlar kanallarida chiroyli gumon qilayabmiz deb ustidan kulishayabdi... Achinarlisi men bilgan ahli…
Hozirgi kunda baʼzi kanallarda kuzatib turibmizki, baʼzi birodarlar "menga sen yetmayabsan" deb biosiga yozib olishsa baʼzi adminlar kanallarida chiroyli gumon qilayabmiz deb ustidan kulishayabdi... Achinarlisi men bilgan ahli sunna kanallarida shunday holatlar subhanalloh
Endi shunday postlar joylayotgan birodarlar aql bilan tafakkur qilingchi sizni shunday kimnidir ustidan kulishingizda mantiq yoki manfaat bormi? Siz ochgan kanalingizni birodarlarni ustidan kulish uchun ochganmisiz yoki ummatni isloh boʻlishiga sababchi boʻlish uchunmi. Paygʻambarimiz birodarlarini ustilaridan kulganmi?
shu qilayotgan muomalangizni oʻzingizga qoʻyib koʻrsangiz qanchalik qilayotgan ishingiz to‘g‘ri emasligini bilardingiz.
Boshqalarga mediada joylayotgan har bir postingiz uchun Alloh soʻrov qiladi. Postlaringizni oʻqib birodarlar mahzun boʻlmaydi deb oʻylamaysizmi? Vijdoningiz boʻlsa ozroq tafakkur qiling. Siz davat qilishga chiqayotgan paytingiz nimani maqsad qildingiz, zotanki shunga oʻxshash „kamsitilgan“ postlaringizda manfaat yoʻq!
Allohga taqvo qiling!
Siz musulmonsiz... Oʻzingizga shunday pastkashlikni ravo koʻrasizmi? Kofirlarga qarshi kam sonli moʻminlar qilich ko‘targanda, siz xatokorlarni ustidan kulib gapirishingiz yaxshi emas. Xato qilsa, chiroyli xulq bilan isloh qiling. Albatta go‘zal xulq va kamsitmaslik Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sifatlaridandir.
Ps:Allohga taqvo qilib xatokor birodarlarga chiroyli uslubda, go‘zal xulq bilan tushuntiring farosatli adminlar!
© Qurʼon hofizi ?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago