Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Erta uchun ovqat masalliqlarini tayyorlab qo’ydim. Oshxonadan ovoz chiqsa bolam o’yinchoqlariniyam tashlab kelaveradigan bo’libdi. Pol esa kafel muzdakda qo’llari oyoqlarini bosganini ko’rib yuragim achidi. Shunga iloji boricha qisqartirdim u yerda yurishni.
Topingchi, nima qilyapman? Spoiler: tmrw is a veggie day
Turmush o’rtoq tanlashda men nimalarga e’tibor berdim?
To’g’risini aytsam men turmush o’rtog’imni uchratishdan ozgina avval bu tanlovni mutlaq Allohga topshirgan edim. Love storyda o’qigandirsizlar qanday duo qilganimni. Katta bo’lganim sari meni Yaratgan Zot menga kim kerakligini mendanam yaxshi biladi degan xulosaga keldim. Va bu haqda boshqa o’ylamadim, qayg’urmadim. Sababi men aniq bilmayman 5-10 yildan keyin men nimalarni istayman, nimalar yoqadi menga. Turmush esa bir umrlik savdo. (Sizga ham shuni maslahat beraman.)
Men turmush qurganimdan keyin qarashlarim didim juda o’zgardi. Lekin haligacha erimning meni hayron qiladigan, qiz bola paytim hayolimgayam kelmagan lekin men uchun juuda muhim hislatlari kelib chiqaveradi. Buni men duoimni ijobatiga yo’yaman. Xudoyimga bexisob shukur.
Quyida xozirgi men muhim deb topgan va har bir qiz turmush qurishdan oldin e’tibor berishi kerak bo’lgan xislatlarni yozdim.
Qalban, aqlan va jismonan voyaga yetgan. Buni bitta gaplashgandanoq, o’zini tutishi og’zidan chiqadigan gaplaridan ushlasangiz bo’ladi.
Moliyaviy mustaqil (men o’z to’yini o’z puliga qilishini istardim.)
Aytgan gapini bajaradigan/bir so’zlik. Aks holda xurmatim tushib ketadi.
Mendan kuchliroq, aqlilliroq va kattaroq bo’lishini istaganman. Hayotni mendan ko’p ko’rgan tajribali = dunyo qarashi keeeng. Chunki umr yo’ldoshimga har jabxada suyana olishni xohlardim. Undan Impressed bo’lishni istardim doim. Bilmaganimda so’rasam doim javob bersin.
Oliyjanob. Atrofdagi hammani jinsi dini irqidan qat’iy nazar xurmat qilishi. Xatto hayvonni xatto hashorotni.
Qizlar aslida didlar har xil. Menga yoqqan narsa sizga yoqmasligi mumkin. Turmush o’rtog’ingizda qanday hislatlar ko’rishni istashingizni o’tirib o’ylang yozing fantaziyani ishlating. So’rang. Hammasi amalga oshadi Xudo xohlasa.
Lekin bitta narsani yodingizda tuting! Odam hech qachon o’zgarmaydi. Mayli o’zgarar/o’zgartirvolaman deb shoshib turmush qurmang. Nimadir qoniqtirmasa darhol yo’q deng yoki shu bilan yashashga rozi bo’lsangiz turmushga chiqing.
Turmushga chiqqan qizlar ham oilada uchta asosiy muhim deb topgan hislatlarini yozsin?❤️
Turmush o’rtoq tanlashda men nimalarga e’tibor berdim?
(Mendan eng ko’p so’ralgan savolga nihoyat javob yozdim.)
Baxt
Baxt bu yerda emas. Umuman. U bu olamga tegishli emas. Pulda, munosabatlarda, qimmat yoki arzon xaridlarda emas. Xuddi farzandlar, yutuqlar va sayohatlarda bo'lmagani kabi.
Baxt butunlay boshqa o'lchamlarga tegishli, u boshqa tabiatga ega. Ilohiy. Abadiy. Cheksiz. Shartsiz.
U yaxshigina yashirib qo’yilgan. Ammo u biz odatda qidiradigan joylarda emas. Qizig’i shundaki, Mexribon Zot uni burnimiz ostiga - Yuragimizga joylagan.
Uni tashqaridan, biron bir makondan qidirish befoyda. Baxt dunyoga kelganimizdan beri doimo qalbimizda bo’ladi. U bizning borligimizning ajralmas qismidir.
Baxtni his qilish uchun bizga o'zimizdan boshqa hech narsa va hech kim kerak emas. Va bu insonning eng katta sirlaridan biridir.
Baxtni o’z ichimizda borligini his qilsak, uni atrofdagi hamma narsada ko’ra boshlaymiz.
Good morning! Banana&blueberry pancakesim qiyma bo’b ketishidan 1 sec oldin?
Allohim O’zingga shukur. 9 months
Pastaxo‘rlar oilasidan xayrli oqshom. Pastaga muxabbatimdan tug‘ishga ketyotgandayam pasta yeb ketganman ??
Germaniyada pastani rosa turlari ko‘p. Biz quruq aynimaydigan mahsulotlarni (guruch, pasta, un va hkz) skidkaga tushganda ko‘proq olib qo‘yamiz. Bu yerda har payshanba qandaydir mahsulotlar skidkaga tushadi. Bir ikki evrodan yig‘iladida. Ayniqsa urushdan keyin infilatsiya ko‘tarilgan payt… (ekonomistni xotinimanda?)
Sizga qanday pasta yoqadi?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago