Siddiqa Hasan

Description
📬 Muharrir, musahhih, kopirayter, ssenarist va havaskor suratkash hamda yozuvchi qizning oddiygina sahifasi.

Hayotim kitoblar, matnlar, anglashlar va muhabbatdan iborat🪭

Manba bilan oling! Suratlar va matnlar muallifi oʻzim.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month ago

Omonatlik hissi…

6 yil oʻtib yana ushbu his bilan toʻqnashyapman.

Tushuntirish umuman imkonsiz. Ketmasdan qololmaysan, ketib koʻnglingni uzolmaysan.
Boshimdan oʻtmagan-ku (oʻtmasin ham), lekin bitta buyrakni yoʻqotishdek gap.

Nimadir kam, nimadir gʻalati, nimadir noqulay…

1 month ago

Turkiyadan kitob buyurtma qilishni xohlovchilar diqqatiga!

Xabarila boʻlsa, ibn Haldunning “Muqaddima”sini qidirib yurgandim. Oʻzbekistonda judayam qimmat ekan. 350 mingdan boshlanib, 700 minggacha davom etadi. Nima qilishni oʻylab tursaam…

Turkiyada magistr oʻqiydigan kursdoshim men sizga Turkiyadan yuboraman deb qoldila. Hozirda Turkiyada ayrim kitoblarga chegirma ketyaptikan, fursatdan foydalanib, men “Muqaddima”ga buyurtma berdim. Ancha arzon narxga:)

Agar silayam “Muqaddima”ni yoki oʻzila xohlayotgan boshqa kitobni omoqchi boʻsela kursdoshim olib, joʻnatvorishlarini aytdila. Bunaqa imkoniyat har doim ham boʻlmaydi. Istalgan kitobni chegirma narxida ovolishila mumkin

Oʻzlariga yozib, bemalol buyurtma berishila mumkin. Userlarini qoldiraman. @Egamberdieva_9

Faqat tezroq yozila, chunki chegirmala yakshanbada tugab qoladi.

1 month ago

Toshkentlik, meni anchadan beri taniydigan va men bilan suhbatlashishni istaydigan qizlar uchun bir taklif qoldirdim.

Vaqt juda kam, oʻtib bilvolilar.

https://t.me/+EBbUlZdSTR9iN2U6

Noma’lum nomlar, belgilar, oʻgʻil bolalar qabul qilinmaydi.

1 month, 1 week ago
Siddiqa Hasan
1 month, 1 week ago

Қисматимиз жуда ўхшар қиш тунига, боқ:
Совуққина, зерикарли ва лекин оппоқ...

Абдулла Шер.

1 month, 1 week ago

Doʻstlik qurbonlik talab qiladi…

Kecha dugonam bilan uyda kinoparty qilishga kelishgandik. Baxtimizga uydigilar bugun Qashqadaryoga ketishiga toʻgʻri kelib qoldi.

Kechga yaqin dugonamga yoʻlni tushuntirib, yarim yoʻlgacha chiqib, oʻzim kutib olishimni, uyga birga qaytishni aytib, telefonni qoʻyib, tez-tez uy ishlarini qilishga tushdim. Dugonam keldi, men esa hali kiyinishga ulgurmadim…

Juda katta tezlikda kiyinib, uy chiroqlarini oʻchirib, hamyonim va sumkamni olib, eshikni qulflab yugurdim. Koʻcha qop-qorongʻu, 18:22 soat. Odam kam, ammo borlari ham negadir menga gʻalati qaraydi. U-yoq buyogʻimga nimadir boʻlibdimi deb qarayman, qayoqda, hammasi bib-binoyidek. Ochilib ketgan boʻlsam kerak-da deb, hazlga yoʻyaman.

Boshqa odam gʻalati qaragandan keyin oʻzimga qaytadan razm soldim, ne koʻz bilan koʻrayki, koʻchada yomgʻir, sovuq va odamlar qalin kurtkalarda yurgan bir paytda men oʻzimni yozlik koftada koʻrdim. Uydan ultro pro max tezlikda shoshib chiqqanimdan, egnimga qalinroq ustki kiyim kiyishni unutibman. 😂

Lekin negadir hecham sovuq yemadim. Qaytanga, qizib ketaverdim. Qaytishda esa sharros yomgʻir. Koftada chiqqan odam aniq sovgʻatadi. 😂 Ammo koʻngli boʻsh dugonam bu holatimga jim qarab turolmadi. Mardonalarcha oʻz kurtkasini berdi. Haaa, bugun ikkimiz ham doʻstlik qurbonligini ado etdik.

Bozordan apelsin olayotsak, sotuvchi opa, zoʻr yogʻyaptiya yomgʻir, deb qoldilar. Biz esa, haaa, ayniqsa, uydan koftada chiqsangiz undanam maza boʻlarkan deb kulishdik bir-birimizga. 😁

Xullas, uydan koftada chiqmanglar. Ertaga qish.)

1 month, 2 weeks ago

Boshiga koʻp sinovlar kelgan kishiga oxiratda koʻp savoblar beriladi. Balo-musibatga uchraganlarga berilgan ajru savoblar ini koʻpligini koʻrib, bu dunyoda tinch-xotirjam yashaganlar ham balolarga koʻmilib yashashni orzu qilib qoladi.

Eng sharafli ummat 📚

@Siddiiqa

1 month, 2 weeks ago
1 month, 2 weeks ago
1 month, 3 weeks ago
Siddiqa Hasan
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago